Reja: O‘zbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi. Mustaqillik Deklaratsiyasi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi. Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati. O‘zbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi


Davlat boshqaruvida sudlarning roli



Download 81,5 Kb.
bet9/13
Sana26.02.2022
Hajmi81,5 Kb.
#465223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3. o\'zbekistonda davlatchiligi va boshqaruv tarixi

Davlat boshqaruvida sudlarning roli. Har bir davlatda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham odil sudlov organlari tizimi ma’muriy-hududiy tuzilmalarda tashkil etilgan hamda sudlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish jarayonida korxona va tashkilot, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelib chiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudi bilan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo‘jalik sudlaridan iborat”, deb belgilangan. 2000 yil 14 dekabrda qabo‘l qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan sud tizimiga o‘zgartirishlar kiritilib, sudlar ixtisoslashtirildi. YA’ni, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari joriy etilgan.
O‘zbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda sud organlarining ta’siri kuchli bo‘lib, bu jarayonni davlat nomidan kafolatlaydi. Sud organlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab berilgan fuqarolarni huquq va erkinliklarini millatlarning tengligi tamoyillari asosida amalda qo‘llanilishini nazorat qiladi.
Shuningdek, sud organlari mamlakat ijtimoiy hayotidagi ishlab chiqarish muassasalarida, davlat idoralarida, jamoat birlashmalarida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquqlarini mulk shaklidan qat’iy nazar himoya qilinishini ta’minlaydi. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiyaviy nazorat bo‘yicha sud organi hisoblanib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi. Bu sud huquqiy muhofazi qiluvchi qonunlarni, qonunchilik va ijro hokimiyatining boshqa hujjatlarini Konstitutsiyaga zid deb topish va ularni harakatdan to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan maxsus organ hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud quyidagi vakolatlarga ega:

  1. Oliy Majlis qabul qilgan hujjatlarni, Prezident farmonlarini, Hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarini va boshqa majburiyatlarini Konstitutsiyaga mosligini aniqlaydi.

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.

  5. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

  6. Konstitutsiyaviy sud Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud qonunda ko‘rsatilgan protsessual shakl va tartibda umumiy yurisdiksiyali sudlar, shuningdek, harbiy sudlar faoliyati ustidan ham sudlov nazoratini amalga oshiradi. Undan tashqari Oliy sud, quyi sudlarning ma’lum ishlar bo‘yicha yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tuzatish maqsadida ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi va asosli ekanligini tekshirish yo‘li bilan ularning faoliyatini nazorat qiladi.
Oliy sud - Oliy sud raisi, uning o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, sudlov hay’atlari raislari, Oliy sud sudyalaridan iborat tarkibda ish olib boradi. Sud faoliyatining katta qismi sudlov hay’atlari zimmasida bo‘ladi. Oliy sudlov hay’tlari fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha, harbiy ishlar bo‘yicha hay’atlar hisoblanib, ular tarkibi Respublika Oliy sudi Plenumi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy sud faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish Oliy sud raisi zimmasiga yuklatilgan. Oliy sud raisi umumiy yurisdiksiyali sudlarning barcha hukm va boshqa qarorlariga qonunda belgilangan tartibda protest berish hamda ular ijrosini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
Iqtisodiy sohada, turli mulk shakllariga ega tashkilotlar, idoralar, korxonalarni boshqarish jarayonida, shuningdek, tadbirkorlar orasida vujudga keladigan munosabatlarda yuzaga chiqqan bahslarni hal qilish Oliy xo‘jalik sudlari tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Xo‘jalik sudlarining asosiy vazifalari – tashkilotlar va fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash, iqtisodiy munosabatlarda qonuniylikni mustahkamlash va qonunchilikning huquqiy vositalaridan foydalanishga sharoit yaratishdan iborat.
Oliy xo‘jalik sudi faoliyatining asosiy tamoyillari – qonuniylik, xo‘jalik sudyalarining mustaqilligi, sud va qonun oldida hammaning tengligi, tomonlarning teng huquqliligi, ish yuritishda oshkoralik, sud muhokamasining bevosita va uzviy amalga oshirilishi hisoblanadi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan huquqiy hujjatlari xo‘jalik sudining to‘xtami, qarori, ajrimi barcha davlat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, hamda boshqa organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlarida bajarilishi shart hisoblanadi.

Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish