Buyuk davlatchilik shovinizmi- bir davlatning boshqa davlat yoki davlatlar ustidan siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va harbiy hukmronligini o‘rnatishga qaratilgan nazariya va amaliyot.Xususan XIX asr oxiridan boshlab Rossiya imperiyasining hukmron doiralari boshqa xalqlarga, jumladan, O‘rta Osiyo 22
xalqlariga nisbatan ana shunday siyosat olib borganlar. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda ham bir qancha mamlakatlar buyuk davlatchilik siyosatini xilma-xil ko‘rinishda olib bordilar. Prezident I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik xavfsizligimizga tahdid solayotgan muammolardan biri ekanligini alohida ta’kidlagan: «O‘tgan mustaqil rivojlanish yillarida davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdid saqlanib qolmoqda. Bu tahdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda va muayyan hatti-harakatlarda namoyon bo‘lmoqda»1.
1 Каримов И.А. «Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлатлари. -Т.: «Ўзбекистон», 1997, 51- бет
Do'stlaringiz bilan baham: |