Reja: Siyosiy islohotlar demokratik jamiyat barpo etish va uning rivoji asos-negizi. Siyosiy plyuralizm va siyosiy sohani erkinlashtirish. Siyosiy partiyalar, ko'ppartiyaviylik, nodavlat va jamoat tashkilotlari


“Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi (FMDP)



Download 116 Kb.
bet5/6
Sana08.04.2022
Hajmi116 Kb.
#538271
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1548922096 73912

4. “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi (FMDP). Partiya muxtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan 1998 yil 28 dekabrda tashkil topgan. 2000 yil 14 apreldan Vatan taraqqiyoti va “Fidokorlar” partiyasi qo'shilib “Fidokorlar” Milliy demokratik partiya sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Partiya o'zining dasturida mamlakatda dolzarb muammolarni hal etishda fidoiylik ko'rsatish vazifasini qo'ygan. O'zbekiston huquqiy demokratik odil fuqarolik jamiyatini yaratishdagi barcha ijtimoiy, sotsial-siyosiy, iqtisodiy muammolarni hal etilishida va xalqimizni ma'naviyatli, ma'rifatli qilib tarbiyalashda hamda jamiyatda halollik, fidokorlik ko'rsatishdek ulkan vazifani o'z dasturlariga kiritganlar”.38
O'zbekiston siyosiy maydonida yana bir muhim voqea sodir bo'ldi, 2003 yil noyabr oyida yangi beshinchi, ya'ni O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi tuzildi. Ushbu siyosiy partiya tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaati va mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishi uchun faoliyat ko'rsatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi.
Prezident Islom Karimov yangi tuzilgan siyosiy partiya tashabbus guruhi a'zolari bilan bo'lgan uchrashuvda “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar ijtimoiy qatlami O'zbekiston siyosiy maydonida o'z o'rnini egallashi lozim” deb nomlangan nutqida, partiyaning amalga oshirishi zarur bo'lgan maqsad vazifalarini belgilab berdi va shunday dedi: “Sodda qilib aytganda, bu yangi partiya, bu harakat tadbirkorlarga, ishning negizini biladigan faollar va fidoyilarga suyanib-tayanib, ularni birlashtirib, o'z oldiga qo'ygan maqsad-marralarga erishishi darkor”39.
Xalq birligi harakati. Bu harakat 1995 yil 9 iyundan faoliyat ko'rsatmoqda. Adliya Vazirligi mazkur harakatni 1995 yil 9 iyunda ro'yxatga olgan.
“Xalq birligi” harakatining nizomida ustuvor maqsadi, ko'p millatli xalqimizning birligini yanada mustahkamlash, barcha fuqarolarda O'zbekistonning hozirgi kuni va kelajakda buyuk davlat bo'lishi, har bir oila farovonligi, insonning erkin kamol topishi uchun yuksak mas'uliyat hissini shakllantirish, jamoatchilikni ish sa'y-harakatlarida faol ishtirok etishga da'vat qilishdan iboratdir, deb belgilangan”40. Siyosiy partiyalarning oliy maqsadi mamlakatni ijtimoiy-siyosiy barqarorligini saqlagan holda mavjud tuzumni har tomonlama yuqori bosqichga ko'tarish iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashish va xalqning hukumat bilan bo'ladigan aloqasini mustahkamlash, ularning xohish irodasini amalga oshishi uchun xizmat qilishdan iboratdir.
Shunday qilib, bugungi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish sharoitida siyosiy partiyalar o'z faoliyatlarida yanada erkin va faolroq bo'lishlari talab etiladi. Buning uchun esa tegishli qonunchilik asosini shakllantirish, zarur shart- sharoitlarni, davlat va jamoat birlashmalarining hamkorligiga erishishni ta'minlash zarur.
Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, “Mamlakatni siyosiy va iqtisodiy rivojlantirishning muqobil (amaliy) turlarini ishlab chiqish va himoya qilishda mavjud siyosiy partiyalar ko'rsatmalari hozirgi bosqichning eng muhim vazifalaridandir”41.
Umuman, jamiyatda davlat tuzilmalari va siyosiy partiyalar bilan muvozanatni ta'minlashga qodir bo'lgan jamoat birlashmalari tizimi shakllandi. Zero, Oliy Kengash 1991 yil 15 fevralda «O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida»gi Qonunni qabul qildi. Mazkur qonun respublika hayotidagi jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilishga, jamoat birlashmalari tuzilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy shart-sharoitlar yaratib berdi. Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchi marta mazkur qonunda jamoat birlashmalarning maqsadlari xalqaro va demokratik mezonlar asosida ta'riflab berildi:
“Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar hamda erkinliklarni ro'yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish...”42 maqsadida tuziladi. 1992 yil 3 iyunda «O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishi munosabati bilan 1993 yilning mart oyidan mazkur qonunga amal qilishga kirishildi.
O'zini o'zi boshqarish organlarini tashkil etishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning XII sessiyasida 1993 yil sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi qonun alohida ahamiyatga ega bo'ldi.
Prezident I.A.Karimov jamoat birlashmalarini isloh qilishning o'ziga xos o'nalishlarini ishlab chiqdi. Mustaqillik davrida jamoat tashkilotlari jamiyatni demokratlashtirish talablari va qoidalari asosida, shuningdek, ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ifoda etish umuminsoniy qadriyatlarga amal qilishning milliy qadriyatlarni yuksaltirish jarayonlariga uyg'unlashtirish kabi tamoyillar asosida shakllandi. O'tgan qisqa davr ichida 220ta Respublika hududida faoliyat yurituvchi, 1500ta mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan jamoat birlashmalari tashkil topdi. Ularning 45tasi xalqaro jamoat birlashmalaridir.
O'zbekistonda 20ta xorijiy mamlakatlarning jamoat va nohukumat tashkilotlari va ularning vokolatxonalari turli yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatmoqda. 1993 yildan buyon respublika hududida faoliyat yurituvchi 112ta, viloyatlar ahamiyatiga molik 817ta yangi jamoat tashkilotlari tuzildi. 1992 yil 22 oktyabr «Mahalla» xayriya jamg'armasi, 1994 yil 23 aprel «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi, O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasi, 1995 yilda esa xalqaro Amir Temur va «Oltin meros» jamg'armalari tuzilib o'zbek xalqining milliy iftihorini yanada yuksaltirish ko'hna milliy madaniyat va ma'naviyatni butun jahonga targ'ibot-tashviqot etish bilan shug'ullanmoqdalar. O'zbekiston «Mahalla» xayriya jamg'armasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri «tarixan tarkib topgan milliy va ma'naviy qadriyatlarni keng targ'ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an'analarini ommalashtirish, respublika aholisi o'rtasida madaniy va ma'rifiy ishlarni keng yo'lga qo'yish», shuningdek, «insonning aql-zakovati, ma'naviy imkoniyatlariga, uning amaliy faoliyat tashabbuskorligiga yo'l ochish, buning uchun unga qulay moddiy va ma'naviy sharoitlar yaratib berish, yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish» kabi maqsadlarni amalga oshirishdir43.
O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasi mamlakatdagi eng yirik jamoat birlashmalaridan biri hisoblanib, uning asosiy maqsadlaridan biri -«Jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning qiziqishlarini himoya qilish, turli-tuman ma'naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni, xalqlar o'rtasidagi do'stlikni va o'zaro hamkorlikni muhofaza qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta'minlash» kabi vazifalardir.
1994 yil 23 aprelda respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi tashkil topdi. Bu markaz uzoq davr mustamlaka bo'lgan mamlakatimizda xalqimizga yot bo'lgan dunyoqarash va mafkura tazyiqi ostida yo'qolayozgan milliy ma'naviyatni yuksaltirish, fuqarolarning o'zligini anglash jarayonlariga ta'sir ko'rsatish, sobiq sho'ro tuzumi dunyoqarashidan poklanish, o'zbek xalqining ma'naviy-madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhiga mos g'oyalarni shakllantirish va hayotga tatbiq etish, mintaqa xalqlarining mushtarak man'naviy, ma'rifiy, madaniy ildizlarini tadqiq va tahlil qilish asosida targ'ib etish kabi maqsadlarni amalga oshirishni o'ziga dasturiy vazifa qilib olgan.
2001 yil yanvarda Toshkentda yoshlar masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda mamlakatimiz rahbari yoshlarning boshini qovushtiradigan, «ularning chinakam suyanchi va tayanchi bo'la oladigan» yangi tashkilot tuzish g'oyasini ilgari surdi. Prezident I.A.Karimov bu tashkilot «Kamolot» nomini saqlab qolishi, uning ish yuritish uslubi jamg'armanikidan farqli bo'lishini ta'kidlab, yangi tashkilotni yoshlarning ijtimoiy harakati shaklida tuzish maqsadga muvofiq bo'lardi, dedi.
Shuningdek, bu yangi ijtimoiy harakatning joylarda tashabbuskor guruhlari tashkil etildi. «Kamolot» jamg'armasi negizida faoliyat yuritadigan bu guruh viloyatlar, tumanlar, shahar va qishloqlarga chiqib, yoshlarning yangi harakat borasidagi fikrini o'rganishi, ularning xohish-irodasi asosida Nizom loyihalari ishlab chiqishi belgilandi.
«Sog'lom avlod uchun» xalqaro jamg'arma ham respublikamizda yosh avlodni ham jismoniy, ham ma'naviy-ahloqiy jihatdan sog'lom bo'lishni ta'minlashda ishtirok etuvchi jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
Toshkentda Xalqaro jamoat birlashmasi Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assammbleyasi «Turkiston - umumiy uyimiz» g'oyasi ostida Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtirishda, mintaqada ijtimoiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Mustaqillik davrida kasaba uyushmalari ham chuqur isloh qilindi. Ularning ishlash uslublari va faoliyati sobiq mafkura asoratlaridan butunlay poklandi. Aytish kerakki, jamoat tashkilotlari tizimining kengayishi va ular sonining sifat darajasi birgalikda ortishi demokratik fuqarolik jamiyatining eng xarakterli xususiyatlaridan biri bo'lib, taraqqiyotga xizmat qiladigan fikrlar xilma-xilligi va erkinligiga keng yo'l ochadi, rivojlanishning yangi qirralari, tamoyillarini belgilash
imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi tarixiy rivojlanish pallasida O'zbekistonda jamoat birlashmalari safi yanada kengayib, ular jamiyat hayotining turli sohalarida, o'z yo'nalishlari bo'yicha faoliyat kursatmoqda. O'tgan davr jamoat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qancha Farmon va qarorlar qabul qilindi.
Davlatning o'zi nodavlat tizimni shakllantirish va rivojlantirishdan manfaatdor bo'lmoqda, unga keng yo'l ochib berib, islohotlarda, fuqarolarni tarbiyalashda, ularning haq-huquqlarni muhofaza qilishda faol ishtirok etishga da'vat etadi. Shunday qilib, milliy mustaqillik va mamlakat ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy hayotning barcha jabhlarini qamrab olgan tub islohotlar natijasi o'laroq, mamlakatda qisqa davr ichida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning muhim talablaridan biri-ko'ppartiyaviylik va demokratik jamiyatga xos bo'lgan jamoat birlashmalari tizimlari qaror topdi.
Jamoat birlashmalarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'rni qay darajada ekanligini ularning soni bilan emas albatta, amalga oshirgan ishlari, ijtimoiy hayotdagi mavqeyi bilan belgilanadi. Jamoat birlashmalari mamlakatimizda kechayotgan islohatlarni sobitqadamlik bilan bajarilishida faol bo'lishi va siyosiy tizimi mustahkamlash xizmat qilishini hayotning o'zi ko'rsatmoqda.
Zero, rasmiyatchilik bilan tuzilgan uyushmalarning ijtimoiy turmushdagi ahamiyatining sustligi jamiyat taraqqiyotiga to'sqinlik qiladi, islohotlarning amalga oshishini sekinlashtiradi.

Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish