Reja: Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati



Download 305,5 Kb.
bet1/66
Sana02.01.2022
Hajmi305,5 Kb.
#312292
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
asosiy


Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Reja:
1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.



2.Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi.

3.Asosiy fondlarning shakllanishida kapital qo’yilmalarning roli. Moliyaviy va real investitsiyalarning o’zaro bog’liqligi.

4. Investitsiyalarni o’stirish omillari. Jamg’armalar – investitsiyalar manbasi sifatida.

5. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
Investitsiya, uning mohiyati va klassifikatsiyasi

KIRISH

“Eng muhimi, investitsiya
loyihalarini to’g’ri joylashtirish kerak.
Bu borada investorlarning yagona
talabi – loyiha mo’ljallangan joy zarur
infratuzilma tarmoqlariga ega
bo’lishidir.
Sh.M. Mirziyoyev.

Jahon iqtisodiyotida investitsiyalarga talab va taklif o’rtasida nomutanosiblik


tendensiyasi hukm surmoqda. Bugungi kunda investitsiyalar oqimi taraqqiy etgan
mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga faol
yo’naltirilayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Natijada rivojlanayotgan
mamlakatlar iqtisodiyotida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ulushi keskin oshib
bormoqda.
O’z navbatida, investitsiyalar samaradorligini oshirish bilan bog’liq ko’plab
muammolar mavjudligi investitsiya loyihalarini boshqarishni takomillashtirish
zaruratini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda.
Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni
iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga
joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy
va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish,
investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy
boshqarish vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Investitsiya loyihalarini samarali boshqarivi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan
investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta
shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin, - deya ta’kidlab

7

o’tdilar1. Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi


loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam
berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi.
Investitsiyalarning asosiy qismini o’zlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish
amaliyotiga chek qo’yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda
kamida 35 foizga, to’qqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi.
2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha
kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya
dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish
quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Xususan, mamlakatimiz mintaqalarida investitsiya faoliyatini tashkil qilish
xususiyatlari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mintaqaviy venchurli
fondlar faoliyatini tashkil etish, investitsiya loyihalarini kreditlashda sindikatlangan
kreditlarni ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatini tashkil
etishda ichki resurslar, jumladan, aholi jamg’armalaridan foydalanish samaradorligini
oshirish kabi masalalarga muhim ahamiyat qaratish lozim.
Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash
usulini takomillashtirish banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni
talab etadi. Buning uchun Markaziy bankning tijorat banklari uzoq muddatli
depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirish hamda
davlatga tegishli pul mablag’larini iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida sindikatli
kreditlashni amalga oshirayotgan tijorat banklariga uzoq muddatli depozit sifatida
joylashtirish hamda yuqori samarali loyihalarga berilgan kreditlarni
sekyuritizatsiyalash orqali mablag’larni jalb etish banklarning investitsion
loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi.
Shuningdek, ushbu fanning asosiy maqsadi kelajakda investitsiya sohasidagi
mutaxassislarga investitsiya loyihalarini boshqarishning nazariy asoslarini tushunib
yetish, uni chuqur o’rganish omillariga asosiy e’tibor qaratish hamda baholashning
1 Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor
vazifalar haqidagi Oliy Majlisgа Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr.

8

samarali usullarini tanlash, muqobil variantlarini to’g’ri taqqoslash va to’g’ri


moliyaviy qarorlar qabul qilishda mustahkam nazariy va amaliy bilim berish,
tajribalarni o’rgatish, korxona iqtisodiyotini boshqarish va oqilona investitsion
siyosat olib borishni o’rgatishdir.
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’rganish talabalarda investitsiya
loyihalarini amalga oshirish bo’yicha qarorlarni qabul qilish, ularni moliyalashtirish,
monitoringini olib borish, shuningdek, samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq
mustahkam bilimlarni shakllantirish hamda amaliy ko’nikmalarni hosil qilish
vazifalarini o’zida namoyon etadi.
O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari, kollej o’quvchilari hamda bank-
moliya sohasi xodimlari va boshqa foydalanuvchilarga mo’ljallangan.
“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o’qitishning asosiy maqsadi
talabalarda moliyaviy qo’yilmalarning maqbul yo’nalishlarini tanlash, ular
samaradorligini aniqlash va ta’minlashda muhim ahamiyat egallovchi investitsiya
loyihalarini boshqarishni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari, zamonaviy
usullaridan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakani shakillantirishdan
iborat.


Download 305,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish