Reja: XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi V. Gumboldt umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi sifatida. V. Gumboldt tilning tabiati haqida. V. Gumboldtning til antinomiyalari. Asosiy tayanch tushunchalar



Download 60,5 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi60,5 Kb.
#646381
Bog'liq
Mustaqil Tilshunoslik


Vilgelm fon Gumboldt va umumiy tilshunoslikning vujudga kelishi


Reja:



  1. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi

  2. V.Gumboldt umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi sifatida.

  3. V.Gumboldt tilning tabiati haqida.

  4. V.Gumboldtning til antinomiyalari.


Asosiy tayanch tushunchalar: V.Gumboldtning “til falsafasi”; «Yava orolidagi kavi tili haqida»; til antinomiyalari; til - faoliyat, nutq - faoliyat mahsuli, tilning ichki formasi, tilning tashqi formasi haqida; til xalq ruhining tashqi ko`rinishi; til jamiyat rivojining asosiy belgisi.
Germaniyaning eng buyuk olimlaridan biri bo`lgan V.Gumbol`dt (1767-1835) har tomonlama bilim sohibi edi. U tilshunoslik, adabiyot nazariyasi, falsafa, davlat huquqi, siyosat va diplomatik faoliyat bilan shug`ullanadi, Berlin universitetining asoschisi hamda davlat arbobi hisoblanadi.
V.Gumboldtning til bilimi nihoyatda keng bo`lib, ulkan olim nafaqat hind-Evropa tillarini bilar, balki dunyoning boshqa tillari - bask tilidan tortib, Amerikaning kichik Polineziya va mahalliy aholisining (indeeslarning) tillari haqida ham chuqur bilimga, ma`lumotga ega edi.
V.Gumboldt asarlari, g`oyalari, koncepciyalari bilan umumiy nazariy tilshunoslikka asos soldi. Buyuk olim tilshunoslikning, idealistik ruhda bo`lsa-da, qator eng muhim va murakkab muammolarini hal qilib berdi, ta’limotlar yaratdi. Shu tufayli u jahon tilshunosligining keyingi taraqqiyotiga juda katta ta`sir ko`rsatdi.
Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo`lgan F.Bopp uni hurmat bilan tilga olsa, G.Shteyntal, A.Shleyxer, K.Fosler, A.Pott, G.Kursius, A.Potebnya, B.de Kurtene kabi taniqli va mashhur tilshunoslar o`zlarini uning shogirdi deb hisoblaganlar.
Agar F.Bopp umumiy, nazariy g`oyalardan, qarashlardan chetlashib, asosan, faktlar yig`ish, ularni qiyoslash, ular orasidagi munosabatlarni, bog`liqliklarni aniqlash bilan shug`ullangan bo`lsa, V.Gumboldt nazariy, falsafiy g`oyalar bilan, tilning ilmiy nazariyasini yaratish bilan mashg`ul bo`ldi. Aniqrog`i, V.Gumboldtning tilshunoslikdagi ahamiyatini, o`rnini I.Kant va Gegellarning jahon falsafasi taraqqiyotiga ko`rsatgan ta`siri bilan qiyoslash mumkin.
V.Gumboldtning umumiy tilshunosligini til falsafasi deb aytish mumkinki, bu falsafa eng oliy lisoniy umumlashmalarni va uzoq davrlarda ham tilshunoslik rivojiga jiddiy ta’sir ko`rsatadigan xulosalarni qamrab oladi.
V.Gumboldt til falsafasini tiklab, uning obro`-e’tiborini ko`tardi va ayni falsafaga butunlay yangi yo`nalish berdiki, bu yo`nalish qiyosiy-tarixiy metod bilan zich bog`langan holda, uning asosida yuzaga keldi. Aniqrog`i, V.Gumboldtgacha bo`lgan nazariyalar bo`sh, mustahkam asosga ega bo`lmagan, shunchaki, yuzaki nazariyalar edi. V.Gumboldt esa tilning ilmiy nazariyasini, til falsafasini til hodisalariga qiyosiy-tarixiy metodni qo`llash asosida qurdi, yaratdi. Natijada uning ta`limoti, lisoniy qarashlari tilshunoslik fanining taraqqiyotiga uzoq yillar davomida samarali xizmat qildi.
V.Gumboldt1820 yilda Berlin akademiyasida «Tillar taraqqiyotining turli davrlarida ularni qiyosiy-tarixiy o`rganish haqida» degan mavzuda ma`ruza qiladi. Ushbu mavzudagi ma`ruza uning tilga oid dastlabki tadqiqoti bo`lib, muallif unda til haqida alohida, mustaqil fan yaratish zarurligi g`oyasini o`rtaga tashlaydi va uni asoslab beradi.
Shuningdek, olim ma`ruzasida qarindosh va qarindosh bo`lmagan tillarning tipologik qiyosiy grammatikasini yaratish tarafdori bo`lib chiqadi. U o`zigacha bo`lgan, ya`ni har bir tilning o`ziga xosligini, mustaqilligini tan olmaydigan, barcha dunyo tillarini tayyor mantiqiy jadvallarga majburan kiritishga intiluvchi deduktiv umumiy grammatikani – Por Royal` grammatikasini inkor qiladi. V.Gumboldt turli tillardagi aynan bir tushunchani - fikrni ifoda etishning, etkazishning turlicha usullarini aniqlashga intiladi.
V.Gumboldt hayotining oxirgi yillarida o`zining eng muhim uch tomli «Yava orolidagi kavi tili haqida» nomli salmoqli asari ustida ish olib boradi. Bu asar uning vafo-tidan so`ng akasi A.Gumboldttomonidan 1836-1840 yillarda nashr qilindi.
V.Gumboldtning qayd etilgan tadqiqotlarining bevosita nazariya bilan bog`liq kirish qismi nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
Ishning kirish qismi «Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma`naviy taraqqiyotiga ta`siri» deb nomlanib, turli tillarga - 1859 yilda esa rus tiliga tarjima qilinadi.
V.Gumboldtaynan mana shu asarida, ayniqsa, uning kirish qismida o`zining tilga bo`lgan nazariy - falsafiy qarashlarini mukammal bayon etadi.
U tadqiqotlarida tilga aloqa vositasi sifatida, predmetlarni anglatish vazifasini bajaruvchi sifatida baho berdi. Ayni vaqtda olim tilning murakkab o`zaro qarama - qarshi xu-susiyatlardan iborat ko`p jihatli hodisa ekanligini qayd etadi.
V.Gumboldt tilni mukammal o`rganishda, unga xos belgi-xu-susiyatlarni, boshqa hodisalar bilan aloqasini, o`ziga xosli-gini aniqlash va ochishda antinomiya metodini, ya`ni o`zaro zid, qarama-qarshi qo`yish usulini qo`llaydi. U ushbu usul orqali tilga xos xususiyatlarni, uning eng muhim jihatlarini birma-bir bayon etadi. Shuningdek, til nazariyasi haqidagi mukammal ta`limotlarni, g`oyalarni yaratadiki, bu ta`limot va g`oyalar nazariy tilshunoslikning taraqqiyotida yangi-yangi qarashlarni ochishda xizmat qildi. Til va tilga yondash hodisalarning, til bilan bevosita aloqador, bog`liq jarayonlarning o`zaro dialektik munosabatda ekanligi ma`lum bo`ldi.
Xullas, V.Gumboldtning tilni o`rganish jarayonida belgilagan, qayd etgan antinomiyasi – til hodisalariga dialektik zidlik asosida yondashishi jahon tilshunosligi lisoniy tafakkur taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo`ldi.
V.Gumboldtning til antinomiyasi (o`zaro zidligi va bir-ligi) quyidagilarda namoyon bo`ladi:
1. Ijtimoiylik (sociallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi. Ya`ni til bir vaqtning o`zida ham ijtimoiy, sotsial, ham alohida, individual hodisa. Til bir vaqtning o`zida ham yakka, alohida shaxsga, ham ko`p shaxsga, umumga tegishli. Tilning ijtimoiyligi jamiyat bilan, shaxslar bilan - xalq mahsuli sifatida belgilansa, tilning alohidaligi bir shaxs bilan, yakka individ bilan - ayrim shaxs mahsuli sifatida belgilanadi.
Alohida shaxslar o`zlarigacha bo`lgan avlodlar, xalqlar tomo-nidan yaratilgan lisoniy mahsulotdan, «hosil»dan foydalanadi.
Demak, yuqorida aytilganlardan tildagi umumiylik va xususiylik dialektikasi, antinomiyasi namoyon bo`ladi.
2. Til va tafakkur antinomiyasi. Til tafakkursiz, tafak-kur esa tilsiz mavjud emas. Biri ikkinchisini taqozo qiladi, talab qiladi. Inson hayotida, insonning lisoniy va aqliy fa-oliyatida til va tafakkur alohida, yakka holda mavjud emas, ular birgalikda, o`zaro bog`liqlikda «yashaydi», insonga xizmat qiladi. Ayni vaqtda ularning har biri o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Demak, bundan til va tafakkurning dialektik munosabati - o`zaro ajralmasligi, bog`liqligi va shu bilan birga ichki zidligi, qarama - qarshiligi g`oyasi kelib chiqadi. Tilning (tovushning) moddiyligi, tafakkurning esa psixik hodisaligi ma`lum bo`ladi.
Til va tafakkurning dialektik birligi, ajralmasligi birining ikkinchisisiz mavjud emasligida, biri, tabiiy ra-vishda, ikkinchisini talab qilishida, biri ikkinchisi orqali namoyon bo`lishida; ularning dialektik zidligi, ichki qarama-qarshiligi esa tilning moddiy, «tashqi» hodisaligida, tafak-kurning esa ruhiy, «ichki» hodisaligida ko`rinadi. Ya`ni til ham, tafakkur ham muayyan bir butunlikning o`zaro ajralmas va ayni vaqtda o`zaro zid, qarama-qarshi ikki tomonidir.
3. Til va nutq antinomiyasi. Til muayyan sistemadir, «organik butunlikdir». Shuningdek, u nutqiy faoliyatning alohida aktidir (harakatidir). Boshqacha aytganda, til nutqiy fao-liyatning alohida aktlar (harakatlar) ko`rinishidagi voqe bo`li-shidir. Til ayrim nutq aktidan farq qiladi va ayni vaqtda u nutq aktida, jonli nutqda mavjud bo`ladi, yashaydi.
Til - faoliyat, nutq - faoliyat mahsuli, tilning voqelanishi, namoyon bo`lishidir. Demak, til faoliyati til va nutqdan tashkil topadi. Til faoliyatida til va nutq ajratiladi, farqlanadi.
V.Gumboldtning til va nutq antinomiyasi, ularning farqlanishi, til va nutqning dialektik munosabatda olinishi tilshunoslik taraqqiyotiga qo`shilgan juda katta hissa bo`ldi.
4. Nutq va tushunish antinomiyasi. Til va nutq antinomiyasiga bevosita aloqada bo`lgan ushbu dialektik bog`liqlikda, «birlikda» nutq va uni tushunish, aslida, til faoliyatining turli shakllaridir, nutqiy faoliyatning ikki tomonidir. Ya`ni so`zlar individ nutqidagina - nutq faoliyatidagina muayyan aniqlikka, ma`noga ega bo`ladi.
Nutq tashqi, bevosita ta`sir qiluvchi, moddiy faoliyat bo`lsa, nutqni tushunish esa ichki, ruhiy faoliyatdir.
5. Til holati va taraqqiyoti antinomiyasi. Tilning statikligi (turg`unligi) va dinamikligi (harakatchanligi) antinomiyasi. Til taraqqiyotining tugallanganligi va til taraqqiyotining to`xtovsizligi antinomiyasi. Til tugal tashkil topgan va ayni vaqtda doimiy rivojlanayotgan hodisa, jarayondir. Har bir avlod tilni tayyor holda oldingi avloddan qabul qiladi. Bu jihatdan til tayyor holdagi - tashkil topishiga ko`ra tugallangan hodisadir. Shuningdek, til doimo ijodiy, taraqqiyotdagi, yangilanishdagi, «o`sishdagi», yangi - yangi birliklarning, shakllarning paydo bo`lishidagi «qaynayotgan» jarayondir.
6. Tildagi ob`ektivlik va sub`ektivlik antinomiyasi. Til ob`ektiv, ayni vaqtda sub`ektivdir.
Til o`zining haqiqiy «hayotini» insonlar orasida qo`llanishidagina topsada, ammo uning mavjudligi, «hayotiyligi» alohida shaxslarga bog`liq emas. U jamiyatning aloqa quroli sifatida ob`ektiv mavjud. Til bir vaqtning o`zida insonga ham bog`liq, ham bog`liq emas. Bir tomondan inson tilni an`anaga ko`ra qabul qilsa, o`zlashtirsa - ob`ektiv ravishda, ikkinchi tomondan, uning o`zi doimo tilni yaratadi, yangidan «quradi», barpo qiladi. Har gal individ nutqida til birliklari, vositalari, til «xom ashyosi» harakatga keladi, jonlanadi – sub`ektiv ravishda.
7. Fikrni obyektivlashtirish va fikrni rag`batlantirish antinomiyasi. Ushbu antinomiyada til tinglovchi fikrini ob`ektivlashtiruvchi va rag`batlantiruvchi, yuzaga keltiruvchi kuch, sabab sifatida namoyon bo`ladi.
Til sub`ektda paydo bo`lgan fikrni obyektivlashtiradi, reallashtiradi, umumga etkazadi – ta`sir qiluvchi kuchga aylantiradi. Fikrni ob`ektivlashtirish jarayoni fikrni o`zgalarga etkazish imkoniyatini beradi, yaratadi. Ammo ayni vaqtda har bir nutq, har bir fikrni ifodalash sub`ektivdir. Nutqni qabul qiluvchi, idrok qiluvchi shaxs – tinglovchi nutqni go`yoki qaytadan o`zida yaratadi.
V.Gumboldt asarlarida tilning so`z va grammatik qoidalardan iboratligini, til birligi bo`lgan so`zning esa tushunchani ifodalaydigan belgi, ramz ekanligini to`g`ri qayd etadi.
U har bir xalqning tilida o`sha xalqning tarixi, madaniyati va, umuman, uning butun ruhiy dunyosi namoyon bo`lishini ta`kidlaydi.
V.Gumboldt lisoniy ta’limotining eng muhim nuqtalaridan biri til shakli (formasi) haqidagi ta`limot yoki, boshqacha aytganda, tilning ichki tuzilishi haqidagi nazariyadir.
V.Gumboldt ta’limotiga ko`ra til formadir (shakldir). U til formasining bir qancha xususiyatlarga ega ekanligini aytadi. Shulardan biri til formasining nutq tovushlaridan tashkil topishidir. Ya’ni nutq tovushlari tilning formasini hosil qilishidir. Yana biri til formasining sistema sifatida namoyon bo`lishidir. Ya`ni har bir til elementi, birligi boshqa elementga ko`ra mavjuddir, u bilan o`zaro bog`liqdir, aloqadordir. Shuningdek, til formasi ikki jihatning, ikki tomonning: moddiy va ruhiy, tashqi va ichki tomonlarning birligidan, bog`liqligidan iboratdir.
Tilning tashqi formasi tilning materiyasi, xom-ashyosidir, uning tovush sistemasidir. Aytilganidek, nutq tovushlari tilning shaklidir.
Nutq tovushlari muayyan ma`no ifodalovchi til birliklarini hosil qilishda qo`llanadigan, ishlatiladigan shaklidir.
Tilningn ichki formasi til strukturalarining tashkil qilinish, fikrni tilda ob`ektivlashtirish usulidir, xalq ruhining ifodasidir. V.Gumboldt tilning ikki formasi haqidagi ta`limotida ichki formani xalqning ruhi bilan bog`laydi. Ya`ni ichki forma xalq ruhining qandayligini ko`rsatadi hamda so`z orqali ifodalanadigan ma`nodir.
V.Gumboldt fikricha, xalqning tili uning ruhidir va xalq ruhi uning tilidir.
V.Gumboldtning ichki forma haqidagi ta`limotining xatosi shunda ediki, u tilning ichki formasini (shaklini) faqat milliy ruh bilan, xalq ruhi bilan va mutlaq g`oya bilan bog`laydi. Ya`ni u tillarning milliylik xususiyatini alohida tillarning konkret tarixiy taraqqiyotiga bog`liq shart - sharoitlar bilan, xalq tarixi bilan, tilni yaratuvchi, uni o`zida tashuvchi, undan foydalanuvchilar bilan bog`liq holda tushuntirmaydi. Balki tilning ichki formasini, tillarning milliylik xususiyatini mavjud bo`lmagan, etarli darajada aniqlanmagan, o`rganilmagan ruhiy ibtidoning namoyon bo`lishi bilan tushuntiradi. Aniqrog`i, V.Gumboldt nemis faylasufi I.Kant kabi ongni, ruhni alohida mavjud bo`lgan ibtido deb, biladi va uni ob`ektiv mavjud bo`lgan moddiy tabiatga bog`liq bo`lmagan hodisa deb, izohlaydi. Shu ta`limotdan kelib chiqib, u tilni ruhning butun majmuidan iborat deb, ta`riflaydi va til ruhga xos bo`lgan qonunlar asosida rivojlanadi, deb biladi. Uning fikricha, tilda xalqning ma`naviy qiyofasini aks ettiradigan ma`lum bir dunyoqarash ifodalanadi. Boshqa tilni o`rganish bilan go`yo dunyoqarash ham o`zgaradi. Shu fikr asosida V.Gumboldt tilning «ichki formasi» haqidagi ta`limotini yaratadi. «Ichki forma», uning fikricha, bir tomondan, xalqning ruhi qandayligini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, so`z yasalishi, shakllanishi jarayonida ifodalanadigan ma`nodir.
V.Gumboldt nutq tovushlarini til formasi deb, so`zning nutqda qo`llangandagi qiyofasini so`zning grammatik formasi deb, ta`riflaydi. Uning bu fikrlari hamda «ichki forma» haqidagi ta`limoti, ayni ta`limotning idealistik jihatlari olib tashlansa, ushbu fikrlar umum tilshunoslikda hozir ham diqqatga sazovordir.
Aytish mumkinki, XIX asr tilshunoslik tafakkuri, taraqqiyoti V.Gumboldtning lisoniy nazariyalari asosida taraqqiy qildi. Uning ko`pgina lingvistik g`oyalari XIX va XX asr tilshunosligining rivojiga jiddiy ta`sir qildi.
Xullas, F.Bopp, R.Rask, Ya.Grimm, A.Vostokovlar qiyosiy -tarixiy tilshunoslik va bu tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot usuli bo`lgan qiyosiy-tarixiy metodga asos solgan bo`lsalar, V.Gumboldt umumiy nazariy tilshunoslik faniga, uning mustaqilligiga, til falsafasiga asos soldi.
Hind – Evropa tilshunosligining XIX va XX asrning boshlaridagi taraqqiyot davrida Vilgelm Gumboldt g`oyalarining ta`siri natijasida umum tilshunoslikda muayyan ta`limotlar, yo`nalishlar maydonga keldi. Bu ta`limotlar jahon tilshunosligida naturalizm (A.Shleyxer ta`limoti) va psixologizm (G.Shteyntal ta`limoti) va boshqa nomlar ostida namoyon bo`ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. T., 200
2. N.A.Baskakov, A.S.Sodiqov, A.A.Abduazizov. Umumiy tilshunoslik. T., 1979.
3. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. T., 1972.
4. Yo`ldoshev B. Umumiy tilshunoslik asoslari. S., 2005..
5. www.ziyonet.uz
Download 60,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish