Reja: Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi



Download 105,17 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi105,17 Kb.
#609176
Bog'liq
Urug’ni import va eksport qilish


Mavzu: Urug’ni import va eksport qilish
Reja:

  1. Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi

  2. Urug’ni ko’paytirib samaradorligini oshirish

  3. Urug’ni import va eksport qilish yo’llari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni ko‘llab-kuvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish bo‘yicha tanlov e’lon qilish, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tanlovda ishtirok etish va talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, tanlov o‘tkazish hamda urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli don ekinlari navlariga ustama haq to‘lash, urug‘lik boshoqli don yetishtirish miqdorini aniqlash, urug‘lik boshoqli don yetishtirish uchun shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini, shuningdek, nav originatorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, seleksionerlar va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarning majburiyatlarini nazarda tutuvchi Urug‘lik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; urug‘lik maydonlaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav tozaligini, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘t bilan zararlanganligini aniqlash, urug‘lik yetishtirish uchun yaroqli deb topilgan maydonlarda yetishtiriladigan hosil hajmini aniqlash va aprobatsiya dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; urug‘lik donni qabul qilish, uni belgilangan standart talablari asosida tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash, urug‘lik donni omborlarda saqlash va sifatini nazorat qilish hamda ekish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga yetkazib berish tartibini nazarda tutuvchi Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; urug‘lik paxtani qabul qilish, uni qabul maskanlarida saqlash, paxta tozalash korxonalariga tashish hamda belgilangan standart talablari asosida saqlash va qayta ishlash, urug‘lik chigitni belgilangan talablar asosida saralash, dorilash va qadoqlash, omborlarda saqlash va sifatini nazorat qilish hamda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga ekish uchun yetkazib berish tartibini nazarda tutuvchi Urug‘lik paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash, saqlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 10-fevralga qadar urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don hajmi, sifati, seleksiya navi va avlodlari bo‘yicha ma’lumotlarni yuritishda, shuningdek, urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etsin. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar) o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining tuman hokimliklari bilan kelishilgan holda berilgan takliflari asosida hududlarda urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlardan kelib chiqib, talab etiladigan urug‘lik miqdorlari belgilanadi. Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish bo‘yicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuman ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — tuman ishchi guruhi) tarkibi tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tuman hokimliklari bilan kelishgan holda tanlovda ishtirok etish uchun urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan tuman ishchi guruhiga hujjatlarni taqdim etish muddatini hamda tanlov o‘tkazish vaqtini hamda tanlov o‘tkaziladigan joyni mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoki o‘zining rasmiy veb saytida e’lon qiladi. Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
3.Tanlovda ishtirok etish va talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash tartibi Tanlov o‘tkazish uchun talabgorlardan arizalar har yili quyidagi muddatlarda qabul qilinadi:
a) urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirish uchun — 15-yanvardan 5-fevralga qadar;
b) boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun — 15-iyuldan 5-avgustga qadar.
Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar tanlovda ishtirok etish uchun tuman ishchi guruhiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Talabgorlarning murojaatlari tuman ishchi guruhi kotibi tomonidan maxsus daftarga qayd etilib, talabgor to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash quyidagi tashkilotlarga so‘rovnoma yuboradi:
a) so‘nggi 3 yil ichida paxta va g‘alla maydonlari kasalliklarga chalinganligi, zararkunandalar bilan zararlanganligi, begona o‘tlar tarqalganligi to‘g‘risida — O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (shahri) bo‘limiga;
b) yer maydonining suv ta’minoti to‘g‘risida — tuman (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limiga;
v) talabgorning ma’lumoti, mutaxassisligi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi umumiy ish staji to‘g‘risida — tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga;
g) talabgorning mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalari to‘g‘risida — Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman bo‘limiga;
d) yer maydoni tuproq unumdorligi hamda so‘nggi uch yilda yetishtirilgan paxta boshoqli don hosildorligi o‘rtacha ko‘rsatkichi to‘g‘risida — tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limiga.
Talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman ishchi guruhiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi.Tuman ishchi guruhiga pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etilgan ma’lumotlarda kamchiliklar aniqlanganda tuman ishchi guruhi kotibi bu to‘g‘risida uch ish kunidan kechiktirmasdan tegishli tashkilotni elektron pochta manziliga xabar yuboradi. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov e’lon qilingan kunning o‘ttizinchi kuni soat 18.00 da to‘xtatiladi. Agar oxirgi kun dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni soat 18.00 da to‘xtatiladi. Tuman ishchi guruhi urug‘lik paxta xomashyosi yoki urug‘lik boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida hujjat qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 10 ish kuni davomida tanlov o‘tkazadi.Tuman ishchi guruhi a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda tanlov o‘tkaziladi. Tanlovda urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning imkoniyatlari o‘rganiladi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq reyting shkalasi asosida baholanadi. Tuman ishchi guruhiga taqdim etilgan hujjatlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaganda yoki ma’lumotlarni soxtalashtirish holatlari aniqlanganda urug‘lik yetishtiruvchi subyekt ishchi guruhining qarori asosida tanlovda qatnashish huquqidan mahrum etiladi. Tuman ishchi guruhi rahbari va a’zolari tanlov oshkora, haqqoniy va adolat tamoyillari asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Tanlovda urug‘lik yetishtiruvchi subyektning ko‘rsatkichlari va imkoniyatlari baholanadi va to‘plangan ballar yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Tanlovda ishtirok etgan urug‘lik yetishtiruvchi subyektning ekin maydoni ko‘rsatilgan holda ularning to‘plagan bali bo‘yicha eng yuqori balldan boshlab eng past ballgacha talabgorlar ro‘yxati shakllantiriladi. Ro‘yxatda eng yuqori ball to‘plagan urug‘lik yetishtiruvchi subyektdan boshlab tumanda urug‘lik uchun ekiladigan paxta xomashyosi yoki boshoqli don ekinlari maydoni qamrab olingungacha bo‘lgan urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar tanlov g‘olibi deb topiladi. Tanlov yakuni bo‘yicha mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada bayonnoma tuziladi, tuman ishchi guruhi a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman hokimligiga taqdim etiladi. Tuman hokimligi tuman ishchi guruhining bayonnomasini tasdiqlash bo‘yicha ikki ish kunida tegishli qaror qabul qiladi va tanlov g‘oliblarini e’lon qiladi. Tuman hokimining qarori nusxasi va bayonnomaning bir nusxasi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar boshqarmalariga yuboriladi. Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari: uch ish kunida tuman hokimi qarorini va tuman ishchi guruhining bayonnomasini o‘rganib chiqadi; tanlov natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni tuman hokimining qarori nusxasini ilova qilgan holda Markazga ikki ish kunida taqdim etadi. Urug‘lik paxta xomashyosi yoki urug‘lik boshoqli don ekinlarini yetishtiruvchilarning reyestrlari shakllantiriladi.Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tanlov o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni yuritish Urug‘lik paxta va g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar tuman ishchi guruhi kotibi tomonidan yuritiladi. Tuman ishchi guruhi urug‘lik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlarni alohida yig‘ma jildlarga tikilgan holda tanlov yakunlangandan keyin o‘n kundan kechiktirmasdan Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalariga topshiradi.Yig‘ma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi shart: tuman ishchi guruhi tarkibining tasdiqlangan nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining tuman hokimliklari bilan kelishilgan holda tanlovga hujjat qabul qilish va tanlovni o‘tkazish muddatlari, tanlov o‘tkaziladigan joyni belgilash to‘g‘risidagi hujjat nusxasi tuman ishchi guruhining tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlari nusxalari;
tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarni ro‘yxatga olish uchun tikilgan hamda betlar soni ko‘rsatilgan maxsus daftar; tanlovga talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar; har bir ishchi guruh a’zosi tomonidan to‘ldirilgan tanlov varaqalari; tanlov yakuni bo‘yicha qo‘yilgan ballar hisob-kitobi; reyting ballarini berish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlar; o‘tkazilgan tanlov yakuni bo‘yicha tuman ishchi guruhi bayonnomasi nusxasi.
Urug’ni eksport qilish

  • eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

  • ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha zarur axborotlar olish uchun axborot-maslahat yordami ko‘rsatish;

  • standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha doimiy yangilab turiladigan ma’lumotnomani ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni «O’zstandart» agentligining Internet tarmog‘idagi saytiga joylashtirish.

  • Byuro o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

  • eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan tushgan masalalarni o‘rganadi va ularga zarur axborotlar taqdim etadi;

  • mahsulot eksporti masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va «O’zstandart» agentligiga taqdim etadi;

  • mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir mavjud muammolarni tahlil qiladi va ularni hal etish yuzasidan «O’zstandart» agentligiga takliflar kiritadi;

  • mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha dasturlar va tadbirlar tayyorlashda qatnashadi;

Foydalanilgan adabiyotlar



1. İnstruktsiyalar va metodik qo’llanmalar O’zbekiston Bosh Davlat karantin inspektsiyalari. 1997-2001. 5. Pospelov S.N. - Osnovı karantina selskoxozyaystvennıx rasteniy. L.Kolos. 1978. Uchebnik-128 s. 6. Pospelov S.V. i dr. - Osnovı karantina selskoxozyaystvennıx rasteniy M., 1985. Uchebnik-42 s. 7. Spravochnik po karantinnıx rasteniy i drugim opasnım vreditelyam boleznyam i sornım rasteniyam. M, 1996.
2. Qishloq xo’jalik o’simlik karantin asoslari. Ma`ruza matni. ToshDAU 2000. -14 b 3. O’simliklar karantini. Ma`ruza matni. ToshDAU, 2003.-17 b 49 O’zbekiston Respublikasi Qonunlari.
4. «O’simliklar karantini to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuni, 1995y.
5. www.toucansolutions.com/pat/insects.html.
6. www.fi.edu/tfi/hotlists/insects.html.
7. www.rcmp-learning.org/docs/ecdd0030.htm.
Download 105,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish