Reja: Qatag'onlik siyosati va uning mohiyati. "18 lar guruhi" to'g'risida



Download 30,61 Kb.
bet4/6
Sana24.07.2021
Hajmi30,61 Kb.
#127568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

"Inog'omovchilik". Bu 1926-1931-yillarda mustabid tuzum tomonidan milliy rahbariy kadrlarni qatag'on qilish yo'lidagi uydirmalardan biri hisoblanadi. Bu o'sha yillarda O'zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasini bajarib kelgan Rahim Inog'omov (1902-1938) nomi bilan bog'liq. Inog'omov va uning tarafdorlari ta'lim va madaniyatni proletarlashtirishga qarshi chiqib, VKP(b) MQ O'rta Osiyo byurosi faoliyatini tugatish g'oyasini ilgari surganlar. R. Inog'omov o'zbek mehnatkashlari oktabr to'ntarishiga tayyor bo'lmaganligi, uning yevropalik proletar kuchlar tomonidan amalga oshirilganligi hamda rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni faqat ziyoli shaxslar o'ynaganligi, bizda esa hali proletariat yo'qligi borasida daliliy fikrlar bildirdi. Natijada, "Inog'omovchilik" qoralanib, unga qarshi ayovsiz kurash boshlanadi. "Inog'omovchilik"ni partiya safidagi burjuaziya agenturasi deya baholashdi. Tanqid matbuotda ham davom etdi. Jumladan, O'rta Osiyo byurosining "Za partiyu" jurnalida I. Zelenskiy tomonidan tanqid ostiga olindi. Shunday asossiz "aybnomalar" qo'yilganidan so'ng uni Qashqadaryodagi eng chekka qishloqlaridan biriga ishga yuborishadi. Quvg'in, tanqid-u tazyiqlar ta'sirida R.Inog'omov matbuot orqali tavba-tazarru mazmunidagi "ochiq xat"i bilan chiqishga majbur bo'ladi. Mustafo Cho'qay ta'biri bilan aytganda Inog'omov boshliq guruh "O'zbek xalqiga o'z-o'zini boshqarish huquqini berish, Turkiston ustidan O'rta Osiyo byurosi nazoratini bekor qilish" kabi talablar bilan chiqqan edilar.2

R.Inog’omov 1926-yilda chop etilgan “O’zbekiston ziyolilari” risolasida o’zbek xalqi bolsheviklar amalga oshirgan Oktyabr to’ntarishiga nisbatan noxush mu osabatda ekanligini ko’rsatgan edi. U O’zbekiston yozuvchilarining Samarqanddagi “Qizil qalam” jamiyatiga dastlab rahbarlik qilgan, “Milliy istiqlol” tashkilotining a’zosi edi. 1930-yil 30mayda “Qizil O’zbekiston” va “Pravda vostoka” gazetalarida R.Inog’omovning ochiq xatlari uyushtirilib, u tavba-tazarru qildirildi.

R.Inog’omov keyinchalik Moskvada yashaydi. Moskva elektr zavodida, shuningdek, Butunittifoq Markaziy Ijoriya Qo’mitasida tarjimon bo’lib ishlaydi. U Qrim ASSR ning Alushta shahrida davolanayotgan payt 1937yil 25-avgustda qamoqqa olinadi va 1938-yil 5-oktabrda Toshkentda otib tashlanadi.1

Narkompros2 ishi”. Sovet rejimi sud organlarining milliy xodimlarini qatag’on qilishni maorif sohasidagi ziyolilarni ham qatag’on qilish bilan birgalikda amalga oshirdi. 1930-yil iyun-avgust oylarida O’zbekiston SSR Maorif xalq komissarligidagi 30 nafarga yaqin rahbar xodimlar qamoqqa olinadi. Ularning ichida O’zbSSR Maorif xalq komissari o’rinbosari Mahmud Xodiyev [Botu] (1904-1938), shuningdek, Bois Qoriyev [Oltoy], Mashriq Yunusov [Elbek] (1898-1939) va Nosir Saidovlar bor edi. Ushbu shaxslarning qamoqqa olinishiga GPU ayg’oqchisi, “qosimovchilik” ishida asosiy guvoh bo’lgan Obid Saidovning 1930-yil 21-iyun kuni Toshkentda o’z uyida ovqatdan zaharlanishi va buning oqibatida 23-iyun kuni vafot etganligi bahona bo’ldi. Mehmondorchilikda Andijon okrugi xalq maorifi bo’limi mudiri, marhumning akasi, Nosir Saidov va boshqalar bo’lgan. Ushbu o’lim yuzasidan OGPU ning O’rta Osiyodagi muxtor vakilligi Sharq bo’limi 1930-yil 26-iyunda “jinoiy ish” qo’zg’agan. Dastlab gumondorlar Nosir Saidov, Abdulla Xo’jayev va Mansur Saidovlar hibsga olinadi.

N.Saidov o’zini turli qiynoqlar ostida “millatchi”, aksilinqilobiy tashkilot a’zosi ekanligini “e’tirof etadi”. O’zbSSR Maorif xalq komissari o’rinbosari Botu ko’rsatmasiga binoan Hosil Vasiliy va Xyrullaxon Alaviy birgalikda o’z ukase Obid Saidovni zaharlab o’ldirganligini “tan oladi”. Aslini olganda ushbu “jinoyat” maxsus xizmatlar tomonidan tayyorlangan bo’lib, ularning maqsadi O’zbekistondagi maorif tizimida ishlayotgan mahalliy kadrlarni yo’qotish edi. Ular maorif tizimini “millatchilik og’usi” bilan zaharlaganlikda ayblanib, bu holat “maorif frontida qosimovchilikning namoyon bo’lishi” deb qoralandi. Shuningdek,ular maorif komissarligida Botu boshchiligida “G’ayratlilar” nomli aksilinqilobiy millatchilik tashkiloti tuzganlikda ayblandilar. Go’yoki ular hokimiyatni qo’lga olish va himoya qilish uchun mahalliy yoshlarni harbiy maktablarga ko’proq joylashtirib, maxsus harbiy ta’lim olishga erishishga intilganlar. Botu boshchiligidagi mahbuslar Samarqand va Toshkentdan Moskvaga olib ketilib Butirka qamoqxonasida saqlanadi. 1933-yil 31martda Moskvada sud tomonidan ular o’lim jazosiga hukm qilinib, so’ng u 10 yillik qamoq jazosiga almashtirilgan. Botu o’limidan so’ng 1960-yil

26-martda oqlanadi.1

Botir gapchilar”. Ushbu tashkilotga taniqli tilshunos va adabiyotshunos olim Ashurali Zohiriy (1885-1937) asos slogan. Zohiriy Farg’ona vodisidagi Oyimqishloqda tug’ilgan, keyinchalik Qo’qon mexanika texnikumida dars bergan. Tergov materiallarida qayd etilishicha, Ashurali Zohiriy “Milliy Istiqlol” tashkiloti rahbariyati qarori bilan 1929-yil noyabrda Qo’qonda “Botir gapchilar” siyosiy tashkilotini tuzgan hamda uning dasturini ishlab chiqqan. Bu guruhga ko’plab o’zbek ziyolilari qatorida yosh yozuvchi Abdulla Qahhor ham jalb etilgan edi. 1930-yilda 20 nafar shaxs ushbu tashkilotga aloqadorlikda ayblanib qamoqqa olingan. Tashkilot atigi 3 oy faoliyat ko’rsatgan. Tashkilot nizomida yozilishicha “Har bir ongli kishi o’lkani har qanday mustamlakadan ozod qilishga intilmog’I hamda xalqni yaxshi turmush sharoiti va ish bilan ta’minlashda sadoqatli bo’lmog’i lozim”. 1931-yil 25-aprelda chiqarilgan qarorga muvofiq tashkilotning 20 nafar a’zosi ustidan sud hukmi chiqarilgan va ular turli muddatli qamoq jazosiga hukm etildilar.1 Katta terror. 1937-yil mart oyidan boshlab ayrim ziyolilar qamoqqa olina boshlandi. 1937-yil 31-iyulda tasdiqlangan 00447 raqamli maxfiy buyruqqa binoan qatag’on 5-avgustda barcha respublikalarda boshlanishi kerak edi. 1937-yil 9-iyulda NKVD xodimlari I.Stalin bilan shaxsan uchrashish niyatida Moskvaga borgan F.Xo’jayevni “Natsional” mehmonxonasida qamoqqa olgan. Shu davrda A.Ikromov ham F.Xo’jayev tuzgan “Aksilinqilobiy guruh” a’zosi deya qamoqqa olindi. O’sha davrlarda “Akmal Ikromovning dumi”, “Fayzulla Xo’jayevning dumi”, “Fayzulla Xo’jayevning qarindoshi”, “Akmal Ikromovning qarindoshi” degan so’zlar “xalq dushmani” degan iboraga teng gaplar edi. Qatag’onchilik siyosati 1937-yil avgust oyida O’zbekiston NKVD qoshida tuzilgan “uchlik” o’tkazgan yig’ilishlarda tasdiqlangan bayonnomalar asosida olib borildi. O’zbekistondagi siyosiy elita “millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib boorish”da, shuningdek, qurolli qo’zg’olon ko’tarishga tayyorlanganlikda ayblandi. Milliy o’zbek ziyolilari – Fitrat, Cho’lpon va Abdulla Qodiriylar 1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahri atroflarida otib tashlandi. Usmon Nosir esa “xalq dushmani” sifatida dastlab Magadan, keyinchalik, Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonaga yuborilgan. U.Nosir Kemerovo viloyatining Mariinsk shahri yaqinidagi Suslovo degan joydagi qamoqxonada o’pka xastaligi tufayli vafot etgan.2

Xalq ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni qatag'on etishda

"xalq dushmanlari", "chet el josuslari" - Akmal Ikromov, Fayzulla

Xo'jayevlar Maorif komissarligidagi odamlari - Usmonov, Ro'ziyev, Sorokin, Kojukovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazgan degan soxta bo'xtonlar asos qilib olindi: "Ular turli choralar bilan o'zbek xalqini sotsialistik madaniyatning ilg'or vakili - buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo'ldilar. Yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar. Ular bir tomondan, o'zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o'rganishga imkon beruvchi rus tilini o'qitilishiga qarshilik ko'rsatib, ikkinchi tomondan, marksizm-leninizm klassik asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilinishiga to'sqinlik qildilar".1

Shuningdek, 20-yillarda Germaniya, Turkiya kabi mamlakatlarda tahsil olib qaytgan Sattor Jabbor, Xayriniso Majidxonova, Mariyam Sultonmurodova singari bir qancha shaxslar “josus” deb ayblanib qatag’on girdobiga tortildilar.


Download 30,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish