Reja: Kirish 1-bob. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy konsepsiyalari



Download 394,46 Kb.
bet4/11
Sana12.07.2022
Hajmi394,46 Kb.
#778974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv qarorlarini qabul qilish mezonlari

8. Innovatsiya – Raqamli iqtisodiyot yangi mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalaridan foyda-langan holda innovatsiyalarga asoslanadi. Innovatsion iqtisodi-yotda inson tasavvuri va ijodkorlik qiymatning asosiy manbai hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotda asosiy muammo innovatsiya-larni rag‘batlantiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni yarat-ish murakkabligi.
9. Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi munosabatlarining o‘zga-rishi – sanoatlashgan jamiyatida muhim jihatlardan biri ommaviy ishlab chiqarish hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot davrida asosiy yo‘nalish mahsulot (mahsulot yoki xizmat) ni tashkil etishdir. Ay-ni paytda, iste’molchilar o‘zi sotib olayotgan tovar yoki xizmatlari ishlab chiqaruvchisiga o‘sha mahsuloti haqida o‘z fikrini bil-dirishi, takliflar bildirishi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni bildirishi mumkin.
10. Samaradorlik - mijozlar ko‘proq ma’lumotga ega va si-fatli xizmatni xohlashadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiya-lari tufayli mahsulotni buyurtma qilish, ishlab chiqarish va yetkazib berish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i keskin kamayadi.
11. Globallashuv – raqamli iqtisodiyotda, bilim asosiy re-sursga aylanganda, tashkiliy tuzilmalar o‘z hududlarida faoliyat yuritsa ham, faqat bitta jahon iqtisodiyoti mavjud. Globallashuv yangi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rag‘batlantiradi va amalga oshiradi. Bu shuni anglatadiki, tashkiliy tuzilmalar ko‘p millatli emas, balki global.
12. Kelishmovchilik – har bir yangi taraqqiyot ortidan bir o‘zgarish keladi, shuningdek, ular bilan qarama-qarshiliklar va

sekin moslashish ham. Natijada mojaroli vaziyatlar yuzaga ke-ladi. Raqamli iqtisodiyotda texnologik jihatdan savodli mutax-assislar va texnologiyaga kirish imkoniga ega bo‘lmagan mutax-assislar o‘rtasidagi farq o‘sib bormoqda va kelajakda jamiyat uchun jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.


1.2. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi
"Raqamli iqtisodiyot" tushunchasi nisbatan yangi va juda muhim hodisadir. Raqamli iqtisodiyotning ko‘plab ta’riflari mavjud. Quyida raqamli iqtisodiyotning turli xil nufuzli manbalari tomonidan taklif etilgan bir nechta ta’riflari mavjud.
1. Raqamli iqtisodiyot – raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi.
2. Raqamli iqtisodiyot – internet orqali, elektron tijorat orqali tovarlar va xizmatlar savdosiga imkon beradi va uni amalga oshi-radi. Raqamli iqtisodiyot uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: infratuzilma (qurilmalar, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va boshqalar), elektron biznes (raqamli jarayonlar, tashkilotlarda) va elektron tijorat (tovarlarni onlayn sotish ) .
3. Raqamli iqtisodiyot – bu xo‘jalik faoliyati, bunda ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli ma’lumotlarni ishlab chiqarish, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish bo‘lib, ular an’anaviy boshqaruv shakllariga nisbatan har xil tur-dagi mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, saqlash, sotish, etkazib berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
4. Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli texnologiyalarga asos-langan iqtisodiyotdir, ammo ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyot Internet va Butunjahon internet tarmoqlariga asoslangan bozor-larda biznes operatsiyalarini amalga oshirishini tushunamiz .
Raqamli iqtisodiyot ko‘plab afzalliklarga ega. Bu to‘lov-larning narxini pasaytiradi va yangi daromad manbalarini ocha-di. Onlayn bozorda, an’anaviy iqtisodiyotga nisbatan xizmatlar narxi pastroq (birinchi navbatda reklama xarajatlari kamayishi bilan bog‘liq). Bundan tashqari, raqamli dunyoda tovarlar va xizmatlar tezda global bozorga chiqishi va dunyoning istalgan burchagidagi odamlar uchun ochiq bo‘lishi mumkin. Taklif qilina-yotgan mahsulot iste’molchilarning yangi umidlar yoki ehtiyojla-rini qondirish uchun deyarli darhol o‘zgartirilishi mum-kin. Raqamli iqtisodiyot yanada xilma-xil axborot, ta’lim, ilmiy, ko‘ngilochar tarkibni ta’minlaydi - tezroq, sifatliroq va qulayroq.


Download 394,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish