Respublikasi oliy va o’rta


Moliyaviy tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari



Download 236,45 Kb.
bet7/8
Sana29.03.2022
Hajmi236,45 Kb.
#516922
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Moliyaviy tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari
To‘plangan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. To‘plangan manbalarni to‘g‘riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo‘ladi va ushbu manbalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:
- tahlil usullarini aniqlab olish;
- ma’lumotlarni soddalashtirish;
- jadval, sxema va maketlarni tuzish;
- ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash;
- rezervlarni aniqlash.
• Bevosita xo‘jalik subyektlarining barcha sohalarini belgilan- gan tartibda tahlil qilib chiqish bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo‘lib, bevosita tahlil ishlari bajariladi, ko‘rsatkichlar hisoblanadi, o‘zgarish sabablari va farqlar aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarini baholash;
- baholashda ekspertizadan foydalanish;
- natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar;
- tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
• Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o‘zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:
- korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini aniqlash;
- korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
- aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
- tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
• Tahlil natijasida ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni ko‘rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• Iqtisodiy ma’lumotlar.
• Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar.
• Ilmiy- texnikaviy ma’lumotlar.
• Tabiiy- ekologik ma’lumotlar.
• Tahlil jarayonida foydalaniladigan boshqa ma’lumotlar. Iqtisodiy ma’lumotlarni biznes-reja, turli xil axborot manbalar,
texnologik ma’lumotlar, operativ-texnik, me’yoriy va hisob hujjatlari tashkil etadi. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.
Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlarga esa respublikamizda amal qila-yotgan barcha qonunlar, me’yoriy hujjatlar va normativ aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushuniladi.
Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, eng yangi taraqqiyot, jahondagi o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborot- lardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy-ekologik ma’lumotlar, tabiat, yer, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlarni iqtisodiy tahlilda muhim manba sifatida o‘rganiladi.
Boshqa manbalarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, ta- biiy-ekologik manbalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, bunga ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televi- deniyadagi keltirilgan axborotlardan foydalanish tahlil uchun muhimdir. Ko‘plab manbalarni tahlil jarayonlarida qo‘llash ularning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarini xolisona bo‘lishini va korxonalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida faol qatnashishiga imkon yaratadi.
Iqtisodiy manbalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
• Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo‘lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayd etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi.
• Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko‘pgina manbalarda qayd etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir- biridan farqlanadi.
• Ommaviyligi va hajmining kengligi – ko‘pgina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi.
• Ma’lum davrlarda takrorlanib turishligi – tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar muntazam to‘lg‘azilib tegishli tashkilotlarga topshirilish ko‘zda tutiladi, hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo‘linib axborotlar tuziladi.
• Ko‘p qirraliligi va sermazmunligi – iqtisodiy axborotlar miqdoriy va qiymat o‘lchamlarida ko‘rsatiladi, boshlang‘ich hujjatlarda korxona nomi, imzo chekuvchilarning nasl-nomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko‘rsatilgan holda rasmiylashadi.
Iqtisodiy ma’lumotlarning aksariyat qismini hisob axborotlari tash- kil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir.
Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim:
1. Haqqoniylik va xolisonalik tamoyiliga amal qilinadi.
2. Manbalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo‘lmog‘i lozim, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak.
3. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o‘lchamda aks ettirilishi lozim.
4. Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saqla- nadi hamda ulardagi axbarotlar bir-birini to‘ldirib turishini taqozo etadi.
5. Manbalarga kiritilgan ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir.
Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo‘lishligiga imkon yaratadi.
Xo‘jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tashkil etish deyilganda, elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) yordamida va iqtisodiy matematik usullarni qo‘llagan holda ishlab chiqarishning muhim sohalarini aniq va to‘g‘ri boshqarish vazifalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi. Bunday amalga oshirish uch xil yo‘nalishda bo‘lishi mumkin, ya’ni:
• Markazlashgan.
• Markazlashmagan.
• Aralash.
Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tahlil etish quyidagi sharoitda bajariladi:
• Qayd etish.
• Boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish.
• Umumiy ma’lumotlar bazasini tashkil etish.
• Ko‘rsatkichlar algoritmi bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash.
• Iste’molchilar uchun kerakli ma’lumotlarni tayyorlash.
Tahlil uchun kerakli ma’lumotlarning aniqligini va tez muddatda tayyorlashning eng aniq yo‘llaridan biri – kompyuter dasturlari yordamida qayta ishlash hisoblanadi.
Kompleks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma’lu- motlardan foydalanish xususiyatlari ma’lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi:
1. Boshlang‘ich hujjatlar - hisob, statistika normativ ma’lumotlar kompyuterning xotirasiga qo‘yilib faqat bir xil manba ya’ni mashina xotirasiga olinadi.
2. Tahlil uchun kerakli turli murakkab hisoblashlar ma’lum sekundlarda bajariladi.
3. Ta’sir etuvchi omillarni mashinalar aniq ko‘rsatib beradi.
4. Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar va tahlil natijalari o‘rnatilgan shaklda mashinagramma, tabelogrammalarda ifodalanadi.
5. Turli xil iqtisodiy ma’lumotlar mashinalar uchun bir xil shifr va kodlarda kiritiladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ishni avtomatlashtirilgan tarzda olib borish iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbalarni ishonchliligini, aniqliligini va to‘g‘riligini tekshirish natijalarni samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Kerakli manbalarning turli-tumanligi, sermazmunligi va ko‘pligi ularning sifatli shakllanishiga e’tibor qaratilishini taqozo etadi, odatda korxonalar faoliyatini tahlil qilish davrida ma’lumotlar manbayi yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish maqsadida ma’lumotlar to‘g‘riligi tekshiriladi. Tahlil uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi:
1. Texnik (yuzaki) tekshirish.
2. Mazmun jihatidan tekshirish.
Mazmun jihatidan tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Inventarizatsiya natijalari hisobotda o‘z aksini topishi.
• Korxona hisobot ma’lumotlaridagi budjetga to‘lovlar va budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish summasini moliya tashkiloti ma’lumotlariga mos kelishi.
• Foyda va zararlar schotiga o‘tkazilgan ko‘rsatkichlarni tekshi- rish (ustav kapitalining o‘zgarishi, tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar, asosiy vositalarni tugatilishi va hokazolar).
Korxonalar faoliyatini tahlil qilish davomida ko‘plab manbalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Tahlilda qo‘llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajra- tishimiz mumkin bo‘ladi:
1. Reja ma’lumotlari manbalari.
2. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari.
3. Qo‘shimcha ma’lumotlar manbayi.
Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga biznes-reja ko‘rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan norma va normativlar, shartnoma ko‘rsatkichlari kiradi.
Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalariga buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar manbayi bu buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘lib, ular korxona xo‘jalik faoliyatining barcha jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bunda mablag‘lar harakati, ularning manbalari va xo‘jalik aloqalari aks etadi.
Operativ hisob va hisobot ma’lumotlari buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga va statistik hisobot ma’lumotlariga nisbatan zarur informatsiyani bir muncha tezroq olishga imkon beradi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o‘tkazganligimizga qarab bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa muta- xassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buyrug‘i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi mumkin. Tahlil natijalarini umumlashtirganda, albatta erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda faktlar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko‘rsatiladi.
Bayonnomani xotima qismida xulosalar, aniqlangan kamchiliklarni tuzatish yo‘l-yo‘riqlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir rezervlardan foydalanish yuzasidan konkret (aniq) takliflar bayon qilinadi. Bayonnoma tushunarli, ilmiy asoslangan, ixcham, analitik jadvallar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday tahlil korxona rahbarining xaridorlarni umumiy yig‘ilishidagi ma’ruzasi uchun zarur bo‘ladi.
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni boshqarish o‘zining tamoyillari va funksiyalariga tayanadi. Boshqarish faoliyatini amalga oshirish quyidagi funksiyalarga tayangan holda amalga oshiriladi:
1 va 2 funksiyalar boshqarishni texnologik bosqichlarini aks ettiradi, ya’ni qarorlar qabul qilish jarayonini axborot va iqtisodiy tahlil bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, boshqarishning boshqa funksiyalarini amalga oshirishda ham iqtisodiy tahlilning alohida o‘rni bor. Masalan, rejalashtirish funksiyasini olaylik. Kelgusi davrga reja tuzish uchun korxona faoliyatining o‘tgan yillarini atroflicha tahlil qilish va shu asosda uning rivojlanish tendensiyasini aniqlab olish zarur. Rivojlanish tendensiyasi va kelgusida iqtisodiy ko‘rsatkichlarda yuz beradigan sifat o‘zgarishlarini ham hisobga olgan holda uning faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarini kelgusi qiymatlari shakllantiriladi. Xuddi shuningdek, boshqarishning muvofiqlashtirish, tashkil qilish va nazorat funksiyalari ham iqtisodiy tahlil bilan bevosita bog‘liq.
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turlari quyidagilarga qarab ham turkumlanadi;
1) Xalq xo‘jaligini tarmoq strukturasi (sanoat va uni tarmoqlari, qishloq xo‘jalik, qurilish, transport, savdo, moddiy-texnika ta’minoti va boshqalar);
2) Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari tahlili (ishlab chiqarish, iste’mol, taqsimot va ayriboshlash jarayonlarini tahlili);
3) Tahlilni o‘tkazuvchi subyekti bo‘yicha, ya’ni tahlilni kim tomonidan o‘tkazilayotganligiga qarab (iqtisodiy xizmat xodimlari, korxonani ijtimoiy tashkilotlari, moliya, kredit organlari, auditorlik tashkilotlari, kasaba uyushmalari, qo‘mita va ijtimoiy tashkilotlar);
4) Tahlil o‘tkazish muddati bo‘yicha (yillik, kvartallik, oylik, dekadalik, kunlik, smenalik va bir martalik tahlil);
5) o‘rganiladigan masalalarning mazmuni va mukammalligi bo‘yicha (xo‘jalik faoliyatini kompleks tahlili va tematik tahlili);
6) obyektni o‘rganish usuliga qarab (kompleks, tizimli tahlil, taqqoslama, tanlanma, korrelatsion tahlil va boshqalar).
Korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish ularni faqatgina iqtisodiy faoliyatini tahlil qilmasdan, texnik, ijtimoiy, tabiiy sharoitlari va ularni o‘zaro aloqasini ham tahlil qilib berishi lozim.
Boshqarish tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari Xo‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili. Korxonalarning
amaliy faoliyatida, asosan, joriy tahlil o‘tkazish usuli to‘la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi.
Joriy tahlilning asosiy vazifasi xo‘jalik faoliyatida erishilgan natijalarga obyektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezerv- larini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va ularni aybdorlarini topish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni tashkil etishdan iborat.
Joriy tahlil uchun asosiy axborotlar oylik, kvartallik, yillik reja va hisobotlar manbayi bo‘lib hisoblanadi.
Joriy tahlil korxonani barcha xodimlari tomonidan, shuningdek, sexlar va boshqa bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Natijada korxonani yillik faoliyatiga yakun yasaladi, kamchiliklar aniqlanadi va korxona faoliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu tahlil korxona xo‘jalik faoliyatini to‘la tahlili bo‘lib hisoblanadi, chunki u o‘zida tezkor tahlil natijalarini mujassamlashtiradi va istiqbolli tahlil uchun baza hisoblanadi.
Tezkor tahlil. Bu tahlil iqtisodiy tahlil turlaridan biri bo‘lib, xo‘- jalik tizimini tezkor boshqarish uchun lozim bo‘ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U korxonaning xo‘jalik faoliyatini boshqarishda shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda qo‘llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida ro‘y bergan chetga chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Bunday tahlilni o‘tkazish uchun ma’lumot manbalari bo‘lib, boshlang‘ich hujjatlar, buxgalteriya va tezkor texnik hisob ma’lumotlari, uning shaxsiy kuzatish natijalari hisoblanadi. Bu hujjatlarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘proq natural holda beriladi. Tahlilni natura ko‘rsatkichida amalga oshirilishi tezkor tahlilning xarakterli xususiyati bo‘lib hisoblanadi.
Istiqbol tahlili. Istiqbol tahlili deganda xo‘jalik yurituvchi sub- yektning kelgusi faoliyatini oldindan o‘rganish, bo‘ladigan jarayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt biznes-rejani tuzish uchun o‘z faoliyatini nima bilan yakunlashi to‘grisida aniq tushuncha va ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda uni loyiha tahlili deb ham atamoqdalar.
Korxonani asosiy vazifasi xalq xo‘jaligi uchun hozirgi kundagi eng zarur mahsulotlarni sifatli va kerakli miqdorda ishlab chiqarishdir. Xalq xo‘jaligi uchun lozim bo‘lgan hajmdagi va turdagi mahsulotni aniqlash uchun: shu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj; korxonani shu mahsulotni ishlab chiqarish imkoniyati; shu turdagi mahsulot ishlab chiqarishdagi boshqa korxonalar imkoniyati; mol yetkazib beruvchilarni imkoniyatlari va boshqalarni o‘rganish kerak.
O‘zaro bog‘langan obyektlar bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari
Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil kompleks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilining birikishi asosida hosil bo‘lgan.
Mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida iste’molchi- lar talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqa- rish, ularning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari respublikamizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) mahsulot namunalari bilan taqqoslash. Mahsulotning texnik darajasi ularni attestatsiya qilish orqali aniqlanadi. Texnik-iqtisodiy tahlil iqtisodchilar, texniklar, muhandislar, mutaxassislardan tuzilgan kompleks brigada orqali amalga oshiriladi.
Moliya-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlilning mohiyati umumiy qiymat ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish va korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini tahlil qilish bilan ifodalanadi. Umumlashgan qiymat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: sotish bo‘yicha rejaning shartnoma majburiyatini ado etgan holda bajarilishi, tovar mahsuloti, bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan yillik ish unumi, mahsulot tannarxi, foyda va shu kabilar. Tahlil qilish jarayonida ana shu qiymat ko‘rsatkichlar batafsillashtiriladi.
Moliya-iqtisodiy tahlilga xos muhim xususiyatlardan biri - bu asosiy axborot olish manbalari. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona hisobot shakllaridan qo‘llanilishi hisoblanadi.

ХULОSА
Iqtisоdiyotni mоdеrnizаstiyalаsh jаrаyonidа hаr bir коrхоnа mоliyaviy jаrаyonlаri, hоlаti, to’lоv qоbilyati to’g’ridаn-to’g’ri uning dеbitоrliк vа кrеditоrliк mаjburiyatlаri хоlаti vа аylаnuvchаnligi bilаn bоg’liq.
хo’jаliк yurituvchi коrхоnаlаrdа dеbitоrliк qаrzlаrini каmаytirish mаqsаdidа shаrtnоmаviy munоsаbаtlаrini yanаdа кuchаytirish; хizmаtlаr hаjmini оshirish vа sifаtini yaхshilаsh; mаhsulоt еtкаzib bеruvchilаr vа хаridоr коrхоnаlаrning mоliyaviy аhvоlini o’rgаnish vа hокоzаlаr.
Хulоsа qilib аytgаndа, коrхоnаlаr qаrzdоrligining ijtimоiy-iqtisоdiy оqibаtlаri vа ulаrning аsоsiy tеndеnstiyalаri bilаn bоg’liq mаsаlаlаr yuzаsidаn аmаlgа оshirilgаn tаdqiqоtlаr nаtijаsi shuni кo’rsаtmоqdакi, mаmlакаtimiz коrхоnа vа tаshкilоtlаri mаvjud huquqiy-tаshкiliy imкоniyatlаrdаn fоydаlаngаn hоldа qаrzdоrliкni bаrtаrаf etish muhim mаsаlаlаrdаn hisоblаnаdi, chunкi uning ijtimоiy jihаtdаn sаlbiy оqibаtlаri nаfаqаt коrхоnаning mоliyaviy fаоliyatigа, bаlкi iqtisоdiyotning bаrchа jаbhаlаrigа, shu jumlаdаn аhоlining turmush dаrаjаsigа sаlbiy tа’sir кo’rsаtаdi.


Download 236,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish