Reja: Moliya organlarida budjetlararo


Budjet zaxirasini tashkil qilish, undan foydalanish tartibi va hisobi



Download 163 Kb.
bet8/11
Sana08.01.2022
Hajmi163 Kb.
#333913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Moliya organlarida budjetlararo hisob-kitoblar

3. Budjet zaxirasini tashkil qilish, undan foydalanish tartibi va hisobi

Budjet zaxirasini tashkil qilish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari xarajatlari tarkibida har yili Qoraqalpog1iston Respublikasi, viloyatlar vaToshkent shaharbudjetlarini zaxira fond shakllantiriladi.

Zaxira fondini tashkil etish me’yorlari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli mahalliy budjetlaming kelgusi budjet yili xarajatlari hajmidan foiz shaklida o‘matiladi. Fondlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari tarkibida tashkil etiladi. Fondning mablag'lari tegishli budjetlarga kelib tushayotgan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Fond mablag‘larini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tasarruf qiladi. Fond mablag'larini xarajatiga doir pul hujjatlariga imzo chekish huquqi tegishli raoliya organining rahbari va bosh buxgalteriga berilgan.

Zaxira fondi mablag'larini sarflash. Zaxira fondi mablag'lari: (a) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bo'yicha o'tkaziladigan ulug' olimlar, mutafakkirlar, sarkardalar, davlat va jamoat arboblarini yubileylari bilan; (b) sport-madaniy ishlar, festivallar, umumdavlat va milliy bayramlami; (d) epidemiyaga qarshi, epizootiyaga qarshi tadbirlar va boshqalar; (e) tabiiy ofatlar asoratlarini tugatish bo'yicha ishlar; (f) budjetda ko'zda tutilgan rejali mablag'lami ko'paytirish; hamda (g) Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar budjetlarini tasdiqlangan parametrlarida ko'zda tutilmagan boshqa xarajatlarni ko'paytirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni to'lash uchun sarflanadi. Bunda, fond hisobidan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish yuqorida keltirilgan a, b, d va e bandlar bo'yicha mablag'larga talab boilmaganda va xarajatlar bo'lishi kutilmagan hollardagina amalga oshiriladi.

Zaxira fondi mablag'lari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisini, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va tegishli mahalliy budjet-laming joriy budjet yili uchun belgilangan zaxira fondlari hajmi doirasida ajratiladi.

Agar Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari ularga berilgan huquqlarga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira fondlari doirasida tegishli tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlaraing zaxira fondi hajmini aniqlasa, u holda zaxira fondlaming mablag'lari tumanlar va shaharlar hokimlarining qarori bilan ajratiladi.

Fondlaming reja belgilangan qoldiqlari bo'lganda fonddan ajratiladigan mablag'lar hajmi va ularni aniq tadbirlarga (maqsadlarga) yo'naltirish to'g'risidagi takliflar Qoraqalpog'iston Respublikasi

Vazirlar kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining boshliqlari tomonidan budjet mablag'larini oluvchilami tegishli hisob-kitoblari va iltimoslari asosida kiritiladi. Moliya organining xulosasiz fonddan mablag'lar ajratish to'g'risida qaror qabul qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjetlardan budjet mablag'larini oluvchilarga qarordako'rsatilganfondmablag'larisummasinibelgilanganmaqsadlarga sarflashuchuno'tkazibberadi.

Zaxira fondi mablag'lari hisobi. Zaxira fondi rejadagi mablag'lari hisobi Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari tasnifining 216 bo'limi bo'yichaolibboriladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari qarorlari bo'yicha qo'shimcha xarajatlarga yo'naltirilgan fond mablag'lari hisobi mablag'larni maqsadli yo'naltirilishigaqarabDavlatbudjeti daromadlari vaxarajatlari tasnifining 216 bo'limi bo'yicha xarajatlarning tegishli boblari, paragraflari, tiplari, obyektlari va kichik obyektlarida olib boriladi.



Budjet yili davomida foydalanilmagan zaxira fondining rejadagi mablag'lari yil tamom bo'lgandan so'ng, o'zini maqsadli tayinlanishini yo'qotadi, kelgusi budjet yiliga o'tkazilmaydi va kelgusi yili ishlatilib bo'lmaydi.

Budjet mablag'larini oluvchilar Fond hisobidan ajratilgan mablag'larni maqsadli tayinlanishi bo'yicha sarflashlari kerak. Korxona va tashkilotlar, faoliyat xarakteridan qat’iy nazar, budjet mablag'larini oluvchilar uchun belgilangan muddatlarda zaxira fondi hisobidan ajratilgan mablag'larni sarflanishi to'g'risida tegishli moliya organiga hisobottopshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy organlari har chorakda ajratilgan fond mablag'larini maqsadli sarflanishi ustidan tekshimv o'tkazadi.

Ajratilgan fond mablag'larini maqsadli sarflanmaganligi aniqlan-ganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini bosh nazorat-taflish boshqarmasi va uning hududiy organlari fond mablag'larini tegishli budjetga qaytarilishi va fond mablag'larini maqsadga muvofiq sarflanmasligiga yo'l qo'ygan mansabdor shaxslarai harakatdagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish bo'yicha chora-tadbirlarai ko'radi, kerak bo'lsa tekshiruv materiallami tegishli huquqni muhofaza qiluvchiorganlargatopshiradi.




Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish