Reja Mo’g’ullar tarixiga oid manbalar



Download 48,54 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi48,54 Kb.
#747652
  1   2
Bog'liq
MARUZA


Mo‘g‘ullar istilosi va Chig‘atoy ulusi davrida davlat boshqaruv tartibi


Reja

  1. Mo’g’ullar tarixiga oid manbalar.

  2. Mo’g’ullarning O’rta Osiyoni istilo etishi. Chig’atoy ulusi.

  3. Mo’g’ullar davrida O’rta Osiyoda davlat muassasalari.

  4. Chig’atoy ulusida davlat boshqaruvi va Ma’sudbekning pul islohoti. Kebekxon va uning islohotlari.

  5. Tumanlar tizimi va ularning boshqaruvi.

  6. Chig’atoy ulusining ikkiga bo’linishi.



Qarang. Mo’g’ullar tarixiga oid manbalar. Mo’g’ullarning O’rta Osiyoni istilo etishi. Chig’atoy ulusi. Mo’g’ullar davrida O’rta Osiyoda davlat muassasalari. Chig’atoy ulusida davlat boshqaruvi va Ma’sudbekning pul islohoti. Kebekxon va uning islohotlari. Tumanlar tizimi va ularning boshqaruvi. Chig’atoy ulusining ikkiga bo’linishi.

Siyosiy tarix. O'rta asrlarning manbalarining ma'lumotlariga ko'ra, XII asr oxiri-XIII asr boshlarida mug'ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo'lib o'tadi. Yozma manbalarda mug'ullar menu(menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-908 y.y.) solnomasida tilga olinadi. Aksariyat manbalarda mug'ullarning birlashuv jarayonlari Temuchin nomi bilan bog'lanadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Temuchin 1155 yilda tug'ilgan bo'lib, boy mug'ul zodagoni Yesugay Bahodirning o'g'lidir.


XII asr o'rtalariga kelib Baykal ko'li atrofi, hozirgi Mug'uliston hududlarida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko'pchiligi Yesugay Bahodir ta'siriga o'ta boshlaydilar. Yegusay tatar va markit qabilalariga qarshi urushlar paytida 1185 yilda xoinona o'ldirilgandan so'ng tashabbus uning o'g'li Temuchin qo'liga o'tadi. Temuchvin 1186-1204 yillar davomida hokimiyat uchun kurash olib borib faqat mug'ullarnigina emas, ular bilan qo'shni bo'lgan tatar, markit, kerayit, jaloyir, nayman, uyg'ur, qorluq kabi ko'plab qabilalarni o'z qo'li ostida birlashtirib, kuchli davlatga asos soladi.
1206 yilning bahorida Mug'ulistondagi Onon daryosi irmoqlaridan birining sohilida o'z hokimiyatining to'liq mustahkamlab olgan Temuchin mug'ullarning umum qurultoyini chaqiradi. Temuchinning tarafdorlari – mug'ul zodagonlari to'plangan bu qurultoyda u oliy mug'ul hukmdori – ¬xon deb tantanali e'lon qilinadi va davlatning bosh shamani Teb Tangriy unga “Chingizxon” degan faxriy nom beradi (“Chingizxon” – kuchli, buyuk degan ma'noni anglatadi).
Qurultoyda Chingizxon o'z tug'i – bayrog'ini ko'tarib, o'nta lavozimni joriy etadi va uni o'z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahri yangi davlatning poytaxti qilib belgilanadi. Yangi mug'ul davlati – Yeke Mung'ol ulus ( Buyuk mug'ul davlati ) deb atalib uning boshqaruvi “Altan urug” (Oltin urug') qo'liga o'tdi.
O'z mavqei va hokimiyatini mustahkamlab olgan Chingizxon o'z harbiy kuchlarini isloh qilib, davlati sarhadlarini kengaytirish harakatini boshladi. U 1209 yilda tang'utlarni, 1211 yilda uyg'urlarni, 1215 yilda esa shimoliy Xitoyni poytaxt Chjundu (Pekin) shahri bilan birgalikda o'ziga tobe qilib oldi. Shu tariqa XIII asr o'ninchi yillari oxiriga kelib Sharqda ikkita yirik davlat – Xorazmshoh – Anushteginlar va Chingizxon davlatlari mavjud bo'lib, ular o'rtasida urush bo'lishi muqarrar edi. Chunonchi, 1215 yildagi Dashti Qipchoq yurishida Xorazmshoh mug'ullarning Jo'ji boshchiligidagi harbiy qo'shiniga duch keladi (hoz. Qozog'istonning To'rg'ay viloyati cho'llarida). G'arbga chekingan dushmanlari markitlar ustidan g'alaba qozongan mug'ullar Xorazmshohning 60 ming kishilik qo'shini bilan bir kun jang qildilar. Bu jang borasida Chingizxondan hech qanday ko'rsatma olmagan Jo'jixon ertasiga chekinishga majbur bo'ladi.
1215-1218 yillar oralig'ida Xorazmshoh va Chingizxon o'rtasida bir necha marta elchilar almashinadi. Rashiddin ma'lumotlariga ko'ra, Chingizxon 1218 yil Horazmshohga yuborgan nomasida uni “o'z o'g'illari qatorida ko'rishini” ma'lum qiladi. Sharq diplomatiyasiyada bu qaramlikni bildirishini Sulton Muhammad yaxshi anglagan edi. Undan tashqari 1218 yilgi Chingizxon tomonidan Xorazmga yuborilgan 450 kishilik elchilar guruhidagi 100ga yaqin savdogarlarga josuslik vazifasi ham topshirilgan edi. Shu bois bu karvon O'tror shahrida talon-taroj qilinib, elchilar o'ldiradi.
Bu voqeadan so'ng har ikkala tomon ham urushga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi, An-Nasaviy ma'lumotlariga ko'ra,Chingizxon bilan bo'ladigan jang munosabati bilan Urganchda chaqirilgan mashvaratda Sulton Muhammad o'rtaga tashlagan qator takliflarni inobatga olmadi. Chunonchi, to'ng'ich o'g'li Jaloliddinning, Xo'jand hokimi Temur Malik singari sarkardalarning barcha harbiy kuchlarni (A. Ziyo ma'lumotlariga ko'ra, qo'shin soni 600 ming kishi atrofida bo'lgan- E. B.) asosiy nuqtalarga yoki bir yerga to'plab, dushmanga zarba berish haqidagi maslahatlarga amal qilmadi va qo'shinlarni yirik shaharlarga bo'lib tashladi.
Chingizxon 1219 yilda o'z o'g'illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan Xorazmshohlar davlati ustiga yurish boshladi. Bu kuchlar o'sha yili yozni Irtish daryosi bo'yiga o'tkazib, sentyabr oyida chegaradan o'tadi. Chegaradan o'tgan Chingizxon o'z qo'shini bilan janubiy qozoq cho'llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O'tror shahri yaqiniga to'plab uni to'rt qismga bo'ladi. Chig'atoy bilan O'qtoy qo'shinning bir qismi bilan O'trorni qamal qilib egallash uchun qoldiradi. Ikkinchi qism esa Jo'ji boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchilig'kent, Sig'noq shaharlarini bosib olish uchun yuboriladi. Uchinchi qismga Uloq nuyon va Suketu Cherbu bosh bo'lib O'trordan janubga, Xo'jand va Banokatni egallash topshiriladi. Chingizxonning o'zi bosh bo'lgan asosiy to'rtinchi qism yirik shaharlar-Samarqand va Buxoroni egallash uchun yo'l oladi.
Bu yurishlar natijasida 1219 yilda O'tror, Jand, Yangikent, Borchilig'kent, 1220 yilda Xo'jand, Buxoro, Samarqand, 1221 yilda Termiz va Urganch shaharlari mug'ullar tomonidan bosib olinadi. Manbalarda “Jahon sultonlari poytaxti” va “Insoniyat buyuk farzandlari beshigi” nomini olgan Urganch, “Qubbatul Islom” nomini olgan Buxoro, “Sayqali ro'yi zamin” deb atalgan Samarqand kabi shaharlar talon-taroj qilindi. Ba'zi shaharlar, masalan, O'rtor, Sig'noq, Borchilig'kent kabilar uzoq vaqtlargacha dashtu-biyobonlarga aylanib qoldi. Shu davrda yashagan arab tarixchisi ibn al-Asirjug'ul (1160-1244 yy.) mug'ul bochqini dahshatlarini shunday ta'riflagan: “Ular (mug'ullar) hech kimga shafqat qilmadilar, aksincha, xotinlar, bolalar, erkaklarni o'ldirdilar, homilador xotinlarning qorinlarini yorib, tug'ilmagan go'daklarni nobud qildilar... Bu musibat to'lqinlari turli tomonlarga tarqaldi va uning fojeasi umumiy bo'lib qoldi hamda u shamol bulutlarni turli tomonga haydagani kabi butun viloyatlarga yoyildi. Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib Turkistondagi Qashg'ar va Balasag'un kabi viloyatlarni vayron etib, qirg'in qilib, talon-taroj qilib egalladi. Tatarlar hech qaysi shaharlarni omon qoldirmadilar, ketayotib hamma yerni vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o'tgan bo'lsalar, o'zlariga yoqmagan barcha narsalarga o't qo'ydilar”.
Shunday qilib talon-tarojlik urushlari natijasida XIII asr 20-yillari o'rtalariga kelib Chingizxon Sharqda Shimoliy Xitoydan G'arbda Amudaryogacha bo'lgan hududlarda o'z hokimiyatini o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. 1227 yilning avgustida Osiyoning ichkarisiga, tang'utlar ustiga yurish paytida Chingizxon vafot etadi. Chingiziylarning harbiy yurishlari natijasida 1260 yilda tarixdagi ko'chmanchilarning yirik davlatlaridan biri – Sharqda Amurdan Sariq dengizgacha, G'arbda Dunaydan Yevfratgacha bo'lgan hududlarni o'z ichiga olgan ulkan imperiya tashkil topdi.
“Yasoq” lar. Xon hokimiyati va davlat boshqaruvi. 1203 yildayoq mug'ullar davlatida hali bir tizimga ega bo'lmagan qonunlar to'plami vujudga kelib, u o'z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihatlar) larni jamlagan edi. “Buyuk yasoqlar” yoki Chingizxon yasoqlari (mug'ullar – zasoq, yosun) “qoida”, “qonun” degan ma'noni anglatadi. Yasoqlar to'la holatida 1206 yilgi mug'ul zodagonlari qurultoyida qabul qilinib, 1218 yilda qayta ko'rib chiqiladi va 1225 yilda so'nggi marta tahrir qilinadi. Juvayniy ma'lumotlariga ko'ra, yasoqlar uyg'ur yozuvida tumorlarga (o'rog'li qog'ozlarga) yozilgan bo'lib, “Yasoqlarning buyuk kitobi” (“Yasanomai buzurg”) deb nomlangan. Bu qog'oz o'ramlari nisbatan obro'li bo'lgan shahzodalarda saqlangan. Yasoqlarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning ayrim qismlari qisqartirilgan holda Juvayniy, Rashididdin, Vassaf, Ibn Batuta, Abul Faraj, Makriziy asarlarida uchraydi.
“Yasoq” qonunlari mug'ullarning qadimiy urf-odatlari, an'analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq ohangda, patriarxal tuzumni o'zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. “Yasoq” qonunlarining asosiy yo'nalishlari quydagicha bo'lgan:
1. Hukmdor (xon) “yasoq”qa qat'iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmaydigan bo'lsa, xonni umrbod qamash mumkin bo'ladi.
2. Chingizxon mug'ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to'la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi.
3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo'lganliklari uchun ham, urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim.
4. Jazolash darajasi sifatida o'lim jazosini eng ko'p miqdorda qo'llash.
5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik.
O'rta asrlar tarixi tadqiqotchilarning ma'lumotlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Chingizxon qonunlarining asosiy maqsadi feodallashayotgan davlat talablariga javob beradigan huquqning yangi tizimini tashkil etish edi. Yasoqlarga rioya qilish nafaqat davlatdagi har bir fuqaroning, balki xonlarning ham majburiyati edi.
Ta'kidlash joizki, Yasoqlar asosan ko'chmanchi hayot turmush tarzini ifoda etgan. Mug'ullar tomonidan bosib olingan ko'pgina hududlar, xususan, qadimdan o'zining huquqiy an'analariga ega bo'lgan O'rta Osiyo xalqdarini yangi qonunlarga bo'ysundirish nihoyatda og'ir edi. Chunki, asrlar davomida o'troq madaniy hayot kechirgan xalqlar ko'chmanchilar an'analarini qabul qila olmas edilar. Yasoqlarda ijtimoiy-xo'jalik va madaniy hayotning ko'pgina tomonlari o'z aksini topmagan, ayrim qoidalar esa musulmon diniy huquqlari va mahalliy aholi an'analarni inkor etar edi. Shuning uchun ham Yasoq tarafdorlari va mahalliy aholi o'rtasida ko'plab to'qnashuvlar bo'lib turgan.
Mug'ul bosqini, umuman olganda O'rta Osiyodagi ijtimoiy tuzimni o'zgartira olmagan bo'lsa-da, ko'p hollarda dasht an'analarining jonlanishiga yo'l ochib berdi va ko'pchilik bo'ysungan xalqlarning siyosiy va xo'jalik hayotiga yangi yo'nalishlarni olib keldi. Mug'ullar tomonidan barpo etilgan imperiyaning davlat boshqaruvi borasida imperiya xon urug'ining xususiy mulki, degan printsip hukmron edi. Davlat boshqaruvidagi bu o'ziga xoslikni o'z vaqtida Juvayniy shunday ta'riflagan edi: “Tashqaridan qaraganda boshqaruv va mamlakat bitta shaxsga ishonib topshirilgan bo'lsa-da, aslida o'sha shaxsning barcha ota tomonidagi qarindoshlarni (erkaklar) yerlarga va umumiy boylikka birgalikda egalik qiladilar”.
O'rta asrlar manbalarida mug'ul jamiyatidagi xon hokimiyati umumiy ko'rinishda qo'yidagicha beriladi: ona o'z bolasiga g'amxo'rlik qilgani kabi, xon ham o'z qaramog'idagilarga va qo'shinlarga g'amxo'rlik qilishga majbur. Uning qaramog'idagilar va qo'shinlar esa, hukmdorni o'z otasi deb hisoblaydilar. Shuningdek ular hukmdorga sidqidildan buysunishlari, xoinlik qilmasdan xizmat qilishlari hamda uning hokimiyatini qo'llab-quvvatlash uchun o'z jonlarini qurbon qilishga rozi bo'lishlari lozim. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak mug'ullar davlatida xon hokimiyatinng quyidagi huquq va vazifalari bor edi:
1.Xon hukmdor urug'ining boshlig'i va qaram vassallar hukmdori sifatida butun mamlakat, uluslarga tegishli hududlar ustidan oliy huquqqa ega bo'lib, uning asosiy vazifasi – mamlakatni tashqi dushmanlardan qurolli himoya qilish edi.
2.Xon urush e'lon qilish va sulh tuzish huquqiga ega bo'lib, mamlakat qo'shinlarining oliy boshlig'i edi.
3.Xon boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega bo'lib, mamlakatning tashqi siyosiy aloqalarini ham boshqargan.
4.Xon o'z qaramog'idagilarni qatl etish va omon qoldirish huquqiga ega bo'lib, mamlakatdagi bosh qozi vazifasini ham bajargan.
5.Xon qonunlar chiqarish hamda jamiyatning barcha a'zolari bajarishi lozim bo'lgan farmonlar chiqarish huquqiga ega bo'lib, jamoat tizimi va tartibni saqlash vazifasini bajargan.
Boshqaruvning qadimgi mug'ul an'analariga ko'ra, davlatdagi oliy hokimiyat xon qo'lida bo'lgan. Oliy hokimiyat huquqini beruvchi yagona manba – oltin urug' (Altan urug) hohishi bo'lib, oltin urug' o'z xohish – istagini shahzoda va aslzodalarning Qurultoyida ifoda etgan. Oltin urug'ning har qanday a'zosi o'z fazilatlari bilan shahzodalar va oliy aristokratiya tomonidan xon bo'lishga lozim topilsa, xon bo'lib saylangan. Mug'ul jamiyatida noiblar, zodagonlar va aslzodalar turli-tuman unvonlar berish ta'qiqlangan. Abul Faraj va Juvayniyning “Yasoq”larni sharhlashiga ko'ra, “podsho taxtiga o'tirgan kishiga faqat bitta xon yoki qoon unvoni beriladi. Uning aka-uka va qarindoshlari faqat o'zining nomi bilan ataladi.” “Yasoq”larning bu qismiga juda qattiq rioya qilingan bo'lishiga qaramay, XIV asrning o'rtalaridan boshlab Jo'ji va Chig'atoy uluslarida sulton unvoni ishlatila boshlandi.
Mug'ul an'analariga ko'ra, yangi hukmdorni saylaydigan butun mug'ul qurultoyi chingiziylar urug'ining yoshi eng ulug'i yoki vaqtincha hukmdor tomonidan chaqirilgan. Qurultoy vaqti oldindan belgilangan va choparlar orqali barcha uluslarga xabar berilgan. Belgilangan vaqt va aniqlangan joyda ulkan imperiyaning barcha uluslaridan shahzodalar va ularning qarindosh-urug'lari, malikalar, kuyov-ko'ragonlar, obro'li no'yonlar, amirlar, amaldorlar, shuningdek, mug'ullarga bo'ysungan hukmdorlar o'zlarining qimmatbaho hadya va tortiqlari bilan yetib kelganlar. Qurultoy bir necha hafta davom etgan (mas., 1229 yilda 40 kun, 1246 yilda 4 hafta va hok.)
Mug'ullarda hukmdor xon davlat boshqaruvidagi oliy hukmdor bo'lib, an'anaga ko'ra, xon hokimiyati umumiy manfaatlar, jamiyatdagi barqarorlik va adolatlilik kafolati bo'lgan. Hukmdor xonadonining har bir voyaga yetgan a'zosiga, jumladan hukmdorning beva qolgan xotiniga imperiyaning umumiy hududidan ma'lum sondagi hunarmandlar va dehqonchilik tumanlari berilgan. Ulardan kelgan foyda mulk egasining saroyi va qo'shinlari ehtiyojini qondirishga sarflangan.
Shu bilan birgalikda har bir voyaga yetgan mug'ul shahzodasi el (ma'lum urug'- va qabilalar) va yurtga (hududiy voha, yaylov uchun yerlar) davogarlik qilgan. Bunday sharoitda ular o'z ulusi odamlari bilan ularning qishgi va yozgi maskanlarida yashashlari hamda boshqaruv va soliq yig'ilishiga aralashmasliklari lozim bo'lgan. O'troq viloyatlar boshqaruvi, dehqonchilik vohalari va hunarmandchilik ustaxonalaridan soliq yig'ish va uni “kerakli odamga yuborish” buyuk xon tomonidan tayinlangan maxsus shaxslar, keyin esa mahalliy hukmdorlar zimmasida bo'lgan.
Chingiziylar davlatida harbiy aslzodalar ko'p bo'lib, Chingizxonning o'zi ham, undan keyingi mug'ul xonlari ham ularni xon va davlat oldidagi hizmatlari uchun taqdirlab turganlar. Bunday taqdirlanganlar tarxon deb atalgan. Ular turli soliqlardan ozod qilingan bo'lib, ov paytida va urushlarda qo'lga kiritilgan o'ljalar ularning shaxsiy mulki hisoblangan.
Mug'ilistonning o'zida va saltanatning sharqiy qismlarida Chingiziylar xonadoni shahzodalari dastlab kobegun, keyinchalik tayji deb atalgan. Chingiziylar davlatining g'arbiy qismida shahzodalar boshqacha atalgan. XIII-XIV asrlar musulmon mualliflari asarlarida dastlabki Chingiziylar shahzoda, podshozoda yoki oddiy forscha pisar (o'g'il) deb atalgan bo'lsa, g'arbiy chingiziylarning uchinchi, to'rtinchi va keyingi avlodlari turkcha o'g'il (ogul), o'g'lon (oglan) (odatda shahzodaning nomidan keyin) sifatida tilga olinadi. Yuqorida eslatganimizdek, XIV asrdan boshlab (ayniqsa g'arbiy Chingiziylarda) nisbatan keng tarqalgan shahzodalar unvoni sulton hisoblanadi.
Xullas, Chingizxon asos solgan saltanat Markaziy Yevropadan Yapon dengizigacha, O'rta Yer dengizidan Hindixitoygacha bo'lgan ulkan hududni o'z ichiga olgandi. Madaniy jihatdan bo'ysundirilgan xalqlardan ancha orqada bo'lgan Chingiziylar qaram o'lkalar tarixiy taraqqiyotida salbiy iz qoldirdi. Chingizxon asos solgan saltanatda uluslarga bo'lib boshqarish joriy qilingan bo'lsa-da, har bir ulus mustaqil bo'libgina qolmay, ular o'rtasida uzoq yillar o'zaro urushlar bo'lib turdi.
Chingiziylar o'rtasidagi o'zaro urushlar. 1227 yilda Chingizxon vafot etganidan so'ng uning davlati quyidagi to'rtta ulusga bo'lindi:
1. Jo'jiylar (Jo'ji avlodi) – Dashti Qipchoq.
2. Chig'atoiylar (Chig'atoy avlodi) – Yettisuv, Movarounnahr, Sharqiy Turkiston.
3. Xulagiylar (Tuluxonning o'g'li Xulagu avlodi) – Eron.
4. Yuanь dinastiyasi (Tuluxon avlodi) – Mug'iliston va Xitoy.
Ushbu to'rt sulolaning tarixiy taqdiri turlicha kechdi. Xitoyda hukmronlik qilgan Tuluxon avlodlari (Yuanь sulolasi) xitoylashib ketadi. Ular Xitoyda 1368 yilgacha hukmronlik qilgan bo'lsalar, Mug'ulistonda XVII asrgacha hokimiyatni boshqaradilar. So'nggi xulagiy hukmdori Abu Said 1335 yilda vafot etgach, Erondagi Xulagiylar davlati 1336-1353 yillarda inqirozga uchraydi. Chig'atoiylar sulolasi XVII asr oxirlarigacha mavjud edi. Jo'jixonlar avlodi Dashti Qipchoq va boshqa hududlarda XIX asr o'rtalariga qadar mavjud edi. Butun hukmronlik davrida ular o'rtasidagi o'zaro urushlar deyarli to'xtamadi.
Chingizxonning qudratli davlat barpo etish jarayonidayoq yirik mug'ul zodagonlari, harbiylari o'rtasida ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan yunalish paydo bo'ladi. Bu yo'nalishlarning birinchisi – xon hokimiyati, davlatning markazlashuv jarayonlari, bosib olingan xalqlar, ularning iqtisodiyoti, madaniyati va diniga bo'lgan ijobiy munosabatlardan iborat edi.
Bu yo'nalish tarafdorlari musulmonlar va karvon savdosi tashkilotchilari homiysi Ugedey (1229-1241 yy.), soliqlarni tartibga solib, shaharlar qurilishi va o'troqlashuv jarayonlariga katta ahamiyat bergan Kebekxon (1318-1326 yy.) edi.
XIII asr oxirlariga qadar, reaktsion, birinchi yo'nalishga o'ta dushmanlik kayfiyatida bo'lgan ikkinchi yo'nalish ham kuchli bo'lib, ularni mug'ul harbiy – ko'chmanchi zodagonlarining katta qismi qo'llab-quvvatlar edi. Mug'ul an'analari va urf-odatlarga sodiqligini saqlagan bu ko'chmanchi zodagonlar o'troq turmush tarziga va mahalliy aholiga dushmanlik kayfiyati bilan qarar edilar. Ular bosib olingan xalqlar mahalliy zodagonlar bilan yaqinlashishni xohlamay, o'troq aholiga nisbatan talan-taroj ob'ekti sifatida qarardilar. Ular shaharlar va qal'alarni mug'ullarga qarshi qo'zg'olon markazlari deb bilardilar va ularni vayron etardilar. Shuningdek ular islom va mahalliy madaniyatlarning dushmanlari edilar.
XIII asrning o'rtalariga kelib bu ikki siyosiy kuchlar o'rtasidagi kurash ancha susaydi. Chunki, barcha mug'ul zodagonlari keng ko'lamda davom etayotgan bosqinchilik urushlariga faol ishtirok etib, bosib olingan xalqdarning boshqaruviga deyarli aralashmay qo'ydilar. XIII asr 60-yillari oxirlarida yagona mug'ul imperiyasi bir nechta mug'ul davlatlariga bo'linib ketishi natijasida Chig'atoy ulusi tashkil topadi va Chig'atoy zodagonlari o'rtasida siyosiy kurash avj oladi. Dastlabki ikkita Chig'atoy xoni – Muborakxon va Baroqxon Movarounnahrga yaqinlashishga harakat qildilar. Muborakxon bir nechta mug'ul qabilalari (jaloyirlar, saroylar, barloslar va boshq.) bilan Yettasuvdan Angren daryosi vohasiga ko'chib o'tadi va 1266 yilda shu yerda xon qilib saylanadi. Baroqxon esa Chag'aniyonda (Surxon vohasi) o'z mulkiga ega edi.
Movarounnahrda olib borilayotgan siyosat ko'chmanchi mug'ul zodagonlarining qattiq qarshiligiga uchraydi. 1269 yilda Xayduxon Talas vodiysida mug'ul shahzodalari va nuyonlarining qurultoyini to'pladi. Bu qurultoyda qabul qilingan qarorlar o'zaro kelishuv xususiyatiga ega bo'ldi. Rashididdinning ma'lumotlariga ko'ra, qurultoy qatnashchilari o'zaro kelishib, “bundan buyon tog'larda va dashtlarda yashashga, shaharlar atrofida turib qolmaslikka, ekin ekilgan yerlarga chorva boqmaslikka, asoslanmagan soliqlar solmaslikka”qaror qildilar.
Muborakxon va Baroqxondan so'ng salkam yarim asr davomida Chig'atoy xonlari Movarounnahrda o'z qarorgohlarini bunyod etishga harakat qilmadilar. Ularning qarorgohlari Yettisuvda edi. Ko'chmanchi mug'ullarining Yettisuvga ko'plab kirib kelishi, shuningdek, mug'ul ko'chmanchi zodagonlarining mahalliy o'troq aholi manfaatlarini mensimasligi XIII asrning oxirlariga kelib butun Yettisuv hududlarining yaylovlarga aylanishiga olib keldi. Shuningdek, I. V. Petrushevshskiy ma'lumotlariga ko'ra, 1273 yilgi Buxoroni vayron etib, o't qo'yilishiga xulagiylar va chig'atoiylar mug'ullari birgalikda ishtirok etganlar.
XIV asrning boshlarida Chig'atoy xonlari yana madaniy rayonlar bilan barcha aloqalarni tiklashga, ular boshqaruvini qo'llariga olishga, davlatni markazlashtirishga harakat qila boshladilar. Xonlarning bu siyosati qishloq va shahar aholisi tamonidan to'la qo'llab-quvvatlandi. Ammo, 1316-1319 yillar davomida ko'chmanchilik turmush tarzi va boshqa urushlar tarafdori bo'lgan Chig'atoy shahzodasi Yasovur (xon Yasu Munkaning o'g'li) Movarounnahr va Xurosonda qirg'inbarot urushlar olib bordi. Yasovur olib borgan urushlar natijasida o'troq aholi ko'plab aziyat chekdi, xo'rlandi. Ko'plab ekin maydonlari payhon qilinib, qishloqlar, qal'alar, shaharlar vayron etildi. 1319 yil iyul oyida Kebekxon va Hirot hokimi Malik G'iyosiddinning birlashgan qo'shinlari Yasovur qo'shinlarini tor-mor etdi. Yasovur esa o'ldirildi.
1326-1334 yillarda hokimiyatni boshqargan Oloviddin Tarmashirin o'troq hayot an'analarini qattiq turib himoya qiladi. Tarmashirin siyosatidan norozi bo'lgan ko'chmanchi mug'ul zodagonlari 1334 yilda isyon ko'tarib uni o'ldirishadi. Tarmashirindan so'ng hokimiyat tepasida bo'lgan Changshi (1334 y.), Bo'zan (1334-1338 yy.), Eson Temur (1338-1342 yy.), Muhammad (1342-1343 yy.) lar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida sezilarli o'zgarishlar bo'lmadi. Aksincha, mahalliy qabilalar hokimiyati, urug' boshliqlarining ta'siri bu paytga kelib yanada kuchayadi va Chig'atoy hukmdorlari hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi.

2-§. Jaloliddin Manguberdi-yurt himoyachisi.


Jaloliddin Manguberdi-ona yurt


himoyachisi, jasur sarkarda va davlat
arbobi, xalqimizning Spitamen,
Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir
Temur singari tarixda o'chmas iz
qoldirgan milliy qahramonidir

Islom Karimov


Tariximizdagi ulug' zotlardan biri mug'ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan, Vatan ozodligi yo'lida jon fido qilgan Jaloliddin Manguberdidir. O'rta asr musulmon mualliflari, jumladan uning vaziri va mirzasi ham bo'lgan an-Nasaviy uni Mankburni, (ya'ni mank belgi, xol degan ma'noda, xoldor burunli degan ma'noni anglatgan) nomi bilan atashgan.


Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1998 yil 24-sentyabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud to'yi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib o'tildi. Jaloliddin Manguberdi faoliyati, mug'ul bosqini xususidagi qimmatli ma'lumotlar asosan an-Nasaviyning «Siyrat as sulton Jaloliddin Mankburni» (Jaloliddin Manguberdining hayot faoliyati) asarida uchraydi. Shuningdek, Ibn al-Asir Otamalik Juvayniy, Rashididdin kabi o'rta asr musulmon tarixchilari asarlarida ham shu davrga oid qator muhim ma'lumotlar keltiriladi. Mazkur davr bo'yicha XX asrdagi eng qimmatli ma'lumotlar Z.M.Buniyodovning «Xorazmshoh – Anushtegeniylar davlati» kitobida qayd etiladi.
Jaloliddin og'ir bir paytda Movarounnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi mug'ullar tomonidan istilo etilgan, imperiya qo'shini yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik yo'liga, qolgani o'z joni-mulkini asrash yo'liga tushgan, sulton mamlakatni o'z holiga tashlab qo'ygan, o'zaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida paydo bo'ldi. Jaloliddin shunday bir og'ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mug'ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mug'ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g'oliblikni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Mug'ullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta o'g'il bo'lsada, buvisi Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan bo'lib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urug'idan bo'lmish boshqa bir shahzoda Qutbiddin O'zloqshoh valiahd deb e'lon qilingan edi.
G'azna, Bomiyon, Al-g'ur, Bo'st, Takinobod, Zamin-Davora va Hindiston bilan chegaradosh yerlar esa Jaloliddinga mulk etib berilgan edi. Garchi Jaloliddin buvisining izmi bilan markazdan chetlatilgan bo'lsa-da, lekin sulton unga alohida muhabbat bilan qarar, uning jasurligini qadrlar va uni o'zidan uzoqlashib ketmasligini hohlar edi. Shuning uchun ham unga vazir etib taniqli davlat amaldori Shams-al Mulk Shahobiddin Alp al-Xaraviyni, noib (o'rinbosar) etib esa sarkarda Ko'zbar Malikni tayinlaydi. Muhammad Xorazmshoh plevrit (o'pkaga suv yig'ilish) kasali bilan og'rib taxminan 1220 yilning oxirlarida (hijriy 617 y.) quvg'inlikda Kaspiy dengizidagi Ashuradi orolida vafot etadi. O'limi oldidan sulton Jaloliddinni taxt vorisi deb e'lon qilib, sultonlik ba'zi rutbalarini unga topshiradi. Jaloliddin o'z inilari O'zloqshoh va Oqshohlar bilan otasini dafn etgach, 70 ta kishisi bilan to'g'ri Urganchga keladi. Tez orada unga Xo'jand hokimi Temur Malik va boshqa erksevar kishilar kelib qo'shiladilar. Xalq Jaloliddin Manguberdini shodu-xurramlik va katta umid bilan ko'tib oladi.
Lekin inisi O'zloqshoh va uning tarafdorlari unga qarshi fitna tayyorlayotganidan xabar topgach, bu alfozda mug'ullarga qarshi kurashib bo'lmasligini tushungan Jaloliddin 300 ta kishisi bilan yashirincha Xorazmni tark etadi. Jaloliddin 16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso qo'rg'oni atrofiga yetib keladi. Chingizxon sulton o'g'illarining Xorazmga qaytganliklaridan xabar topgach agarda ular Xurosonga chekinmoqchi bo'lsalar, ularga qarshi chiqadi degan maqsadda o'z qo'shinidan Xurosonning har yeriga pistirmalar qo'yadi. Jaloliddin Niso yaqinida o'zining 300 ta askarlari bilan mug'ullarning 700 kishilik otryadini zarbaga uchratadi. Mug'ullar batamom mag'lub etiladi.
Bu vaqtda Jaloliddinning ukalari O'zloqshoh va Oqshohlar sarosimaga tushib, nima qilishlarini bilmay, Jaloliddin ketidan ular ham Xurosonga ketishadi. Mug'ullarning kichik otryadi ustidan g'alaba qozonib, bu g'alabaga juda katta e'tibor berib yuborishadi. Shundan so'ng ayshi-ishratga berilib, Xurosonning Xabo'shan shahri yaqinida mug'ullarga qarshi navbatdagi kurashda qo'lga tushib, qatl etiladilar. Mug'ullar qatl etilgan shahzodalarning kallalarini namoyishkorona tarzda birmuncha vaqt Xurosonda olib yurishadi. Jaloliddinning yana bir inisi Rukniddin G'ursanjiy (manbalar unga «aql-zakovat va ko'rkamlikda tengi yo'q» deb ta'rif berishgan) Eronning Ustunavand qal'asida 6 oy mug'ullarga qarshi kurash olib borib, mardonavor tarzda halok bo'ladi. Jaloliddin esa bu vaqtda Nishopurga yetib keladi. Bir oy davomida mug'ullarga qarshi kurashish maqsadida barcha amir, sarkardalarga qo'shin yig'ish xususida murojaat qiladi. Mug'ullar uning ushbu faoliyatidan xabardor bo'lganliklarini bilgach, Zavzon (Nishopur va Hirot oralig'ida) tumanidagi Al-Qohira qal'asiga kelib o'rnashadi. Afsuski, bu vaqtda mahalliy noib hokimlar uning atrofida jipslasha ololmaydilar. Hali yetarli kuchga ega bo'lmagan Jaloliddin qal'ada uzoq turish xavfli ekanligini tushunib, G'azna tomon yo'l oladi.
Chingizxon esa bu vaqtda ulkan qo'shin bilan Xurosonga izma-iz kelayotgan edi. Jaloliddin G'aznaga yetmasdan yaqin orada Hirot hokimi hamda qayinotasi bo'lmish Amin Malik bilan uchrashadi va ular birgalikda Qandahor qal'asini qamal qilayotgan mug'ullar ustiga yurish qiladilar. Jaloliddin bu kurashda harbiy ilm tarixida ilk bora “piyoda yoyandozlar”ni mug'ullarning otliq askarlariga qarshi qo'yadi. Inglizlar keyinchalik bu harbiy usulga yuqori baho berib, o'zlarining Kress yonidagi mashhur janglarda undan foydalanishadi. Uch kunlik jangdan so'ng mug'ullar mag'lub etilib Jaloliddin g'olib bo'ladi va u G'azna tomon yo'l oladi.
U 1221 yilning fevralida G'aznaga kirib keladi. Manbalarning qayd etilishicha, xalq Jaloliddinni juda katta tantana bilan kutib oladi. Shahar xuddi xayit bayramidek shodu-hurramlikka to'ladi. G'aznada Jaloliddin xizmatiga Sayfiddin O'g'roq al-Xalajiy, Balx hokimi A'zam Malik, afg'on qabilalari sardori Muzaffar Malik va qarluqlar rahbari al-Hasan qarluq o'z qo'shinlari bilan qo'shiladilar. Jami qo'shinning soni tarixchilarning xabariga ko'ra 90-130 ming kishi atrofida bo'lgan. Chingizxon Jaloliddinning kuch-qudratini oshib borayotgani va mug'ullar undan Qandahorda zarbaga uchraganligidan g'azablanib, no'yon Shiki Xutuxu boshchiligidagi qo'shinni uning ustiga yuboradi. U 1221 yilning kuzida Jaloliddin yerlariga yaqinlashib keladi.
Jaloliddin bir hamladayoq mug'ullarni zarbaga uchratishga muvaffaq bo'ladi. Bu jangda mug'ullarning 1000 dan oshiq kishisi halok bo'ladi. Ko'plab tarixchilar jumladan, ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin bu jangga yuqori baho bergan edilar. Jaloliddinning mug'ullarga qarshi muhim janglaridan biri 1221 yilning ko'zida shimoliy Afg'onistonning Lagar daryosi bo'yidagi Parvona dashti yaqinida bo'lib o'tadi. Birlashgan qo'shinga shaxsan Jaloliddinning o'zi lashkarboshilik qilib, o'ng qanotga Amin Malik, chap qanotga Sayfiddin O'g'roq boshchilik qilishadi. Mug'ullar jon-jahdlari bilan kurashga kiradilar. Hatto Shiki Xutuxuning buyrug'i bilan Jaloliddin qo'shiniga xavf tug'dirish maqsadida har bir mug'ul askari orqasiga tulup o'tkazib ham qo'yishadi. Parvona jangi mug'ullarning mutlaq mag'lubiyati bilan tugab Shiki Xutuxu qolgan qutgan qo'shini bilan Chingizxon huzuriga bazo'r qochishga ulguradi.
Parvona yaqinidagi jang Movarounnahr va Xuroson ahli uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Shu paytgacha mug'ullarning ilohiy, yengilmas kuch-qudratga egaliklari xususidagi gap so'zlarga, afsonalarga chek qo'yildi. Jaloliddinning g'alabasidan Movarounnahr va Xuroson xalqlarining ruhi ko'tarildi, g'alaba ta'sirida Saraxs, Marv, Hirot va boshqa Xuroson shaharlarida mug'ullarga qarshi xalq isyonlari boshlanib ketdi. Buxoroda bosh ko'targan aholi esa mug'ullarni shahardan siqib chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Chingizxon Jaloliddinning kuchayib borishi, uning xalq ommasi tomonidan qo'llab-quvvatlanilishi mug'ullar bosib olgan yerlar uchun qanchalik xavf tug'dirishini yaxshi anglab yetgan edi. Shu sababdan ham shaxsan o'zi Jaloliddinni qanday qilib bo'lmasin mag'lub etish maqsadida shitob bilan katta qo'shinga bosh bo'lib, janub tomon yo'l oldi.
Jaloliddin qo'shini Parvona jangidan so'ng katta o'ljani kiritgan edi. Ushbu o'ljaning taqsimlanishi vaqtida Jaloliddinning ikki sarkardasi Amin Malik va Sayfiddin O'g'roq o'rtasida ixtilof chiqadi. Ixtilof natijasida Sayfiddin O'g'roq va undan keyin boshqalar ham qo'shindan ajrab chiqib ketadilar. Jaloliddinning qo'shini kamayib, u nihoyatda og'ir bir ahvolda qoladi. Jaloliddinning uni tark etgan sarkardalarga qayta ittifoq tuzish, dushmanga qarshi birgalikda kurash olib borish to'g'risidagi murojaati zoye ketdi. Jaloliddin ichak og'rig'i kasaliga duchor bo'lib turgan paytida mug'ullarning ilg'or guruhi Gardezga (G'aznadan 50 km. sharqda joylashgan shahar) o'rnashganligidan xabardor bo'ladi. Jaloliddin xastaligiga qaramasdan Gardezdagi mug'ul askarlariga to'satdan zarba berib, ularni mag'lubiyatga uchratadi. U Chingizxonga qarshi ozchilik qo'shin bilan kurasha olmasligini anglab, Sind (Hind) daryosi bo'yiga chekinishga qaror qiladi.
Jaloliddinni qanday qilib bo'lmasin mag'lub etish va uni qo'lga tushirish ilinjida bo'lgan Chingizxon uni izma-iz ta'qib etib keladi. Jaloliddinni ta'qib etib kelayotgan mug'ullarga ayniqsa Bamiyon qal'asi qattiq qarshilik ko'rsatdi. Bamiyon qamali vaqtida Chig'atoyning o'g'li, Chingizxonning suyukli nabirasi Mutulk halok bo'ladi. Bundan darg'azab bo'lgan Chingizxon qal'adan bironta o'lja, bironta odamni asirlikka olmay barcha qal'a ahlini qirib tashlashni buyuradi. Yer bilan yakson qilingan sobiq Bamiyon qal'asi keyinchalik mug'ullar tomonidan Mo'baliq (ya'ni ahmoqona shahar) nomini oladi.
Nihoyat 1221 yilning 25 noyabri, payshanba kuni (hijriy 618 yil shavval oyining sakkizinchi kuni) Sind daryosi bo'yida uch kun davom etgan hal qiluvchi jang boshlandi. Bir qator o'rta asr musulmon tarixchilarining ta'kidlashlaricha, bunday qonli, keskin va dahshatli jang tarixda ro'y bermagan ekan. Jaloliddin va uning qo'shini misli ko'rilmagan darajada jasorat va bahodirlik namunalarini ko'rsatdilar. Faqat uchinchi kunga kelib, Chingizxon qo'shini ustunlikka erisha boshladi. Chingizxon qanday qilib bo'lmasin Jaloliddinni tiriklayin qo'lga olishga buyruq beradi. Jaloliddin esa uni qo'lga olishga intilayotgan mug'ul qo'shini qo'rshovini shaxsiy bahodirligi bilan yorib chiqib, Sind daryosi bo'yiga yetib kelishga muvaffaq bo'ladi. Daryo bo'yida onasi Oychechak va haramdagi boshqa ayollar uni kutib turishar edi. Shundoq ham bu jangdan ruhiy va jismonan ezilgan Jaloliddinga ular “... bizni o'ldiring va mash'um asirlikdan qutqaring” deya murojaat qilishadi. Jaloliddin barcha haram ayollarini suvga cho'ktirishga ko'rsatma berishdan boshqa iloji qolmaydi. O'zi esa oti bilan suvga sakrab, daryoning narigi beti-Hindiston tomonga suzib o'tadi.
Jaloliddinning har qanday vaziyatda ham o'zini yo'qotmasligi, uning jasorati va mardligiga Chingizxon ham tan beradi. Tarixchilardan Juvayniy, Rashididdin va boshqalarning yozishlariga qaraganda Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib Chingizxon o'z o'g'illariga qarata “Otaning faqat shunday o'g'li bo'lishi lozim. U olovli jang maydonidan o'zini qutqarib, halokatli girdobdan najot qirg'og'iga chiqdimi, undan hali ulug' ishlar va qiyomatli isyonlar keladi!”,-dedi va uning orqasida ta'qib etishni ta'qiqladi.
Rashididdinning yozishiga ko'ra, Jaloliddin daryodan taxminan 120 ta tirik qolgan kishilari bilan Hindiston qirg'og'ida uchrashadi. Jaloliddin ham tirik qolganlar ham ma'naviy-ruhiy ham og'ir janglardan jismoniy ezilgan holda murakkab bir ahvolda qolishgan edi. Bu vaqtda Shatradagi mahalliy hind rojalaridan biri 40.000 chog'li otryadi bilan daryoning bu betiga suzib o'tgan xorazmliklarni qirib tashlash uchun yetib keladi. Faqatgina Jaloliddinning tengsiz bahodirligi va qahramonona hatti-harakati tufayli roja o'ldirilib, qo'shin orqaga chekinadi. Bu jangdan xorazmshoh askarlarining ruhi ham ko'tarilib, tez orada Jaloliddin o'z atrofiga 3 ming kishilik askarni yig'ishga muvaffaq bo'ladi. Og'ir vaziyatlarda ham o'zini yo'qotmasdan, qaddi bukilmagan sarkarda Hindistonga o'tgach, Sind daryosi bo'yidagi yerlarni ishg'ol qila boshlaydi. Tez orada Jaloliddinning hokimiyatini Dehli sultoni Shamsiddin Eltutmish (1211-1236) va Sind, Uchcha, Mo'lton, Lohur va Peshovar hokimi bo'lmish Nosiriddin Qubacha (1205-1227) ham tan oladilar.
Hindistonda Jaloliddin 1223 yilning oxirlarigacha bo'lib, xorazmshohlarning azaliy mulki bo'lgan Iroq va Eronni o'z izmiga kiritish maqsadida yo'lga otlanadi. O'z o'rniga noib etib, taniqli sarkarda Jahon polvon O'zbekni qoldirib ketadi. Jahon polvon to 1229 yilgacha Hindiston mulklarini boshqarib, so'ngra Jaloliddin huzuriga Iroqqa qarab ketadi va uning harbiy yurishlarida yelkadosh bo'lib xizmat qiladi. 1224 yilning boshida Jaloliddin Kirmonga kelib, Kirmon sultoni bo'lmish ukasi G'iyosiddindan yordam uchun 4000 kishilik qo'shin oladi. U o'zining asosiy maqsadi mug'ul istilochilariga qarshi kurashib, mustaqil davlat yalovini tiklash ekanligini bildiradi.
Jaloliddin mug'ullarga qarshi birgalikda kurash olib borish maqsadida ukasi G'iyosiddin Pirshoh, Bag'dod xalifalari az-Zohir (1225-1226), so'ngra al-Muntansir (1226-1242), Gurjiston malikasi Rusudana va boshqalarga murojaat qiladi. Lekin mug'ullar qasosi, qolaversa Jaloliddinning hokimiyati kuchayib ketishidan cho'chigan ko'pchilik musulmon hokim, hukmdorlari u bilan ittifoq tuzishni hohlamaydilar. Bag'dod xalifaligi, ismoiliylar hokimi Muhammad III (1221-1255)lar esa mug'ullar bilan yaqinlashishga, Jaloliddinga qarshi ochiqdan-ochiq kurashishga bel bog'laydilar. Malika Rusudanani va uning vaziri Avak bilan o'zaro ittifoq xususidagi takliflari zoye ketgandan so'ng 1226 yil fevralida sarkarda Gurjistonga yurish qiladi. Gurjiston qattiq jang ila egallanib, bu yerda ko'plab mash'um voqealar bo'lib o'tadi. Bosh ko'targan Gurjiston ikkinchi marotaba 1228 yil egallangach, bu yerlar qattiq talon-taroj qilinadi.
Bir vaqtning o'zida Jaloliddin Manguberdi Kirmonda unga qarshi bosh ko'targan xiyonatkor Barak Hojibga, ismoiliylarga ham qarshi kurash olib borishga to'g'ri keladi. Shuningdek, ahamiyatli hisoblangan Ararat tog'liqlari etaklarida joylashgan Xilat qal'asi ham Jaloliddinga uzoq vaqt mobaynida qarshilik ko'rsatadi. 1227 yili oxirlarida mug'ullarning Eronga kirib kelishi niyatlari borligini bilgan Jaloliddin ularga qarshi qat'iy jangga kirishga tayyorgarlik ko'radi. Mug'ullarning o'sha yili yuborilgan 2000 kishilik avangardi tor-mor etilib, ulardan 400 tasi Isfahonda namoyishkorona tarzda qatl etiladi. 1228 yil 25 avgustida Eronni zabt etish uchun kelgan Taynal no'yon boshchiligidagi mug'ul istilochilari bilan Isfahon yaqinida hal qiluvchi jang bo'lib o'tdi. Garchi jang vaqtida ukasi G'iyosiddin xoinlik qilib, o'z qo'shini bilan Luristonga chekingan bo'lsa-da, Jaloliddin qat'iy ravishda bu holatga e'tibor qilmay kurash olib boradi. Manbalarning so'zlashicha, hatto mug'ul no'yonining o'zi “Sen haqiqatdan ham o'z davrining erkak o'g'loni ekansan”,- deb uning jasoratiga tan bergan ekan. Jaloliddin bu jangda butkul g'oliblikni qo'lga kiritadi. U sakkiz kun mobaynida Erondagi mug'ullarni izma-iz ta'qib etib ularni mamlakatdan haydab chiqaradi.
Juma kuni erta tongda muzaffar sarkarda sifatida Isfahonga kirib kelgach, xalq uni g'olib sulton sifatida shodu-hurramlik bilan ko'tib oladi. Jaloliddinning zafarli g'alabasi ovozasi butun islom olamiga keng tarqaladi. O'sha yili hatto mug'ullarning buyuk xoni bo'lmish Ugedey Jaloliddinning mug'ullar ilkiga tushib qolgan egachisi Xonsulton orqali maktub yuborib, u bilan sulh tuzish niyati borligini ham bayon qiladi. Jaloliddin bu diplomatik kelishuvdan voz kechib, xatni javobsiz qoldiradi.
Jaloliddin murakkab va ziddiyatli davrda yashadi. Shubhasiz u o'z davrining farzandi edi. U qo'shinlarining ko'plab harbiy yurishlar vaqtida talonchilik, zo'ravonlik qilishlariga gohida ko'z yumdi, xonavayronchilik keltiruvchi ishlarga bosh qo'shdi. Bu esa Eron, Ozarbayjon, Iroq, Gurjiston ahlida salbiy fikrlarning ko'payishiga, noroziliklarning kuchayishiga ham olib kelgan. Lekin nima bo'lganda ham Jaloliddin Manguberdi o'zining asosiy maqsadi mug'ul istilochilariga qarshi kurashish ekanligini yodida saqladi. Bu kurashda u yon-atrofdagi musulmon hukmdorlarining qo'llab quvvatlashlariga umid bog'lagan edi. Lekin ko'p holda ular bilan umumiy til topa olmasligi, uning tashqi siyosat borasidagi zaif tomonidan dalolat berar edi. O'z vaqtida turk, arab, musulmon hokimlari uning xokimiyati Yaqin Sharqda kuchayib ketishidan xavfsirashar, u bilan ittifoq tuzishni hohlashmas edi. Ularning ba'zilari hatto mug'ullar bilan ochiqdan-ochiq yaqinlashish tarafdori edilar. Ayniqsa, Xilat qal'asining Jaloliddin tomonidan egallanishi unga da'vogar hokimlarning izzat-nafsini toptagan edi. Jaloliddin unga qarshi ittifoq vujudga kelganidan xabardor bo'lsa-da, har holda, hech bo'lmaganda uni turkiy hukmdorlar qo'llaydi deb yanglishgan edi.
1230 yil 10 avgustida Kuniya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, Mayafiriqin hokimi va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni mag'lub etadi. Ismoiliylar esa butkul xoinlik yo'lini tutib Jaloliddinning mag'lubiyati to'g'risida mug'ullarga yashirin noma ham yuboradilar. Jaloliddin mag'lubiyatidan foydalangan mug'ullar uning Ozarbayjonning Mug'on, Shirkabutdagi qo'shin yig'ishi mumkin bo'lgan joylariga qo'qqisdan zarba berishadi. 1231 yil bahorida u Ganjaga kelib, barcha gina-kudratlarini unutib, yana mug'ullarga qarshi ittifoq tuzish uchun musulmon hukmdorlariga murojaat etdi. Lekin uning taklifi javobsiz qolib ketdi. Shunda Suriyadagi Amida qal'asi hokimi uni o'z oldiga chorlaydi. U Iroqqa borib yana qo'shin to'plamoqchi bo'ladi.
Amida yo'li yaqinida unga to'satdan mug'ullar hujum qilib qolishadi (1231 yil avgust boshi). Uni 15 chog'li mug'ul navkarlari ta'qib etishadi. Jaloliddin o'z sheriklaridan ajrab, Mayafariqin (Hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinida Ayn-ad-dar qishlog'iga keladi. Ushbu tog'liq qishloqda u kurdlar qo'liga tushadi. O'zini sulton deb tanishtirgandan so'ng uni kurdlar o'ldirishga jazm etmaydilar. Uni tegishli joyga yetkazib qo'yish evaziga mukofot va'da qiladi. Lekin kurdlar rahbari xonadonidan joy olgan, horib-tolgan Jaloliddinni, boshqa bir kurd kishisi ulgan inisi xuni evaziga o'ldiradi. Bu voqea taxminan 1231 yilning avgust oyi 17-20 sanalari oralig'ida ro'y beradi. Ertasi kuni sulton buyumlarni sotib yurgan kurd xususida Mayafariqin hukmdori al-Malik al-Muzaffarga xabar berishganda u qishloqqa o'z sarkardasi Shahobiddin g'oziyni yuboradi. Shahobiddin g'oziy sulton jasadini olib, qishloq erkaklari barini o'ldiradi va qishloqqa o't qo'yib yuboradi. Muarrix an-Nasaviy buni eshitib shaxsan Mayafariqinga keladi. Jaloliddinning tog'asi, vazir O'turxon uning jasadini tanib, qattiq iztirobga tushdi. Jaloliddin Manguberdining murdasi Mayafariqinga dafn etilib, mug'ullar kirib kelgudek bo'lsa, haqoratlanmasin degan maqsadda go'ri yer bilan tekislab yuboriladi.
Uning ashaddiy dushmani Damashq hokimi al-Malik al-Ashrafga sulton halokati xususida xabar yetkazib suyunchi so'raganlarida, u qayg'uga botib: ”Sizlar uning o'limi bilan meni qutlamoqchimisizlar? Ammo siz voqeaning achchig'ini tatib ko'rasizlar. Olloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati islom olamiga mug'ullarning bostirib kirishini anglatadi. Endilikda biz bilan Ya'juj va Ma'jujlar o'rtasida devor bo'lib turgan Xorazmshohdek odam yo'qdir”, -deb javob bergan edi. Ibn Vosil esa uni “mug'ullar va musulmonlar orasidagi istehkom bo'lgan” deb ta'riflagan edi. Jaloliddinning o'limidan so'ng uning shonli nomi tez orada xalqlar tilida doston bo'lib ketdi. “Jaloliddin tirik”, “Jaloliddin qaytib kelayapti” degan ovozalar uzoq vaqtgacha mug'ullarni tahlikaga solib kelgan. O'zini “men Jaloliddinman” deb nomlagan turli shaxslar mug'ullarga qarshi ko'p holatda isyon va qo'zg'olonlarga boshchilik qilganlar (masalan, 1236 yili Eronning Ustundorida ko'tarilgan qo'zg'olon, 1255 yili Amudaryo bo'yidagi voqealar va hakozo).
Musulmon tarixchilari o'z asarlarida hamisha uni mard va jasur sarkarda sifatida ta'riflashgan edi. Jaloliddin Manguberdini shaxsan bilgan an-Nasaviy u to'g'risida shunday ta'rif bergan edi:
“U turkiy bo'lib, qora mag'iz yuzli, burni oldida qora xoli bor o'rta bo'yli yigit edi. Fors tilida ham bemalol so'zlasha olar edi. U dovyuraklikda tengi yo'q, sherlar ichida arslon, otliqlar ichida eng jasuri edi... qisqa so'zli, hech qachon so'kinmagan, yomon so'zlarni o'ziga ep ko'rmagan, juda jiddiy, atrofdagilar oldida o'zini sipo tutar, hech qachon kulmas, faqatgina tabassum qilib qo'yar edi xolos. U adolatni sevgan, lekin zamon zayli uni o'zgartirishga majbur qilgan. U o'z fuqarolarini dardini yengillashtirishga harakat qilgan, shuni hohlagan, lekin tanazzul davri bo'lganligi bois ham zo'ravonlikka yo'l bergan. O'zini ulug'lashlarini istamagan. Bachkana ta'riflarni yoqtirmagan, faqat sulton deya murojaat qilishlarini so'ragan. Uning farmonlarida yolg'iz so'z: ”Yordam yolg'iz Ollohdandir!” degan shior bo'lgan.»
1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligining keng nishonlanishi, uning vatani Xorazmda unga mahobatli haykal o'rnatilinishi, yurtboshimiz ta'kidlaganidek “g'anim oldida bosh egmagan, tiz cho'kmagan. Vatan deya halok bo'lgan” milliy qahramonimizga xalqimizning ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bo'lib qoldi.

3 -§. Chig'atoy ulusi.


Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Chingizxon hali hayotligidayoq o'zi tashkil etgan ulkan saltanatni o'g'illari o'rtasida taqsimlab bergan edi. Natijada mug'ullar bosib olgan hududlarda to'rta davlat, ya'ni, to'rtta ulus vujudga keldi. Manbalarga ko'ra, Chingizxonning ikkinchi o'g'li Chig'atoyga Oltoy tog'larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo'lgan yerlar berilgan bo'lib, bu ulus tarkibiga Sharqiy Turkiston, Yettisuvning katta qismi va Movarounnahr hamda o'ng qirg'oq Amudaryodagi Balx, Badaxshon, G'azna, Qobul kabi hududlar kirgan. Mug'ullar o'rtasidagi o'zaro urushlar natijasida hududlar qo'ldan qo'lga o'tib turgan bo'lsa-da, ulusning o'zagi saqlanib qolgan edi.
Chingizxonning ikkinchi o'g'li bo'lgan Chig'atoyning qachon tug'ilganligi aniqlanmagan. Hali Chingizxon hayotligidayoq Chig'atoy “Yasoqlar” va mug'ul qonunlarining hamda an'analarining bilimdoni sifatida shuhrat qozongan edi. Chig'atoy mulklarining asosiy qismi Yettisuvda bo'lib, El Alargu deb atalgan. Uning bosh shahri Ili daryosi vodiysidagi Olmaliq shahri edi.
Manbalarning xabar berishichi, Botuxon (1227-1255 yy.), O'gedey (1229-1241 yy.) va Munkexon (1251-1259 yy.) lar zamonida mug'ullar saltanati ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim o'rin to'tib, Oltin O'rda xonligiga asos solindi. Bulg'or viloyati, Qrim va unga qarashli dengiz bo'yi shaharlari, Kavkazning Darband, Boku shaharlarigacha, Xorazmning shimoli Urganch shahri bilan G'arbda Dnestrdan boshlangan cho'llar, Sharqda esa G'arbiy Sibir va Sirdaryoning quyi oqimlarigacha bo'lgan yerlar Oltin O'rdaga qaragan. Chig'atoy o'z yerlariga mulk sifatida egalik qilgan edi.
Rashididdin ma'lumotlariga ko'ra, mug'ullar davlatida O'gedey hukmronligi davrida Chig'atoy butun imperiyada shu qadar kuchli hokimiyatga ega ediki, hatto buyuk xonning o'zi ham “uning maslahati va ko'rsatmalarisiz” muhim qarorlar chiqara olmas edi. Ammo, shunga qaramasdan Chig'atoy butun ulusning mustaqil hukmdori emas edi.
Musulmon manbalarida bo'lgani kabi, Xitoy manbalarida ham Chig'atoy chehrasida kulgi bo'lmagan, qaramog'idagilarni qo'rquvda ushlab turadigan, zulmkor shaxs sifatida tasvirlanadi. “Yasoqlar”ning bilimdoni va nazorat qiluvchisi bo'lgan Chig'atoy mug'ul qonunlari buzilishini juda shafqatsiz jazolagan. Musulmon qonunlari ko'pincha “Yasoq”larga mos kelmasligi tufayli u islomga yaxshi munosabatda bo'lmagan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko'ra Chig'atoyning nomi quyidagilarda saqlanib qolgan:
1. O'rta Osiyodagi mug'ul davlatining rasmiy nomlanishi atamasida.
2. Chig'atoy davlatining harbiy kuchlarini tashkil etgan ko'chmanchilar nomida.
3. O'rta asrlar O'rta Osiyoda shakllangan adabiy til nomida.
4. Joylarning nomlanishida.
Chig'atoy ulusi tarkibiga kirgan hududlar o'z geografik joylashuviga ko'ra, Chingizxon asos solgan ulkan saltanatning ichki va tashqi, iqtisodiy va madaniy hayoti hamda aloqalarida, elchilik munosabatlarida katta o'rin tutardi. Misol uchun, Chingizxon va uning dastlabki vorislari davrida saltanat poytaxti bo'lgan Qoraqurum, keyinchalik Xonbaliq (Pekin) shaharlarini Dashti Qipchoqdagi Oltin O'rda va Erondagi Xulagiylar davlati bilan bog'lovchi muhim aloqa – savdo yo'llari mug'ullar saltanatining markazida joylashgan Chig'atoy ulusi hududidan o'tardi. Chig'atoy ulusi hukmdorlari Buyuk ipak yo'lining markaziy yo'nalishini nazorat qilgan bo'lsalar, Jo'ji ulusiga bu yo'lning shimoliy yo'nalishi nazorati yuklatilgan. Bu yo'nalishda Volga bo'yi shaharlari bilan birga Xorazm vohasi ham katta o'rin tutganligi tufayli, Xorazmning g'arbiy qismi Jo'ji ulusi tarkibiga kiritilgan. Umuman olganda, Chig'atoy ulusi davrida Xitoy, Markaziy Osiyo va Dashti Qipchoqdagi ko'pgina hududlarda turk-mug'ul zodagonlari savdo-tranzit yo'llari ustidan o'z nazoratlarini o'rnatadilar.
Chig'atoy ulusi tashkil topgach, Movarounnahr va Sharqiy Turkistonning madaniy viloyatlarini ulug' xon tomonidan tayinlangan Mahmud Yalavoch boshqargan. Ulug' xon shuningdek, Movarounnahrdagi mug'ul qo'shinlari boshliqlarini ham tayinlagan. Bu boshliqlar ko'p hollarda barlos, jaloyir, qovchin va orlat qabilalaridan bo'lgan. Ibn Arabshoh ma'lumotlariga ko'ra, jaloyirlar Amudaryoning shimoli, Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlatlar Afg'onistonning shimolida joylashganlar. Mahmud Yalavoch ham Movarounnahrda olib borgan siyosatida ko'pincha shu qabilalarga suyanib ish ko'rgan.
Mug'ullar ko'chmanchi xalq bo'lganligi uchun boshqaruv ishlariga no'noq edilar. Asli xorazmlik bo'lgan Mahmud Yalavochning Movarounnahr noibi etib tayinlanishi bejiz emas edi. Chig'atoy ulusidagi harbiy bo'lmagan hokimiyat, odatda, mahalliy aholi orasidagi bilimli va yuqori mavqega ega bo'lgan shaxslarga berilgan. O'troq xalqlarni boshqarish, zodagonlarni itoatda saqlash uchun boshqaruvdagi zarur bilimlar va tajribalar kerak bo'lgan hollarda mug'ullar orasida harbiy bo'lmagan hokimiyatdagi oliy lavozimlarni egallashga qodir shaxslar deyarli yo'q edi. Jo'vayniy ma'lumotlariga ko'ra, Chingizxon hayotligi davridayoq mug'ul zodagonlarining yosh bolalari, hukmdor xonadonning bolalari maxsus o'qitilgan bo'lsa-da, Chingizxonning o'zi ham, uning avlodlari ham bilimli shaxslarga, ma'muriy boshqaruvchilar va amaldorlarga, tabiblar va olimlarga, savdogarlar kabilarga juda katta ehtiyoj sezganlar. Shuning uchun ham Qoraqurumdagi buyuk xon va ulus xonlarining saroylarida bo'ysundirilgan xalqlar vakillari, ayniqsa, musulmon madaniyati vakillari katta izzat-obro'ga ega bo'lganlar.
Misol uchun, kelib chiqishi musulmon bo'lgan Habash al-Hamid (ayrim ma'lumotlarda o'trorlik, ayrimlari karmanalik deyiladi), Chig'atoyning mahslaxatchisi bo'lgan. Chig'atoy ulusining harbiy bo'lmagan boshqaruvi xorazmlik Mahmud Yalavochga, keyin esa uning o'g'li va nabiralariga topshirilgan. Mug'ilistonning o'zida va Chig'atoy ulusida bo'lib turgan noroziliklarga qaramay Yalavoch xonadoni Movarounnahr va Sharqiy Turkistondagi boshqaruvni XIV asr boshlariga qadar o'z qo'llarida saqlab qoldilar. Shuning uchun ham manbalarning ma'lumot berishicha, Chig'atoy mug'ul zodagonlari Movarounnahrdagi mahalliy zodagonlar, amaldorlar va savdogarlar orasidan tajribali ma'murlar, soliq yig'uvchilar va boshqaruvchilarni topishda qiynalmaganlar. Shu sabab bo'lsa kerakki, asta-sekinlik bilan Buxoro sadrlari, Termiz sayidlari, Shosh, Taroz, O'tror, Xo'jand maliklari o'z mulklariga egalik qilishni tiklab oladilar.
Chig'atoy ulusiga dastlabki noib etib tayinlangan Mahmud Yalavoch ixtiyorida mug'ullarning tayanchi bo'lgan soliq yig'uvchi mug'ul bosqoqlari, mahalliy hokimlar, harbiy ma'murlar – dorug'alar hamda mug'ul harbiy bo'linmalari bor edi. Yalavoch Xo'jandda turib o'z qo'l ostidagi harbiy bo'linmalari yordamida davlatni boshqargan va soliqlar yig'ar edi. Buxoroda esa mahalliy zodagonlar va ruhoniylar vakillari boshqaruvni o'z qo'llariga olgan edilar. Ular mahalliy amirlar va sadrlar hisoblangan.
Mahmud Yalavoch davridayoq (1227-1239 yy.) ko'pchilik aslzoda zodagonlar, savdogarlar va qisman ulamolar ham o'z jonlari hamda qolgan mol-mulklarini saqlab qolish maqsadida mug'ullar xizmatiga o'ta boshlagan edilar. Ulusda o'zlarini tayanch va qo'llab-quvvatlovchi kuchlari bo'lishini xohlagan mug'ul hukmdorlari ham bu toifadagi kishilarga rahnamolik qilar edilar.
Chig'atoy ulusida viloyat hukmdorlari xon, oliy hukmdorlar esa qoon yoki xoqon deb yuritilgan bo'lib, ular davrida o'lponu soliqlar miqdori osha borib, yangi soliqlar ham joriy etila boshlanadi. Misol uchun, manbalarga ko'ra, bu davrda yangi yer solig'i- kalon joriy etilib, bu soliq hosilning undan bir qismi miqdorida olingan. Mug'ullarning 1235 yilgi qurultoyidan so'ng esa har bir bosh chorva molidan olinadigan soliq qopchur joriy etiladi. Unga ko'ra, har 100 chorvadan bittasi soliqqa to'langan. Shuningdek “Yasoqlar”ga ko'ra, davlat xazinasi uchun shulen yoki shulsi solig'i joriy etilgan. Bu soliq chorvadorlardan har suruvdan bir qo'y va qimiz uchun har ming bosh otdan bitta biya undirilgan.
Bu davrda hunarmandlarning ham ahvoli yaxshi emas edi. Ular mahalliy xonlarning mulki sifatida qullarcha ishlatilishi bilan birga, soliqqa ham tortilgan edilar. Hunarmandlardan va savdogarlardan olinadigan soliq targ'u yoki tamg'a deb atalgan. Bu soliq ishlab chiqarilgan hamda sotilgan mahsulotning o'ttizdan bir ulushi hajmida bo'lgan. Chig'atoy ulusi davrida yer egaligi munosabatlari ham o'zgarib, yangi in'om etilgan yerlar suyurg'ol nomini olgan edi. Suyurg'ol hajmi jihatdan (uning tarkibida juda katta yer maydonlari va suv havzalari, dasht-yaylovlar ham kirgan) iq'tadan farq qilgan. Bu davrdagi davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf(diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda ko'p hollarda ijaraga chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bunday ijarador o'rtahol dehqonlar mo'zariylar deb atalgan.
Buyuk Hoqon O'gedey (1229-1241 yy.) davridayoq mug'ullar o'zlarining xizmatida bo'lgan ayrim zodagonlarga,katta yer egalari va savdogarlarga barot (ijara yorlig'i) va payzalar bera boshlangan edilar. Payzalar qimmatbaho metallar (oltin, kumush, bronza) yoki yog'och taxtachalardan ishlangan bo'lib, unga nuyonning muhri qo'yilgan. Bunday payzaga ega bo'lgan kishilar, shu jumladan elchilar, soliqchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig'im, to'lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Shuningdek payza egalari aholidan ot-ulov, yem-xashak, yotar joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli edi. Savdo yo'llarida joylashgan bekatlar yom(jom) ularning xizmati aholi bo'ynida edi.1235 yilgi xoqon farmoniga ko'ra, har bir yomdagi aloqa xizmati ikki tuman aholisiga yuklatiladi. Ikki tuman aholisi yom uchun 20 bosh ot, so'yishga qo'y - echki, sog'ishga biyalar, arava va boshqa anjomlar ajratishlari lozim edi.
Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo'lishidan qat'iy nazar umumhashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Aholiga o'tkazilayotgan jabr-zulm mug'ullarga qarshi norozilik isyoniga olib keldi.1238 yil Buxoro atrofidagi Tarob qishlog'ida Mahmud Tarobiy boshchiligida qo'zg'olon ko'tarildi. Ammo, qo'zg'olonchilar ayrim g'alabalarga erishgan erishgan bo'lsalarda, ko'p o'tmay mug'ullarning Eldo'z no'yon va Chag'an qo'rchi boshliq harbiy kuchlari qo'zg'olonni shafqatsizlarcha bostiradilar. Mahmud Tarobiy ham halok bo'ladi.
Mahmud Tarobiy qo'zg'olonidan so'ng Chig'atoy Mahmud Yalavochni o'z amalidan chetlashtiradi va ko'p o'tmasdan xoqon uni Pekin (Dasin) shahriga noib qilib jo'natadi. Movarounnahrning noibi qilib esa uning o'g'li Ma'sudbek tayinlanadi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, XIII asrning 60-70-yillarida mug'ullar orasida o'zaro kurashlar kuchaygan bo'lishiga qaramay, bosib olingan hududlardan mug'ul harbiy sarkardalari, no'yonlari, zodagonlari orasida siyosiy dunyoqarash o'zgara boshlaydi. Ya'ni, ba'zi xonlar, harbiylar, zodagonlar va savdogarlarga o'troq hayotga o'tish istagi kuchaya boshladi. Mug'ul zodagonlari dehqonchilik va savdo-sotiq xazinaning asosiy manbai ekanligini tushuna boshlagan edilar. Undan tashqari, XIII asr oxirlariga kelib ko'chmanchi hayot tarzida bo'lgan Chig'atoy xonlari qo'lida aholi solig'i va xirojlardan tushgan mablag'lar hamda o'ljalar ko'payib ketib, ko'chmanchilik sharoitida, tinimsiz urushlar va ko'chmanchi zodagonlar isyonlari sharoitida xazinani saqlash qiyin va xatarli bo'lib qolgan edi.
Bu davrda xo'jalik-iqtisodiy hayotni bir me'yorga tushirish, savdo va pul muammosini izga solishda Ma'sudbekning xizmati va islohotlari katta o'rin tutgan. Ma'sudbek 1271 yili mug'ullarning madaniy-o'troq hayot tarafdorlari madadi hamda Taras qurultoyi (1269y.) qarorlariga tayanib, moliyaviy, ya'ni, pul islohoti o'tkazishga kirishdi. Bu islohotga ko'ra, Chig'atoy ulusining barcha shahar va tumanlarida bir xil vazndagi kumush tangalar zarb etish va muomalaga kiritish yo'lga qo'yildi. Bu islohotning asosiy mohiyatini tashkil etar edi. Bu holat ichki savdo va ichki munosabatlarni tartibga solardi. Shuningdek kumush tangalar zarb etish erkinligi paydo bo'ladi. Ya'ni, xohlagan kishi o'z ixtiyoridagi kumush buyumlarni zarbxonaga olib borib, uni xohlagan tarzda, lekin bir xil hajm, qiymat va vaznda zarb etishi mumkin edi. Bu jarayon dastlab qiyin kechgan bo'lsa-da, asta-sekin faollasha borib, aholining kumush tangalarga ishonchi mustahkamlandi, bunday tangalarning nufuzi ortib bordi. Natijada XIII asrning 80-90-yillarida Chig'atoy ulusining 16 ta shahrida zarbxonalar ochilib, ularda doimiy ravishda kumush tangalar zarb etilgan.
Bu davrda Eronda va Yettisuvda mug'ul harbiy zodagonlari vayronagarchilik kelitirib chiqaruvchi urushlar qilib turgan bo'lsalarda, ularning bu harakatlari Movarounnahrdagi islohatlarni to'xtata olmadi. Chunonchi, 1273-76 yillarda Ma'sudbek vayron etilgan Buxoroni qayta tiklash ishlarini amalga oshirdi.Natijada Buxoroda iqtisodiy hayot, savdo-sotiq tiklanib 1273-82-yillar Buxoro zarbxonalari to'liq ishlay boshladi. Savdo – iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgan Farg'ona vodiysida esa Chig'atoy xoni Duvaxon (1291-1306 yy.) davrida Andijon shahriga asos solindi.
XIV asrning boshlariga kelib Chig'atoy davlati xonlari o'z xazinalarini saqlash uchun shaharlar tanlay boshlaydilar yoki o'zlari yangi shaharlarga asos sola boshlaydilar. Chig'atoy xonlaridan birinchi bo'lib Kebekxon (1309, 1318-1326 yy.), madaniy hayotga yaqinlashib, o'troq turmush tarziga o'tgan edi. U Nahshab shahri atrofida o'ziga saroy qurdirdi va bu saroy (Qarshi) keyinchalik Kebekxon va uning atrofdagilarning doimiy qarorgohiga aylandi. Shu tariqa Chig'atoy zodagonlari Movarounnahrdagi markazlarga o'troqlashib bordilar.
O'z davrida Kebekxon davlatni idora etish, uning ma'muriy tuzilishini qayta tashkil etish, iqtisodiy hayotni qayta tartibga solish maqsadida ikki xil: ma'muriy va moliyaviy islohatlar o'tqazdi. Ma'muriy islohatga ko'ra, mahalliy tuzilmalar tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Mahalliy hokimlar – maliklar, sadrlarning o'rinlari turkiy-mug'ul urug' boshliqlari qo'liga o'tdi. Noiblik esa merosiy bo'lib qoldi. Bu islohot davlatni birmuncha mustahkamlashda o'zining ijobiy samarasini berdi.
Ma'sudbek davrida amalga oshirilgan pul islohotani takomillashtirish, savdogarlarning pul muomalasidagi ayrim boshboshdoliklariga barham berish maqsadida Kebekxon pul islohotini ham o'tkazadi. Bunga qadar tanga pullar Chig'atoy ulusining ko'plab shaharlarida mahalliy zodagonlar nomidan zarb etilardi. Kebekxon Xulagiylar va Oltin O'rda tangalariga taqlidan ikki xil: yirik kumush tanga – dinor va mayda kumush tanga – dirham zarb ettirishni yo'lga qo'ydi. Kebekxon tomonidan yagona umudavlat pullari muomilaga kiritilib, ular Kebekxon nomidan (kepakiy) asosan Buxoro, Samarqand va O'tror zarbxonalarida zarb etilgan.
Chig'atoy dalatida ulus hukmdorlari va Chingiziylar XIV asrning boshlariga qadar ko'chmanchilar hukmdorlari bo'lib qoldilar va Movarounnahrning ichki boshqaruviga bevosita aralashmaganlar. Chig'atoy ulusida umuman olganda, ilgarigi ijtimoiy tuzum saqlanib qolgan va ayrim viloyatlar hamda shaharlardagi (Buxoro, O'tror, Shosh, Xo'jand, Farg'ona, Talas) mahalliy boshqaruvda mug'ullargacha bo'lgan mahalliy aholi vakillari turgan. Ular Kebekxon davrigacha maliklar unvonida bo'lib, mustaqil boshqaruvni amalga oshirganlar va o'z viloyatlarida tangalar zarb etganlar.
Manbalar mahalliy hokimlar va Chig'atoy ulusining o'troq viloyatlari oliy hukmdorlari o'rtasidagi munosabatlar haqida to'liq malumotlar bermaydi. Shuningdek, ulusdagi maliklar va sadrlar hamda mug'ullardagi dorug'achilar o'rtasidagi munosabatlar ham uncha aniq emas. Aftidan, dorug'achilar bo'ysundirilgan shaharlarni mahalliy hokimlar bilan bilgalikda boshqarganlar. Movarounnahr bosib olinganidan so'ng Chingizxon barcha shaharlarda dorug'achilarni qo'yib, keyinchalik ularga aholini ro'yxatga olish, mahalliy aholi orasidan qo'shin yig'ish, pochta aloqalarini yo'lga qo'yish, turli soliqlar, o'lponlar va yig'inlar to'plash hamda ularni saroyga yetkazish vazifasi yuklatilgan.
Chig'atoy ulusining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim davrlardan bo'lib qolgan siyosiy hayotdagi bunday tizim XIV asr boshlariga qadar saqlanib qoldi. Mug'ul shahzodalari musulmon madaniyati an'analarini qabul qila borib, asta-sekinlik bilan ko'chmanchilar an'analari bilan aloqani uzib, Movarounnahrning turli viloyatlariga joylasha boshlaydilar. Misol uchun, Iloq vodiysining Ohangaron deb atala boshlashi va bu yerda o'zbek – quramalarning paydo bo'lishi mug'ullar davriga to'g'ri keladi. Chig'atoy o'zbeklari degan tushunchaning yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan Muborakshoh (Chingizxonning nabirasi, Chig'atoyning o'g'li) 1246 yilda hozirgi Ohangaron shahri yaqinidagi Shavkat (qad. Sakokat) degan shaharchada qarorgoh qurib, mug'ul hukmdorlari orasidan birinchilardan bo'lib musulmonchilikni qabul qiladi va mahalliy aholi bilan juda yaqin qavm-qarindoshlik aloqasiga kirishadi. U hattoki, o'zi mansub bo'lgan olmaliq urug'i vakillarining katta qismini mug'ilistondan ko'chirib keltirib, Sakokatning qarshisidagi daryoning so'l sohilida, sero't adirlarga joylashtiradi. O'sha qavm tufayli Olmaliq degan shahar hozir O'zbekistonda ham, Mug'ulistonda ham mavjud.
O'z davrida Kebekxon o'tkazgan islohatlar o'troq hayot, mahalliy aholi bilan yaqinlashuvga ko'pdan beri qarshi bo'lgan guruhlarning ham faoliyatini kuchaytirib yuboradi. 1326-1334 yillarda hukmronlik qilgan Tarmashirin Muborakshoh va Kebekxon siyosatini davom ettiradi. U butun Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilish jarayonida islomni rasmiy din deb e'lon qiladi va mazkur hududlar aholisini islomga majburan da'vat etadi. Tarmashirin siyosatidan norozi bo'lgan ko'chmanchi mug'ul zodagonlari isyon ko'tarib, 1334 yilda uni o'ldiradilar.
Xullas, XIV asrning 40-yillariga kelib, o'zaro urushlar natijasida Chig'atoy davlatining inqirozi ko'zga tashlanib qolgan edi. Davlatning so'nggi xonlaridan biri Qozonxon (1343-1346 yy.) markaziy hokimiyat ta'sirini kuchaytirishga harakat qilib, o'ziga amir unvonini olib, davlat boshqaruvida qattiq siyosat olib borgan bo'lishiga qaramay o'zaro kurashlar avj olishi natijasida Kesh (Shahrisabz) va uning atrofidagi yerlar Hoji Barlos boshchiligidagi barlos urug'i, Xo'jand Boyazid Jaloiriy boshchiligidagi jaloyirlar qo'liga o'tdi. Balx va uning atrofidagi yerlar Qozonxonning nabirasi Amir Husayn qo'liga o'tdi. Shibirg'onda Muhammadxo'ja Apverdi hokimiyatni qo'lga oldi. Shuningdek, Buxoroda sadrlar, Xuttalondan mahalliy hokimlardan bo'lgan Kayxusrav, Termizda sayidlar, Choch va Farg'onada maliklar, Badaxshonda mahalliy hukmdorlar hokimiyatni qo'lga oldilar. Ular o'rtasida doimiy ravishda kurashlar va nizolar bo'lib turdi.



Download 48,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish