Reja: Magnit oqimi



Download 451 Kb.
bet3/4
Sana20.04.2022
Hajmi451 Kb.
#566571
1   2   3   4
Bog'liq
1452092578 63107

4. O'zinduksiya. Elektromagnit induksiya hodisasining asosiy qonuniga asosan, kontur yuzi orqali o`tayotgan magnit oqimi o`zgarayotgan barcha hollarda induksiya E.YU.K. si hosil bo`ladi. Shuning uchun konturdan oqayotgan tok kuchining o`zgarishi natijasida xuddi shu konturning o`zida induksion E.YU.K. ni hosil qiladi. Bu hodisani o`zinduksiya hodisasi deyiladi.
Masalan, konturni (g’altakni) o`zgarmas tok manbaiga ulash yoki uzish vaqtida shu konturning o`zida o`zinduksiya hodisasi kuzatiladi.
Kalit K ulanganda, g’altakdan o`tayotgan tok o`zining to`liq qiymatiga birdaniga erishmaydi. Binobarin, g’altak atrofida hosil bo`layotgan magnit oqimi ham o`zining to`liq qiymatiga birdaniga erishmaydi. Lens qoidasiga binoan, hosil bo`layotgan induksion tok induksiya oqimini hosil qiladi, bu oqim dastlabki magnit oqimini ortishiga qarshilik qiladi. Hosil bo`lgan induksion tok ulanayotgan tokka teskari yo`nalgan bo`ladi (tok yo`nalishi punktir chiziqli strelka bilan ko`rsatilgan). Bu tokni ulanish ekstra toki deyiladi. Ulanish ekstra toki konturdagi tokni kamaytiradi.
Zanjirni uzganimizda ham shunga o`xshash hodisa ro`y beradi. Agar konturda tok kuchi kamayotgan bo`lsa, konturni yuzi orqali o`tuvchi magnit induksiya oqimi ham kamayadi. Bunday holda asosiy tok bilan bir tomonga yo`nalgan tok induksiyalanadi. Bu induksion tok uzilish ekstra toki deyiladi. Bu tok asosiy tok bilan bir tomonga yo`nalgan bo`ladi.
Konturning kuchli yoki kuchsizroq o`zinduksiya hodisasini namoyon qilishi o`zinduksiya koeffitsiyenti deb ataladigan fizik kattalik bilan xarakterlanadi.
Konturdan o`tayotgan tok tufayli vujudga kelayotgan magnit oqim tok kuchiga proporsional, ya`ni:
Ф = LI,
bu yerda L - konturning induktivligi bo`lib SI tizimda Genrida o`lchanadi.
[L] = [Ф/I] = Vb/A = Gn
Demak, 1 Gn shunday elektr zanjirining induktivligiki, zanjirdan 1 A o`zgarmas tok o`tkanda vujudga keladigan magnit oqim.
Induktivlik. Bio – Savar – Laplas qonuniga binoan, berk kontur bo’ylab oqadigan elektr toki hosil qiladigan magnit oqimi tok kuchiga proporsional bo’ladi, ya’ni:

bu yerda L – proporsionallik koeffitsiyenti bo’lib, konturning induktivligi deyiladi.
Induktivlik deganda, konturdan bir birlik tok oqib o’tganda yuzaga keladigan magnit oqimi tushuniladi va u konturning shakli, o’lchamlari va kontur joylashgan muhitning magnit singdirvchanligiga bog’liq.
SI sistemasida induktivlikning o’lchov birligi

5. O’zaro induksiya. O`zaro induksiya hodisasi shundan iboratki, biror konturdagi tokning kuchi o`zgarganda bu tokning o`zgaruvchan magnit maydoni qo`shni konturlarda E.YU.K. ni hosil qiladi. Ikkita (1 va 2) konturlarni olaylik.
Konturdagi tok kuchi I1 bo`lsin. Bu tok hosil qilayotgan magnit induksiya oqimi F tok kuchi I1 ga proporsional bo`ladi. Ф oqimning 2 konturni kesib o`tayotgan qismini Ф21 bilan belgilasak, u vaqtda
Ф21 = L21 . I1
1-konturdagi tok kuchi I1 o`zgarsa, F21 ham o`zgarib 2-konturda 2 E.YU.K hosil bo`ladi. Bu kattalik:
2 = - dФ21/dt

Agar konturning o`lchamlari, bir-birlariga nisbatan vaziyatlari o`zgarmasa, L21 koeffitsiyent o`zgarmas bo`ladi va


21/dt = L21 (dI1/dt),
bo`ladi
2 = - L21 (dI1/dt)
L21 koeffitsent 2 kontur bilan 1 konturning o`zaro induksiya koeffitsiyenti deyiladi.
6. Magnit maydon energiyasi va uning zichligi. Tok oqayotgan o`tkazgichlar atrofida doimo magnit maydon hosil bo`ladi va tok o`tishi to`xtashi bilan magnit maydoni ham yo`qoladi. Demak, tok energiyasining ma`lum bir qismi o`tkazgich atrofida magnit maydonni hosil qilishga sarflanadi.
Induktivligi L bo`lgan konturdan I tok kuchi oqayotgan bo`lsin. O`tkazgich atrofidagi oqim tokka proporsional bo`ladi, ya`ni dФ=L.dI. Magnit oqimi dФ ga ortishi uchun dA = IdФ = LIdI ish bajariladi. U holda Ф magnit oqimini hosil qilishda bajarilgan ish quyidagicha bo`ladi:
.
Kontur bilan bog’liq bo`lgan magnit maydonning energiyasi .
Solenoid ichida hosil bo`lgan magnit maydon energiyasi

bu yerda Sl = V solenoid hajmi. Solenoid hosil qilgan magnit maydon bir jinsli bo`lib, solenoid o`rtasida yig’ilgani uchun maydonning hajmiy zichligi

kattalik bilan ifodalanadi.



Download 451 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish