Reja: Kirish bob


-sinf o’qish kitobidagi mehnatni ulug’lash haqidagi asarlarni o’quvchi ongiga ta’siri



Download 41,56 Kb.
bet4/6
Sana10.07.2022
Hajmi41,56 Kb.
#771231
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shabnam2

3-sinf o’qish kitobidagi mehnatni ulug’lash haqidagi asarlarni o’quvchi ongiga ta’siri
O'quvchi manaviy kamolotini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan badiiy asarlar tahlili jarayonida ular matnda aks etgan voqea-hodisalar.qahramon shaxsi. xatli-harakati. iztiroblari. xursandchiligi borasidagi muhokamalarda fikr aytishga. biror qarash yoki faoliyatni yoqlash yoxud qoralashga undaladi. Bu ish asar matni yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlar ko'magida, o'qituvchi tomonidan tashkil etilgan muammoli vaziyatlarda amalga oshiriladi.Savollarga javob berish asnosida o'quvchi asar matniga murojaat qiladi.izlanadi, o'rtoqlarini eshitadi. o'z qarashlarini aytadi, . uni boshqalaniki bilan solishtiradi. nazorat qiladi. xulosalar chiqaradi. Mana shu faoliyat jarayonida o'quvchi o'z manaviyatini shakllantiiish.o'z-o'zini tarbivalash yo’lida mehnat qiladi. Adabiyot odoblar xazinasidir va bu xazinaga o'quvchining o’z ixtiyori bilan kirishiga erishish orqali uning o'z-o'zini tarbivalashini amalga oshirish mumkin bo’ladi.
Shuningdek mehnatni ulug’lashni o’rganishda ham ko’plab kitoblar, asarlar o’qish, bolalarda kitobxonlikni riojlantirish va asarlarni o’quvchilarga tahlil qilib berish muhim omil sanaladi.
O'qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-ommabop maqolalar berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, uning turli tomonlari, dalillar va ularning bir-biriga ta ’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta ’kidlash kerakki, badiiy asar markazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o'qituvchining diqqat markazida turadi. O'quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.
Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina matnni to 'g 'ri o'qish, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang'ich sinflarga tatbiq etganda, awalo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o'quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o'stirish zarur.
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o'quvchilaming yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.
To'rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o'quvchilarni asarning g'oyaviy yo'nalishini tushunishga o'rgatish muhimdir, bu asami to'g'ri idrok etish uchun, matn ustida ishlash ko'nikmasini, o'quvchilaming dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o 'z munosabatini ifodalashga harakatqiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g'oyaviy mag'zini tashkil etadi. Asarning g'oyaviy yo'nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog'liq. Asarning tarbiyaviy ahamiyati, o'quvchiga ta ’sir kuchi uning g'oyaviy yo'nalishiga
Badiiy asarga uning mualifi tomonidan singdirilgan.darslik yaratuvchilar tomonidan ilg'angan badiiy va hayotiy haqiqatlarni o'quvchi o'zi uchun o'zi kashf etishi kerak.
O'quvchiga asar qahramonlariga xos ma’naviy sifatlarni, mehnatni ulug’lash sifatlarini matn yuzasidan tuzilgan savol-topshiriqlar ko'magida kashf etish imkoni yaratilishi lozim.Kashf etish hamisha lazzatli, o'quvchilarga ham ana shu lazzatni tuyish imkonini berish kerak.Kashf etish lazzati o'quvchini asar mohiyatiga chuqurroq kirishga, yangi-yangi topilmalar qilishga undaydi. Odam o’ziga huzur bergan ishni yana va yana qilgisi, uni chuqurlashtirib, o'sha huzurni qayta tuygisi keladi. Adabiyot darslarining insonga xos b’ lgan mana shunday tabiiy sifatlar bilan hamohang kechishi o‘quvchi shaxsiyatida sog’lom ma’naviyat kishisini va mehnatga mehr- muhabbatli insonni tarbiyalaydi.
Boshiang’ch sinflar o‘qish darslarini tashkil etishdagi hamkorlikning muhim omili va o‘quvchilaming o‘zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o'qituvchi bilan o'quvchi sherikligining shakllaridir.Mazkur o'quv faoliyati o‘qituvchi va o'quvchi munosabatlari, birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o‘zlashtirish ob’yektini, bilish faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni taqozo etadi. Pedagogika-psixologiya fanida hamkorlikdagi faoliyatning quyidagi bosqichlari alohida ajratib ko‘rsatiladi;
1)faoliyatga kirishish;
2) o'qituvchi bilan o'quvchi hamkorlikda bajaradigan mustaqil harakatlar;
3)o'quvchilarning o‘zaro birgalikdagi faoliyati;
4)o'qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o'quvchini jalb etadi;
5)taqlid harakatlari (o‘qituvchidan ibrat olgan o‘quvchi ana shu namuna asosida harakat qiladi);
6)madad harakatlari (o qituvchi o‘quvchiga oraliq maqsadni va unga erishish usullarini tanlashda yordam beradi hamda oxirgi natijani nazorat qiladi);
7)o‘z-o‘zini boshqarish harakatlari (o'qituvchi faqat umumiy maqsadni ko‘rsatishda va oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
Hamkorljk faoliyatining takomili kichik sub’yektlarda o’zaro ta’sir o'tkazish harakatini baholashdan o'z-o'zini baholash d arajasig a ko£tarilishi sodir bo‘ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinam ikasidaii dalolat beradigan eng muhim omii vazifasini o’taydi.
Boshlang'ich sinflar adabiy ta’limida odamga xos tuygku, kechinma, quvonch va iztiroblar adabiy qahramonlar timsoli misolida o'rganilib, tahlil qilinadi. O'quvchilar asar qahramonlari bilan birga xursand bo'lishadi, yig'lashadi, iztirob chekishadi, xulosalar chiqarishadi.Boshlang'ich adabiy talim da o'quvchining butun e ’tibori asar qahramonlari timsolida insonni o'rganishga qaratiladi.Bugungi adabiyot o'qitish kechimida, u ta’limning qaysi bosqichida bo'lishidan qat’i nazar o'quvchida shaxslik sifatlarini tarbiyalashga.uyg oq ruhiyat kishisini shakllantirishga, shu bilan birga, san'at asarlarining har qanday turini tushunish, uni tahlil qila bilish hamda o'zlashtirishni ta’minlashga yo'naltirilgan. Adabiyot darslarida, birinchi navbatda, adabiy asarlarning o'quvchi shaxsiga qanday ta s ir etishiga e'tibor qaratiladi.Asar ustida ishlagan o'quvchi undan o 'z oldida turgan ijtimoiy, axloqiy, estetik savollarga javob topishi kerak.Boshlang'ich sinflardagi o'qish darslarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri o'rganiladigan asar matni bilan tanishishning istisnosiz tarzda majburiy ekanligidadir.Muammoli vaziyatlarni yaratishdan oldin o'quv materiali bilan bevosita tanishish, ayrimlari parcha holida bo'lsa-da, muammoning yechimini topishda, ayni zapionda inson ma’naviyati shakllanishida favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asarni birinchi marta o'qish yoki mohir mutaxassis ijrosida tinglash o'quvchi aqligagina emas, balki ruhiyatiga ham katta ijobiy ta s ir ko'rsatadi. O'qish darslarida asar bilan ilk uchrashuv o'quvchida unutilmas taassurotlar qoldiradi.Uning o'quvchi shuuriga nechog'lik chuqur o'mashib qolishini ham hal qiladi.Ayni zamonda, tarbiyalanuvchining kitobxonlik biografiyasida, uning axloqiy-manaviy rivojlanishida alohida hodisaga aylanadi.
0 ‘qituvchilaming ko‘pchiligi darsda o'quv materialini imkon qadar keng va chuqur bayon etishga urinadilar. Buning uchun qo'shimcha materiallardan foydalanadilar, bilimlarni o'quvchilarga tayyor holda imkon qadar yaxshiroq va kengroq tarzda yetkazib berishga harakat qiladilar. Uy vazifasini so'rash jarayonida ham o'quvchilarning o'zi aytganlarini qayta aytib berishlari bilan cheklanadilar. Afsuski, bu usul haligacha o'qituvchilar ruhiyati va ish tutumidan chiqib ketganicha yo'q. Bunday bir xillikka asoslangan mashg'ulotlarda o'quvchilami mustaqil fikrlashga, tahlilga, muhokamaga.xulosalar chiqarishga yo'naltiruvchi topshiriqlar, muammoli savollar berilmaydi. Bilimlarni muammo shaklida o'zlashtirish tashkil etilmaydi.Ko'pchilik o'qituvchilar yangicha ishlashning mohiyatiga kirolmayapti, buning yo'llarini ham bilmaydi.Mazkur taiim da o'quvchi ruhiyatiga xos xususiyatlar inobatga olinmaydi.Ma’lumki, boshlang'ich sinf yoshidagi o'quvchilar mustaqil ishlashni xush ko'radilar.O'quv ishlarining faol turlari ularga yoqadi.Ular murakkab muammolami hal etish, imkoniyatlaridan balandroq vazifalami bajarishni yoqtiradilar.Bu ularning tezroq katta boiishga moyilliklari belgisidar.O'qituvchilar o'quvchilarga xos bo'lgan bu tabiiy xususiyatlami anglashlari, taiim amaliyotida shunga tayanishlari, o'quvchilarni ijodga undaydigan, ulamining aqlini muvozanatdan chiqaradigan muammoli topshiriqlar bera bilishlari kerak. Faqat bunday topshirqlar o'quvchilarning intellektual imkoniyatlari doirasida bo’lmog’i lozim.
Ta’limning dasjlabki boshlang‘ich bosqichi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda o'qish darslarining o‘mi beqiyos. О‘qituvchi tomonidan o£qish kitobidagi asarlami to‘g‘ri idrok etishga yo£naltirilgan o‘quvchi mustaqil ishlashga, uqib o‘qishga, o‘zgalaming fikrlarini ilg‘ashga, o‘zi va boshqalarning tuyg‘ular olamini kuzatishga va tuyishga o'rgana boradi. Olamni, odamni va o’zligini kashf qiladi. 0 ‘z ichki «men»ning shakllanishida o'zi bevosita ishtirok etadi. Darsliklar bunday pedagogik vazifalaming bajarilishida eng katta ko'makchi san^ladi. Darsliklarda taqdim etilgan o‘quv materiallaiining dasturiy talqini ta’lim-tarbiya jarayonidan kutilgan maqsadlarga mutanosib bo‘lishi kerak. Afsuski, bugun amalda bo‘lgan « 0 ‘qish kitobi»ning ko‘pchiligi bu talablarga to‘la ja~ vob berolmaydi. Boshlang‘ich sinflar « 0 ‘qish kitobi» darsliklarini tuzishda kichik o‘quvchilaming ruhiyati, intellektual saviyasi yetarli o‘rganilmagan. Aytish kerakki, bugungi boshlang‘ich sinf o‘quvchiiari muallifiar tasawur qilganJaridan ko'ra bilimliroq va aqlliroq. «O'qish kitob»larining umumiy talililiga tayanib shuni aytish mukinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insoniy sifatlami sbakllantirishda bolalaming kuchi, aqli va imkoniyatlaridan unumli foydalanilmayapti. Darsliklarda o‘rganish uchun taqdim etilgan o‘quv materiallarimng ko‘pchiligi jo‘n, hayotiy haqiqatdan uzoq. Bir qismi esa quruq nasihatbozlikka qurilgan. Ular mavzudan kelib chiqib, muallifiar tomonidan shunchaki «to‘qib» tashlanganday. Asarlar matni >T.izasidan tuzilgan: «Nima uchun ona yer deymiz? Javobni matndan topib o‘qing va o^qiganingizni yod ohng», «Navoiyning istagi ifodalangan misralami o‘qing», «Yakshanba kuni qanday voqea yuz berdi?», «Ota-ona o‘z farzandiga nisbatan qanday iborani ishlatadi?» kabi savol-topshiriqlar bolaning matn mazmimini takrorlashiga xizmat qiladi, xolos. «Asar mazmunidan nimalami tushundingiz?»,«... deganda nimani tasavvur qilasiz?», «Nima deb o‘ylaysiz, Shiroq nega qo£yini boqib yuravermay qabila boshliqlarining oldiga keldi? Uni bunga undagan narsa nima ekanini ayta olasizmi?», «...taqrzidagi tasvirni o‘z so‘zlaringiz bilan ifodalashga urinib ko‘ring. Uni siz qanday tushundingiz?» singari kichik o‘quvchilami fikrlash va matn mo* hiyatiga kirishga yo‘naltiradigan, asardan badiiy zavq va ma’naviy ozuqa olishga undaydigan, o‘z qarashlarini aytishga qaratilgan savol-topshiriqlar mutlaqo ucluamaydi. Matn yuzasidan tuzilgan mantiqli, o‘ylantiradigan savollarga sinfdagi o‘quvchilaming barchasi javob berishi shart emas. Muhimi, savol bilan ulami bezovta qilish. Agar okqituvchi kichik o‘quvchilami matn ustida uzluksiz ravishda shunday ishlataversa, bolalar bunga o‘rganib boradilar va ularda istalgan ko‘nikma hosil bo'ladi. Natijada bola fikr kishisi bo‘lib yetishadi. 0 ‘quvchilami badiiy asarlar ko‘magida ma’naviy barkamollikka yo‘naltirish nuqtai nazaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflari «Adabiyot» darsliklari ham o‘rganib cliiqildi. Mustaqillikkacha fbydalanilgan va 1991-yildan 1999-yilgacha qo‘llanilgan ikki avlod darsliklarining, bir-biridan farqli tomonlari, yutuq va kamchiliklari haqida juda ko‘p gapirilgan. Bu darslikarning o‘xshash jihatlariga ko‘pda e’tibor qaratilmagan:
1 .0 ‘quvchilar uehun yozilgan har ikkala avlod darsliklarida ham bilimlami o‘zlashtirishda о‘quvchi laming ishtiroki deyarli ko‘zda tutilmaydi. Ularda о‘quvchi laming vazifasi darslik mualliflarining aytganlarini o‘qituvchisi ko‘magida xotirasiga joylab olishdan iborat deb qaralgan.
2. Yaratilgan darsliklaming har ikkala avlodi ham o'quvchilarning xotirasi hisobidan ish ko‘rishga qaratilgan. Ya’ni, darsliklarda bitilganljami eslab qoladigan xotirasi kuchii bola - yaxshi o‘quvchi. Xojtirasi zaifroq o‘quvchi yangi djars bayonida o‘qituvchisidan bilgan, uni mustahkamlashda o‘rtoq|aridan eshitgan narsalami uyda darsligidan takrorlab o‘qiydi, keyingi darsda qaytarib aytib berib b.ahosini oladi. 3.Наг ikkala avlod darsliklarida ham bilim berish birinchi ocrinda turadi. Butun umr adabiyot o‘qitish bilan emas, adabiyot ilmi bilan shug4illangan darslik mualliflari o‘z bilganlarini tayyor holda o'quvchilarga taqdim etganlar. 0 ‘quvchiIar darsliklardagi tayyor bilimlami xofirasiga joylab olishlari, kifoya. Vaholanki, bugimgi pedagogika ilmida o‘quvchilar xotirasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat maqsadga muvofiq emasligi aytiladi.
4. Darsliklaming har ikkala avlodida ham adabiyotm o‘qitishga pedagogik yondashuy emas, filologik yondashuv ustuvorlik qiladi. Ctiunki bu darsliklaming ko‘pi adabiyot o‘qitish metodikasi ilmidan yaxshi xabardor bo‘lmagan jnualliflar tomonidan yaratilgan. Adabiyot о‘qitish metodikasi alohida fan, uning o‘z qonuniyat va kategoriyalari bor, uni maxsus o‘rganish taqozo etilishi mutasaddilami qiziqtirmagan. Tan olish kerakki, maktab darsliklaiinmg ko‘pchilik mualliflari - adabiyotshunoslik ilmining darg‘alari. Faqat ular adabiyot o‘qitish metodikasi ilmi bilan alohida shug‘ullanishmagan. Agar shug‘ullanganlarida edi, bolalarga bilim berish, ulami q‘qitish emas, ularni bilim olishga ocrgatish, o'zlarini o‘qiydigan qilish masalasi jahon pedagogikasida XX asming 50-yillarida ko‘tarilganini biigan va darslikl>ami tuzishda buni albatta inobatga olgan boiardilar.
5. Ikkinchi avlod darsliklarining ko‘pchiligi — o‘z uslubi bilan sovet davrida yaratilgan darsliklarga nisbatan ham o‘quvchilardan ancha yiroq. Badiiy asarlardan parcha berish, uni darslik muallifi istaganday tahlil qilish hamda shuni millatning barcha bolalari xotirasigajoylashga urinish, butun avlodni birxil fikrlaydigan, asar yuzasidan darslik muallifi fikrini qaytaradigan holda tayyorlash bugiingi adabiy ta’limning maqsadiga xizmat qilmaydi. Bunday kamchiliklar sanog‘ini yana davom ettirish mumkin. Lekin maqsad bu emas. Yangi avlod darsliklari pedagogik qonuniyatlami, o‘quvchilar psixologiyasini yaxshi biladigan, adabiyot o‘qitish ilmi bilan shug‘ullangan, adabiy ta’limning maqsad va vazifalaridan xabardor mutaxassis tomonidan yaratilishi kerak. Darslik yaratishda jahon pedagogikasi va milliy tarbiyashunoslikdagi ilg4or g‘oyalarga tayanihshi maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quvchiga tayyor bilimlar berilmay, DTS talablari asosida dasturda o‘rganishga taqdim etilgan bilimlami bola o‘z mehnati bilan o‘zlashtirishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, mehnat bilan erishilgan har qanday narsa bir umr yodda qoladi va kerak bo‘lganda, Jiayotga tatbiq etiladi. Darsliklardagi matnlarni idrok etish mualliilarmng qohpiga solinmasligi, taiililda faqat ularning xulosalariga asoslanilmasligi lozim. Adabiyotdan tuziladigan o‘quv ashyolarida adabiy matn yuzasidan tuzilgan savol-topshiriqlar bilan ishlash natijasida har bir bolaning o‘zi xulosa chiqarsin, asar tahlih yordamida o‘z hayotiy haqiqatini kashf etsin. Asar bolyicha har bir o'quvchining o‘z qaraslii bo‘lsin. Darsliklar bolani ta’lim jarayonining obyekti bo‘hsh maqomidan darsning o‘qituvchi bilan teng huquqli subyekti, ijrochisi darajasiga ko‘tarilishi kerakligi ko‘zda tutilib yaratilishi joiz. Ulami oddiy ishtirokchilikdan ta’lim jarayonining subyekti - bevosita ijrochisi martabasiga ko‘tarish kerak. 0 ‘qituvchi bolalaming mehnatini to‘gcri boshqarib tura bilsa, o‘quvchilar biiishlari kerak bo‘lgan badiiy va hayotiy haqiqatlami o‘zlari kashf etadilar.


Download 41,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish