Reja: Ilk davlatchilikning shakllanish omillari



Download 120 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2022
Hajmi120 Kb.
#573678
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-maruza


3.1. MAVZU: O’RTA OSIYO HUDUDIDA DASTLABKI DAVLAT UYUSHMALARINING VUJUDGA KELISHI
Reja:

  1. Ilk davlatchilikning shakllanish omillari

  2. Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari.

  3. Qadimgi Baqtriya xududida davlatchilikning shakllanishi va uning o‘rganilishi

  4. “Katta Xorazm” va Qadimgi Xorazm davlati tarixining o‘rganilishi



Tayanch so`z va iboralar: Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm, Parfiya, Margiyona. Dastlabki davlatlar: "Katta Xorazm", "Qadimgi Baqtriya" davlatlarining tashkil topishi. Bu davlatlarda yashagan aholining etnik tarkibi: massagetlar, saklar ularning joylashuvi. Xorazmliklar, baqtriyaliklar, So’g’dliklarning turmush tarzi, mashg’ulotlari: dehqonchiliq chorvachiliq hunarmandchiliq kulolsozliq to’qimachiliq metallsozliqzargarlik. Ularning diniy e’tiqodlari. Ilk shaharlar: Qiziltepa, Daratepa, O’zunqir, Afrosiyob, Ko’ktepa, Yerqo’rg’on, Ko’zaliqir. Shaharlardagi binolar. Birinchi magistral sug’orish inshootlari va qo’rg’onlar. Miloddan avvalgi I ming yillik o’rtalarida O’rta Osiyo xalqlari madaniyati.


1-masala
Davlatning tashkil topishi masalasi doimo olimlar o‘rtasida munozara mavzusi bo‘lib kelgan. Uning vujudga kelishi va taraqqiyoti to‘g‘risida tarixchi, jamiyatshunos, siyosatshunos olimlar tomonidan turli nazariyalar ilgari surilgan. Ular orasida eng ko‘p tarqalgan nazariya davlatning vujudga kelishini sinfiylik jihatdan asoslash bo‘lgan. Lekin uning noto‘g‘ri ekanligini bugungi kun tadqiqotlari isbotlamoqda.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonining asosini birinchi navbatda insonning ehtiyoji, uning o‘z turmush tarzini yaxshilashga bo‘lgan intilishi yotadi. Davlat ham insonlarning unga bo‘lgan ehtiyoji natijasida shaklllangan. O‘z rivojlanish jarayonida turli taraqqiyot bosqichlarini boshdan kechirib, turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Bu har bir xududning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillariga bog‘liq holda yuz bergan.
Insoniyat tarixining eng qadimgi davrlarida hayot zaruriyati tufayli to‘da bo‘lib yashagan odamlarda urug‘ jamoalari shakllandi. Urug‘ zamirida qabila vujudga keldi. Qabilalalar zamiridan qabilalari ittifoqi shakllangan. Qabilalar ittifoqining tashkil topishida ham hayotiy zaruriyat yotgan, bu bir tomondan tashqi dushmandan himoyalanish bo‘lsa, ikkinchi tomondan yashayotgan xududini kengaytirish bo‘lgan. Chorvadorlar chorvalari uchun keng yaylovlarni egallashga intilsalar, dehqonlar unumdor, suvga yaqin erlarni egallashga intilganlar. Xuddi shu jarayonda jamiyatda boshqaruv elementlari – davlatchilik elementlarining vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, ilk shahar-davlatlar yirik daryolar bo‘ylarida shakllangan. Jumladan, Misr Nil, Mesopotomiyadagi ilk davlatlar Dajla va Frot daryolari bo‘ylarida, O‘rta Osiyoda Amudaryo, Sirdaryo, Hindistonda Ganga, Xitoyda Xuanxe daryolari bo‘ylarida shakllagan.
Daryo bo‘ylarda dehqonchilik qilish uchun qulay sharoit bo‘lgan. Dehqonchilikning rivojlanishi, mo‘l hosil olinishi, iqtisodiyotning rivojlanishi, uni himoyalashni ham talab etgan. Bu esa, aholini birlashishiga, birgalikda qarshi kurashish va himoyalanish zaruriyatini tug‘dirgan. O‘z navbatida aholi orasidan aholini birlashtirib, to‘g‘ri yo‘lga sola oladigan oqsoqol ajralib chiqqan. U qandaydir kuchlar natijasidan emas, balki o‘z aqliy qobiyati, tadbirkorligi, mahorati bilan ajralib chiqib, aholini birlashtira olgan, hayotiy muammolarning echimini to‘g‘ri topgan va aholini orqasidan etaklay olgan. Uning bu qobiliyatini to‘g‘ri anglagan qabiladoshlari, uni o‘zlarga etakchi-boshqaruvchi etib tanlaganlar.
Chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalarda ilk davlatchilik elementlari qabilalar ittifoqida, ya’ni konfederatsiyada namoyon bo‘lgan. Bu to‘g‘risida “Avesto” va boshqa tarixiy manbalarda ma’lumotlarda saqlanib qolgan. Konfederatsiyada chorvadorlar birgalikda chorvalarni, o‘z erlarini himoya qilganlar va yangi yaylovlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Chorvadorlar o‘zlarining mohir jangavor qobiliyati, uyushqoqligi va birdamligi bilan ajralib turgan.
Davlat boshqaruv tizimining shakllanishiga iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatgan. Birinchi navbatda xo‘jalikda sodir bo‘lgan mehnat taqsimotidir. Dehqonchilikning chorvachilikdan ajralishi dehqonlar va chorvadorlar yashaydigan xududlarni belgiladi. Ikkinchi mehnat tahsimoti davlat boshqaruvining markazi – shaharlarning shakllanishiga zamin yaratdi.
Hunarmandchilik mahsulotiga bo‘lgan talabning oshishi va ularni ishlab chiqarishning ko‘payishi bozor, savdo, pul munosabalarining vujudga kelishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida davlat boshqaruvining tartibga solinishi va murakkablashuviga sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq munosabatlari jamoalar o‘rtasida va boshqa qo‘shni xalqlar bilan amalga oshirilgan.
Qo‘shni qabilalarning hujumlari davlatning harbiy jihatdan yuksalishiga olib kelgan. Mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mudofaa devorlari qurilgan. Bunday mudofaa devorlarga ega bo‘lgan shaharlar dehqonlarda ham chorvadorlarda ham bo‘lgan. Qadimgi Xorazm xududidan topilgan Ko‘zaliqir yodgorligi (25 g.) – chorvadorlar tomonidan bunyod etilgan. Unga ko‘plab bosqinchilik yurishlari shimol tomondan bo‘lganligi sababli, shimol tomondagi 4 metr qalinlikdagi 3 qator mudoffa devorlarining ichi tuproq bilan to‘ldirilgan. Janubiy O‘zbekiston xududida qadimgi dehqonchilikning ilk markazi Sopollitepa mudofaa devori to‘lg‘ama tuzoq uslubida bunyod etilgan.
Misr va Mesopotomiyada mil.avv. IV ming yillikda shahar-davlatlar tarkib topgan. O‘rta Osiyo xududida bronza davrida mil.avv. II ming yillikda sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik markazlarda voha-davlatlar shakllangan. Buni ko‘pchilik tadqiqotchilar xududiy davlatlar tushunchasi bilan ham ishlatadilar. Xorazm, Toshkent, Farg‘ona vodiysida ilk davlatlar ilk temir, ya’ni mil.avv. I ming yillikning birinchi choragida shakllangan.
O‘rta Osiyo xududi asosan keng cho‘l, voha va vodiylardan iborat. Xududning bunday tabiiy sharoiti bu erda chorvachilikning keng rivojlanishiga imkon berdi. Mil.avv. VII-III asrlarda ko‘chmanchi qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan. Ularni greklar skif deb, forslar saklar deb ataganlar. Ularning siyosiy va iqtisodiy hayot tarzi O‘rta Osiyoning dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan aholisi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan1. Many Greek writers referred to all the nomads of Eurasia, including those of Central Asia, as Scythians; and the Persians designated all the nomadic tribes of the Eurasian steppes, including the Scythians, as the Sak

Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish