Respublikasi oliy


TMK va chetga kapital chiqarish



Download 0,59 Mb.
bet121/143
Sana08.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#757110
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

TMK va chetga kapital chiqarish


TMK strategiyasining o’zgarishiga kapital kiritishning to’g’ri-dan- to’g’ri xorijiy investitsiyasi (TXI) shakli ko’proq ta’sir etadi. XX asrning 90–yillarida bunday shakldagi kapital kiritish boshqa xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakliga qaraganda juda tez sur’at-lar bilan o’sib bordi. TXIni o’sish darajasi xalqaro savdoning o’sish darajasidan o’zib ketdi. TMKning global strategiyasida muayyan loyihaga muvofiq ikkidan birini yo savdo-sotiq yoki bo’lmasa kapital chiqarishni tanlab olish masalasi ko’ndalang bo’lib qoldi.
Tanlovning nazariy asoslanishi Dj. Doni TMKga oid adabiyot-larda keng qo’llaniladigan «Elektik paradigma» degan OLI kontsep-tsiyani shakllantirdi. U o’z ichiga firma va mamlakatning o’ziga xos afzalliklarini oladi (mana shuning uchun ham u «elektik» deb nom olgan).
TXI faqat 3 ta determinant yig’imi bo’lgandagina bajariladi.
Xalqaro ishlab chiqarish bilan bog’liq moliyaviy oqimlar bunyodkorlik ishlari, chet eldagi filiallarni sotib olish va kengay-tirish, resurslarni o’z ichiga oladi. Bunda TMK bevosita inves-titsiyalar bilan birga xalqaro kapital bozoridagi, chet eldagi fi-liallari, ular tomonidan o’zlashtiriladigan resurslardan ham foydalanishi mumkin. Bu – TMK xarajatlarining bevosita inves-titsiyalar shaklidagi resurslar hajmidan oshib ketishiga olib kela-di.
1979 yili «Rivojlanayotgan mamlakatlarning multimilliy korxo-nalari» (Gonolulu shah.) konferentsiyasida Danni tomonidan quyidagi qoida ilgari surildi: Har bir mamlakatning kapitalini olib kirish va chetga chiqarishi shu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog’liq. Keyinchalik bu kontseptsiya «Investitsion rivojlanish traek-toriyasi» degan nom oldi. Kontseptsiya bo’yicha har bir mamlakat 5 ta investitsion rivojlanish bosqichini bosib o’tadi. Bu bosqichlar mam-lakatlarning bevosita investitsiyani qay darajada import qilish, qay darajada eksport qilish qobiliyatiga qarab turkumlashtiriladi (klassifikatsiya). Bu bosqichlar o’z navbatida mamlakatning bu qo-biliyati OLI kontseptsiyasidagi ko’rsatilgan nisbatga bog’liq.

  1. bosqich: mamlakatning qiyosiy ustunligi, tabiiy resurslarga investitsiyani hisobga olmaganda, TXIni jalb qilishi uchun etarli emas (ichki bozorlarning torligi, davlat iqtisodiy siyosatining qoniqarli darajada emasligi, infratuzilma va kommunikatsiyalar-ning rivojlanmaganligi, ichki kuchlarning yaxshi tayyorlanmaganligi). Davlat bozordagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun sharoit yaratishda qatnashadi.

Bu bosqichning xarakterli tomonlari protektsionizm, eksport subsidiyalari choralarini tashkil etadi. Davlat juda cheklangan do-irada innovatsion imkoniyatlarni vujudga keltirish va ishchi kuch-larining malakasini oshirishda qatnashadi.

  1. bosqich: Kapital importi o’sib borayotgan bir paytda TXI eksporti juda past darajada qolib ketayotganligi bilan izohlanadi. Ichki bozor o’sadi. Bu investitsiyalar, birinchidan, import o’rnini bosuvchi vazifani bajarib turadi. Qoida bo’yicha, import kapitali vertikal integratsiya asosidagi engil sanoat, ko’p mehnat talab qi-luvchi past texnologiyali ishlab chiqarish yoki tabiiy resurslar va to-var xom ashyolari hisobidan vujudga keladi. Kapital eksporti inves-titsiyaning shunday ko’rinish oladiki, bunda u rivojlangan mamlakat-larning strategik aktivlarini sotib olish uchun yoki aniq hududiy savdoga yoki bozorning bir qismini egallab olishga qaratilgan investitsiya shaklida bo’ladi. Sof holda «kapital kiritish indeksi» (NOI-NETTO Outward investment) yomonlasha boradi.

  2. bosqich: kapital importi o’sish sur’atini asta-sekin pasayti-rib, kapital eksporti sur’atini ko’tarib borish.

«NON indeksi» o’sadi. Mamlakatning texnologik resurslari o’sish darajasi standart mahsulot ishlab chiqarishga qaratiladi. Ko’p mehnat talab tarmoqlarda ish haqining ko’tarilib borishi natija-sida mamlakatning nisbiy ustunligi yomonlashadi va chetga kapital chiqarish rivojlanishning eng past bosqichlarida turgan mamlakat-larga yo’naltiriladi. Xorijiy firmalar o’zlarining raqobat ustun-liklarini takomillashtirishga majbur bo’ladilar. Ular «jamoa foydasiga» degan qoidaga amal qiladi. Xorijiy firmalar bu ustun-liklarni bozor orqali emas, balki baynalminallashtirish (inter- nalizatsiya) orqali foydalanadilar. Qabul qiluvchi mamlakatlarning bozor sig’imi va eng yaxshi milliy innovatsion bazaga ega ekanligi jihatidan ustunligi oshib boradi.
Rivojlanishning eng past bosqichida turgan mamlakatga ham, yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarga ham kapital kiritila-veradi. Davlatning roli o’zgaradi. Davlat firmalarning raqobat us-tunligi zaif bo’lgan tarmoqlarga kapital kiritishga va shu yo’l bi-lan ustuvorligini ta’minlashga harakat qiladi. Shuningdek, ko’-rinishdan ustunlikka ega bo’lsa ham boshqa davlatlar firmalari bilan qiyoslab ko’rilgan zaifligi bilinib qoladigan firmalarga kapital kiritishni rag’batlantiradi.

  1. bosqich: Mamlakatning xorijda jamg’arilgan investitsiyalari mamlakat ichkarisidagi xorijiy investitsiyalarga teng yoki ko’proq bo’ladi. Mahalliy firmalar nafaqat o’z ichki bozoridagi xorijiy firmalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha oladi, balki ular tashqi bozorlarga kirib borish

imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Mam-lakatning qiyosiy ustunligi
«yaratilgan aktivlarga» (texnologiyaga) to’liq asoslanadi. Eksport mahsulotlari o’rnini bosa oladigan kapi-tal chiqarish o’sadi. Firmalar o’zlarining raqobatdagi ustunlik-laridan foydalanib, bozorlarni
«xalqarolashuviga» harakat qiladi. Chunki barcha firmalarning raqobatda ustunlikka erishish yo’llari bir xil: avval ichki tarmoqlararo ishlab chiqarishni nisbatan o’stirish, keyin tarmoqlararo savdoga qaratiladi. Shunga qarab dav-latning roli o’zgaradi, u o’z e’tiborini bozorning erkin ravishda ishlab turishi ta’minlanishiga qarata boshlaydi.

  1. bosqich: «NOI indeksi» nolga yaqinlashayotgan bir paytda har ikki yo’nalish bo’yicha o’sish sur’ati orta boshlaydi. Bu jarayonning ikkita farq qiluvchi tomoni bor. Birinchidan, kapitalning ko’chib yurishi bilan bog’liq, chegaradan tashqarida tuziladigan bitimlar borgan sari baynalminallashadi (kompaniyaning o’z doirasida amalga oshadi). Bu bosqichda birorta mamlakat «aktivlarni yaratish bo’yicha ustunlikka erisholmaydi». Ikkinchidan, firmalar faoliyatining globallashuvi natijasida ko’rinishidagi milliylik ham asta-sekin so’na boradi. TMK o’zi joylashib turgan mamlakat manfaatlaridan kelib chiqqan holda operatsiyalar o’tkazmay qo’yadi. TMK faoliyati faqat o’zining korporativ manfaatlariga qaratiladi. Firmalarning raqobatdagi nisbiy ustunligi va mamlakatlarning qiyosiy ustunligi doimiy ravishda o’zgarib turadi. Davlatlarning mikrotashkilot strategiyasini shakllantirishdagi roli oshadi. Bu bosqichlar kontsep-tsiya avtorlari tomonidan 90-yillarda joriy etilgan.

    1. Download 0,59 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish