Reja: Kirish Monopoliya mohiyati va uning turlari


Monopoliyaga qarshi kurashda O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar



Download 106,78 Kb.
bet12/14
Sana18.04.2022
Hajmi106,78 Kb.
#562097
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Султанов Ж CC 50

4. Monopoliyaga qarshi kurashda O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar.
Yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik. Umuman olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. Monopolizm avj olib ketgan sharoitda ayni mamlakatdagi raqobat, narx-navo, ish haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin.Monmopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi.
Davlat monopoliyaga qarshi siyisat yurgizishda avvalo, qonun tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon antimonopol qonunchilik deb ataladi. Tarixdan ma’lumki antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba’zi davlatlar bundan mustasno). Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan monopolistik hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda, bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati raqobat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U, birinchidan, ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni, ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin bo’lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchinchidan, zaxiralarning iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni yo’qotishni taqozo etadi. Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar, qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining berkligi va hokazolar ana shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin, ular bozor stixiyasining o’z-o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi, xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam beradi. Monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita tartibga solish.
Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo etadi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o'z-o'zidan, evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta'kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi.Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan.ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik subyektlarining mavjudligi. Ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Quyidagi xatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:

  • xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiiste’mol qilinishi (5-modda)

  • xo’jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro kelishilgan xatti-harakatlar) (6-modda)

  • davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo’naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda)9

Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992-yilda O’zbekiston monopoliyaga qarshi organ – Moliya Vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi farmoniga asosan, Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo’mitasiga aylandi. Keyinchalik mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi farmoniga binoan, u monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga aylantirildi.
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozoridagi shu turdagi mahsulotning ulushi 35 %dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 % deb belgilanadi.
Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxonalarning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo’yish.
2. O’z monopol mavqeini suist’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi” nizom asosida amalgam oshiriladi.
Monopoliyani maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan bu chora-tadbirlar o’z natijasini berdi. Bu chora tadbirlar samarasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oxirgi 12 yil mobaynida monopolist korxonalar soni deyarli 4 barobar kamaydi, monopolist mahsulotlar soni esa 30 barobarga kaamaydi. 2004-yilda yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi. Buning yorqin misoli sifatida joriy 2010-yilning 26-fevralda O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Bu farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari farmonda qo’mitaning asosiy vazifalari va huquqlari aniq qilib belgilab berildi.
To‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish, uning eng muhim talablaridan biri bo‘lgan sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish natijasida tadbirkorlik va kichik biznes subyektlari soni hamda ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Yurtimizda monopolist va tabiiy monopol bo‘lgan korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlashga doir qonunchilik asoslari yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bunday holatlarga barham berish yuzasidan izchil chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Tovar va xizmatlar bozoridagi o‘zaro tenglik, tabiiy monopol korxonalar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘mita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tabiiy monopoliyalar sohasiga kiritilgan 24 xil mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlarini moliya organlarida deklaratsiyadan o‘tkazmasdan iste’molchilarga yetkazib berayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniqlandi. Ko‘rilgan chora tufayli ularning narxlari moliya organlarida belgilangan tartibda deklaratsiyadan o‘tkazilishiga erishildi. Yana bir yangilik sifatida, 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi dalat ishtirokidagi korxonalarda tajriba(sinov) sifatida monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etilishini kelrtirishimiz mumkin:

  • “Кварц” aksiyadorlik jamiyati;

  • “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki;

  • “UzAuoto motors” aksiyadorlik jamiyati;

  • “O’ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati;

  • “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati;

  • “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati;

  • “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati;

  • “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati.10

Bu islohotlar davomida biz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga olib boriladigan bir qancha amaliy vazifalarga to’xtalamiz:

Download 106,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish