Reja: Yo„nalishning o„quv rejasi. O„quv rejasi va uning asosiy mazmuni



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#246536
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Маruza

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja


1-ma’ruza. Oliy maktabda o‘qitish usullari. Universitet va kafedra xaqidagi 

asosiy ma’lumotlar.  Talabalarning o‘quv va ilmiy ishlarini tashkil etish 

 

Reja: 

 

1. Yo„nalishning o„quv rejasi. O„quv rejasi va uning asosiy mazmuni. 

2. Universitetning tuzilishi mutahassislik kafedrasi va uning ishlashi.  

3. Talabalarning o„quv va ilmiy ishlarini tashkil etish. 

 

Davlat  ta‟lim  standartlariga  binoan  talaba  o„qish  davri  mobaynida  xizmat 



ko„rsatish  texnikasi  va  texnologiyasi  bo„yicha  ishlab  chiqarish-texnologik, 

tashkiliy-boshqaruv,  loyiha-konstruktorlik  va  ilmiy-tadqiqot  faoliyatiga  tegishli 

bilimlar olishi kerak.  

 

O„qish  davrida  talaba  asta-sekin  xizmat  ko„rsatiladigan  qishloq  xo„jalik 



mashinalarining  tuzilishi  va  nazariyasini  egallab  boradi.  Bundan  tashqari  talaba 

xizmat ko„rsatish sohasiga  tegishli bilimlar  bilan  tanishadi  va ularni  o„zlashtiradi, 

ya‟ni  qishloq  xo„jalik  texnikasiga  texnik  xizmat  ko„rsatish  texnologiyasi  bilan 

nafaqat  nazariy  o„rganishda,  balki  bevosita  texnikaga  xizmat  ko„rsatishga 

ixtisoslashgan  ishlab  chiqarish  korxonalarida  ko„zda  tutilgan  malakaviy  amaliyot 

davrida tanishadi.  

Talabalarning  bilim  doirasiga  yana  asosan  o„qishning  birinchi  va  ikkinchi 

kurslarda  o„qitiladigan  umumnazariy  va  umumtexnik  fanlar  kiradi.  Bularga  oliy 

matematika,  nazariy  mexanika,  materiallar  qarshiligi,  fizika  va  boshqa  fanlar 

kiradi.   

 

Ko„rsatilgan  fanlar  bilan  bir  qatorda  birinchi  kursning  birinchi  semestridan 



boshlab o„qiladigan «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» faniga alohida 

e‟tibor berish lozim, chunki bu fan texnikaning tili bo„lgan – chizmalarni o„qishga 

o„rgatadi.  Chizmalarni  chizish  va  o„qishni  bilmay  turib,  har  qanday  mashinani, 

unga  xizmat  ko„rsatadigan  asbob  va    jihozlardan  to„g„ri  foydalanishni  xatto 

hayolga ham  keltirib  bo„lmaydi. Har  qanday  mashinaning tuzilishini  so„zlar  bilan 

yozish  yoki  hikoya  qilib  tushuntirish  mumkin  emas.  Mashinaning  tuzilishi  faqat 

chizma  orqali  o„rganiladi.  Shuning  uchun  «Chizma  geometriya  va  muhandislik 

grafikasi» fanini chuqur o„rganishga alohida e‟tibor berish zarur.  

 

Yana  shunday  holatga  ham  e‟tibor  qaratiah  kerak.  Siz  deyarli  to„rt  yil 



davomida  o„rganadigan  barcha  fanlar  o„zaro  bog„liqdir,  ya‟ni  birinchi  kurs 

fanlarini bilmasdan (yoki yaxshi o„zlashtirmasdan) turib, Siz keyingi kurs fanlarni 

tushuna  olmaysiz.  Masalan,  chizmachilikni  o„rganmasdan  turib  kurs  loyihalarini 

bajarib  bo„lmaydi;  oliy  matematikasiz  nazariy  mexanika  bo„yicha  bilimlarni 

egallay  olmaysiz;  fizika  fanini  o„qimasdan  turib  mashina  va  mexanizmlar 

nazariyasini tushuna olmaysiz va hokazo.  

 

XXI  asr  kompyuter  va  informastion  texnologiyalar  asridir.  Bugungi  kunda 



kompyuter va axborot texnologiyalari, Internet axborot tizimisiz biror bir sohaning 

rivojlanishini  tasavvur  qilib  bo„lmaydi.  Shu  sababli  Informatika  faniga  ham  katta 

e‟tibor  berishingiz  kerak  bo„ladi.  Siz  ma‟lumotlar  bazasidan,  kompyuter 

grafikasidan  foydalanib  kompyuterda    axborot  bilan  erkin  ishlay  olishingiz  talab 

etiladi.  



 

Gumanitar  va  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar  bo„yicha  bilimlar  barcha  yo„nalishlar 

uchun  asosiy  hisoblanadi.  Oliy  o„quv  yurtlarida  talabalarning  zamonaviy 

dunyoqarashga  ega  bo„lishi  va  bozor  iqtisodiyoti  asoslarini  o„rganishiga  katta 

ahamiyat beriladi.  

 

Talaba-yoshlarni chuqur vatanparvarlik, fidoyilik, milliy g„oya va mustaqillik 



mafkurasi  ruhida  tarbiyalash  Oliy  ta‟lim  oldiga qo„yilgan  ustivor  yo„nalishlardan 

biridir.  Shuning  uchun  ham  to„rt  yil  mobaynida  uzluksiz  ravishda  O„zbekiston 

tarixi,  huquqshunoslik,  falsafa,  ma‟naviyat  asoslari,  iqtisodiyot  nazariyasi, 

sotsialogiya,  milliy  g„oya,  siyosatshunoslik  kabi  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlarni 

o„rganasiz.  

 

Yuqoridagilarni  umumlashtirib  shuni  aytish  mumkinki,  qishloq  xo„jaligi 



texnikasi  bo„yicha  zamonaviy  bakalavrning  bilim  doirasi  ushbulardan  tashkil 

topgan:  

 

1.  Matematika  va  tabiiy-ilmiy  fanlar:  matematika,  fizika,  kimyo,  nazariy 



mexanika va boshqalar.  

 

2.  Umumkasbiy  fanlar:  Chizma  geometriya  va  muhandislik  grafikasi,   



materiallar 

qarshiligi, 

mashina 

va 


mexanizmlar 

nazariyasi, 

o„zaro 

almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o„lchovlar, materialshunoslik va 

konstrukstion  materiallar  texnologiyasi,  mashina  detallari,  issiqlik  texnikasi, 

gidravlika, elektrotexnika va elektronika asoslari va boshqalar. 

 

3.  Ixtisoslik  fanlari:  Traktorlar,  qishloq  xo„jalik  mashinalari  va  jihozlari; 



texnik  diagnostika;  mashinalar  puxtaligi;  texnik  xizmat  ko„rsatish,  ta‟mirlash  va 

boshqalar. 

 

Ko„rsatilgan  fanlarni  puxta  va  sifatli  egallab  olgandagina  hurmatga  loyiq 



yaxshi mutaxassis bo„lib yetishish mumkin.   


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish