Zatvori izolyatsiya qilingan tranzistorlar.
Reja:
Zatvori izolatsiya qilingan tranzistorlar.
Tranzistorlar .
Izolatsiya .
1.Zatvori izolyatsiya qilingan tranzistorlar va ular asosidagi modullarni o‘rganish.
Nazariy tushunchalar. Avtomatik qurilmalarda ko‘pincha datchiklardan keladigan signallar quvvati rostlanuvchi miqdorlarni ko‘rsatilgan darajada ushlab turish uchun qo‘llaniladigan rostlovchi qurilmalarni boshqarish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday hollarda kuchsiz signallarni kuchaytirish uchun kuchaytirgichlardan foydalaniladi.Kuchaytirgich deb, kirish signalini ko‘rinishi va fizik tabiatini o‘zgartirmagan holda, kuchaytirish uchun qo‘llaniladigan qurilmaga aytiladi. Quvvat bo‘yicha signalni kuchaytirish tashqi manbaa energiyasi evaziga boshqariladi. Avtomatik qurilmada turli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi: Magnitli, elektron, yarimo‘tkazgichli, elektr mashinali, gidravlik,pnevmatik va boshqalar. Kuchaytirgichlarni asosiy tavsiflaridan biri, ularni kuchaytirish koeffitsentidir.
Kuchaytirgichni quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsenti – deb uni chiqish quvvati (Rchik)ni, kirish quvvati (Rkir)ga nisbatiga aytiladi: K=Rchik/Rkir;Kuchaytirgichlarni tok va kuchlanishlar bo‘yicha kuchaytirish koeffitsentlari: K1=Ichik/Ikir,Ku=Uchik/Ukirbo‘ladi. Yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichlar elektron kuchaytirgichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli ular ko‘p holatlarda elektron kuchaytirgichlarni siqib chiqarmoqda. Chunki ularni qabul qiluvchi quvvati oz, o‘ta puxta, tezkor, kuchaytirish koeffitsenti nisbatan katta, ixcham. Tranzistorli kuchaytirgich sxemasi umumiy elektrod belgilari bo‘yicha, ya’ni bir vaqtda kirish va chiqish elektrodlari hisoblanganligi buyicha turlanadilar. Quyida rasmda umumiy bazali (a), umumiy emitterli (b) va umumiy kollektorli (v) tranzistorli kuchaytirgichlar berilgan
RK RK
R1 R1
V V V
Uchik Ukir R2 Ukir R2 Uchik
Ukir Uchik
a) b) v)
2.Tranzistor (inglizcha: transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob hamda mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi.
Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga ajratiladi — bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda ikkala turdagi (p-tipli va n-tipli) oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan p-n oʻtish hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydoniy tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bunday tranzisorlarning bipolyar tranzistorlardan asosiy farqi shundaki, ular kuchlanishni boshqaradi, tokni emas. Kuchlanishni boshqarish zatvor va istok orasidagi kuchlanishni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda analog texnikalar olamida bipolyar tranzistorlar (BT) (xalqaro atama — BJT, Bipolar Junction Transistor) asosiy oʻrinni egallagan. Raqamli texnikalar sohasida esa, aksincha maydoniy tranzistorlar bipolyar tranzistorlarni siqib chiqargan. Oʻtgan asrning 90-yillarida, hozirgi davrda ham elektronikada keng miqyosda qoʻllanilayotgan bipolyar-maydoniy tranzistorlarning gibrid koʻrinishi — IGBT ishlab chiqildi.
.
Elektron sxemalarda tranzistor „VT“ yoki „Q“ harflari bilan hamda joylashgan oʻrniga muvofiq indeks bilan belgilanadi. Masalan, VT15. Rus tilidagi adabiyotlar va hujjatlarda esa XX asrning 70-yillariga qadar „T“, „PP“ (poluprovodnikoviy pribor) yoki „PT“ (poluprovodnikoviy triod) kabi belgilanishlar ham ishlatilgan.
3.Izolyatsiya (texnika va qurilishda) — asbob-uskunalarni, shuningdek, bino va inshootlarning toʻsuvchi konstruksiyalarini ishlatish va b.da atmosferaning zararli taʼsirlaridan himoya qilish; elektr yoki issiklik energiyalarining yoʻqolishini oldini olish boʻyicha, elektrotexnik quridmalar, roʻzgʻorda ishlatiladigan elektr asboblar yordamida energiyadan xavfsiz foydalanish boʻyicha, asbob-uskunalarning shovqinsiz ishlashi boʻyicha tadbirlar majmui. Mas, binolar, issiklik qurilmalari, sovitish kameralari va b. obʼyektlarning atrof muhit bilan keraksiz issiklik alma-shinuvini oldini olish uchun obʼyektlar issiklik izolyasiya materiallari bilan bir yoki bir necha qatlamda oʻraladi (toʻsiladi) (yana q. Gidroizolyatsiya, Tovush izolyatsiyasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |