Reja: XVI-XIX asr birinchi yarmida Qoraqalpoqlar. Qoraqalpoq urug’larining joylashuvi



Download 13,79 Kb.
bet2/2
Sana13.06.2022
Hajmi13,79 Kb.
#664851
1   2
Bog'liq
3-мавзу Qoraqalpoqlar XVI-XIX asrlarda. Reja-hozir.org

Asfandiyor (1627-1643)dan yengilgan Habash Sulton Sirdaryo bo`ylari-qoraqalpoqlar huzuriga borgan. Qoraqalpoqlar bilan mang`it o`zbeklari yaqin qo`shni vaaloqada bo`lganlar. Mang`itlar Habash Sultonni Xiva xoniga uchlab berganlar va u qatl etilgan.
XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida Sirdaryo bo`ylarida yashagan qoraqalpoqlar qozoq xonlariga bo`ysunganlar. Bu davrda qoraqalpoqlar boshqa hududlarda ham yashaganligi manba`lardan ma`lum. Jumladan XVII asrning 70 yillarida qoraqalpoqlar boshqirdlar qo`zg`olonida qatnashganlar va ular bilan yaqin do`stlik aloqasida bo`lganlar. Ayni zamonda boshqirdlar ham qoraqalpoqlar yerlariga ko`chib kelib birga yashaganlar. Qoraqalpoqlar ko`p xorllarda qozoqlar, boshqirdlar bilan birgalikda Sibir yerlariga hujumlar uyuchtirib borganlar.
Qoraqalpoqlar XVIII asrda Rossiya bilan ma`lum darajadaaloqada bo`lganlar. 1720 yillarda Jungarlar bosqini havfi bilan qozoqlarning Kichik Juz xoni Abulhayr Rossiyaga fuqarolik so`rab murojaat qiladi. 1731 yilda qozoqlarning Kichik Juz hududlari Rossiya tomonidan egallangandan so`ng Kichik Juzga qaram bo`lgan quyi qoraqalpoqlar ham chor ma`murlari hukmronligiga o`tib ketadi. Bu voqea 1743 yilda rus podshosi Yelizaveta Petrovna hukmronligi davrida bo`ladi.
Rossiya hukmronligini qabul qilgan qoraqalpoqlar soliqlarni endi Abulxayrxonga to`lamaydigan bo`ldilar. Natijada o`rtada dushmanlik kuchaydi. Abulhayr kutilmaganda qoraqalpoqlar yashaydigan qishloq va ovullarga hujum qilib ularning chorva mollari va boyliklarini olib keta boshladi.
Qoraqalpoqlar Janubiy-Garb tomonga-Xiva xonligi chegaralari tomon boshpana izlashga majbur bo`ldilar. 1750 yillarda Sirdaryo xavzalari atrofida hammasi bo`lib 6 mingga yaqin oila qolgan edi. Qoraqalpoqlarning yangi o`rnashgan makoni Yangidaryo xavzasi deb atalib XVIII asr va XIX asrning boshlarida bu hudud qoraqalpoqlar mulki hisoblangan
Qoraqalpoqlar yangi o`zlashtirilgan joyda tez ko`nikib-o`troqlashib oldilar. Dehqonchilik madaniyatini yo`lga qo`ydilar, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini olib bordilar, qo`rg`on va qal`alar qurdirdilar.
Qoraqalpoqlar bilan Xiva xonligi o`rtasida ham doimiy suratda ziddiyat kuchayib bordi, bir necha marta qo`shinlar to`qnashuvi yuz berdi. Faqat 1811 yilda Xiva xonligi Muhammad Rahimxon davrida qoraqalpoqlar ustidan uzil-kesil o`z hukmronligini o`rnatadi.
Xiva xonligi hukmronligi davrida ham mehnatsevar qoraqalpoq xalqi ho`jalik va ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanadi, doimiy suratda boylar, zodagonlarning qattiq zulmi va ekspluatatsiyasi ostida yashadi. Zulm vaadolatsizlikka qarshi kurashdi.
Aholining asosiy ishlab chiqarish tarmog`i dehqonchilik bo`lsa-da chorvachilik sohasi ham aholi ehtiyoji uchun g`oyatda zarur soha bo`lgan.
Qoraqalpoqlarning ho`jalik hayotida baliq ovlash katta o`rin tutgan. Chunki ko`plab baliq iste`mol qilish qoraqalpoqlarda qadim-qadimdan muhim rusum hisoblangan.
Hunarmandchilik kam taraqqiy etgandi. Hatto XIX asrning ikkinchi yarmida ham bu yerda faqat oila ehtiyoji uchun zarur bo`lgan buyumlar ishlab chiqarilgan, holos. Arzimagan ba`zi bir tovarlargina bozorga olib chiqilgan. Hunarmandchilik buyumlaridan alasha, gilam, arava, qayiq, paxta ipidan ashyolar va boshqalar ishlab chiqarilgan.
Qoraqalpoqlar diyorining markazi Chimboy XIX asr o`rtalarida katta savdo va madaniyat markazigaaylangan edi. Shahar jug`rofiy jihatdan juda qulay joyda joylashgan bo`lib, u quruqlik yo`llari va Amudaryo orqali Xiva xonligi, Rossiya mulklari bilan aloqa bog`lashga imkon berar edi.
Qoraqalpoqlarda patriarhal-urug`chilik qoldiqlari kuchli edi. Bu ijtimoiy-ho`jaliq davlat ishlarida o`z ta`sir kuchini ko`rsatdi. Ijtimoiy hayotda tengsizlik kuchaydi, o`zaro ziddiyatlar va kurashlar avj oldi. Masalan, 1871-1872 yilgi ma`lumotlarga qaraganda, 15 ming tanobga qadar yerga egalik qilgan mulkdorlar bilan bir qatorda, 1-2 tanobdan oshmagan yerli oddiy oilalar ham bor edi
. Bunday noadolatli holni chorva ho`jaliklarida ham ko`rish mumkin edi. Umuman chorva moliga ega bo`lmagan oilalar bilan bir qatorda ba`zi boylar 1000 boshqacha shohli qoramollar va 1500 ga qadar qo`ylarga egalik qilganlar. Boy ho`jayinlar va hokimlar Xiva xonlarining katta ishonchiga ega bo`lib, oddiy xalq oldida ularning aytgani aytgan, degani degan edi.
Qoraqalpoqlar jamoasida ruhoniylar katta hurmat va alohida o`ringa ega bo`lgan. Ular qozi-sud`yalar sifatida katta mansablarni egallab olgan edilar. Ruhoniylar asosan katta yer va mulk egalaridan iborat bo`lardi. Ularning asosiy vazifasi Islom dini g`oyalari asosida xonlikning hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat edi
Qoraqalpoq xalqi Xiva xonligi hazinasiga to`lanadigan zakot solig`idan tashqari yana juda ko`plab to`lovlar berishga majbur edi. Undan tashqari aholi ariqlarni, kanallarni tozalash va boshqa irrigatsiya qurilishiga tekin ishlab berishga safarbar qilinardi.
Majburiy harbiy xizmat ham Qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi oldidagi asosiy va bosh burchlaridan biri bo`lgan. Moboda urush bo`lib qolgundek bo`lsa, qoraqalpoqlar 1000 tadan 2000 kishiga qadar navkarlar berishlari lozim edi. Bu askarlarni boqish va ta`minlash xalqning gardaniga tushgan og`ir yuk edi. XIX asrning o`rtalarida bu harajat har doim 100-140 ming tillo tangaga teng bo`lgan.
Og`ir, daxshatli zulm va ekspluatatsiya qoraqalpoq xalqining Xiva xonlariga qarshi bir necha bor qo`zg`olonlar ko`tarishlariga sabab bo`ldi. Ana shunday qo`zg`olonlardan biri 1827-1828 yilda Oq Yoqish tumani atrofida ko`tarildi. Qo`zg`olonga Oydo`st-biy boshchilik qiladi. Xiva xoni Olloqulixon qo`zg`olonni bostirish uchun jazo otryadini yuboradi. Oydo`st-biy sotqinlik qilib qo`zg`olon ko`targan xalqni mol-mulki, bola-chaqa oilasi bilan Qo`qon xonligiga olib ketmoqchi va u yerda obro` topmoqShi bo`ldi. Ammo xalq unga ergachmadi. Olloqulixon yuborgan qo`shin Oydo`st-biyga Chirchiq rovot degan joyda quvib yetdi va unga ergashgan kuchlarni shafqatsizlarcha bostiradi. Oydo`stning o`zi esa Xivaga keltirilib qatl etiladi.
Qoraqalpoq xalqining bunga qaraganda ham kuchli qo`zg`oloni XIX asrning o`rtalarida Xiva xoni Muhammad Amin davri (1845-1855)da bo`ladi. Xonlikningning qo`shni davlatlar bilan to`htovsiz davom etgan urushlari xalq ommasini xonavayron qiladi va tinka madorini quritdi. Bunga javoban dastlab turkmanlar, so`ngra qoraqalpoqlar, o`zbeklar va qozoqlar bosh ko`taradilar. Qo`zg`olon butun Xiva xonligiga tarqaladi. Bu ommaviy qo`zg`olonning boshida qoraqalpoq biylaridan Alago`z laqabli Yornazar degan shahs turardi. U tabiatan o`ylovsiz va xaddan tashqari ishi qora shahs bo`lib Xiva xonligiga qarshi bo`lgan biylarni o`z tomoniga og`dirib uyushtira oladi.
Qo`zg`olonchilar Xiva xonligidan ajralib qozoqlar bilan qo`shilishga qaror qiladilar. Ammo xonga sodiq bo`lgan qoraqalpoqlarning oqsoqollari boshchiligidagi kuchlar Yornazarga qarshi kurashga otlanadilar. Ularga yasaulboshi Muhammad Niyoz boshchiligidagi o`zbek qo`shinlari ham kelib qo`shildilar. Yornazar Qozoqdaryo yonida o`zi ko`rgan qal`ada qarshilik ko`rsatishni davom ettiradi. Muhammad Niyoz qal`ani qamal qiladi. Qo`zg`olonchilarning o`zlari Muhammad Niyoz bilan til biriktirib Yornazarni otib o`ldirdilar. Qo`zg`olon qattiq qo`llik bilan bostiriladi.Qo`zg`olonchilarning bir qismi Buxoro yerlari tomon, yana bir qismi esa Sirdaryo yo`nalishi bo`ylab ruslar himoyasiga o`zlarini uradilar.
1858-1859 yillarda ham Qo`ng`irotda katta qo`zg`olon ko`tarildi. Bu qo`zg`olon ham Xiva xonligi tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi.
Xullas xonlar, amiru sultonlar va biylarning nodonlarcha va siyosiy o`rlarcha davlat va xalqni boshqarishlari el va yurt boshiga bitmas tuganmas vayronalik va kulfatlar keltiradi. Xalq hukmdorlarga qarshi, zulm va zo`ravonlikka qarshi otlanadi. Hokimlar va to`ralarning o`z xalqiga nisbatan tutgan siyosati va qarama-qarshi turishi mamlakatni inqirozga olib keladi. Bundan Vatan dushmanlari ham foydalandilar.

Savol va topshiriqlar:


  • 1. Qoraqalpoqlarning etnik kelib chiqishi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?

  • 2. VI asr – XIX asrning 1-yarmida qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotiga doir

  • qanday manbalarni bilasiz?

  • 3. Xiva xonligi va Qoraqalpoq o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq munosabat-

  • larining asl mohiyatini ayting.

  • 4. Xivo xonligiga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’alonlariga nima sabab bo’lgan?


http://hozir.org
Download 13,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish