Respublikasi oliy va o’rta


Moliyaviy hisobot shakllari va ularning axborotliligi



Download 236,45 Kb.
bet5/8
Sana29.03.2022
Hajmi236,45 Kb.
#516922
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliyaviy hisobot shakllari va ularning axborotliligi

Hisobot shakllari

Buxgalteriya balansi

Foyda va zarar haqida hisobot

Kapital to‘g‘risidagi hisobot

Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot




Iqtisodiy resurslar haqidagi, likvidlik va to‘lovga qobillik haqidagi, korxonaning o‘zgarishlarga ko‘nikish qobiliyatini baholash to‘g‘risidagi axborotlarni olishga imkon beradi

Resurslar bazasi yuzasidan pul oqimlarining ijobiy saldosini, faoliyat natijasi va rentabellik haqidagi axborotlarni beradi

Korxonaning operatsion, moliyaviy va investitsion faoliyat natijasini baholashga, korxonaning pul ishlab topish qobiliyati, ushbu mablag‘larga korxonaning zaruriyatini baholashga imkon beradi

Korxonaning sof aktivlar qiymatini baholashga, to‘lovga qobillik va likvidlikni baholashga, pul mablag‘larini samarali boshqarish to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkonini beradi




Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.


Buxgalteriya hisobi subekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subekti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek‚ asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
- davlat soliq xizmati organlariga;
- ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
- davlat statistika organlariga;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
- Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat‚ faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek‚ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir.
Moliyaviy hisobotlarning elementlari: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy natijalar.
Xo‘jalik yurituvchi subekti o‘zining, pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim. Buxgalteriya hisobining hisoblash usuli qo‘llanilganda, xo‘jalik yurituvchi subekt moddalarni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar (moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi, qachonki ular konseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga to‘g‘ri kelsa.
Aktivlar – subekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
Xususiy sarmoya ustav, qo‘shilgan, zaxiralar sarmoyasi va taqsimlanmagan foydadan iboratdir. Zarur hollarda ustav, qo‘shilgan, zaxira sarmoyalari tahliliy jihatdan alohida hisobga olinadi. Buxgalteriya balansidagi xususiy sarmoyaning miqdori aktivlar qiymatini va majburiyatlarni baholashga bog‘liqdir.
Xo‘jalik yurituvchi subekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligi majburiyatning asosiy tavsifidir.
Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari oqibati sifatida kuchga kirishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun to‘lanadigan summalar. Majburiyatlar oldin tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki xolisona tarzda ish ko‘rishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subekt kafolat muddati tugaganidan so‘ng o‘z mahsulotidagi kamchiliklarni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, shu bo‘yicha qilingan xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi.
Tegishli majburiyatni bajarish odatda boshqa tarafning e’tirozlarini qondirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xo‘jalik yurituvchi subekt resurslarini o‘ziga jalb etadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
- haq to‘lash bilan;
- boshqa aktivlarni berish bilan;
- xizmatlarni ko‘rsatish bilan;
- ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
- majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
Majburiyat, kreditor o‘z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor ana shu huquqlaridan mahrum bo‘lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
Zaxiralar – kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo‘lgan xususiy sarmoyaning bir qismidir.
Xo‘jalik yurituvchi subektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan qo‘shimcha tarzda himoya qilishni ta’minlash uchun zaxiralarni vujudga keltirish zarur. Zaxiralarni hosil qilish va ularning miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir. Zaxiralarni vujudga keltirish xo‘jalik yurituvchi subektga doir qonunchilikda va ustavda (soliq qonunlarini buzmagan holda) ko‘zda tutiladi.
Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir.
Moliyaviy natijalar – xo‘jalik yurituvchi subektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Moliyaviy tahlilning asosiy bo‘limlari: moliyaviy hisobot tahlili, investitsion tahlil, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jarayonlar tahlili, moliyaviy hisobotni bashoratlash.
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Tahliliy ishlarni muvaffaqiyatli, samarali o‘tkazilishi uni har tomonlama o‘ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‘liq.
Korxona va birlashmalarni ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining tashqi tahlilini quyidagilar olib boradilar:
- boshqaruvning yuqori organlari;
- moliya organlari;
- bank tashkilotlari;
- soliq organlari va hokazolar.
Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan foydalanib, quyida ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etishni sxemasini keltirib o‘tish mumkin bo‘ladi.





Download 236,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish