Reja: Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari



Download 0,79 Mb.
Sana20.09.2021
Hajmi0,79 Mb.
#179551
Bog'liq
Slayd Iqt.naz.

Reja:

  • Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari
  • Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari
  • O'zbekistonda pul-kredit sohasida so’nggi yillarda amalda oshirilgan ishlar

Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to’lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakatidir.

Hоzirgi davrda O`zbеkistоnda pul muоmalasi ikki ko`rinishda yuritiladi: 1. Naqd pul muоmalasi; 2. Naqd bo`lmagan pul muоmalasi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi.

Pulning quyidagicha asosiy vazifalari mavjud: - qiymat o’lchovi - muomala vositasi - boylik to’plash vositasi - to’lov vositasi

    • Qiymat o’lchovi vazifalari - Bunda Tovar (xizmat) ning almashuv qiymati pul vositasida xisoblanadi va baxolanadi. Shuningdek, iqtisodiy resurs sarf-xarjatlari va daromadlarni xisoblash o’lchov birligi ham puldir.
    • Muomala vositasi vazifasi – Bunda pul tovarlar muomalasi jarayonida vositachi sifatida maydonga chiqadi.
    • To’lov vositasi vazifasi – tovarlar nasiyaga tolov muddati kechiktirilib sotilganda va turli hil to’lov majburiyatlari amalga oshirilganda pul bu vazifani bajaradi.
    • Boylik to’plash vazifasi – pul muomaladan chiqarib olingandan bu vazifani bajaradi. Real ravishda oltin pul va oltin buyumlar boylik to’plash vazifasini bajaradi.

Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari

  • Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi.

Kredit - boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

  • Kredit - boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
  • Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki shakli pul va tovar shaklidan foydalanib kelgan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat iste‘molchilik va xalqaro kredit shakllarini oladi.

Bank krediti – kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari – banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo’jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. Bank krediti yo’nalishi, mudatti va kredit bitimlari summasi bo’yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng,tovar muomlasidan tortib kapital jamg’arilishigacha xizmat qiladi.

Tijorat krediti – bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat kredit, avvalo, to’lovni kechiktirish yo’li bilan tovar shaklida beriladi.

  • Tijorat krediti – bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat kredit, avvalo, to’lovni kechiktirish yo’li bilan tovar shaklida beriladi.
  • Iste‘molchilik krediti – xususiy shaxslarga, xammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan iste‘molchilik tovarlari (mebel, avtomabil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma‘lum muddatga beriladi.
  • Ipoteka krediti – ko’chmas mulklar (yer, bino) hisobiga o’zoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
  • Xalqaro kredit – tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.

Kredit berish bir qator tamoyillarga asoslanadi.

  • Ssuda berishning maqsadli xususiyati
  • Kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarishligi
  • Ssudaning moddiy ta‘minlanganligi va to’lovligi

Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

  • Korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
  • Mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
  • Korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy ragʻbatlantirish fondlari;
  • Korxonalar foydasi. Ular davlat byudjet va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
  • Bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
  • Aholining boʻsh pul mablagʻlari.

E’tiboringiz uchun rahmat

Tayyorladi: Suyunov Abbos


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish