Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadaryo viloyat hokimligi o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi boshqarmasi


-Mavzu: Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish, boltli birikmalarni detallarga ajratish, loyihalash elementlari. Ijodiy mashqlar va chizmalar



Download 11,29 Mb.
bet39/47
Sana22.06.2022
Hajmi11,29 Mb.
#693720
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadary

17-Mavzu: Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish, boltli birikmalarni detallarga ajratish, loyihalash elementlari. Ijodiy mashqlar va chizmalar.
Reja:
1. Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish.
2. Boltli birikmalarni detallarga ajratish, loyihalash elementlari.
3. Ijodiy mashqlar va chizmalar.


Buyumning yig'ish chizmaiarini o'qish. Yig'ish chizmasini o'qish deganda chizmaga binoan buyum va uning tarkibiga kiruvchi detallarning fazoviy shaklini aniqlash, uni butlash uchun yig'ish, nazorat qilish, detallarining bir-biriga nisbatan o'zaro bog'lanishlarini bilish uchun zarur bo'lgan barcha grafik ma’lumotlami aniqlash tushuniladi.
Standartga muvofiq yig'ish chizmalarida ko'proq shartlilik va soddalashtirishlar tatbiq qilingan bo'lib, ba’zi o'yiqlar, chuqurchalar. chiqiqlar, galtellar, faskalar, tirqish kabi ko'zga kam tashlanadigan elementlar shartli ravishda tasvirlanmasligi mumkin.
Yig'ish chizmalari detallarini ajratib chizishda quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi:
1. Yig'ish chizmasining asosiy yozuvi va spetsiflkatsiyasi diqqat bilan o'rganiladi, yig'ish birligining tuzilishi, ishlash jarayoni va qayerda qo'llanishi to'g'risida tasawur qilishga harakat qilinadi. Yig'ish birligi to'g'risida qisqacha yozma ma’lumot, ish bajarish sxemasi kabi qo'shimcha ko'rsatmalarga e’tibor beriladi.
2. Spetsiflkatsiyasi bo'yicha buyum qanday original va standart detallardan tashkil topganligi diqqat bilan o'rganiladi.
3. Detallarning o‘zaro joylashishi va birikishiga ahamiyat beriladi. lshlayotganda detallarning siljishiga, o‘rin almashinishiga hamda har bir detaining geometrik shakliga e’tibor beriladi.
4. Detallarning tuzilishini o'rganishda qo‘shimcha ko'rinishlarga, elementlarining chiqarib tasvirlanishiga, qirqim va kesimlarga ahamiyat beriladi. Chunki qo‘shimcha ko‘rinish va chiqarib tasvirlashlarda detaining asosiy ko‘rinishlarida uning o'qib bo'lmaydigan tomonlari to'g'risida qo'shimcha ma’lumot beriladi.
5. Yig‘ma buyumni qismlarga ajratish va yig'ish tartibini o‘rganib chizish tavsiya etiladi. Ajratib chiziladigan detallarning geometrik shakllari o'rganilayotganda ulardagi har bir elementining nima uchun mo'ljallanganligi aniqlanadi. Ba’zi bir elementlarni o'qish qiyin bo'lganda ular bilan yonma-yon joylashgan detallarga qarab, ular o‘zaro qanday joylashganligi qo'shib o'rganiladi. O'rganish davomida barcha ko'rinishlar, qirqim, kesimlar, qirqimdagi joylar yuzalarining shtrixlanishiga ahamiyat beriladi.
Yig'ish chizmaiarini o'qish paytida standartlarda ruxsat etilgan shartlilik va soddalashtirishlarga ahamiyat beriladi. Chunki, ko'rinish va qirqimlarda hamma narsalar ham tasvirlanavermaydi, balki eng kerakli qismi ko'rsatiladi. Qopqoq, chambarak kabi ba’zi detallar ko'rinishlarining birida boshqa detallarni to'sib qoladigan bo'lsa, ular tasvirlanmagan bo'lishi mumkin.
Endi 4.168- ehizmada tasvirlangan „Ehtiyot klapan" deb ataluvchi buyumning yig'ish chizmasi orqali bu buyum o'qib ko'riladi. Buyum asosiy yozuv va spetsifikatsiyasida ko'rsatilganligiga qaraganda, u to'qqizta detaldan tashkil topganligi ma’lum. Klapan diqqat bilan o'rganilsa, u tarmoqdan kelayotgan ma’lum bosimli suyuqlik me’yoridan ortib ketganda ortiqehasini chiqarib yuborar ekan.
Klapan egari turidagi shtutser tarmoqdagi trubaga rezba yordamida ulanadi. Tarmoqdagi bosimni me’yorida saqlash uchun prujina kuchi vint 5 yordamida sozlanadi. Prujina klapan 3 va tayanch 4 orasida siqilib joylashgan. Tarmoqdagi bosim me’yordagi miqdordan oshib ketsa, klapan 3 itariladi, me’yorga kelganda klapan prujina yordamida yana o‘z o'rniga qaytadi.
Klapanni detallarga ajratish tartibi bilan tanishiladi. Korpusdagi shtuser burab chiqarilgandan keyin u bilan klapan, prujina va tayanch detallar otilib chiqib ketmasligi uchun sozlovchi vint biroz orqaga burab prujina bo'shatiladi. Keyin sozlovchi vint tashqariga burab chiqariladi.
Klapanni yig'ish uchun oldin sozlovchi vintga gayka buraladi va vint korpusga kiritiladi, unga tayanch o'rnatiladi, prujina tayanchga kiydiriladi, klapan esa shtutscrga kiritilib, shtutser korpusga burab kiritiladi. Korpus va shtutser oralig‘iga qistirma qo'yiladi. So‘ngra prujina kuchi kerakli me’yorda vint yordamida sozlanadi va gayka bilan mahkamlanadi.
Endi har bir detal o‘rganib chiqiladi. Korpus 1 ichi kovak yon tomonlarida to‘rtta cho‘zinchoq teshigi bor silindrik sirt bo‘lib, teshiklari yarim yumaloqlangan. Silindrning ikkala toretsida rezbali teshiklar mavjud, chap tomonidagi rezbali teshikka shtutser 2, o‘ng tomonidagi rezbali teshikka sozlovchi vint 5 burab kiritiladi. Ong tomonida sozlovchi vintning rezba o‘ramlari ko‘proq kirib turishi uchun silindrik chiqiqqa ega. Silindr asoslari yon sirtlari bilan yumaloqlangan.
Shtutser 2 ning o‘rtasida gayka kaliti uchun olti qirrali bir tomonlama faskali prizma, ikkala tomonida bir xil kattalikdagi rezbalar o'yilgan boMib, и o‘ng tomonidagi rezbasi vositasida korpusga, chap tomonidagi rezbasi bilan tarmoqqa ulanadi.
Shtutserninig o‘rtasida o‘q bo'yicha silindrik teshik, o‘ng tomonida klapanning konussimon qismi uchun konus faskasi bor.
Klapan 3 asosan silindrik va konussimon sirtlardan tashkil topgan bo‘lib, chap tomonidagi silindr qismi shtutserning silindrik teshigi ichida harakat qilayotgan klapan otilib chiqib ketmasligining oldini oladi. Undagi to‘rtta kichik va o‘rtasidagi yopiq (berk) silindrik teshik tarmoqdagi ortiqcha bosimni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Klapandagi komussimon sirt shtutserning konussimon faskasiga mos. Ungdagi eng katta silindr prujina uchun tayanch vazifasini bajaradi va undan keyingi silindr prujinaning klapandan chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Klapanning konussimon bo‘shlig‘i uni yengillatish maqsadida o‘ylagan.
Tayanch 4 katta va kichik silindrlardan iborat bo‘lib, ulardan eng kattasi prujina uchun tayanch vazifasini o‘taydi. Chap tomonidagi silindr prujinaning tayanchdan chiqib ketmasligi, undagi bo‘shliq esa tayanchni yengillatish maqsadida o'yilgan. O‘ngdagi silindrik berk teshik sozlovchi vint uchun mo‘ljallagan. Sozlovchi vint 5 ning chap tomoni konussimon sirt bo'lib, o‘ng tomoni chambarak uchun to ‘rtburchakli prizma bilan chegaralangan. Prujina katta rezbasi bilan sozlansa, vint o‘zo'zidan buralib ketmasligi uchun kichik rezbasiga gayka burab kiritiladi.
Buyumdagi gayka va prujinalar to‘g‘risida to'xtalmasa ham bo‘ladi.
Shtutserdan tashqari hamma detallarni bitta bosh ko'rinishda tasvirlash mumkin. Klapanning to‘rtta silindrik teshikchalari uchun hamda sozlovchi vintning kalit orqali buraladigan qismi uchun kesim qo‘liash ma’qul.
Yigish chizmasini o’qish deganda chizmaga ko'ra buyum va uning tartibiga kiruvchi detallaming fazoviy aniqlasli uni butunlash uchun yigish nazorat qilish, detallaming bir — biriga nisbatan o’zaro munosabatlarilarini bilish uchun zarur bo'lgan barcha grafik ma'lumotlarni aniqlash tushiniladi.
Yigish chizmalarini tuzish va o’qishda o’quvchilarlar chizmachilik darslarida olgan barcha bilimlarini ishga sola bilishlari lozim.Chunki yigish chizmalarida ko'proq soddalashtirish va shartliliklar qo’llaniladi. Shunga ko'ra GOST 2 109 — 79 talablarini yaxshi bilish kerak.
Yigish chizmalarida ba'zi o’yiqlar, chuqurchalar kabi kuzga каm tashlanadigan joylar tasvirlanmasligi mumkin. Boltli, shpilkali, vintli birikmalar GOST 2 315 —68 ga ko'ra shartli ravishda oddiylashtirib tasvirlanishi mumkin.
Yigish chizmasini o’qishga kirishdan awal uning quydagi boskichlari bilan tanishib chiqmoq lozim:
l. Yig’ish chizmasi qanday buyum tasvirlanganini aniqlash; 2. Buyumning nomi asosiy yozuvining ma'lum grafasida beriladi. Yigish chizmasida tasvirlangan buyumning batafsil tafsiloti ayrim chizmalarga ilova qilinadi; 3. Yig’ish chizmasi bilan umumiy tanishib chiqiladi, kanday ko'rinishlar, qirqimlar, kesimlar, chiqarish elementlar, qo'shimcha va maxalliy ko'rinishlar aniqlanadi; 4. Tasvirlangan buyumning tuzilishi aniqlab chiqiladi. Bunda buyumning tarkibiga kiradigan qismlar, ularning o’zaro joylashishi, biriktirish usuli aniqlanadi. Buning uchun spesifikasiya murojaat qilib, uning pozisiyalaridagi har bir detaining nomi va uning soni aniqlanadi. Spesifikasiyaga murojat qilib uning pozisiyalaridagi har bir detaining nomi va uning soni aniqlanadi; 5. Buyumning ishlash prinsipi o’rganiladi; 6. Chizma bo’yicha buyumni yig’ish va qismlarga ajratish tartibi aniqlanadi. 7. Yig’ish chizmalarini detallarga ajratib chizishda tadbiq qilingan soddalashtirish va shartliliklar hisobga olinmay barcha kerakli faskalar, galtellar, yumaloqlash va hokazolar tasvirlanishi shart, ya'ni GOST 2. 305 — 68 talablari bajarilishi shart.
Bir necha detaldan iborat buyum chizmalari bo’yicha detallalning chizmalarini chizish jarayoni detallarga ajratib chizish deb ataladi.
Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish bir vaqtning o’zida chizmalarni o’qishga o’rgatish demakdir.
Yigish chizmalarini detallarga ajratishdan avval chizma diqqat bilan o’rganiladi, uning vazifasi spesifikasiyadan detallar soni ularning nomlari va qanday materiallardan tayyorlanganligi aniqlab olinadi. Detallarga ajratib chizish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
I. Ish chizmalarini bajarishga tayyorlash.
II. Ish chizmalarini chizish.
1- bosqichda quyig'agilar amalga oshiriladi:
1. Chizish uchun ko’zda tutilgan yig’ish chizmasidagi detalni spesifikasiya bo’yicha topish.
2. Belqilangan detalni hxamma ko'rinishlardan topib uning tashqi va ichki shaklini o’rganish. Detaining eng maqbul bo'lgan bosh ko'rinishini tanlash. Ayrim hollarda tanlangan bosh ko'rinish yig’ish chizmasidagi bosh ko'rinishga to’gri kelmay qolishi ham mumkin.
Chiziladigan detaining zarur bo'lgan ko'rinishlar sonini (ko'rinish, qirqim, kesim va h. k. larni) aniqlash; ish chizmasidagi detalning ko'rinishlari soni yig’ish chizmasidagiga qaraganda ko'proq bo'lishi ham mumkin.
II-bosqichda quyig'agilar amalga oshirildai:
1. Chizma format varag’iga joylashtirilishi zarur bo'lgan tasvirlarini belgilab chiqish.
2. Tasvirlarni chizish. Chiqarish va o’lcham chiziqlarini o’tkazish, chizmaga o’lchamlar qo’yish.
3. Chizmani tekshirish va uni rasmiylashtirish. Detallarga ajratib chiqishda har qaysi detall alohida varaqqa chiziladi. Uning formati tanlangan masshtabga muvofiq olinadi. Asosiy yozuv, ma'lumotlarning ko'pchilik qismi yig’ish chizmasi spesifikasiyasidan olinadi.



Download 11,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish