Reja: Yog` kislotalarining elementar tarkibi, lipidlar tarkibidagi yog` kislotalari


Yog` kislotalari molekulalari strukturasi



Download 165,91 Kb.
bet4/7
Sana02.06.2023
Hajmi165,91 Kb.
#948362
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
To’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalar, olinisi va xossalari

Yog` kislotalari molekulalari strukturasi
Yog` kislotalari molekulasida RCOOH ikki xil struktura qismi kuzatiladi: karboksil guruhi COOH va uglevodorod radikali R.
Karboksil guruhi o`z tarkibida gidroksil (OH) va karbonil (C=O) guruhchalari borligi bilan xarakterlanadi. Karbonil guruhining elektrofil kislorodi kislota molekulasining qo`shni qismi bog`lari elektronlarini o`ziga tortadi. Bunday tortishuv natijasida kovalent bog`larning elektron buluti siljishi sodir bo`ladi.
Bunday o`zgarishni quyidagicha tasvirlab ko`rsatish mumkin:
(I)
Karboksildagi vodorodni kislorod bilan bog`lab turgan elektronlar juftining buluti kislorod tomonga siljiydi. Shu sababli karboksildagi O-N kovalent bog`ining xarakteri birmuncha o`zgarib, undagi vodorodning ionizatsiyalanishga moyilligi oshadi. Ma`lum sharoitlarda (tashqi polyarizatsiyalovchi omillar ta`siri, qizdirish) karboksil guruhidagi vodorod karboksilning boshqa qismi bilan ion bog`i orqali bog`langan holga o`tishi mumkin. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin:
(II)

Karboksil guruhining (I) formulada ko`rsatilgan holdagi strukturasi psevdokislota holidagi sturktura, (II) formulada ko`rsatilgan strukturasi esa haqiqiy kislota holidagi struktura deb ataladi. (II) formulada ko`rsatilgan karboksil strukturasidan yog` kislotasining elektrolitik dissotsiatsiyasi yaqqol ko`rinib turibdi. Bunda proton ajralib chiqib, haqiqiy kislotalik xossalari namoyon bo`ladi:


(III)

Bunda CH3-(CH2)n –CO (yoki R-CO) ko`rinishdagi kislota qoldig`iga atsil guruhi (yoki atsil) deb aytiladi. CH3- (CH2)n kislotaning uglevodorod radikali.


Psevdokislota strukturasi holatidagi gidroksil va karbonil kislorodlarining uglerod atomi bilan bo`lgan bog`lari uzunligi bir xil emas. Masalan, chumoli kislotasining assotsiatsiyalanmagan molekulasida C=O bog`lanish orasidagi masofa 0,1245 nm bo`lsa, uglerod atomining gidroksil kislorodi bilan bo`lgan bog`lanishi uzunligi (C-O) 0,1312 nm ga teng. O-H bog`lanishi uzunligi esa 0,095 nm ga teng (mustahkam bog`lanish).
Haqiqiy kislota strukturasida esa gidroksil va karbonil kislorodlarining uglerod atomi bilan bo`lgan bog`lari uzunligi deyarli bir xil bo`ladi, chunki bu kislorod atomlariga nisbatan vodorod ionli bog`lanish orqali bir xil munosabatda bo`ladi. Masalan, natriy formiat molekulasidagi C=O va C-O bog`lar uzunligi 0,127 nm ga teng, bu bog`lar orasidagi burchak kattaligi esa 124,18 ga teng.
Psevdokislota holatidagi karboksilning strukturasi modeli quyidagi tasvirda ko`rsatilgan (1-rasm):



Download 165,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish