Reja: Orazin yopqoch, ko’zumdin sochilur har lahza yosh


Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325)—



Download 403,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.03.2022
Hajmi403,84 Kb.
#497901
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu. Navoiyning epik asarlari. Xamsachilik tarixi

. Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325)—
xamsa janrining yuqorida eslatganimiz nozik nuqtalarini to‘g‘ri ilg‘agan va uni 
nazariy jihatdan amalda asoslagan ikkinchi xamsanavisdir. . Shoir «Xamsa»sining 
ilk dostoni 
«Matla' ul -anvor» («Nurlarning boshlanishi»), «Shirin va Xusrav», 
«Majnun va Layli», «Hasht behisht* («Sakkiz jannat*), «Oyinai Iskandariy» 
(«Iskandar oynasi»)
singari keyingi masnaviylari uchun ma'naviy sarchashma, 
kengaytirilgan rejanoma vazifasini o‘tadi. 
Turkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko‘targan ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher 
Navoiyning ham qutlug‘ nomi «Panj ganj»ga to‘la javobiya yozgan shoirlar 
qatoridan munosib o‘rin oldi. «Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur, muayyan 
turk ulusi xud meningdur»,-deya iftixor bilan e'tirof etgan ulug‘ shoir «Xamsa»si 
turkiy qavmlar ma'naviy ehtiyojini qondirgan yagona shoh asar bo‘lganligi bilan 
boshqa xamsalardan tubdan farq qiladi. «Panj ganj»ga to‘la javobiya yozgan 
shoirlar qatorida fors—tojik adabiyotining ulug‘ namoyandasi Nuriddin 
Abdurahmon Jomiyning
nomi ham yuksak ehtiromga sazovor. Bu buyuk so‘z 
san'atkori 
«Haft avrang»
ining ayrim dostonlari Alisher Navoiyning ba'zi 
masnaviylari bilan oldinma—keyin yozilgan bo‘lib, har ikkala zamondoshning shoh 
asarlari xamsanavislikda yana bir yuksak pag‘onaning zabt etilishiga sabab bo‘ldi. 
Hoji Kirmoniy (1281- 1352), Mavlono Ashraf (vafoti 1450), Abdulla Xotifiy (vafoti 
1521) kabi ijodkorlar ham Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»iga to‘la javob aytish 
baxtiga muyassar bo‘ldilar. Biroq xamsachilik tarixida bu qalamkashlarning 
hammasi ham birday mavqega ega emas. Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon 
Jomiy, Alisher Navoiy xamsalarining shuhrati ancha baland bo‘ldi.


«Panj ganj»ning ayrim dostonlariga javob yozgan shoirlar. Bu guruhga mansub 
ijodkorlar o‘z oldida yaxlit «Panj ganj»ga emas, balki uning tarkibidagi u yoki bu 
dostonga javob aytishni maqsad qilib qo‘yishdi. O‘sha harakat tufayli Sharq 
xalqlari adabiyotida sayyor mavzu, voqea- qahramonlar guruhi shakllanib
musulmon olami badiiy adabiyotida keng tarqaldi. Faqatgina Layli va 
Majnunlarning fojiaviy sevgi sarguzashtlari bilan bog‘liq voqealar asosida arab, 
fors—tojik va turkiy tillarda yuz ellikdan ortiq nomdosh, biroq bir—birini mutlaqo 
aynan takrorlamaydigan dostonlarning bunyodga kelganligi Shayx Nizomiyga 
izdoshlik qilish ikkinchi yo‘nalishining ancha faol kechganligidan yorqin nishonadir 
(Ageh Sirri Levend. Arap, fars ve turk edebiyatlarinda Leyli ve Mejnun hikayesi. 
Ankara. 1957).
«Panj ganj» dostonlarini erkin—ijodiy tarjima qilish. O‘zbek ijodkorlari Qutb va 
Haydar Xorazmiylarning (XV asrning birinchi yarmida yashashgan) ana shu yo‘ldagi 
xayrli qadamlari g‘oyat ibratlidir.
«Hayrat ul-abror»-Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi muqaddimaviy-
rejanoma dostoni. Doston 63 bobdan tarkib topgan bo‘lib, uning 21 faslini 
an'anaviy muqaddimaviy boblar, 40 bobini—20 maqolat va 20 hikoyat, qolgan ikki 
bobini esa—xotima va bir hikoyat tashkil etadi. Asarning o‘z ichki bo‘linishlariga 
ega bo‘lgan an'anaviy — muqaddimaviy boblari, insonning ijtimoiy hayotdagi o‘rni 
va ma'naviy kamolotiga bag‘ishlangan maqolat hamda ulardagi fikrlarning tasdig‘i 
uchun keltirilgan hikoyatlari ham mohiyat e'tibori bilan butun «Xamsa»ning 
boshlanmasi sanaladi. Muqaddimaviy boblar bir-biri bilan mantiqan chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: 
l.Hamd, munojot va na'tlar (1-11-boblar ) Bunda ikki hamd, to‘rt munojot va besh 
na'tga o‘rin berilgan. 
2.Ulug‘ salaflar, zamon hukmdori va so‘z ta'rifi (12-16-boblar). Mazkur boblarning 
dastlabkisida ikki ulug‘ xamsanavis Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy, 
keyingi to‘rttasida esa Nuriddin Abdurahmon Jomiy, so‘z ta'rifi va Sulton Husayn 
Boyqaro haqida fikr yuritiladi. 
3.Ko‘ngil ta’rifi,uch hayrat va Bahouddin Naqshband hamda Xoja Ubaydulloh Valiy 
vasfi. 
Dostondagi maqolatlar sarlavhalarining o‘zi asarda komil inson ulug‘langanligidan 
dalolat beradi: 


1-maqolat: «Iymon sharhida». 
2-maqolat: «Islom bobida». 
3-maqolat: «Salotin zikrida». 
4-maqolat: «Riyokorlik—firibgarlik haqida». 
5-maqolat: «Xayr-u ehson vasfida». 
6-maqolat: «Adablilik odati haqida». 
7-maqolat: «Qandat haqida». 
8-maqolat: «Vafo haqida». 
9-maqolat: «Ishq o‘ti ta'rifida». 
10-maqolat: «Rostlik haqida». 
11-maqolat: «Ilm osmonining yulduzlaridek baland martabaliligi haqida». 
12-maqolat: «Qalam va qalam ahllari haqida». 
13-maqolat: «Bulutdek foyda keltiruvchi odamlar haqida». 
14- maqolat: «Osmonning tuzilishidan shikoyat». 
15-maqolat: «Jaholat mayi». 
16-maqolat: «Xunosasifat oliftalar». 
17-maqolat: «Bahor yigitligining sofligi haqida». 
18-maqolat: «Falak g‘amxonasi haqida». 
19-maqolat: «Xurosonning misli yo‘q viloyati haqida». 
20-maqolat: «Maqsadning o‘talganligi haqida». 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Navоiyning «Hayrat ul-abror» dostonida falsafiy, ijtimоiy-siyosiy va ta’limiy 
masalalarning qo‘yilishi qanday?
2. Navоiyning «Hayrat ul-abror» dostonida hikоya va masallarning badiiy 
хususiyatlari haqida so‘zlang. 


3. Navоiyning «Hayrat ul-abror» dostonidagi оbrazlar: lirik qahramоnlar оbrazi, 
tavsifiy va epik оbrazlar haqida so‘zlang.
4. Navоiyning «Hayrat ul-abror» dostonining tuzilishi, janr xususiyatlari haqida 
so‘zlang.
«Navoiy» videofilmidan lavha. Navoiy rolida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
artist Saidkomil Umarov 
kunda shavkatli Hirot shahrida mudarrislik lavozimida faoli- yat ko‘rsatish 
sharafiga muyassardirlar. Ulardan ayrimlarining nomlari «Xulosat ul-axbor»ning 
xotima qismida keltirilgan. 
* * 
She’rning o‘zi qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy va masnaviy singari bir necha turga 
bo‘linadi. Shoirlardan bir guruhi kuchli qobiliyatga ega bo‘lganliklari sababidan 
ushbu she’r turlarining barchasida she’r yozishgan, ulardan boshqa bir guruhi esa 
ta’blarining o‘tmasligi sababli bu turlarning ayrim- laridagina she’r aytishga 
harakat qilish bilan cheklanganlar. 
Allohga hamd va shukrlar bo‘lsinki, «Hazrat Sultonning yaqin kishisi» degan daraja 
va martabaga ega bo‘lgan ul oliy hazratning ushbu she’r turlarining barchasidagi 
mahorati shu darajaga yetgandiki, agar ilgarigi davrlarda yashab o‘tgan shoirlar ul 
hazratning muborak zamonlarigacha yetib kelishganida va ushbu saodatli zamonni 
ko‘rishganida] edi, she’r yozadigan daftarlarini yopib (ya’ni she’r yozishni 


yig‘ishtirib), dunyoning turli tomonlaridan uning fazilat makoni bo‘lgan ostonasi 
tomon shoshilgan bo‘lardilar. 
* * * 
... Mavlono Lutfiy ul hazratning endigina unib-o‘sib bo- rayotgan va yaxshi-
yomonni ajratib boshlayotgan [o‘spirinlik] chog‘larida kunlardan bir kuni uning 
huzuriga borib, undan: 
Biror g‘azal o‘qib berish orqali o‘z tafakkuringiz mah- sullarining yangi 
namunalaridan meni bahramand eting, — deb iltimos qildi. 
Ul hazrat matla’i quyidagicha bo‘lgan bir g‘azalni o‘qib berdi. 
She’r: 
Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh
Guruhlar uchun topshiriq 
1-kichik guruh “Navoiyning epik asarlari” jadvalini to’ldiring. 
2-kichik guruh “Xamsa yozish shartlari” dostoni tahlili. 
3-kichik guruh. “Hayrat ul-abror” dostonidan savol-javob tuzish
1-o’quv topshiriqni bajarish yuzasidan yo’riqnoma . 
“Farhod va Shirin” 
“Hayrat ul-abror” 
“Xamsa” 
“Layli va 
Majnun” 
“Sab’ayi 
sayyor” 
“Saddi 
Iskandariy” 


2-guruh. “Xamsa” yozish shartlari jadvali 
Alisher Navoiy mohir epik sifatida ko‘plab asarlar yaratdi. Uning “Holoti Sayyid 
Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Xamsat ul-mutahayyirin” kabi 
3 ta memuar xotiralardan iborat nasriy asari bunga misol bo‘la oladi. Z.M.Bobur 
Alisher Navoiy haqida shunday yozadi: “…olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi 
“Xamsa” javobida, yana biri “Mantiq ut-tayr” vaznida “Lison ut-tayr” otliq”. 
Alisher Navoiy mohir so‘z san`atkori, lirik shoir, shu bilan birga buyuk dostonnavis 
ham edi. U eng katta orzusi – “Xamsa”ni 1483-1485- yillarda yaratdi.
Chiqish an’anasiga ko‘ra, she’rning qadri buyuk edi. “Xamsa” an’anaviy masnaviy 
shaklida yaratilgan.
Masnaviy arabchada ikkilik ma`nosini anglatadi. She`riy asarda misralarning a-a, b-
b, v-v, g-g kabi qofiyalanib kelishi ko‘zda tutiladi. Fors tilidagi masnaviylarning ilk 
namunasi mashhur shoir Firdavsiyning “Shohnoma” asaridir. Turkiy tildagi ilk 
badiiy doston “Qutadg‘u bilig” asari ham masnaviyda yozilgan.
Dostonlar, ya’ni keng qamrovli epik asarlar masnaviyda yoziladi. Navoiy 
masnaviyni “vase maydon” – “keng maydon” deb ta’riflaydi.
1-shart 
3-shart 
2-shart 
5-shart 
“Xamsa” yozish shartlari 
4-shart 


Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida xamsachilik adabiy an’ana sifatida 
mavjud edi.
Xamsanavis shoirlar sirasiga Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon 
Jomiy va Alisher Navoiylarni kiritamiz. Xamsachilik an’anasini
boshlab bergan ozarbayjon shoiri 

Download 403,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish