Reja: Siyosiy partiya tushunchasi, unnig belgilari va asosiy vazifalari



Download 58,5 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi58,5 Kb.
#701452
  1   2
Bog'liq
Siyosiy partiyalarning rivojlanish tarixi


Mavzu:Siyosiy partiyalarning rivojlanish tarixi va bugungi kunda jamiyat xayotida tutgan o’rni
Reja:

1.Siyosiy partiya tushunchasi, unnig belgilari va asosiy vazifalari (funktsiyalari) tari
2. Siyosiy partiyalarning turlari va xalqaro uyushmalari.
3. Siyosiy mafkuralar va ularning turlari.

Siyosiy partiya (lotincha qism, guruh; eski o’zbekchasi arabchadan “firqa” – guruh, to’da) – umumiy g’oya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi tashkilot; fuqaroviy jamiyat bilan davlatni bir-biriga bog’lovchi eng muhim vositalardan biri; hozirgi zamon huquqiy demokratik davlati hayotining zaruriy omillaridan biri.


Partiyalarning mohiyati, tabiati, tarkibi juda ko’p jihatlardan mazkur tarixiy davr mazmuniga, tuzumiga undagi siyosiy jarayonlar oqimiga chambarchas bog’liq tarzda shakllanib, jamiyatda sodir bulayotgan siyosiy kurashning qanday borishida oshkora namoyon bo’ladi.
Tarixda ma‘lum bo’lgan dastlabki siyosiy partiyalar qadimgi Yunonistonda tashkil topgan bo’lib, oldin juda ozchilikni birlashtirgan, guruhlar tarkibi jihatdan juda tor doirada uyushgan siyosiy tashkilotlar edilar. Ammo tom ma‘nodagi siyosiy partiyalar harakati Yevropada XVII-XVIII asrlar inqiloblari oqibatida shakllandi. X1X asr oxiriga kelib, demokratik partiyalar kengayib, saylovlar tizimi, parlamentdagi joylar uchun kurash keskinlashgan sari, siyosiy partiyalar hayoti va faoliyati yangi pag’onaga ko’tarildi.
Siyosiy partiyalarning ilk tadqiqotchisi ingliz siyosiy arboblaridan biri Jon Tolanddir (1670-1722). U o’zining “Partiyalar vositasida boshqarish san‘ati” nomli traktatida ingiliz siyosiy tizimining ustun tomonlariga to’xtalib, shunday deb yozadi: “Vigilar va torilar guruhlarining shakllanishi parlamentda muhim rol o’ynaydi. Lekin, eng muhimi, qirol qaysi partiya tomonida ekanligigadir. Eng ideal vaziyat yaratish uchun qirol qonunlarga itoat qilgan holda har ikkala partiyaga ham teng munosabatda bo’lishi lozim. Siyosiy barqarorlikning kafolati ham shundadir. Qirol partiya boshida turmasligi kerak, aks holda, u biron-bir guruhning yo’l boshchisiga aylanib, o’z xalqining otasi ekanligini unutadi”. Nemis tadqiqotchisi V. Xasbax esa partiyani qo’yidagicha tushungan: “Partiya bir xil siyosiy qarashlar va maqsadlarga ega bo’lgan, o’z shaxsiy manfaatlarini qondirish maqsadlarida siyosiyhokimiyatni egallashga intilayotgan kishilarning ittifoqidir”.
Hozirgi davrda eng yaqin partiya tushunchasini M. Veber ochib bergan edi: “Partiyalar a‘zolikka qabul qilishning ixtiyoriyligiga asoslangan, o’z oldiga faol a‘zolarining moddiy foyda yoki shaxsiy imtiyozlar olishi uchun ma‘naviy va moddiy sharoitlar yaratish hamda o’z rahbariyati uchun siyosiy hokimiyatni egallash maqsadini qo’ygan jamoat tashkilotlaridir”. (K. Gadjiev. Politicheskaya nauka. M. 1995 g. 135-str).
O’tgan tarixiy davrlar tajribasi partiyani tashkil qilishning to’rt belgisi borligini ko’rsatdi. Ular, AQSH siyosashunosi J. La Palonbaraning ko’rsatishicha, qo’yidagilardan iborat:
1. Avvalambor, har qanday partiya u yoki bu mafkura yoki dunyoqarash tashuvchisi yoki uning kamida dunyo va insonni bilish va anglashning o’z yo’liga ega bo’lishidir.
2. Partiya, bu-siyosatning barcha darajalarida – mahalliydan to xalqaro bosqichlar bug’inlarida faoliyat ko’rsatayotgan a‘zolarning birlashmasi, tashkiloti bo’lishi lozim.
3. Partiyaning maqsadi –hokimiyatni egallash va uni amalga oshirish ekanligi.
4. Har bir partiya, unga ovoz berishdan tortib, to mazkur partiyaga faol a‘zo bo’lishigacha bo’lgan jarayonlarda xalq tomonidan qo’llab-quvvatlanishga erishish uchun harakat qiladi. (M. Kirg’izboev. Fuqarolik jamiyati: Siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 31-bet).
Siyosiy partiyalarni siyosiy tashkilot sifatida tan olish uchun uning o’ziga xos belgili xususiyatlari shakllangan bo’lishi kerak. Bu belgilar ijtimoiy zamin, ijtimoiy tarkib, siyosiy mavqe, g’oyaviy mo’ljal, saylovchilar ko’lami (elektorat), kabilardan iborat bo’lib, mana shu belgilarning zabardastligi va zaifligi bilan baholanadi.
Demak, siyosiy partiya jamiyatning bir bo’lagi bo’lib, u muayyan maqsad, guruh yoki qatlamning maqsad va manfaatlarini ifoda etgan holda, uni umumdavlat va umummillat manfaatlari, maqsadlar va vazifalar bilan uyg’unlashtirilgan holda faoliyat ko’rsatadigan, rivojlanishning siyosiy yo’nalishlarini aniqlab beradigan siyosiy tashkilotdir.
Ba‘zan, siyosiy partiyaning o’zi kerakmikan, degan mazmundagi savollarni ham eshitishga to’g’ri keladi; bunga javobimiz qo’yidagicha: siyosiy partiyalar jamiyatda bekorchilikdan emas, balki hayotiy zaruratdan kelib chiqqan. Ular, amalda, inson jamiyatida siyosiy hokimiyat, degan narsa kelib chiqqandan beri mavjuddir. Siyosiy hokimiyat, mohiyatan, jamiyatni boshqarib turish ehtiyoji, zarurati bois paydo bo’lgan. Garchi siyosiy partiya, deb atalmagan bo’lsalar ham, ammo o’z paytida, shohlarga ham ta‘sir ko’rsatish kuchiga ega bo’lgan shaxslar, guruhlar, amalda, xuddi mana shu “partiyaviy” vazifalarni o’tab kelganlar. Jamiyat rivojida demokratik tartibotlarning vujudga kelishi tom ma‘nodagi siyosiy partiyalarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Butun jahon ma‘rifat taraqqiyotining, kishilar tomonidan, adolat uchun kurash yo’lida uyushib harakat qilish borasidagi erishgan yutug’i-siyosiy partiyalar amaliyotidir.
Siyosiy partiya-shuning uchun ham siyosiy-ki, uning diqqat markazida davlat hokimiyatini demokratik saylovlar orqali egallash maqsadi turadi. U shuning uchun ham partiya-ki, xalqning muayyan qismini uyushtiradi, va undan ma‘lum muddatga davlatni idora etishga vakolat oladi. Davlat hokimiyatini egallash esa, o’z navbatida, siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari, xalqqa bergan saylov oldi va‘dalarini bajarish uchun rasmiy murvat bo’lib xizmat qiladi.
Lekin bundan partiyalar hamisha ham o’z ishlarini risoladagiday bajaradilar, ular farishtalar kabi benuqsondirlar, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Bizdagi mavjud partiya va harakatlar demokratiya sharoitida yashab ko’rmagan. Ularning har biri o’zini mutloq haqiqat jarchisi deb biladi. To’g’risini aytsak, o’zaro hurmat, bahs va munozara yetishmaydi.
Siyosiy partiyalarning O’zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatda tutish lozim bo’lgan o’rni va ularning unda bajaradigan ijtimoiy vazifalarning ahamiyati to’g’risidagi qoida va xulosalar, davlatimiz rahbari tomonidan muttasil rivojlantirib kelinmoqda.
Respublikamiz Prezidenti I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi yig’ilishida “Parlament – jamiyat hayotining kuzgusi” degan mavzuda 27 yanvar 2005 yilda so’zlagan nutqida ko’ppartiyaviylik masalasiga alohida urg’u berib o’tdi.
Ko’ppartiyaviylik tizimi nima uchun zarur degan savolga javob berib qo’yidagilarni sanab berdi. Birinchidan, ko’ppartiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda o’z manfaat va qarashlariga ega bo’lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to’liq aks ettirish uchun kerak. Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o’zining manfaatlarini qandaydir yo’llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, siyosiy partiyalar o’z g’oyasi, maqsad va vazifalari bilan bir-biridan farq qilishi zarur. Uchinchidan, siyosiy partiyalar xalqni, millatni qadim-qadimdan birlashtirib kelayotgan mushtarak g’oyalar ham borligini doimo esda tutishi zarur. U o’z manfaatlarini himoya qilishda bir-biriga raqib yoki muxolifat bo’lishi mumkin, lekin yagona Vatan yagona xalq manfaatlari haqida gap ketganda hammasi bir musht bo’lib birlashishi darkor. To’rtinchidan, har qaysi partiyaning o’z elektorati uni qo’llab-quvvatlaydigan ijtimoiy qatlam bo’lishi lozim. Agar shunday bo’lmasa, bu partiya haqiqiy siyosiy kuch bo’la olmaydi. Beshinchidan, bizda mintaqaviy partiyalar yo’q va bo’lmaydi ham. Har qaysi partiya umummilliy partiya sifatida faoliyat yuritishi kerak. Ular markazda qolib ketmasligi va joylarda albatta o’z a‘zolari, faollari va tarafdorlariga ega bo’lishi lozim. Agar shunday bo’lmasa, har qanday partiya siyosat sahnasidan tushib ketadi.
Xo’sh, shunday ekan partiyalarning siyosiy mavqei nima bilan belgilanadi, degan savol tug’ilishi mumkin: Birinchidan, saflarining jipsligi, siyosiy dasturlarining ommalashganlik darajasi, muloqot, targ’ibot va tashviqot imkoniyatlari ko’lami, g’oyaviy ishlarining ko’pchilikka manzurligi bilan; ikkinchidan, aniq va puxta ishlab chiqilib ommalashtirilgan g’oyaviy mo’ljali uning hokimiyat uchun olib borayotgan kurashida saylovchilari ko’lamini ham kengaytiradi.
Partiyalar o’z siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda turli xil yo’llarni tanlashlari mumkin. Partiya jamiyat hayotini demokratlashtirishda va har bir mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda o’ziga xos o’ringa ega bo’ladi hamda muayyan funktsiyalarni bajaradi. Bu funktsiyalarni ikkiga bo’lish mumkin: ichki funktsiyalar va tashqi funktsiyalar.
Ichki funktsiyalarga qo’yidagilar kiradi: partiyaga a‘zolar qabul qilish; partiya hayotini moliyalashtirish; mulkiy va boshqa munosabatlarni muvofiqlashtirish; boshlang’ich tuzilmalar va oddiy a‘zolar bilan partiya elitasi munosabatlarini yo’lga qo’yish kabi yo’nalishlardir.
Tashqi funktsiyalarga esa, hokimiyatni egallash uchun kurash, hokimiyat tepasiga kelganda o’z dasturini amalga oshirish, xalqaro partiyaviy munosabatlar o’rnatish, xalq bilan davlat tizimlari aloqalarini ta‘minlash, xalqning siyosiy madaniyatini oshirish, jamiyatning boshqaruv tizimlarida ishtirok etish, siyosiy jarayonlarning boshqa ishtirokchilari bilan o’z manfaatlarini uyg’unlashtirish, fuqarolarni siyosiy ijtimoiylashtirish kabilar kiradi (qarang: Osnov politologeskoy nauki. pod redaktsiey V.P. Pugacheva. Uchebnoeposobne dlya vuzov. Chast III M. 1996 g. 17-18 st).
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, partiyalar o’z vazifasini to’la bajarishi, mamlakat taraqqiyotiga tegishli hissa qo’shishi uchun ularga dastlabki yo’l imkoniyatlar yaratib berilishi kerak. Bu ayniqsa ko’ppartiyaviylik shakllanayotgan va o’z yo’lini belgilayotgan O’zbekistonning hozirgi o’tish davrida ham juda muhimdir.
Siyosiy partiyalarga teng imkoniyatlar yaratishning ko’pgina vositalari bo’lib, ular orasida davlat boshlig’i –Prezidentning partiyaga mansubligi masalasini to’g’ri hal qilishdir.
Shuning uchun ko’pgina demokratik mamlakatlarda Prezidentlik lavozimini har qanday partiyalarga a‘zolikdan xoli bo’lishini nazarda tutuvchi huquqiy asoslar mavjud. Bu ayrim mamlakatlarda bevosita Konstitutsiya bilan hal qilingan bo’lsa, ayrim mamlakatlarda esa Prezidentning prezidentlik davonda biror-bir siyosiy partiyaga mansub bo’lmasligini o’rnatuvchi maxsus qonunlar qabul qilish bilan hal qilingan. Masalan, Germaniya Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga asosan, Prezident lavozimidagi davrda u har qanday partiya a‘zoligidan voz kechishi, Ruminiya Konstitutsiyasining 84-moddasida, Prezidentlik muddati davonida Prezident biror-bir partiya a‘zoligida bo’la olmasligi, Rossiya Federatsiyasida ham Rossiya Prezidentining biror-bir siyosiy partiyaga mansubligini taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanib, Davlat Dumasiga kiritilgan.
Davlat boshlig’ining siyosiy partiyalarga mansub bo’lmasligining ijobiy jihatlari ikki narsa bilan bog’liq:
Birinchidan, Prezident nafaqat davlat boshlig’i, shu bilan birga u siyosiy hayotda hakam vazifasini bajaradi. Jumladan, Gretsiya Konstitutsiyasining 30-moddasida “Prezident Respublika institutlarining hakami hisoblanadi”, - deb yozib quyilgan. Shunday holat Frantsiya Konstitutsiyasining 5-moddasida ham mavjud. Prezident partiyaga mansub bo’lmaganda, uni biror-bir partiyaning manfaati emas, balki umumiy manfaat qiziqtiradi. Eng samarali tashabbus qaysi partiyaga tegishli bo’lsa, shuni qo’llab-quvvatlaydi.
Ikkinchidan, Prezidentning biror-bir partiyaga mansub bo’lmasligi turli partiyalarning faoliyat ko’rsatish uchun teng imkoniyat yaratadi. Partiyalarning teng mavqega ega bo’lishi ularning tashabbuskorligini oshiradi. O’z faoliyatida erkin, hech kimning ta‘sirisiz harakat qilishga imkon tug’iladi.
Xullas, birinchi savolni xulosasi sifatida aytish kerakki, jamiyat taraqqiyoti davomida har bir partiya o’zining asosiy maqsadi va kurash yo’llari ifodalangan dasturlarni ishlab chiqadi. Dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan partiyalarning strategik yo’li bir xilda bo’lishi mumkin emas.
Ikkinchi savol: Hozirgi sharoitda amal qilayotgan siyosiy partiyalarning ijtimoiy zamini, ijtimoiy tarkibi va siyosiy harakat dasturining qanday maqsadga yo’naltirilganiga qarab ularni uch turga taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Ularning birinchi turini katta yer egalarining tub manfaatlarini ifoda etadigan siyosiy partiyalar tashkil etadi. Bu turga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mamlakatlarning qoloq iqtisodiy zamini sharoitida siyosiy faoliyatlarni davom ettirayotgan partiyalar kiradi. Ularning siyosiy dasturlari, g’oyaviy mo’ljallari xilma-xil bo’lishiga qaramay, asl maqsadi feodal tuzum tartiblarini himoya qilish uchun kurashadilar va hozir ham kurashadilar.
Ikkinchi tur siyosiy partiyalar qatoriga burjua sinfining tub manfaatlarini ifodalovchi partiyalar kiradi. Ular orasida podsholikni tan oladigan burjua siyosiy partiyalardan tortib (masalan, Buyuk Britaniyada – konservativ, Yaponiyada – liberal- demokratik, Shvetsiyada xalq, Daniyada – Venstre so’l liberal, Niderlandiyada – xristian – demokratik chaqiriq, Norvegiyada – Venstre va markaz partiyalari shular jumlasidandir), o’z dasturlarida sotsializm va mehnatkashlar manfaati uchun kurashni bayon qilgan sotsial-demokratik ko’rinishdagi juda ko’p siyosiy partiyalar o’rin egallaydilar.
Uchinchi tur siyosiy partiyalar qatoriga mehnatkash ijtimoiy guruhlar-ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, hunarmand-kosiblar tub manfaatlarini maqsad qilib qo’ygan kommunistik, sotsialistik, ishchi, dehqon, sotsial-demokratik, inqilobiy, xalq mehnatkashlar partiyalari atamalari bilan yuritiladigan siyosiy partiyalar kiradi.
Partiyalar yana demokratik, avtoritar va totalitar tiplarga bo’linadi. Demokratik partiyalar boshqa partiyalarga nisbatan yomon munosabatda bo’lmay, o’zaro partiyaviy raqobatda plyuralistik nuqtai nazardan yondoshadi. Totalitarizm partiyalar jamiyatdagi hamma siyosiy institutlarni, jumladan davlat organlari va huquqni bo’ysundirishga harakat qiladi. Bu tipdagi partiyalar barcha partiyalar tizimida ustun bo’lishga, yakka hokim holatida turishga harakat qilib, o’z yo’lidagi boshqa partiyalarni yo’qotishga harakat qiladi. Avtoritar partiyalar ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xos bo’lib, ular asosan milliy va modernizatsiya uchun kurash harakatlaridan kelib chiqadi va mustamlakachilik boshqaruvchiga qarshi ruh bilan sug’orilgan bo’ladi. Bu partiyalar mavjud rejimni qo’llab-quvvatlashi evaziga unga murosasizlik siyosatini yoritadilar. Chunki ularning maqsadlari mazkur mamlakatda mavjud bo’lgan siyosiy tuzumni o’zida aks ettiradi. Shoir Erkin Vohidov iborasi bilan aytganda “shitobi tez, parvozi baland” davrimizda yangi siyosiy partiyalarni ikki xili mavjud bo’lib harakat qilayaptilar. Birinchisi insoniyat tsivilizatsiyasiga tahdid solayotgan termoyadro halokati xavfiga qarshi siyosiy vositalar bilan kurash dasturiga amal qiladigan siyosiy partiyalardir. Ikkinchi turdagi yangi siyosiy partiyalar insoniyatning hayot mamotiga hozirgi sharoitda juda dahshatli tahdid solayotgan ekologik halokat xavfiga qarshi kurashni asosiy maqsad qilib olganlar.
Fikrlar xilma-xilligi har doim yangi-yangi g’oyalarni keltirib chiqaradi. Turli fikrlar asosida baxslashuv haqiqatni bilib olishga yordam beradi. O’tmishdagi xatolarimizning muhim sabablaridan biri ham jamiyatda yagona partiyaning tanho hukmronlik qilganligi edi. 70 yildan ortiqroq davr ichida “katta” rahbarlarning faoliyati ilohiylashtirildi, ularni haqiqatning yagona sohibi deb qaraldi. Ularning fikriga qarshi chiqish u yoqda tursin, tanqidiy ko’z bilan qarashning o’zi ham siyosiy ko’rlik, og’ir jinoyat deb qaraldi. Shu sababli kommunistik partiya yo’l quygan xatolar ko’rsatilmay, uning faoliyati to’g’ri deb ma‘qullanib kelingan. Turg’unlik davrida kommunistik partiya qandaydir “Oliy hakam”lik vazifasini bajarib keldi. Aslida, har bir demokratik jamiyatning siyosiy tizimida birinchi o’rinda davlat tursa, uning qolgan qismini siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari to’ldirishi kerak. Demak, partiyalar fuqarolar bilan davlatni bog’lab turuvchi bir bo’g’in vazifasini bajarishi kerak. Kommunistik partiya millatlar erkinligi, inson huquqlarini, hur fikrlilikni bo’g’ib tashladi. Baynalminalchilikni o’ziga shior qilib olgan kommunistik partiya alohida bir millatning – “ulug’ rus” xalqining tili, tarixi, madaniyatini targ’ib-tashviq qildi. “Katta og’a” manfaatlarini hukmron siyosatga aylantirdi. Kommunistik partiya totalitar tuzum uchun, markaziy hokimiyat uchun xizmat qilgan mafkura edi. Shuning uchun ham odamlarning unga bo’lgan ishonch va e‘tiqodi ancha so’nib ketgandi. Provardida bu xatolar yanada ko’payib, jiddiylashib, chuqurlashib borib, batamom o’mirilish va inqirozga olib keldi. Ushbu inqirozning sabablari qo’yidagilardan iborat:
Birinchidan, sobiq sho’rolar hukmroligi sharoitida kommunistik partiya, mintaqa halqlari azaldan qon-qardosh bo’lishlariga qaramasdan, ularni zo’rma-zo’raki “birlashtirib” turgan edi.
Mintaqadagi sobiq ittifoqdosh respublikalar o’zlarining mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan bu barbod bo’ldi.
Ikkinchidan, mintaqadagi mamlakatlar o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan bo’lishiga qaramasdan, 1991 yilgacha sobiq markaz hali o’z hukmronligini qaytadan tiklashga moyil edi. Shuning uchun ham u mintaqa mamlakatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yish, millatlararo ziddiyatlarni keltirib chiqarish kabi siyosatni davom ettirdi. Bu o’z navbatida, o’sha davrda, ma‘lum darajada, mintaqa xalqlarining o’zaro munosabatlariga ham muayyan ta‘sir ko’rsatdi.
Uchinchidan, mustaqillikni qo’lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini o’z ta‘sir doirasiga o’tkazish uchun yana boshqa bir qator mamlakatlar ham harakat boshlab yubordi. Ularning ko’pchiligi tashqaridan beg’araz yordam ko’rsatayotganday bo’lib ko’rinsalarda, aslida har bir ko’rsatayotgan “yordamlari” evaziga mintaqada o’z mavqeini mustahkamlashga harakat qildilar. Ularda ham mintaqa davlatlari va xalqlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga intilishlar yo’q emas.
To’rtinchidan, SSSR parchalanib ketgandan keyin, - Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, - bizning irodamiz yoki intilishimizga bog’liq bo’lmagan holda O’zbekiston amalda front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi. Uning tashqi chegaralarida – Afg’oniston va Tojikistonda so’nggi yillarda yuz minglab insonlar hayotiga zomin bo’lgan ikkita tanglik o’chog’i alanga olib turibdi. (Qarang: I. Karimov. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. 1997 yil, 20-21 betlar).
Beshinchidan, sobiq SSSR tugab, O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’liga qiyinchiliklar paydo bo’lib turgan dastlabki kezlarda jamiyatimizning taraqqiyotini bundan keyin har qanday mafkuradan butunlay holi qilgan holda davom ettirishni targ’ib-tashviq qiluvchilar ham kam emas. Shuning uchun ham biz kelajakka tomon ko’zni yumib, taxminlarga asoslanib, tavakkalchasiga ish tutib bora olmaymiz.
Siyosiy partiyalar bilan birga uning xalqaro uyushmalari ham ma‘lum siyosiy manfaatlarni, maqsadlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan siyosiy faoliyatdir. Uning asosida jamiyat a‘zolari turli qatlamlarining maqsad va manfaatlari yotadi. Dunyoning turli mamlakatlarida ryo’ berayotgan bunday harakatlar faqat milliy xususiyatga ega bo’lib qolmay, ular xalqaro maydonda umuminsoniy mohiyat kasb etmoqda.
Hozirgi kunda urush xafiga qarshi olib borilayotgan siyosiy harakatlarga “Jahon Tinchlik Kengashi”, “Xalqaro Tinchlik Instituti”, “Yevropa Kengashi” singari xalqaro tashkilotlarning (uyushmalarning) roli va ahamiyati katta.
Xalqaro uyushmalarning asosiy yo’nalishlaridan yana biri – jahon tsivilizatsiyasiga katta xaf tug’dirayotgan ekologik xalokatga qarshi kurash olib borishni tashkil etadi. Bular “Yashillar harakati”, “Tabiatni muhofaza qilish harakati”, “Tabiiy muhitni saqlash harakati” singari turli shakllarda namoyon bo’layotgan harakatlardir.
Xulosa qilib aytish kerakki, siyosiy partiyalar va xalqaro uyushmalari o’z oldilariga qo’ygan vazifalarini amalga oshirishda, demokratik jarayonlarning rivojlanishiga, mustaqillik tafakkurini shakllantirishda xalq bilan bog’lanishi, bir-biridan ajratib qolmasligi muhim.
Uchinchi savol javobi: Siyosiy mafkura politologiya fanining eng murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Bu atama, ilk bor 1797 yildagi frantsuz inqilobi davrida Destut de Trasi tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Mana shundan boshlab bu murakkab ruhiy xodisa haqida xilma-xil qarashlar qaror topa boshladi va hozirgacha davom etib kelmoqda. Masalan, kommunistik adabiyotlarda mafkura bir sinfning manfaatlariga qaratilgan falsafiy, huquqiy, siyosiy, axloqiy, diniy, badiiy qarashlar tizimidir, deyiladi. Bunday tushuncha doirasida zo’rlab kiritilgan mafkura ostida yashab, uning oqibatlarini o’z boshimizdan kechirdik.
Frantsuz siyosatchilari mafkurani tizim holiga kiritilgan g’oyalardir, deb ta‘riflaydilar. “Pti Laruss” entsiklopedik lug’atida esa “mafkura – doktrina tashkil qiluvchi g’oyalar va fikrlar majmuasidir” deyiladi. (Qarang: M. Kirg’izboev. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T. 1998 yil, 61-bet).
J. La Palombaraning fikricha, mafkura bu – “tarix falsafasi, insonning unda tutgan o’rni, mavqei, uning kelajak taraqqiyoti imkoniyatlari yo’nalishlarini baholash, rivojlanishning u yoki bu yo’nalishining tezlashuvi, sekinlashuvi yoki modifikatsiyasi haqidagi tasavvurlardan iborat tushunchadir” (61-bet).
Mana shu xilma-xil yondoshuvlardan kelib chiqib siyosiy mafkuraga qo’yidagicha ta‘rif berish mumkin.
Siyosiy mafkura – bu muayyan ijtimoiy guruhning hokimiyatga intilishni yoki undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy harakatning u yoki bu strategiyasini ko’zda tutuvchi g’oyaviy tizimdir.
Siyosiy mafkura ijtimoiy hayotda muayyan funktsiyalarni bajaradi. Bularga qo’yidagilar kiradi:
1. Mo’ljallash. U inson faoliyatining ma‘no-mazmuni tizimini va mo’ljalini ko’rsatib beradi.
2. Safarbar etish. Maqsadga erishish uchun jamiyatni, ijtimoiy guruhlarni safarbar qiladi.
3. Birlashtirish. Siyosiy mafkura xususiy manfaatlariga qarshi turadi va shu bilan birlashtiruvchi omil bo’lib yuzaga chiqadi.
4. Amortizatsiyalash. Siyosiy mafkura vaziyatga qarab ijtimoiy keskinlikni yumshatishga xizmat qiladi.
5. muayyan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etish va himoyalash. Buning ma‘nosi shuki, siyosiy mafkura u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari asosida vujudga keladi va ularni boshqa guruhlar manfaatlariga qarama-qarshi qo’yishga chaqirilgan.
Siyosiy mafkuraning har xil ko’rinishlari mavjud. Ayrimlarini sanab ko’rsatamiz.
Hozirgi zamonning eng yirik mafkuraviy oqimlaridan biri liberalizmdir. Bu atama lotincha “liberalis” so’zidan olingan bo’lib, “erkin” degan ma‘noni anglatadi. “Liberalizm” atamasi dastavval 1812 yilda Ispaniyada qo’llanilgan. XIX asrning 40-yillariga kelib bu atama butun Yevropaga yoyildi.
Liberalizm hokimiyatning taqsimlanishi, siyosiy plyuralizm, elitar raqobat, qonunning ustuvorligini e‘tirof etadi. Liberalizm fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta‘minlashni o’zining asosiy maqsadi deb biladi.
Erkinlik printsipini liberalizm tarafdorlari tomonidan davlat cheklashlaridan erkin bo’lishlik sifatida talqin etiladi. Bu g’oyani angliyalik mutafakkir Lokk “hayot, erkinlik va mulkchilik” deb talqin etgan edi.
Mafkuraning har qanday ko’rinishi o’zgarmasdan qolaolmasligi kabi liberalizm ham o’zgarmasdan qolmadi. U ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning ta‘siri ostida XX asrning 30-yillarida neoliberalizmga o’sib o’tdi. Bu yangi oqimni paydo bo’lishini olimlar AQSH Prezidenti Franklin Ruzveltning “yangi yo’li” bilan bog’laydilar. AQSH Prezidenti liberalizm mafkurasiga tuzatishlar kiratadi. Bu tuzatishlar: davlatning iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishi, faol ijtimoiy siyosat olib borish zarurligi. Bugungi kunda neoliberalizm AQSH Demokratik partiyasining g’oyaviy-nazariy negizi bo’lib kelmoqda.
Hozirgi zamonning eng yirik mafkuraviy oqimlaridan yana biri konservatizmdir. Bu atama lotincha “konservare” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u saqlash, qo’riqlash degan ma‘noni beradi. Konservatizm XVIII asrda liberalizmning qoralovchisi, xudo tomonidan o’rnatilgan tartiblarning buzilmasligi g’oyasining ilgari suruvchisi sifatida paydo bo’ldi. Bu g’oyaning asoschilari angliyalik E. Berk, frantsiyaning jamoat arboblari J. de Mestr va, de Bopald hisoblanadi. Ularning fikricha siyosiy printsiplarni urf odatlarga, milliy an‘analarga, qaror topganijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy institutlarga moslashtirish lozim. Bundan kelib chiqadigan xulosa: tenglik printsipi inson tabiatiga zid keladi va uni jamiyat tuzilishining negizida qo’yib bo’lmaydi.
XX asrning 70-yillarida konservatizmning tarixida yangi faza-neokonservatizm boshlanadi (D. Bell, A. Xayek). Bu yangi oqimni olimlar ronald Reygen boshchiligidagi respublikachilar, Buyuk Britaniyada Margaret Tetcher boshchiligida konservatrlar, FRGda Gelmut Kol boshchiligida XDS-XSS blokining hokimiyatga kelishi bilan bog’laydilar. Neokonservatizm neoliberalizm va sotsializmga qarshi turish maqsadida shakllandi. Neoliberalizm davlatning iqtisodiy aralashishi zarurligini tan oladi, neokonservatizm esa davlatning iqtisodiyotga aralashishini cheklashni talab qiladi.
Hozirgi zamonning eng ta‘sirli mafkuraviy oqimlaridan biri sotsial – demokratiyadir. Bu X1X asrning oxirida nemis mutafakkirlari K. Kautskiy va E. Bernshteyn tomonidan asoslab berildi. Bu mafkuraga binoan yangi jamiyatga sinfiy kurash orqali emas, balki tinch evolyutsion yo’l bilan-burjua jamiyatini asta-sekin isloh qilish bilan o’tiladi.
Sotsial demokratiya hozirgi zamonning eng ta‘sirli mafkuralarida biri hisoblanadi. U ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish yo’li bilan jamiyatni rivojlantirishni va xalqning farovonligiga erishishni ko’zda tutadi.
Hozirgi zamonning mafkuralari qatorida milliy mafkuralar ham muhim o’rinni egallaydi. Bu mafkuralar dunyo mustamlakachilik sistemasining yemirilishi, yoki mustaqil davlatlarning tashkil topishi va ularni qaramlik doirasidan chiqarish, rivojlantirish zaruriyati bilan maydonga keldi. Milliy mafkuralar faqat ayrim ijtimoiy, irqiy, etnik guruhning, xalqning manfaatigina emas, balki mustaqillik uchun, milliy hayotni rivojlantirish uchun kurash olib borayotgan xalqlarning dunyoda tutgan o’rnini, turmush tarzini, orzu-umidlarini, intilishlarini, manfaatlarini aks ettiradi.
Milliy mafkuralar yosh, mustaqil davlatlar xalqlarining o’zligini anglashga, qaramlik doirasidan chiqishga, ularning chinakamiga erkin bo’lishiga, jahon hamjamiyatida munosib o’rnini topishga yordam beradi.
Albatta, milliy mafkuralarning barchasi bir xil emas. Ularning ichida u yoki bu xalq uchun alohida sharoit yaratishga da‘vo qiladigan mafkuralar ham uchrab turadi. Biroq, milliy mafkuralarning aksariyati xalqlarning haqiqiy orzu-umidlarini, intilishlarini aks ettiradi.
Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch” risolasida shunday deb yozadi: “...Biz boshimizdan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliy ma‘naviyatni rivojlantirishga mutlaqo yo’l qo’yilmagan. Aksincha, xalqimizning tabiati, yashash tarziga yot bo’lgan kommunistik mafkurani har qanday yo’llar va zo’ravonlik bilan joriy etishga harakat qilingan. Shuning uchun ham istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan o’zgartirish yurtimizda eng dolzarb va hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi” (45-bet).
“Istiqlol mafkurasi”, - deb yozadi Prezidentimiz I.Karimov, - “ko’pmillatli O’zbekiston xalqining ezgu g’oya – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu – intilishlari, hayotiy ideallarini o’zida aks ettiradi”. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma‘no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi.
O’zbekistonda yaratilishi zarur bo’lgan mafkura qo’yidagi manfaatlarni ifoda etmog’i lozim:
Birinchidan, mamlakatning milliy istiqlolini mustahkamlash.
Ikkinchidan, respublikada bozor iqtisodiyoti munosabatlarini joriy etish, mulkchilikning xilma-xilligini ta‘minlash, mulk sohibini vujudga keltirish.
Uchinchidan, demokratik, insonparvar jamiyat, huquqiy davlatchilikni qaror toptirish.
To’rtinchidan, yuksak ma‘naviyat, uning muhim tarkibiy qismi – ilg’or zamonaviy ilm-fan.
“Mafkurasiz biron bir kishi bo’lmaydi”, degan ibora bor xalqimizga. Buni qanday tushunishimiz kerak? Agar har bir kishi o’z mafkurasiga ega bo’lsa, u holda yana mafkura yaratishga hojat bormikan? Hamma gap shundaki, mafkura har bir shaxsning ongida o’zidan-o’zi shakllanmaydi, u jamiyatning, xalqning, millatning, ijtimoiy guruhlarning ilg’or, iqtidorli, iste‘dodli vakillari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tegishli yo’llar bilan omma ongiga singdiriladi.
Xulosa qilib aytish kerakki, milliy istiqlol mafkurasi hozirgi paytda ham, kelajakda ham kishilarning o’zaro hamkorligi, hamfikrlilik va hamjihatlilikka, tenglik va tenghuquqlilikka, sotsial adolat va insonparvarlikka chorlovchi g’oya bo’lmog’i zarur.
Adabiyotlar:


Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish