Reja Tuproqlar klassifikatsiyasi, taksonimik birliklar


Tundra gleyli tuproqlari 2 podtipga bоlinadi: 1) chimli, gleyli; 2) Torfli-gleyli podtiplarga bо‟linadi



Download 13,03 Kb.
bet5/5
Sana11.04.2022
Hajmi13,03 Kb.
#543121
1   2   3   4   5
Bog'liq
tuproq tarqalishi zonasi

Tundra gleyli tuproqlari 2 podtipga bоlinadi: 1) chimli, gleyli; 2) Torfli-gleyli podtiplarga bо‟linadi.


Tundra tuproqlarida chirindi miqdori 1-3 % atrofida. Tundraning kо‟pchilik qismida asosan bug‟uchilik rivojlangan lekin hozirgi vaqtda bu zonada ochiq gruntda madaniy ekinlarni yetishtirish ham mumkin. Bu yerda kartoshka, karam, piyoz, lavlagi, sholg‟om, arpa yetishtiriladi. Bu tuproqlardan qishloq xо‟jaligida foydalanganda ularning issiqlik va havo xossalarini yaxshilash zarur. Ayniqsa, orgaik о„g„itlarni (torf, kompost, baliq sanoati chiqindilar) kо„proq berish tuproq xususiyatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.


Dehqonchilikda kо„proq yengil mexanik tarkibli tuproqlarni foydalaniladi.
О’rmon о‘tloq / taygali о‘rmon / mintaqa tuproqlari.
Bu zonada podzol, chimli, botqoq tuproq hosil bо„lish protsessi rо„y beradi. Bu protsesslar mustaqil holda yoki birgalikda rо„y berishi mumkin. Zonaning umumiy maydoni 7444,7 ming kv.km. ni tashkil etadi. Iqlim xususiyatlariga kо„ra bu zona mо„tadil sovuq iqlim poyasiga kiradi.
Yillik о„rtacha temperatura Yevropa qismida +40S, sharqiy
Sibirda -7-160S, uzoq sharqda esa +7,50S atrofida bо„ladi.
Yog„in suvlari miqdori 350-700 mm.


О„simliklar asosan о‟rmon daraxtlaridan hamda о„tloq va botqoq о‟t о‟simliklaridan iborat.


Relyefiga kо„ra zonaning Yevropa qismi tekislikdan g„arbiy Sibir pasttekislikdan, Sharqiy Sibir esa tog„li territoriyalardan iboratdir.


Tuproq hosil qiluvchi jinslar mintaqaning kо„pchilik qismida nina bargli о„rmonlar ostida podzol tuproqlari hosil bо„ladi.


Podzol hosil bо„lish protsessida о„rmon qayining zambrug„lar tomonidan parchalanishidan hosil bо„layotgan kren kislota aktiv ishtirok etadi. Yog„in suvlari bu tuzlarni quyi qatlamdan avval karbonatlarning sо„ngra esa temir va marganetsli birikmalar yuvilib ketadi. Keyingi bosqichlarga ikkilamchi minerallarning yemirilishi va ularning ham yuvilishi rо„y beradi. Natijada gruntning ustki qismida oqish tusdagi kо„proq SiO dan tashkil topgan qatlam podzol qatlami yuzaga keladi. Yuvilib ketgan birikmalar podzol qatlamlaridan quyiroqda allyuvial qatlamlarni hosil qiladi. Bu yerda temir marganets gidrooksidlari va ikkiamchi oksidlar tо„plana boshlaydi. Bu qatlam tо„planayotgan temir allyuminiy oksidlarga boshqa birikmalarga bog‟liq holda qizg„ish, qо„ng„ir tusga ega bо„lib boradi.


Yuqoridagi protsesslar podzol tuproqlarning hosil bо„lishining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Bu tuproqlarning hammasi podzollanish darajalariga kо„ra quyidagi turlarga bо„linadi: kuchsiz, о„rtacha, kuchli, podzollashgan tuproqlar va podzollar.

О„rmonlarning siyraklashib borishi natijasida о„tloq о„simliklarining rivojlanishi tezlashadi. О„tloq о„t о„simliklari ishtirokida chimli tuproq hosil bо„lishi jarayoni boshlanadi. Bu jarayon mobaynida tuproqning ustki qatlamidagi gumus va bir qator ozuqa moddalar tо‟planib boradi hamda mustahkam tuproq strukturasi yuzaga keladi.




О„rmon – о„tloq zonada podzol tuproq hosil bо„lish jarayoni chim jarayonga о„tishi bilan chimli-podzol tuproqlar hosil bо„ladi. Bu tuproqlarda har ikki jarayon ham rivojlanib borishi mumkin. Ularning ustki qismi chimli qatlamdan tashkil topgan bо„lib, uning ostida pozol qatlami joylashgan.


Chimli jarayonning rivojlanishiga kо„ra chimli-podzol tuproqlar kuchsiz chimlangan chimli qatlam 5-15 sm, о„rtacha 15-20 sm, qalin 25-30 sm va chuqur 35 sm chimlashgan tuproqlarga bо„linadi. Podzollanish darajasiga kо„ra esa kuchsiz, о„rtacha, kuchli va chuqur pozollashgan tuproqlarga ajratiladi.


Оrmon - о„tloq zonasida haydaladigan yerlar kо„proq chimli-podzol tuproqlardan iborat. Bu yerlarda kuzgi va bahorgi galla ekinlari zig„ir, kartoshka, ozuqabop ildizmevalilar, kо„p yillik va bir yillik о„tlar yetishtiriladi. Bu tuproqlar unumdorligini oshirishda kо„p yillik о„tlarni ekish, ratsional almashlab ekishni qо„llash, yuqori dozada organik о„g„itlar berish va ularni saqlash ishlarini joriy qilinishi muhim ahamiyatga egadir.
Download 13,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish