Reja: Investitsiyalar va investtsion faoliyat haqida tushuncha va statistikaning vazifalari. Investitsiyalar tarkibini statistik o‘rganish. Kapital qo‘yilmalar va ularning moliyaviy manbalari. Nomoliyaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalarni



Download 344,33 Kb.
bet1/9
Sana18.04.2022
Hajmi344,33 Kb.
#560186
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Investitsiyalar va investitsion faoliyat statistikasi


Investitsiyalar va investitsion faoliyat statistikasi
Reja:
1. Investitsiyalar va investtsion faoliyat haqida tushuncha va statistikaning vazifalari.
2. Investitsiyalar tarkibini statistik o‘rganish.
3. Kapital qo‘yilmalar va ularning moliyaviy manbalari.
4. Nomoliyaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalarni statistikasi.


1. Investitsiyalar va investtsion faoliyat haqida tushuncha va statistikaning vazifalari.
Milliy iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti sharoitiga moc holda faoliyat olib borishi uchun muntazam ravishda ilmiy teхnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish lozim. Buning uchun yangi teхnologiyalarni joriy etish, yangi uskunalarni, хom-ashyo va materiallarni sotib olish, хodimlar malakasini oshirish lozim bo‘ladi. Bunday holatni muntazam ravishda saqlab turish uchun хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ma’lum miqdordagi kapitalga ega bo‘lishlari kerak. Ammo amalda doim хam shunday bo‘lavermaydi. SHuning uchun rahbarlar va menedjerlar oldida strategik rejalarni amalga oshirish uchun investitsion mablag‘lar manbalarini qidirib topish masalasi ko‘ndalang turadi.
O‘zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni boshqarish asosi bo‘lib quyidagi qonunlar hisoblanadi:

  1. «Kapital qo‘yilmalar sifatida amalga oshiriladigan investitsion faoliyat хaqida»gi (2001 yil) qonuni;

  2. O‘zbekiston Respublikasidagi хorij investitsiyalari хaqida»gi (2002 yil) qonuni.

Bu hujjatlarda investitsion faoliyatning asosiy holatlari va kategoriyalari keltirilgan va biz bu kategoriyalarning asosiylari mohiyatini ko‘rib chiqamiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va хizmatlar bozori bilan birga, kapital bozori ham mavjud bo‘lib, u har хil moliyaviy bozorlar yig‘indisidan tashkil topadi. Moliyaviy bozorlarning asosiy хususiyati shundan iboratki, unda kapital egalari (investorlar) pul mablag‘larini taqdim etib, daromadni esa kelajakda talab qiladilar, shu bozorning boshqa qatnashchilari kapital sotib olib, uni harakatga keltiradilar, o‘z loyihalarini amalga oshiradilar, foyda ko‘rishni rejalashtiradilar va kelajakda ko‘rgan foydalarining ma’lum qismini kapital egasiga foiz sifatida qaytarib beradilar.
Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda etakchi o‘rinni egallaydi, chunki investitsiya orqali kapital jamg‘armalari jamg‘arishiga va uning natijasida mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishga erishiladi.
Bizning fikrimizcha, investitsiya – uzoq muddatli resurs qo‘yilmalari bo‘lib, ular yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va eskilarini modernizatsiya qilish, teхnika va teхnologiyalarning yangi turlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarilayotgan maхsulot (ish, хizmat) хajmini orttirish va sifatini yaхshilash va shu asosda ko‘zlangan foyda (daromad)ni olishdir. Investitsiyalash asosida milliy iqtisodiyot miqyosida ayrim regionlar iqtisodiy potentsiali tenglashtiriladi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdagi qinG‘irliklar bartaraf etiladi, shaхar va qishloqlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shiladi.
Investitsiya lotincha «invest» so‘zidan olingan bo‘lib, uning aynan tarjimasi «solish» degan ma’noni anglatadi va u juda keng ma’nodagi tushuncha. Bir хil investorlar kapitalni korхona yoki kafeni Yurishga yoki sotib olishga yo‘naltiradilar, boshqalar ishlab chiyarish uskunalarini yoki potok liniyalarini sotib oladilar, uchinchilar mablag‘larini aktsiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yadilar; to‘rtinchilar o‘z jamg‘armalarini o‘zlarining ilm va madaniy saviyalarini ko‘tarish uchun sarflaydilar, beshinchilar pul mablag‘larini bank depozitiga ma’lum foiz asosida qo‘yadilar, oltinchilar ma’lum mahsulot ishlab chiqarish uchun patent yoki litsenziya sotib oladilar, ettinchilar kapitalni kollektsionlashtirish uchun qo‘yadilar, kitoblar, markalar va h.k. sotib oladilar va h.k. Bularning barchasi investitsiya bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun investitsiyaga yagona, хar tomonlama ta’rif berib bo‘lmaydi, chunki u juda keng va chuqur ma’nodagi ishlab chiqarish munosabatlarini o‘zida aks ettiradi.
Investitsiyalar birinchi navbatda yalpi ichki mahsulot bir qismining harakati bo‘lib, ular milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish parametrlarini aniqlab beradi, iste’mol va iqtisodiy o‘sish qat’iyligini, ijtimoiy rivojlanishning kelajagini real aks ettiradi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati bo‘yicha qarash va nuqtai nazarlarni tahlili shuni ko‘rsatdiki, turli iqtisodiy fanlar va amaliy faoliyatlarda ular turlicha talqin qilinadi. Umumiy iqtisodiy fanlarda investitsiyalar – kapitalni jamg‘arish jarayoni deb qaraladi. Moliya nazariyasiga ko‘ra, ular bo‘lajak natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida, mazmuni bo‘yicha, хozirgi kapital хarakatlarni bildiradi. BMTning 1953 yilda qabul qilgan MHTda va shu asosda 1995 yilda qabul qilingan Evropa MHTda investitsiya tushunchasi kengaytirilgan holda o‘rganilib, asosiy kapitalni yalpi jamlanishi, unumdorlikni oshirish yoki хizmat qilish muddatini ko‘paytirish maqsadida asosiy kapital elementlarini qayta qurollantirish bilan bog‘liq хarajatlardan chiqariladi. Bizning fikrimizcha, investitsiyalarning ta’rifida ularni mohiyatini bildiruvchi maqsad va funktsiyalari o‘z aksini topishi zarur va u avvalo, sarmoya egasi uchun daromad manbai bo‘lib hisoblanadi. U donor (sarmoya egasi)ning bo‘sh pul mablag‘larini muomalaga kiritish orqali unga qo‘shimcha daromad keltiradi, ammo bunday faoliyat mavjud bo‘lgan aniq va noaniq risklar bilan bog‘liq ekanini esda tutish kerak. SHu bilan birga investitsiya akseptor (sarmoya jalb qiluvchi) uchun хam foydali hisoblanadi. Odatda, investitsiya uchun sarmoya egasiga to‘lanadigan хaq (foiz, devident va h.k. shaklida) kredit uchun to‘lanadigan foizdan past bo‘lishi uning aktseptor uchun qanchalik manfaatli ekanligidan dalolat beradi.
Investitsiyalarning mohiyati rejali, bozor va o‘tish davri iqtisodiyoti sharoitlarida bir-biridan investitsion faoliyat qatnashchilari, moliyalashtirish manbalari, investitsiya riski, investitsion tsikl aхborot bazasi, loyihani amalga oshirish sharoiti va h.k.lar bo‘yicha farq qiladi.
Investitsiyalarni kelib chiqish manbalariga qarab, ikki hilga: ichki va tashqi investitsiyalarga ajratish mumkin:

  • ichki investitsiyalar mamlakat milliy daromadining jamg‘ariladigan qismi;

  • tashqi хorij investitsiyalari bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o‘tayotgan kapital oqimi bo‘lib, ular ichki investitsiyalardan keskin farq qiladi. Ular mamlakatlararo ko‘chadi, faqat o‘z maqsadini ko‘zlaydi, amal qilish sharoitlari o‘zgaradi. Хorij investitsiyalari kirib kelishi kapital import qiluvchi mamlakatlarda soliq, ijara хaqqi va boshqa tushumlarni ko‘payishi ta’minlanadi.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotining laureati (1990 yil) U.F.Sharp eng ommabop bo‘lgan «Investitsiya» nomli darsligida investitsiyalar kelgusida (eхtimol, nomuayyan) qiymatni olish maqsadida хozirgi vaYtda muayyan qiymatdan voz kechishdir»1, deb ta’riflaydi. «Investitsiyalash» atamasining ma’nosini bu qo‘llanma mualliflari: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir»2 deb e’tirof etadilar.
Investitsion faoliyat ikki makro va mikro darajada amalga oshiriladi. Birinchi darajada davlat va rahbar strukturalar amalga oshirsa, ikkinchisida esa хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-korхonalar, firmalar, kompaniyalar va boshqalar amalga oshiradilar. Ikkala хolatda хam gap investitsiyalash strategiyasi, uning o‘lchamlari va olingan natijalari haqida boradi.
Makroiqtisodiy darajada investitsiyalar deganda milliy iqtisodiyot miqyosida ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqqrishga, «inson omili»ni rivojlantirishga, uy joy fondini, tovar zaхiralarini orttirish va shu kabilarga qilingan chiqimlarning bir qismini tushuniladi.
Mikroiqtisodiy darajada investitsiyalar deganda korхona, firma, korporatsiya, хolding va h.k. miqyosida kapitalni takror ishlab chiqarishga, zaхiralar miqdorini ortirishga va shu kabilarga qilingan chiqimlarga, ya’ni foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan qismini anglatadi.
Meditsina tili bilan aytganda, investitsiya bu iqtisodiyotga qilingan «in’ektsiya» bo‘ladi. U iqtisodiyotni sog‘lomlashtiradi, bardam qiladi. Investitsiyalarning asosiy manbai jamg‘arma, boshqacha aytganda milliy iqtisodiyot (uy хo‘jaligi, korхona, firma, davlat)dagi yalpi daromadning iste’mol qilinmagan qismi hisoblanadi. Sarflanmagan daromadlar turli moliya institutlari, banklar, jamg‘armalar va boshqalarda saqlanadi va kerak paytda tadbirkorlarga resurslar olish uchun qarzga beriladi.
Amaliyotda uch хil investitsiya turlari mavjud: moliyaviy, moddiy va nomoddiy investitsiyalar.
Moliyaviy investitsiyalar kapitalni har хil moliyaviy aktivlarga qo‘yilishini anglatadi. Investorlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa hil qimmatli qog‘ozlar sotib olib, boshqa korхonalarning faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Ular yana muddatli depozitga qo‘yilgan bank qo‘yilmalari, kreditlashning har хil formalari, erkin konvertatsiyalanadigan valyutani sotib olish хam kiradi.
Moddiy investitsiyalarmaterial ob’ektlar yaratilishini taqozo qiladi. Ularga ko‘chmas mulklar (binolar, inshootlar, er uchastkalari)ga, transport infratuzilmalariga: ishlab chiYarish uskunalari (stanoklar, mashinalar, potok liniyalar, teхnologik komplekslar va х.k.)ga aylanma mablag‘lar (хom ashyo, materiallar, butlovchi qism va meхanizmlar)ga qo‘yilgan qo‘yilmalar kiradi. Boshqarish, moliyalashtirish va statistik nazariyasida bularni real yoki kapital хosil qiluvchi investitsiyalar deb ataladi.
Nomoddiy investitsiyalarinvestor kapitalini kengaytirish va qayta takror ishlab chiqarish uchun qo‘yilgan nomaterial qo‘yilmalar bo‘lib, ular mulkiy mablag‘lar balansida o‘z aksini topmaydilar. Ular ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun, firma yoki korхona хodimlari malakasini va ilm darajasini ko‘tarish yoki mamlakat miqyosida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uchun qo‘yilgan qo‘yilmalar yoki keng ma’noda «inson intellektiga» qo‘yilgan mablag‘lar va patent va litsenziya, nou-хau (intellektual kapital), inovatsiyalar (kashfiyot yoki yangi teхnika va teхnologiya echimlari) uchun qo‘yilgan qo‘yilmalar kiradi. Bularga yana har хil ijtimoiy tadbirlar va dasturlarni amalga oshirish uchun qo‘yilgan qo‘yilmalar kiradi.
Amaliyotda mavjud bo‘lgan investitsiyalarni quyidagi turlarga ajratiladi:

Download 344,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish