Reja: Mutloq ustunlik nazariyasi



Download 34,56 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi34,56 Kb.
#227261
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mutloq ustunlik


Mutloq ustunlik

nazariyasi.



Reja:

1.Mutloq ustunlik nazariyasi.

2. Qiyosiy ustunlik nazariyasi

3. Mutloq ustunlik

4. Raqobat ustunligi nazariyasi

Adam Smit turli mamlakatlarda tovarlami ishlab chiqarishda mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil etadi, degan tezisni asoslab berdi. Unga ko‘ra ba’zi mamlakatlar boshqa mamlakatlarga nisbatan tovarlami kam xarajat sarflab, samarali ishlab chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur tovarlami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik yuqori mehnat unumdorligida va tovarlami ishlab chiqarishga ketadigan kam xarajatlarda namoyon bo'ladi.

A. Smit savdoni sun’iy ravishda cheklab qo‘yishga qarshi chiqdi va qaysi mamlakatning mahsuloti arzon bo‘lsa o‘sha mamlakat bilan savdo qilishning afzalligi to‘g‘risida aytib o‘tadi. Masalan, A.Smit qayd qilib o‘tganidek: “Agar Fransiyaning vinosi Portugaliya vinosidan yaxshi va arzon bo‘lsa yoki uning gazlamasi Germaniya gazlamasidan yaxshi bo'lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o‘ziga kerakli chet el vinosi va gazlamasini Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Fransiyadan sotib olish foydali”. Shuningdek, Shotlandiyada uzum yetishtirish shart emas, chunki u yerda vino Portugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat. Vino qayerda arzon bo‘lsa o'sha yerdan sotib olish maqsadga muvofiq.

A.Smitning asosiy g‘oyasi - mutlaq xarajatlar g‘oyasidir. Unga ko‘ra mutlaq xarajatlari kam boMgan mamlakatlardan tovarlami import qilish, ishlab chiqarish xarajatlari past tovarlami esa (ularni xarid qilayotganlarga nisbatan) eksport qilish kerak.

A.Smitning tasdiqlashicha har xil sun’iy ta’sir ko'rsatish va qarshiliklarga qaramasdan ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalaming olib borilishi tabiiy, normal hoi hisoblanadi, u doimo foydali, garchi har ikkilasi uchun foyda hamisha bir xil bo‘lmasa ham. “Har bir aqlli oila boshlig‘ining qoidasi shundan iboratki, chetdan sotib olishdan ko‘ra, uyda tayyorlash qimmatga tushidagan narsalami uyda tayyorlamaslikka harakat qilish. Tikuvchi o‘ziga etik tikishga harakat qilmaydi, balki uni etikdo‘zdan sotib oladi. Etikdo‘z o‘ziga kiyim tikishga urinmaydi, balki tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi”.

A.Smit bo‘yicha bu qoida bir butun mamlakat uchun qo'llanilishi kerak. Agar qandaydir bir xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan, uni o‘zimizda ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon narxda ta’minlashi mumkin bo'lsa, biz birmuncha ustunlikka ega bo‘Igan sohalarda ishlatilayotgan sanoat mehnati mahsulotining ma’Ium qismi uchun ushbu tovami undan sotib olish ancha foydali. Aynan shuning uchun mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini tanlashda, A.Smit bozorning roliga katta e’tibor bergan bo‘lishiga qaramay, u ushbu masalani ko‘rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti, ba’zi bir tabiiy resurslarga ega bo‘lish va b.) va qo‘lga kiritilgan (odatda, texnologik ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan) ustunliklarini hisobga olishni zarur, deb hisoblanadi. Eksport qiluvchi mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boMgandagina tashqi savdodan yuqori foyda ko‘rishi mumkin.

Lekin A.Smitning bu nazariyasida barcha tovarlarni ishlab chiqarishda bir yoki bir necha mamlakatlar mutlaq ustunlikka ega bo‘lsa, bunday vaziyatda qanday bo‘ladi, degan savol ko‘rib chiqilmagan. Mazkur nazariya agar mamlakatlar tovarlami ishlab chiqarishda hech qanday mutlaq ustunlikka ega bo‘lmasa, ular xalqaro savdoda qatnashishi mumkinmi, degan savolga ham javob bermaydi.

Qiyosiy ustunlik nazariyasi

A.Smitdan farqli o‘Iaroq, David Rikardo mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlashda mutlaq xarajatlardagi farq muhim emas, deb hisobladi. Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek xarajatlarda mutlaq ustunlikka ega bo‘lmagan mamlakatlar nima qilishlari kerak? Bir qator misollar bilan D.Rikardo “xarajatlardagi mutlaq ustunlik” mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashning zarur sharti emasligini isbotlab berdi.

Savdo qilayotgan mamlakatlar o'rtasida qiyosli xarajatlar farq qilishi kifoya.

Shu asosda D.Rikardo qiyosiy ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariya butun dunyo ilm-fani va savdosida hamma tan olgan nazariya hisoblanadi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, bar bir mamlakat o‘zining muayyan tovami ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o‘rtasidagi farqni qiyoslab Jco‘rgan holda tashqi savdoda ishtirok etadi. Muayyan tovarqi ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq boMishi mumkin. Shu bois qiyosli ustunlik nazariyasiga binoan mamlakatlar xarajatlami hisobga olgan holda u yoki bu mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.

D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugal iyada muayyan miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash zarur. Garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o‘zida Angliyaga nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lsa ham, bu sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap shundaki, resurslami gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan vino tayyorlash tarmog‘iga o‘tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo‘li bilan 80 kishilik mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki u o‘z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo‘ii bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko‘rinadiki, qiyosiy ustunlik mavjud bo‘lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o'rtasida mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.

Qiyosli xarajatlar g‘oyasi bu o‘zaro foyda ko‘rish g‘oyasidir. Unga ko‘ra Fransiya va Portugaliyada vino tayyorlanishi, Amerika va Polshada don yetishtirilishi, Angliyada metall buyumiari va boshqa tovariar ishlab chiqarilishi kerak”. Lekin qiyosli xarajatlar nazariyasida bir qator soddalashtirishiar mavjud bo‘lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda bo‘ladigan qiyinchiliklar aks ettirilmaggn. D. Rikardo modeli bu ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo modelidir. Mazkur model qiyosli xarajatlarning o'zgarishini, savdo qilayotgan mamlakatlaming unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlami ham hisobga olmaydi.

QIYOSIY USTUNLIK

Xalqaro savdoga doir qiyosiy ustunlik nazariyasi Rikardoning naqadar donishmand ekanligini namoyon etadi. Mazkur nazariya orqali u erkin savdoning shart-sharoitlarini yengillashtirdi, Adam Smitning xalqaro chegaralardan tovariar o‘tishidan olinadigan samara tahlilini kengaytirdi. Agar A mamlakati В mamlakatiga nisbatan arzonroq tovar ishlab chiqarsa, В mamlakati esa boshqa tovami A mamlakatga qaraganda arzonroq ishlab chiqarsa, ikkala mamlakat ham hududiy ixtisoslashuv va savdo orqali samara olishi mumkin.

Xalqaro savdo terminologiyasida aytilganidek, agar bir mamlakat biron-bir tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo'lsa, boshqa mamlakat esa boshqa tovami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikga ega bo‘lsa, ularning har biri tovar ixtisoslashuvi orqali boshqalarga qaraganda arzon narxda ishlab chiqarib samara olishlari mumkin. Iqtisodiy ta’limotlar tarixchilari qiyosiy ustunlik nazariyasining asoschisi kimligini aytishda bir to‘xtamga kelganlari yo‘q. Asosiy nomzodlar ichida Rikardo, Robert Torrens (1780- 1864) va Djeyms Mill (1773-1836)lar joy olganlar. Qanday bo‘lmasin bu keyingi iqtisodiy ta’limotlariga ta’sir ko‘rsatgan Rikardoning qarashlaridan biri edi.


MUTLAQ USTUNLIK

Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasini davom ettirishdan avval, ikki mamlakat va ikki tovar asos qilib oiingan xalqaro savdo modelini ko‘rib chiqamiz, bunda har bir mamlakatda tovarlardan bittasini ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik bo‘ladi. 16.1- jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra Angliya Portugaliyaga nisbatan mato ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ma’lumotlar bu ustunlikni mahsulot hajmi bo‘yicha ifodalab berayapti, lekin bu ustunlikni qiymat jihatdan ham ko‘rib chiqish mumkin. Shunday qilib, mehnat vaqti birligida o‘lchangan mato ishlab chiqarish qiymati Portugaliyaga nisbatan Angliyada kam chiqayapti. Xalqaro savdoni amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatish uchun eng avvalo, bu ikki mamlakat ushbu savdodan foyda olishi muqarrarligini ko‘rsatish zarur. Vino va matoni yalpi ishlab chiqarish ixtisoslashuv asosida ko'payadigan bo‘lsa va bunda ikkala mamlakatga ham naf keltira oladigan vino va mato xalqaro narxlariga va savdo sharoitlariga erishiladigan bo‘lsa, xalqaro savdo uchun asos vujudga keladi.




Download 34,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish