Reja: Maktabgacha ta`lim haqidagi Nizomga muvofiq nodavlat maktabgacha ta`limni tashkil etish



Download 42 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi42 Kb.
#82246
Bog'liq
5-amaliy


Maktabgacha ta`lim haqidagi Nizomga muvofiq nodavlat maktabgacha ta`limni tashkil etish

Reja:


Maktabgacha ta`lim haqidagi Nizomga muvofiq nodavlat maktabgacha ta`limni tashkil etish

2. Ko`p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari va qo`shma tiptagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari haqida nizom

3. Bolalarni ko`p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim ta`lim tashkilotlari va qo`shma tiptagi maktabgacha ta`lim tashkilotlariga yo`llash bo`yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to`g`risidagi nizom

4. PQ-3651-sonli qarori haqida

 

Javoblar.



1. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomiga ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari

Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:

Maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

Ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.

Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:

Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’ligini mustahkamlash;

Bola shaxsini sog’lom  HYPERLINK "https://fayllar.org/barkamol-avlodni-manaviy-yetuk-qilib-tarbiyalashda-boshlangich.html" va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;

Bolaning intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

Bolaning rivojlanishidagi(nutqida, ko’rishida, eshitishda) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;

Bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim muassasini faoliyatini tashkil etish.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat majtabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda letsenziya olgan vaqtdan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.

Muassasa o’z(mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo’lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida quyidagi ish tartibi joriy etiladi:

12 soatli;

10,5 soatli;

9 soatli;

4 soatli;

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.

2.Umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklari qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Shuningdek Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom qayta ko‘rib chiqiladi.



 

2019-yil 1-iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ushbu tashkilotlar tarbiyachilari yordamchilari, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga xuddi shunday miqdorda qo‘shimcha haq to‘lana boshlaydi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:



 

— Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom;

 

— Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom;



 

— Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom;

 

— Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom.



 

Hujjatlarda ushbu tashkilotlarning maqsad va vazifalari, ularni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish tartibi, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, bolalarni qabul qilish va undan chiqarish, moliyalashtirish va boshqalar qayd etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2019-yildan kuchga kirdi.



3. Vazirlar Mahkamasining 14.05.2019-yildagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-son qarori 

Umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklari qayta ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom qayta ko‘rib chiqiladi.

2019-yil 1-iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ushbu tashkilotlar tarbiyachilari yordamchilari, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga xuddi shunday miqdorda qo‘shimcha haq to‘lana boshlaydi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

— Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom;

— Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom;

— Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom;

— Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom.

Hujjatlarda ushbu tashkilotlarning maqsad va vazifalari, ularni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish tartibi, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, bolalarni qabul qilish va undan chiqarish, moliyalashtirish va boshqalar qayd etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2019-yildan kuchga kirdi.



 4. PQ-3651-sonli qarori haqida

 

Maʼlumki, bugungi kunda davlatimiz tomonidan maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, xususan, nodavlat maktabgacha taʼlim tarmogʻini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, maktabgacha taʼlim tizimida nodavlat sektorni rivojlantirishda davlat-xususiy sherikchiligi – keng qoʻllaniladigan usullardan biridir.

 

Respublikamizda davlat-xususiy sherikchiligi asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 



5-apreldagi PQ-3651-sonli “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 

22-noyabrdagi 944-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilingan boʻlib, ushbu qarorlar bilan maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchiligining bir nechta shakllari joriy etildi.

 

Shuningdek, ushbu qarorlarga asosan davlat tomonidan maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchiligi asosida nodavlat maktabagacha taʼlim muassasalarini (keyingi oʻrinlarda NMTM) tashkil etmoqchi boʻlgan tadbirkorlarga NMTM qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli imtiyozli kreditlar ajratiladi.



 

Mazkur maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ekvivalenti 100,0 million AQSH dollari va Oʻzbekiston Respublikasiga byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan ekvivalenti 100,0 million AQSH dollari miqdoridagi kreditlari jalb etilgan boʻlib, bugunga qadar ushbu mablagʻlarning ekvivalenti 153,1 mln.AQSH dollari (1231,6 mlrd.soʻm) miqdoridagi mablagʻlar tijorat banklariga ajratildi (tijorat banklar va hududlar kesimida ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan ilovadagi jadvalda tanishishingiz mumkin).

 

Ushbu mablagʻlar hisobidan tijorat banklar tomonidan 771 ta tadbirkorga imtiyozli kreditlar ajratildi.



 

Mazkur sohada faoliyat olib bormoqchi boʻlgan tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar oʻrganilganda, ular tomonidan imtiyozli kreditlar olish boʻyicha bir qator tushunmovchiliklar mavjudligi (kredit olish shartlari, tartibi va h.k.) aniqlandi. Ushbu tushunmovchiliklarni bartaraf qilish hamda mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish jarayonini qadamma-qadam tushuntirib oʻtishni zarur deb hisobladik.

 

Demak, davlat-xususiy sherikchiligi asosida NMTMni tashkil etmoqchi boʻlgan tadbirkorlar imtiyozli kreditni olish uchun quyidagi ishlarni bajarishi lozim:



 

1-qadam. Tadbirkor NMTMni tashkil qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 944-sonli qarorida belgilangan tartibda hududiy maktabgacha taʼlim boʻlimiga murojaat qiladi (davlat-xususiy sherikchiligining tanlangan shakliga qarab taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati va shartlar farqlanadi).

 

Murojaat kelib tushgandan keyin hududiy maktabgacha taʼlim boʻlinmalari hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim qiladi. Vazirlik tomonidan loyiha ijobiy baholanganda, tadbirkor bilan davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi bitim tuziladi.



 

2-qadam. Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisida bitim tuzilgandan keyin, tadbirkorning loyihani amalga oshirish uchun imtiyozli kredit olishga talabi mavjud boʻlganda hamda bitimda imtiyozli kredit olish koʻzda tutilgan taqdirda, tadbirkor imtiyozli kredit olish uchun hududi boʻyicha biriktirilgan tijorat bankiga oʻrnatilgan tartibda murojaat qiladi. 

Maʼlumot uchun: hududlarga biriktirilgan tijorat banklari roʻyxati:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzsanoatqurilishbank

Andijon viloyati Xalq banki, Hamkorbank

Buxoro viloyati Ipoteka bank

Jizzax viloyati Qishloq qurilish bank, Trastbank

Qashqadaryo viloyati Agrobank, Aziya Alyans bank

Navoiy viloyati Turonbank

Namangan viloyati Ipak yoʻli bank, Kapital bank

Samarqand viloyati Mikrokreditbank, Oriyent finans bank

Sirdaryo viloyati Asaka bank, Ipoteka bank

Surxondaryo viloyati Milliy bank

Toshkent viloyati Aloqa bank, Davr bank

Fargʻona viloyati Milliy bank, Universal bank

Xorazm viloyati Infin bank, Savdogar bank

Toshkent shahri Oʻzsanoatqurilishbank, Ipak yoʻli bank, Hamkorbank, Kapital bank

Tijorat bankiga kredit ajratish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim qilingandan keyin, ushbu bank tomonidan hujjatlar oʻrganib chiqiladi, bunda tadbirkorning garov taʼminoti mavjudligiga alohida eʼtibor qaratiladi. Taqdim qilingan hujjatlar va maʼlumotlar talablarga toʻliq javob berganda, tijorat banki va tadbirkor oʻrtasida kredit shartnomasi imzolanadi.

 

Tijorat banklari tomonidan bank bilan shartnoma tuzgan tadbirkorlarning imtiyozli kreditga boʻlgan talabnomasi shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim qilinadi. 



 

Maktabgacha taʼlim vazirligi barcha tijorat banklari tomonidan taqdim qilingan talabnomalarni oʻrganib chiqib, imtiyozli kredit ajratiladigan tadbirkorlar roʻyxatini shakllantiradi va Moliya vazirligiga taqdim qiladi.

 

- Moliya vazirligi taqdim qilingan roʻyxatga asosan tijorat banklarning Respublika bosh ofislari bilan bosh kelishuvlarni imzolaydi. Oʻz navbatida, bosh kelishuvlarga asosan imtiyozli kredit ajratish uchun yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mazkur maqsad uchun ajratilgan resurs mablagʻlaridan tijorat banklarining tegishli hisob raqamlariga hech qanday uzilishlarsiz oʻtkazib beradi.



 

 

Tijorat banklari resurs mablagʻlari kelib tushgandan soʻng tadbirkorning hisob raqamiga 15 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foiz stavkada imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻrnatilgan tartibda oʻtkazib beradi.



Adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi ,  -T.:O‘zbekiston,2012 .

2 .O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. ,  -T.:O‘zbekiston, 1997.

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,  -T.:O‘zbekiston,1997.

4. Maktabgach ta’lim konsepsiyasi,-T.:2019.

5. Maktabgach ta’lim mussasalarining Namunaviy  Nizomlari-T.:   2019.

6. Maktbgacha yoshdgi bolalarga qo`yiladigan davlat talablari-T.:  2018.

7. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T.:2013y

8. N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogik” TDPU nashriyoti T.: 2013 yil

9. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

10. «Ilk qadam» davlat dasturi.-T.:   2018

11. Xasanboyeva O. Pedagogika  tarixidan  xrestomatiya.   -T.:   O‘qituvchi. 1993.



12. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida. -T.: O‘qituvchi. 1997.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish