Reja: Totalitar tuzum davrida davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati davlat hokimiyati vakillik organlari rivojlanishida dastlabki bosqich


-. Davlat hokimiyati vakillik organlari rivojlanishida dastlabki bosqich (1991-1995 yillar)



Download 84 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi84 Kb.
#209432
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasida zamonaviy davlat hokimiyati vakillik organlarining tarixi va rivojlanish bosqichlari

2-. Davlat hokimiyati vakillik organlari rivojlanishida dastlabki bosqich (1991-1995 yillar)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Respublika Oliy Majlisining qonun qabul qilish faoliyatiga shunday baho beradi: «Respublika parlamenti qonun yaratuvchilik faoliyati bilan faol shug`ullanmoqdaki, u yosh mustaqil davlatning shakllanishini huquqiy jihatdan har tomonlama ta'minlashga qaratilgandir»1. Haqiqatan, O`zbekiston mustaqillikka erishmasidan oldin ham Respublika Oliy Soveti qonun qabul qilish faoliyati bilan shug`ullangan, lekin uni hozirgi Oliy Majlisning qonun qabul qilish faoliyati bilan taqqoslasak, juda katta farqni ko`ramiz. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o`n ikkinchi chaqiriq o`n uchinchi sessiyasi «Mahalliy davlat hoki-miyati to`g`risida», «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida», «Qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida», «Davlat statistikasi to`g`risida», «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida», «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to`g`risida» va boshqa qonunlarni qabul qildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o`n ikkinchi chaqi-riq o`n uchinchi sessiyasining kun tartibida o`ttizta masala bor edi1. Umuman, Oliy Kengash o`z vakolati davrida ikki yuzdan ortiq qonun va besh yuzdan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu holat Oliy Kengash faoliyatining ham ma'lum darajada samarali bo`lganini ko`rsatib turibdi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlariga bo`linish prinsipiga asoslanishi belgilangan. Amalda ham O`zbekistonda «qonun chiqaruvchi», «ijro etuvchi» va «sud hokimiyati» vakolatlarini taqsimlash prinsipi hayotga tatbiq etilmoqda. «O`zbekiston xalqi davlat hokimiyatining chinakam egasi bo`lib qoldi hamda uni bevosita, shuningdek, vakillari - noiblar orqali ham amalga oshirmoqda»1.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyatni o`zida ifodalaydi. Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organidir.

O`zbekiston Respublikasida mavjud bo`lgan vakillik organlari jumlasiga viloyat, shahar va tuman xalq deputatlari Kengashlari ham kirsada, lekin bu organlar qonun qabul qilish faoliyati bilan shug`ullanmaydilar.

O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qabul qilgan huquqiy hujjatlar va, birinchi navbatda, qonunlar oliy yuridik kuchga ega. Ular boshqa davlat organlari, ya'ni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, konsernlar, birlashmalar va hokimlarning huquqiy hujjatlar ijod qilish faoliyati uchun asos bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi boshqa davlat organlarining tashkil etilishi asoslarini, ularning huquq va majburiyatlarini, faoliyat olib borish doiralarini ham belgilab beradi, bu holat O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mamlakatda mavjud bo`lgan davlat organlari tizimida alohida o`rin egallashini ko`rsatadi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi organ bo`lishi bilan birgalikda, u vakillik organi ham deb hisoblanadi, bu esa Oliy Majlisni shakllantirish tartibida ko`rinadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibi hududiy bir mandatli saylov okruglaridan saylanadigan 250 nafar deputatdan iboratdir. Oliy Majlis deputatlari yashirin ovoz berish orqali umumiy, teng va to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida saylanadilar. Deputatlarning ma'lumot darajasi juda yuqori, ularning deyarli hammasi oliy ma'lumotli yuristlar, iqtisodchilar, olimlar, sanoat va qishloq xo`jaligining malakali mutaxassislari, tadbirkorlar, ijtimoiy soha vakillari, adabiyot va san'at xodimlaridir. Har yetti deputatning biri ilmiy darajaga ega, ulardan 18 nafari akademik va fan doktorlaridir. Oliy Majlisga 15 millat vakillari saylangan bo`lib, bu O`zbekiston Respublikasi davlatchiligiga asos qilib olingan umumiy teng huquqlilik prinsipini yaqqol tasdiqlaydi2.

Saylash kunigacha 18 yoshga to`lgan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga, saylov kunigacha 25 yoshga to`lgan O`zbekiston fuqarolari Oliy Majlisga saylanish huquqiga egadirlar.

O`zbekiston Respublikasi Oliy davlat hokimiyat organi deputatlarining soni o`zgarib turgan. Masalan, O`zbekiston Respublikasining 1978 yilgi Konstitutsiyasiga ko`ra Respublika Oliy Soveti 510 nafar deputatdan iborat edi, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1992 yilgi Konstitutsiyaning 77-moddasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 150 nafar deputatdan iborat qilib belgilandi. So`ngra Oliy Majlis tarkibini son jihatdan belgilashning Konstitutsiyada aks etishi shart emas deb topilganligi uchun ushbu 77-moddadagi deputatlar soni konstitutsiyaga kiritilgan o`zgartirishlar orqali olib tashlandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to`g`risidagi qonunda Oliy Majlis deputatlarining soni 250 nafar qilib belgilandi. Bu respublika aholisi sonidan kelib chiqib hamda aholining barcha tabaqalari vakillarini Oliy Majlisga saylash imkonini yaratish maqsadida qilindi.


Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish