Reja: Тurkistonda jadidchilik xarakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Mahmudxo’ja Behbudiy,Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari



Download 87,05 Kb.
bet1/5
Sana13.07.2022
Hajmi87,05 Kb.
#790653
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4mavzuREJA





REJA:

  1. Тurkistonda jadidchilik xarakati.

  2. Yangi usul maktablarining ochilishi.

  3. Mahmudxo’ja Behbudiy,Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari.


Tayanch tushunchalar: ta’lim siyosati, rus-tuzem maktablari,jadidchilik harakati, yangi usul maktablari, ma'rifatparvarlik, chor Rossiyasining ta’lim siyosati

XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. O’lkani Rossiya imperiyasi bosib olgandan so’ng 1870 yillarda qizlar talimi bo’yicha bazi malumotlar mavjud. Turkistonda shahar va qisman qishloqlarda qizlar uchun boshlang’ich maktablar ham mavjud bo’lgan. Qishloq joylarda qizlar maktabi juda kam hollarda uchrar edi. Bazi hududlarda 100 ta maktabga bitta qizlar maktabi ham to’g’ri kelmas edi. Biroq bazi shaharlarda qizlar maktablarining soni o’g’il bolalar maktablarining chorak qismiga teng kelgan. Toshkent rus qo’shinlari tomonidan egallangan paytda shaharning bazi qismlarida qizlar maktablari va o’quvchilari soni o’g’il bolalar maktablarining ½ qismiga to’g’ri kelgan va ularda o’quvchilar soni nisbatan kam bo’lgan.
A.P.Xoroshxin va Toshkent shahrida yashovchi mullalarning xabar berishicha, 1864 yilda ruslar bilan bo’lgan urush uchun soliq joriy etish bo’yicha ro’yxatga olish o’tkazilganda, 8000 ming nafar o’quvchi bolalar, 4000 nafar o’quvchi qizlar qayd etilgan. Birgina Sebzor dahasida 25 nafar o’g’il bolalar va 15 nafar qizlar, Shayxontohur dahasida esa 20 ta o’g’il bolalar va 10 ta qizlar maktablari mavjud bo’lgan. Otinbibi maktabida o’quvchi qizlar bilan birgalikda o’g’il bolalar ham birga ta’lim olgan hollari ham bo’lgan. Qizlar maktablaridagi mashg’ulotlarda asosan fors-tojik va turkiy tildagi asarlar o’rgatilgan. Ushbu ta’lim muassasalarida “Ta’limi bayonot”, “Muosharat odobi”, “Tarbiyali xotun” va boshqa Sharq axloqiy madaniyatini o’z ichiga oluvchi fanlar o’qitilgan. A.P.Xoroshxinning 1876 yildagi malumotiga ko’ra, qizlar 7-11 yoshdan o’qitilgan, 11-15 yoshdan esa tikuvchilikka o’rgatilgan. Bundan shu narsa kuzatiladiki, qizlar maktablaridagi ta’lim dasturlari o’g’il bolalar maktablari dasturlariga nisbatan kam qamrovli bo’lgan.O’rta Osiyoda o’g’il va qiz bolalar birga ta’lim oluvchi aralash maktablar bo’lganligi haqida ma’lumotlar deyarli uchramaydi. 1906 yil Kaspiyort viloyat maktablarining ahvoli haqida malumot bergan N.P.Ostroumov turkmanlar orasida, bazi joylarda o’g’il va qiz bolalar birga ta’lim oluvchi maktablar mavjud bo’lganligi, ularda atigi ikki yoki uch yil davomida ta’lim berilishi haqida ma’lumot beradi.
Mustamlakachilik tizimini o’rnatilishi va o’lkada rus aholisi soni o’sib borishi bilan rus tilida so’zlashuvchi aholi qizlarini ta’limga bo’lgan ehtiyoj o’sib bordi. Qizlar uchun gimnaziya, Mariin bilim yurtlari kabi ta’lim muassasalarini tashkil etildi va mazkur maskanlarda mahalliy aholi vakillarini talim olishlariga imkon berilishi kam miqdorda bo’lsada, qizlar ta’limiga ijobiy ta’sir o’tkazdi. XIX asr 70 yillarida Toshkent va Chimkentda qizlar uchun bo’lim hamda hunarmandchilik sinflari, Kazalinskda qizlar uchun yakshanba sinflari bo’lgan boshlang’ich bilim yurtlari tashkil etildi. Ushbu bilim yurtlarining barchasi muayyan rejalarsiz, asosan, o’lkadagi rus aholisining ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etilgan edi.

Download 87,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish