Reja: mikroelementlarni o’rganish borasida olimlarning qo’shgan hissalari



Download 53,58 Kb.
bet4/5
Sana03.07.2022
Hajmi53,58 Kb.
#735402
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xayrullayev Rustambek 1

Bor (B). Adabiyotlardan ma’lumki, yengil mexanik tarkibli chimpodzol, chim-gleyeli, botqoqlangan tuproqlarda bor juda kam bo’ladi. Tundra tuproqlarining tarkibida 1—2 mg/kg, chim podzol tuproqlarda 2 —5 mg/kg bor uchraydi. Agar noqoratuproq zonada 1 kg tuproqdagi horning miqdori 0,2—0,5 mg dan ko’p bo’lsa, borli mikroo’g’itlar solish tavsiya etilmaydi. Ammo bu ko’rsatkich qora tuproqlar uchun 0,3—0,65 ni, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari uchun 0,45—2,0 mg/kg ni tashkil etadi. Bori kam bo’lgan bu xil tuproqlarda uni o’g’it sifatida solish har gektar yer hisobiga zig’ir tolasini 2—3 s, qand lavlagisini 45 s ga oshirib, bir yo’la keyingi ekinning ildiz mevasidagi shakarning miqdorini ham 0,3—2,1% ga oshishiga sababchi bo’ladi. Borli o’g’itlar qo’llash natijasida zig’ir va paxtadan gektariga qo’shimcha 2—3 s hosil olish mumkin. Tuproq tarkibida bo’r miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o’simliklarda zaharlanish alomatlari paydo bo’ladi: poyaning pastki qismidagi barglar sarg’ayadi, kuyadi, to’kiladi. Borning serobligi chorva mollari salomatligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Misga torfli tuproqlar, Boltiq bo’yining chim-karbonatli tuproqlari, botqoq va botqoqlangan tuproqlari, qum va qumoq tuproqlari juda kambag’al bo’ladi. Nordon tuproqlarni ohaklash o’simliklarga tuproqdan misning kelib tushishini kamaytiradi. Ohak misning adsorbenti sifatida ta’sir etadi hamda ishqorlash yo’li bilan kompleks birikma hosil bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Xuddi shu vaqtda o’simlik misga nisbatan tanqislikni sezadi, tuproqda esa mis miqdorining kamligi kuzatiladi. Noqoratuproq zonada misning miqdori har kg tuproq hisobiga 1,5—3,0 mg dan, qora tuprqlarda 2,0—5,0 mg dan, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida 1,5—4,0 mg dan kam bo’lgan hollarda o’simliklarning misga bo’lgan ehtiyoji kuchayadi.
Marganes (Mn). Tuproqda marganesning miqdori bir muncha yuqori bo’lishiga (sariq tuproqlarda 1% gacha va undan ziyod, chim podzol tuproqlarda va qora tuproqlarda 0,1—0,2%) qaramay, bu elementning ko’p qismi tuproqda qiyin eriydigan oksid va gidrooksidlar tarzida bo’ladi. Neytral reaksiya atrofida (pH 6 dan 8 gacha) o’simliklar unga nisbatan tanqislik sezishi mumkin, chunki bu muhitda marganes qiyin eriydigan birikma shaklida bo’ladi. Marganesning miqdori noqoratuproq zonada 1 kg tuproqda 25—55 mg, qora tuproqda 40—60 va bo’z tuproqda 10—50 mg bo’lganda yaxshi samara beradi. Tuproqda marganes kam bo’lgan hollarda (yoki umuman boTmaganda) oziqlanish balansidagi elementlarning nisbati buziladi, chunki u kalsiy singari tashqi muhitdan ionlarni tanlab singdirilishida o’zini antogonist sifatida namoyon qiladi. Marganes reutilizatsiya jarayonini tartibga solib turuvchi element sifatida ham muhim o’rin tutadi. U o’simlik hujayralarining suv tutish qobiliyatini oshiradi va hosil elementlarining ko’proq saqlanishiga yordam beradi. Tuproqda marganes miqdori 1% gacha yetadi, lekin uning asosiy qismi o’simliklar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan shakldadir.

Download 53,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish