Reja: Maxsulotni sertifikatsiyadan utkazishning axamiyati



Download 21,74 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi21,74 Kb.
#344427
Bog'liq
Metrologiya


Maxsulot sifatiga qoyiladigan talablar.

Reja:
1. Maxsulotni sertifikatsiyadan utkazishning axamiyati.

2. Uzbekiston Republikasining 1993-yil 28 dekabrdagi "Maxsulot va xizmat sertifikatsiyasi tugrisidagi" konuni.

3. Majburiy va ixtiyoriy maxsulot sertifi-katsiyasi.

TAYaNCH IBORALAR:
Maxsulot sifati, xom-ashyo, maxsulot sertifikatsiyasi, muvofiklik sertifikati, rakobatbardosh, Xalkaro tashkilotlar, savdo-sotik, Xalkaro standartlar, sertifikatlashtirish konuni, maxsulot va xizmat, standartlashtirish, majburiy maxsulot sertifikatsiyasi, ixtiyoriy maxsulot sertifikatsiyasi, UzDavstandart.
Bozor iktisodiyoti sharoitida maxsulot sifatiga uta yukori talablar kuyildi. Maxsulot sifatini yukori bulishini ta'minlash ma'lum xom-ashyodan, ishlab chikarish kuvvatidan, mexnat resurslaridan, kushimcha materiallardan, yokilgi va energiyadan okilona foydalanib, ishlab chikarish samaradorligini oshirib, sifatlirok maxsulot yaratish, uning sifatini barkarorligini ta'minlash tushiniladi. Buning asosiy yana bir muxim shartlaridan biri- maxsulot sifatini oshirish xarajatini muttasil kamaytirib, ishlab chikarish samaradorligini ta'minlashdir.

Xozirgi sharoitda Uzbekiston Respublikasi bozor iktisodiyoti sharoitiga utish davrida sanoat korxonalarida ishlab chikarilayotgan maxsulot sifatini yaxshilash muxim ob'ektiv konuniyatga aylanadi, chunki " sifat" maxsulotlarining jaxon bozorida rakobatdoshligini ta'minlaydigan asosiy omillardan biridir, albatta bundan maxsulotning kupga chidamliligi, kafolatli muddatda xizmat kilib berishi bundan mustasno emasdir.

Tukimachilik va yengil sanoat korxonalarida ishlab chikarilayotgan tayyor maxsulotlarning sifatli kolaversa yigirilgan yoki pishitilgan iplarning sifatiga boglikdir. Shu bilan birgalikda uz navbatida yukori sifatli ip tugri tanlangan xom-ashyo, sozlangan yigirish jixozlarida sifatli xomaki maxsulotlardan yigiriladi.

Demak, sifatli maxsulot ishlab chikarish uni jaxon bozorida rakobatdoshligini ta'minlash uchun sanoat korxonalaridagi eski asbob uskunalar urniga zamonaviy bulgan xorijiy davlatlarning asbob-uskunalari bilan jixozlash, ishlab chikarishda, idishlarga joylashtirishda, saklash va tashishda, xamda ulardan foydalanilganda kuyilgan talablarga rioya kilish, maxsulot sifatini barkarorligini ta'minlash lozimdir.Bu talablar turli darajadagi (davlat yoki xalkaro mikyosda me'yoriy xujjatlar bilan rasmiylashtirilgan.

a) Maxsulot sertifikatsiyalashtirishdan utkazishning axamiyati

Davlatlar orasida iktisodiy, texnikaviy, madaniy alokalarning rivojlanishi xalkaro tashkilotlar tomonidan ishlab chikarilgan standartlar bilan jaxon bozorida rakobatbardosh maxsulotlar yetkazib berish bilan uygunlashadi. Davlatlararo savdo- sotik munosabatlarining samarali bulishida maxsulot sertifikatsiyasi katta axamiyatga ega . Bu turli maxsulot ishlab chikarishda turli mamlakatlarda bulishdan kat'iy nazar shu maxsulot sifatiga kafolat beruvchi sertifikatsiyadan foydalaniladi.

Maxsulotni sertifikatsiyalashtirish tovar ishlab chikaruvchilar orasida rakobatli kurashda uzlarining savdo-sotikdagi mavkeini mustaxkamlashda asosiy vositalardan xisoblanadi. Muvoffiklikni sertifikatsiyalashtirish- bu belgilangan maxsulot, jarayon yoki xizmatning ma'lum standartga yoki boshka me'yoriy xujjatga mos kelishini yetarli darajada isbotlaydigan uchinchi tomon faoliyatidir. Maxsulot ishlab chikarishda sertifikatsiyani kullash orkali sotuv bozorida rakobatbardoshligi ta'minlansa, iste'molchi olingan maxsulotning sifat kursatkichlarining barkarorligi va ularning me'yoriy xujjatlarga mos kelishi tugrisida kafolatlanadi.

Amalda uz-uzini sertifikatsiyalashtirish faoliyati xam ayrim xollarda kullaniladi. Muvoffiklikni sertifikatsiyalashtirishning asosiy maksadi iste'molchi istaklarini, maxsulotni ishlab chikarishdagi xavfsizlik, inson salomatligi, atrof-muxitning muxofaza masalalari buyicha ximoya kilish, maxsulotning rakobatchiligini ta'minlashda

uchraydigan turli texnikaviy tusiklarni bartaraf kilishdan iborat.

Standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish buyicha xukukiy savdo va konuniy boglanishlar kuyidagi xalkaro tashkilotlar orkali amalga oshiriladi:

-BMT koshidagi Yevropa iktisodiy komissiyasi (EEK):

-standartlashtirish buyicha xalkaro tashkilot(ISO):

-sertifikatsiyalashtirish buyicha ISO kumitasi (ISO/SERTIKO):

-muvofiklikni baxolash ISO kumitasi (ISO/KASKO):

-savdo va ta'riflar buyicha bosh assambleya(GATT):

-ulchov va birliklar xalkaro tashkiloti(MOMV):

-konuniy metrologiya buyicha xalkaro tashkilot (MOZM):

-sifat buyicha Yevropa tashkiloti (EOK):

Uzbekiston Respublikasida muvoffiklikni sertifikatsiyalashtirishda maxsulot, jarayon yoki xizmat:

-MDX davlatlari standartlari:

-Uzbekiston Respublikasining davlat standartlari talablariga javob berishi kerak:

-Uzbekiston Respublikasida kabul kilingan xalkaro standartlar talablari bilan takkoslanadi.

Xozirgi davrda Uzbekistonning eksport kilish potentsiali oshdi. Bular Respublikamizda ishlab chikarilayotgan maxsulotlarning sifati yaxshilanganidan dalolat beradi.Jaxon tajribasida tan olingan sifatini va maxsulotning rakobat bardoshligini ta'minlaydigan uslublaridan biri - maxsulot sertifikasiyasidir.Mamlaktimiz mustakilligini kulga kiritgandan keyin dunyo bozorida asosiy ruxsatnoma xalkaro koidalariga muvofik xarakat kiladigan Uzbekiston Davlat Standarti tomonidan akkreditlangan sertifikatsmya organlari tomonildan beriladigan - muvofiklik sertifikatidir.Bundan tashkari 1992 yilda Rossiyada" Sertifikatsiya tugrisida konun" kabul kilindi va bu konunga muvofik Uzbekistondan kushni Davlatlarga eksport kilinadigan maxsulotlarning asosiy kismi sertifikatsmya kilinar edi. Bularning xammasi Respublikamizda Sertifikatsiya Milliy tizimining tuzulishiga turtki berdi.

Uzbekiston Respublikasi "Maxsulot va xizmat sertifikatsiyasi tugrisidagi" konuni 1993 yil 28 dekabrda kabul kilindi. Bu konunni ishlab chikarayotganda Germaniya ,Turtsiya ,Xitoy,Rossiyada ishlatilayotgan konuniy dalolatnomalardan foydalanildi. Uzbekiston Respublikasidagi maxsulot va xizmat ob'ektlari sertifikatsiyasini iktisodiy, tashkiliy, xukukiy tomonlarini rasmiylashtirish konuni bulib, sertifikatsiya katnashchilarining xukuklari, majburiyatlari va ularning nimaga javob berishligini anglatadi.

Bu konun turtta bulim va 23 moddadan iboratdir.

I-bulim . Asosiy tushunchalar.

II-bulim. Sertifikatsiya buyicha umumiy talablar.

III-bulim. Majburiy va ixtiyoriy sertifikatsiya .

IV-bulim. Kelishmovchiliklarni kurib chikish.

1-bulim. Asosiy tushunchalar

1-modda .(M)- asosiy tushunchalar

2-modda. Sertifikatsiyaning maksadi va vazifalari

3-modda. Sertifikatsiyani konunlashtirish

4-modda. Xalkaro shartnoma va kelishuvlar

5-modda. Uzbekiston Respublikasi sertifikatsiyalashtirish tashkilotlari.

6-modda. Sertifikatsiya ob'ektlari va sub'ektlari.

II- bulim. Umumiy talablar

7-modda. Sertifikatsiya belgisi

8-modda. Sertifikatsiyalashtirish konuni va litsenziyasi

9-modda. Sertifikatsiya ma'lumoti.

III - bulim. Majburiy va ixtiyoriy maxsulot sertifikatsiyasi.

1O-modda. Sertifikatsiyani joriy kilish

11-modda. Majburiy sertifikatsiya utkazishning shartlari.

12-modda. Majburiy sertifikatsiya utkaziladigan maxsulotlarga kuyiladigan talablar.

13-modda. Maxsulotni majburiy sertifikatsiyalashtirishda tadbirkorlarning majburiyatlari.

14-modda. Keltiriladigan va chikariladigan maxsulot sertifikati.

15-modda. Maxsulotning majburiy sertifikatsiyalashtirish buyicha ishlarni davlat tomonidan ta'minoti.

16-modda. Majburiy sertifikatsiyalashtirish koidalarining bajarilishini davlat tomonidan nazorat kilish va tekshirish

17-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish.

18-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiyani amalga oshiruvchi sub'ektlar.

19-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiya tizimlari.

IY - bulim. Kelishmovchiliklarni xal kilish.

2O-modda. Sertifikatsiyalashtirish konunlarining buzilishidagi javobgarlik.

21-modda. Norozilik varakalarini kurib chikish

22-modda. Sertifikatsiyalashtirish tashkilotlari va sinov laboratoriyalari markazlarining javobgarligi

23-modda. Majburiy sertifikatsiya koidalarini buzilganligi tuo'risida korxonalar va tadbirkorlarning javobgarligi.

Majburiy sertifikatsiyani utkazish buyicha tashkiliy ishlarni UzDavstandart boshkarib boradi. Majburiy sertifikatsiyadan utadigan maxsulotlar ruyxati Uzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasida tasdiklanadi.

Majburiy sertifikatsiya ishlab chikarishning normativ xujjatlarining talablariga maxsulot tavsifining muvofikligini aniklash uchun maxsulot sinovini, inspektsion nazoratni va sertifikatsiya utgan maxsulot nazoratini tekshirishni uz ichiga oladi. Sinovlar standartlangan sinov laboratoriyalarida utilishi kerak. Majburiy sertifika-

siya buyicha ish xaki konunda kursatilgan tartibda arizachi tomonidan beriladi.

Majburiy sertifikatsiyalashga tegishli bulgan maxsulotni Uzbekiston Respublikasi xududida realizatsiya kilish kuyidagi xollarda man etiladi:

- sertifikatsiyaga takdim etilmagan bulsa;

- sertifikatsiyalash talablariga nomuvofikligi tufayli sertifikatsiyadan utmagan bulsa;

- agar sertifikatning ta'sir muddati tugagan bulsa yoki uning ta'siri tuxtatilgan (bekor kilingan) bulsa.

Muvofiklik belgisi bilan noxak tamgalangan maxsulot realizatsiyasi takiklangan.

Ishlab chikaruvchi (tadbirkor) majburiy sertifikatsiyaga tegishli bulgan maxsulot realizatsiyatsini amalga oshirishi uchun:

- majburiy sertifikatsiyaga tegishli bulgan maxsulotni sertifikatsiyalashga takdim etishi;

- sertifikatsiyalash tashkilotlari tomonidan maxsulotga berilgan yoki tan olingan sertifikati bulgan sertifikatlangan maxsulotgina realizatsiya kilinishi;

- agar sertifikatning ta'sir muddati tugagan yeki uning ta'siri tuxtatilgan ( bekor kilingan ) bulsa, sertifikatlangan maxsulotning realizatsiyasini tuxtatish yeki tugatish kerak.

Majburiy sertifikatsiyadan utgan maxsulotning Uzbekiston Respublikasiga yetkazish uchun tuzilgan kontrakt-shartnoma shartida Uz-Davstandart tomonidan berilgan yeki tan olingan talablarga muvofikligini tasdiklovchi muvofiklik sertifikatining va muvofiklik belgisining borligi kurilishi kerak.

Sertifikatlangan maxsulot, sifatni boshkarish tizimi, ishlab chikarish, akkreditlangan sinov laboratoriyalari (markazlari) ustidan inspektsion nazoratni UzDavstandart tomonidan tayinlangan sifat buyicha ekspert - auditorlar olib boradi.

Yuridik va fizik shaxs tomonidan istalgan maxsulotning normativ xujjatlar talablariga muvofikligini tasdiklash uchun ixtiyoriy sertifikatsiyadan utkaziladi. Akkreditlangan tashkilotlar va ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimi UzDavstandart bilan kelishilgan xolda sertifikatlashtirish koidasi va tartibini belgilaydi.

Ijtimoiy yunaltirilgan bozor munosabatlarining xukukiy asoslarini yaratish xukukiy davlat karor topishining xarakterli xususiyati va majburiy shartidir. Uzbekiston bozor iktisodiyotini amal kilishi uchun xukukiy negiz yaratuvchi konunlar kabul kilingan. Bu ko-

nunlarda respublikaning ijtimoiy-iktisodiy va milliy xususiyatlari xisobga olingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Shishkin I.F. "Osnovы metrologii, standartizatsii i kontrolya kachestva". Uchebnoye posobiye, M, Izdatelstvo standartov, 1988 god.

2. "Standart" jurnali. T, 2001 y.



3. Uz. RST 5.0.- 93

4. "Standart" jurnaliga ilova, T., 2001 y.
Download 21,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish