Reja kirish i-bob. XVII-XVIII asrlar birinchi yarmida O’rta Osiyoda yuz bergan asosiy ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar



Download 0,65 Mb.
bet1/39
Sana30.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#720365
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
tarix 4


REJA
KIRISH
I-BOB. XVII-XVIII asrlar birinchi yarmida O’rta Osiyoda yuz bergan asosiy ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar

    1. O’rta Osiyo xonliklarning tashkil topishidagi tarixiy shart sharoitlar

    2. XVII-XVIII asrlarda O’rta Osiyoda xonliklar hukumronligi davrida siyosiy tuzum, ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar

    3. XVII-XVIII asrlarda O’rta Osiyoda ilm-fan va madaniy hayot

II-BOB. XVII—XVIII asrlarda xonliklar tarixiga oid manbalar
2.1 Fors tilidagi manbalar
2.2 Eski o’zbek tilidagi yozma manbalar
2.3 Sayyoxlar va elchilarning esdaliklari
III-BOB. Mavzuni o’qitishda inovatsion texnologiyalardan foydalanish
3.1 Mavzuni o’qitishda yangi pedagogic texnologiyalardan foydalanish
3.2 Keys, klaster, stade va boshqa texnologik usullardan foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston zamonaviy mustaqil davlat sifatida 1991 yilda tarix sahnasida paydo bo’ldi. U Rossiya imperiyasi mustamlakachiligini davom ettirgan, sho’rolar hukmronligini ta’minlagan 1924 yilgi siyosiy va ijtimoiy shartnomadan butunlay voz kechdi. Rossiya imperiyasi ochiq-oydin mustamlakachilik siyosatini yuritgan, tub xalqlar turmushining kamsitilishini qonunlashtirgan davlat bo’lgan bo’lsa, sovet davriga kelib vaziyat yanada murakkab tus oldi. Sho’rolar davlati mafkurasi baynalmilalchilikka asoslangan bo’lib, bu nazariy jihatdan barcha millat va elatlarga teng huquq va imkoniyatlar berardi, biroq amalda esa Sovet Ittifoqi avvalgi imperiyaning vorisi sifatida totalitar davlat tizimini yuzaga keltirdi,:bunda u davlat tuzilmalarining avvalgi hukmronini rivojlantirdi va mustahkamladi, mintaqa iqtisodini xom ashyo yetishtirishga yo’naltirdi, milliy madaniyat va qadriyatlarni oyoq osti qildi, rus tilining rasmiy til sifatidagi yetakchi mavqeini mustahkamlab, mahalliy xalqlarga nisbatan ruslashtirish siyosatini va shafqatsiz jazo tadbirlarini amalga oshirdi.
Mustaqillik yillari O’zbekiston uchun milliy davlatchilikni tiklash, jamiyatni demokratiya asosida qayta qurish va hokimiyat funktsiyalarini taqsimlash tamoyillarini ishlab chiqish, shaxs-ning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun asos bo’luvchi poydevorni qurish bo’yicha mashaqqatli mehnat qilish davri bo’ldi.
Har qanday jamiyat hayotida bunday tub, olam-shumul o’zgarishlar bosqichma-bosqich, ba’zan bir necha o’n yilliklar va hatto asrlar davomida amalga oshadi. Shu bois tarixiy o’tmish saboqla-rini hisobga olmasdan, mmntaqamizdagi xalqlarning tarixiy tajribasidagi ijobiy va salbiy jihatlarni chuqur ilmiy tahlil qilmasdan, shu jumladan, O’rta Osiyo davlatchiligi tajribalarini o’rganmasdan, bugungi kunda buyuk deb ta’riflash mumkin bo’lgan hozirgi islohotlar-ning mohiyati va ahamiyatini to’liq tushunish va baholash mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov qayd etganidek: «Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi»1. I.A.Karimovning tarix fani vakillari bilan uchrashuvidagi suhbatlarida ushbu fanning dolzarb muammolari muhokama qilinib, ijti-moiy taraqqiyotning qonuniyatlarini chuqur o’rganish, O’zbekistonda davlatchilikning qaror topishini ta’minlagan tarixiy sharoitlarga aniqlik kiritish, chorizm va sovet tuzumlarining bu jarayonlarga salbiy ta’siri omillarini aniqlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi2.
Tarix fani oldiga qo’yilgan bu vazifalar o’zbek xalqi tarixini har tomonlama tadqiq qilish, davlatchilik tarixining turli bosqichlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotni o’rganish, «o’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini tadqiq qilishda bir yoqlama yondashuv, o’tmishni soxtalashtirish, mustamlakachilik mafkurasini tarkib qilish»dan qochish1; avvalgi tuzumlar mustaqillik haqidagi milliy g’oyaning to-mir yoyishida qanday rol o’ynagani; bu goya qanday siyosiy va iqtisodiy sharoitlarda qaror topgani; xalqning o’z taqdirini o’zi belgilash va davlat suverenitetini tiklash yo’llarini izlash zarur-ligini tushunib yetishiga qaysi omillar turtki berganini chuqur anglab yetish zarurligini belgilab beradi. Bu savollarga topilgan javoblar, shubhasiz vatandoshlarimizning bir qancha avlodlari mehnati, peshona teri, aql-zakovati, sabr-toqati, o’z tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlarini asrab-avaylashi, do’stona qo’shnichilik va chin insonparvarlik g’oyalariga sodiqligi zamirida bugungi kunda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning mohiyati va ahamiyatiga chuqur kirib borishga ko’maklashadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan omillarning yetarli darajada tadqiq qilinmaganligi va ular muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, biz O’rta Osiyo davlatchiligining tabiiy ravishda, o’z milliy asosiga tayangan holda rivojlanishiga to’sqinlik qilgan mustamlaka davri va sovet davrining dastlabki bosqichi tarixini va ma’muriy boshqaruv amaliyotini tahliliy jihatdan ko’rib chiqish va umumlashtirishga harakat qilindi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish