Reja: Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati


Korxonani rivojlantirish rejasi va uning mohiyat



Download 30,02 Kb.
bet7/12
Sana08.01.2022
Hajmi30,02 Kb.
#333364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti

Korxonani rivojlantirish rejasi va uning mohiyat

Rejalarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslashda ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.

Ko’rsatkich bu topshiriqning ifodalanish formasi. Ko’rsatkichlar tizimi esa ko’rsatkichlarning mazmuni mohiyati va ifodalanishi majmuidir. Ko’rsatkichlar tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi:

Birinchidan: ma’lum bir maqsad va adresga qaratilganlik. Ikkinchidan: barcha sub’ektlar uchun umumiylik. Ko’rsatkichlar tizimiga quyidagilar kiradi:



  1. Natura va qiymat

  2. Miqdor va sifat.

  3. Tasdiqlangan va hisob-kitob.

Rejalashdagi qo’llaniladigan ko’rsatkichlar, son va sifat, hajm va solishtirma ko’rsatkichlarga bo’linadi. 1.Sonli ko’rsatkichli reja absolyut o’lcham bilan ifodalanadi. Bunga: tovar hajmi, sotish hajmi, ishchilar soni, ish haqi fondi, foyda summasi, turli ishlab chiqarish resurslarini sarfi (metall, yonilg’i va boshqalar.) 2.Sifat ko’rsatkichlari nisbiy o’lchamda hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishni iqtisodiy samarasi, uning alohida omillari bilan ifodalanadi. Bu mehnat unumdorligini o’sishi, mahsulot tannarxini kamayishi va boshqalar.

Sifat ko’rsatkichlari, son ko’rsatkichlarning o’zaro nisbiyligini ifodalaydi Masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond qaytimi, mahsulot sifati va boshqalar.

Son va sifat ko’rsatkichlarining o’zaro bog’lanishi va o’zaro ta’siri korxona jamoasi mehnatini samarali tashkil etish uchun, uzluksizlikni va ishlab chiqarishni o’sish proportsionalligini ta’minlash, ishchilarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo’naltirish uchun bitta ko’rsatkich masalan, tovar mahsuloti hajmi kamlik qiladi, bunda bar qator ko’rsatkichlar tizimi kerak bo’ladi. Son va sifat ko’rsatkichlarini hisoblash, soha ishchilarini ishlab chiqarishdagi mahsulot chiqarish hajmiga yo’naltirilgangina bo’lmasdan aholi uchun kerakli bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish kerak, xalq xo’jaligiga tur bo’yicha, kerakli sifat talabida kam sarf qilish bilan foyda ko’rinishidagi samara olish kerak. Ushbu muammolarni hal etish yechimi, korxonani bozor munosabatlariga o’tishi hisoblanadi.

Hajmli ko’rsatkichlar ishlab chiqarishni bir butun absolyut o’lchamlari, unda qatnashayotgan alohida jarayonlar, omillar bilan belgilanadi. Masalan, ishlab chiqarishni bir butun hajmi, mexanik ishlovlar, yig’im, mehnat sarflari, material resurslari va boshqalar hajmlari.

Solishtirma ko’rsatkichlar ikki yoki bir qancha o’zaro bog’langan ko’rsatkichlarni belgilanish nisbiyligi. Masalan, mahsulot birligiga metall sarfi, ishlab chiqarish quvvati birligiga kapital qo’yilma va boshqalar.

Tasdiqlangan ko’rsatkichlar yuqori davlat organlari tomonidan beriladi, bajarilishi majbur hisoblanadi. Masalan, yalpi paxta hosili. hisob-kitob ko’rsatkichlar tasdiqlangan ko’rsatkichlarni asoslashda foydalaniladi. Ularga ekin maydoni, hosildorlik, ishlab chiqarish quvvati, quvvatdan foydalanishni misol qilib olishimiz mumkin.

Korxonani rivojlantirish rejasiga quyidagi asosiy bo’limlar kiradi:

1. Soha mahsuloti ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish programmasi).

2. Fan va texnikani rivojlantirish rejasi.

3. Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejasi.

4. Kapital qurilish va kapital qo’yilma rejasi.

5. Material texnik ta’minot rejasi.

6. Mehnat va xodimlar rejasi.

7. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotni sotish rejasi.

8. Moliyaviy reja.

9. Korxona va birlashma jamoasini ijtimoiy rivojlantirish rejasi

10. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resruslardan unumli foydalanish rejasi

Mahsulot ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarishdagi alohida turdagi mahsulotga belgilanadigan natural va qiymat ifodasidagi topshiriq bo’lib, kelajakda mahsulot sifatini oshirishni ko’zda tutadi. Mahsulot hajmini aniqlash uchun tovar mahsulotni qiymati va uni sotish ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.


Fan va texnikani rivojlantirish rejasi - uning bosh ahamiyati - ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashtirish, shu sababli, ushbu tadbirga ilmiy tadqiqot ishlari, ishlab chiqarishda mahsulotning yangi turini ko’paytirish, progressiv texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish kiritiladi. Fan va texnikani rivojlantirish ko’rsatkichlari mamlakatda birinchi ishlab chiqariladigan mahsulotni yo’lga qo’yishda, mexanizatsiya darajasi va mehnatni avtomatlashtirish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishga ajratish, rejali davr uchun, ishlab chiqarishni texnik darajasini oshirish tadbiri bo’yicha nisbiy ishchilar sonini kamayishi, mehnat unumdorligini ortishi va tovar mahsuloti tannarxini kamayishi, shuningdek soha korxonalari ishlab chiqarish uchun uslubiy bo’lgan ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, jihozlardan foydalanish, ishlab chiqarishdagi material sig’imi, mehnat unumdorligi natural ko’rinishi va boshqalar hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejasi - unda umumlashgan ko’rsatkichlar, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish, jonli mehnat iqtisodiy samaradorligini oshirishni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari - asosiy fondlar, aylanma vositalar, kapital qo’yilma, material resurslar beriladi. SHu ko’rsatkichlar sonidan sof va tovar mahsuloti ishlab chiqarishni o’sish surhati, umumiy rentabellik, bir so’mlik tovar mahsulotiga xarajatlar, mehnat unumdorligini o’sishi va aylanma vositalari aylanish sonini o’sishi bilan ifodalanadi.
Kapital qo’yilishi va kapital qo’yilma rejasi - yangi qurilish, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va rekonstruktsiya qilish, ishlab turgan yirik Sexlarni qurish va kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish, jihozlarni modernizatsiya qilish, eski jihozlarni unumdorligi katta bo’lgan ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashgan yangisiga almashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Material texnik ta’minot rejasi - bu material hisoblar tizimi, ishlab chiqarishga aloqador va zarur turdagi soha mahsulotini iste’mol qilish, ular rejasini amalga oshirishni ko’rsatadi. Material texnik ta’minot rejasi, xomashyo, material, yonilg’i, energiyani solishtirma sarfini kamayishini hisobga olgan holda ishlab chiqish ta’minlanadi.
Mehnat va xodimlar rejasini - ishlashda asliy vazifa tizimidagi (mehnat unumdorligi) ko’tarilishni, ishlab chiqarish hajmi ko’payishini asosiy sharti va uning samaradorligini ko’tarilishini ko’zda tutishni asosiy shart deb qaraladi. Mehnat unumdarligini oshirish, yillik unumdorlikni me’yoriy qiyosiy narxlardagi tovar mahsulotini ro’yxatdagi soha -- ishlab chiqarish xodimini bir ishchisi uchun hisoblanadi. Bu bo’limda boshqa asosiy ko’rsatkich oylik ish haqi fondi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari (izderjki) va sotish rejasi - bu bo’limni ishlashda doim vazifa qilib ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, ko’proq material, mehnat va moliyaviy resurslardan unumli foydalanish qo’yiladi. Bevosita tannarxni rejalashtirishdan maqsad - ishlab chiqarishda iqtisodiy asoslangan o’lchamdagi xarajatlar rejada ko’zda tutilgan mahsulotni tayyorlash uchun kerak bo’lgan, ishlab chiqarishni aniqlovchi o’lchamidagi xarajati, foydani rejalashni vazifasi ishlab chiqarish faoliyati natijalari bo’yicha olinadigan daromad o’lchami hisoblanadi.
Moliyaviy rejani asosiy ko’rsatkichlari - shaxsiy aylanma vositalarga talabni hisoblash va ular aylanishini tezlashtirish topshirig’i, korxonalarni o’zaro davlat byudjeti bilan ta’siri, asosiy ishlab chiqarish fondlarini, foyda topshirig’ini bunyod qilish va foydalanish belgilanadi. Moliyaviy rejaning asosiy qismi kredit rejasi hisoblanadi.
Korxona va birlashma jamoasini ijtimoiy rivojlantirish rejasida, korxona birlashma jamoalari uchun ko’proq muhim bo’lgan tadbirlar yechimi, alohida hududdagi ijtimoiy vazifalarni rivojlantirish, mehnat dam olish va maishiy sharoitni yaxshilashni ko’zda tutadi.
Tabiatni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan unumli foydalanish rejasida quyidagi yo’nalishlar - suv resurslaridan samarali foydalanish va himoya qilish, havo basseynini himoya qilish, yerdan samarali foydalanish va himoya qilish, mineral resurslardan samarali foydalanish va himoya qilishni ichiga oladi. Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar rivojlanishning noaniqligi, korxona iqtisodiyoti rivojlanishining mos keluvchi yo’nalishlarini ishlab chiqish zaruriyatini belgilab beradi. Bu vazifa amalda rejalashtirish va bashorat qilish yordamida amalga oshiriladi.

Download 30,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish