Retsepsiya retseptor hujayralar tuzilishi faoliyati. Tashqi signallar sezish organlari



Download 74,39 Kb.
bet3/3
Sana31.05.2022
Hajmi74,39 Kb.
#622731
1   2   3
Bog'liq
RETSEPSIYA RETSEPTOR HUJAYRALAR TUZILISHI FAOLIYATI.

Ligand turlari


Signal uzatuvchi hujayralar hosil qilgan ligandlar turli koʻrinishlarda boʻladi va nishon hujayralarning ichidagi yoki ustidagi retseptorlar bilan taʼsirlashadi. Ligandlarning turlariga oqsillar, steroidlar kabi gidrofob molekulalar va azot oksidi kabi gazlar kiradi. Quyida biz ligandlarning bir qancha turlari bilan tanishib oʻtamiz.

Hujayraga kira oladigan ligandlar


Kichik oʻlchamdagi gidrofob ligandlar plazmatik membrana orqali hujayra ichiga kirib, yadro yoki sitoplazmada joylashgan hujayra ichi retseptorlari bilan bogʻlanadi. Inson tanasidagi steroid gormonlar ham shu turdagi muhim ligandlar qatoriga kiradi.
Bizga tanish boʻlgan steroid gormonlar qatoriga ayollar jinsiy gormonlaridan estrogen turi boʻlgan estradiol va erkaklar jinsiy gormoni – testosteron kiradi. Yorugʻlik energiyasi taʼsirida teriga sintezlanadigan D vitamini ham steroid gormon hisoblanadi. Ushbu gormonlar gidrofob tabiatga ega boʻlgani bois plazmatik membranani hech qanday qiyinchiliksiz kesib oʻtadi, lekin ular qon oqimi boʻylab harakatlanishi uchun tashuvchi oqsillar bilan bogʻlanishi kerak boʻladi.
Azot oksidi (NO) – ligand vazifasini bajaruvchi gaz. Kichik oʻlchamga ega boʻlgani sababli u steroid gormonlarga oʻxshab plazmatik membranani kechib, toʻgʻridan toʻgʻri tarqaladi. Azot oksidining asosiy vazifalaridan biri qontomirlarni oʻrab turuvchi silliq muskullar tarkibidagi signal uzatuvchi yoʻllarni aktivlashdir va bunda muskul boʻshashishi hisobiga qontomirlar kengayadi (dilyatatsiya). Aslini olganda, tibbiyotda nitroglitserindan yurak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Chunki u qontomirlarni kengaytirib, yurakka keladigan qon oqimining kamayishiga yordam beruvchi NO ajralishini kuchaytiradi.
NO ning taʼsiri yaqin yillarda yaxshiroq maʼlum boʻldi, chunki uning taʼsir etish yoʻli “Viagra” kabi erektil disfunksiyada qoʻllanuvchi dorilar buyurilishi natijasida aniqlandi.

Hujayra tashqarisiga bogʻlanuvchi ligandlar


Suvda eruvchi ligandlar qutbli yoki zaryadlangan boʻladi va shu sababli ular plazmatik membranani toʻgʻridan toʻgʻri kesib oʻta olmaydi. Shuning uchun suvda eruvchi ligandlarning aksariyat qismi hujayra tashqarisida turgan holatda hujayra yuzasi retseptorlarining hujayra tashqarisidagi domeniga bogʻlanadi.
Peptid (oqsil) ligandlar suvda eruvchi ligandlar sinfining katta va turli-tuman qismini tashkil qiladi. Masalan, oʻsish omillari, insulin kabi gormonlar va maʼlum bir neyromediatorlar shu qatorga kiradi. Peptid ligandlar uzunligi ogʻriq qoldiruvchi enkefalinlar kabi bor-yoʻgʻi bir nechta aminokislotalardan iborat zanjirdan tortib, yuzlab yoki undan ham ortiq aminokislotalardan iborat zanjirni hosil qilishi mumkin^99start superscript, 9, end superscript.
Yuqorida ayrim neyromediatorlar ham oqsil tabiatli boʻlishini koʻrib oʻtgan edik. Aksariyat boshqa neyromediatorlar kichik oʻlchamli, gidrofil (suvni yoqtiruvchi) organik molekulalardan iborat. Ayrim neyromediatorlar glutamat va glitsin kabi standart aminokislotalar boʻlsa, boshqalari esa modifikatsiyalangan, yaʼni standart boʻlmagan aminokislotalardir.
Sezgi organlari - organizmga taʼsir qilayotgan tashqi taʼsirotlarni qabul qilish va idrok etishni taʼminlaydigan ixtisoslashgan periferik tuzilmalar. Ular organizm tashki va ichki muhitdan oladigan turli qoʻzgʻalishlarni qabul qilib, bu hakdagi informatsiyani markaziy nerv sistemasiga uzatadi. So. organizmning atrof muhitga yanada moslashishiga imkon beradi. Oʻta ixtisoslashgan qoʻzgʻaluvchanlik tufayli So. faqat maʼlum turdagi taʼsirotning idrok etilishini taʼminlaydi. Odamda koʻrish organlari, eshitish organlari, hid bilish organlari, maza bilish, tuygʻu organlari farq qilinadi. So. tarkibiga retseptorlar taʼsirlanganda qoʻzgʻalishga qobiliyatli sezgir nerv tolalarining uchi hisoblangan spetsifik nerv tuzilmalari kiradi. Har qanday sezgi organi faqat analizatorlarning periferik boʻlimi hisoblanad
Eshitish — odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul qilish xususiyati; mexanik, retseptor va nerv tuzilmalaridan tashkil topgan eshitish analizatorlari faoliyati tufayli roʻy beradi. Tovush taʼsirida odamda tovush signallari parametrini aks ettiruvchi E. sezgisi paydo boʻladi; buning natijasida tovush tebranishlari chastotasi tovush balandligi tarzida qabul qilinadi. Organizmlarning E. xususiyati ular evolyutsion rivojlanishi, yashash muhiti va tovush signallarining biologik ahamiyati bilan bogʻliq (qarang Bioakustika). Evolyutsiya jarayonida E. sistemasi dastlab hasharotlarda, keyinroq barcha umurtqalilarda paydo boʻlgan. E. sut emizuvchilarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Tovush tebranishlari tashqi E. yoʻli (tashqi quloq) orqali oʻtib, nogʻora pardani tebratadi. Tebranishlar oʻrta quloqdagi suyakchalar orqali ichki quloq suyuqligi (perilimfa va endolimfa)ga oʻtadi. Paydo boʻlgan gidromexanik tebranishlar chigʻanoq toʻsigʻi (asosiy, yaʼni bazilyar membrana)ni va unda joylashgan retseptor apparat (Korti organi)ni tebratadi. Bazilyar membrananing mexanik xususiyati uning uzunligi boʻylab bir xil boʻlmaydi: yuqori chastotali tebranishlar bazilyar membrananing ichki quloq chigʻanogʻi asosida, past chastotali tebranishlar esa uning uchki qismida maksimal amplitudaga ega boʻlgan tebranishlarni paydo qiladi. Shunday qilib, Korti organida tovush tebranishlari mexanik energiyasi retseptorlarni qoʻzgʻatadi, qoʻzgʻalish retseptorlardan E. nervlari tolalariga beriladi. Nervlarda paydo boʻlgan bioelektr potensiallar E. sistemasi markazi boʻlimiga oʻtkaziladi. E. signallari faqat havo orqali emas, balki kalla suyaklari orqali ham ichki quloqqa oʻtkazilishi mumkin.
E. sezgirligi E.ning absolyut chegarasi orqali baholanadi. Bu chegara tovushning E. mumkin boʻlgan minimal intensivligi ditsibal (db) hisobida belgilanadi. Qabul qilinadigan tovush tebranishlari chastotasi diapazoni E. egri chizigʻi, gers yoki kilogers bilan ifodalanadi. Odam 10—20 gs dan 20 kgs gacha boʻlgan tovush tebranishlarini qabul qiladi, 10 gs dan past tebranishli tovushlar uzluksiz tovush tarzida qabul qilinmaydi. Odamda E.ning eng quyi chegarasi 1—3 kgs chastotaga teng . Juda yuqori tebranishli tovush toʻlqinlari — shovqin (mas, 140 db ogʻriq paydo qiladi; 150 db tovushga odam chiday olmaydi). Har xil hayvonlar turli diapazondagi tovush toʻlqinlarini (mas, hasharotlar 0,2 kgs — 500 kgs, baliqlar 50—100 gs — 3—5 kgs, delfinlar 100 gs —200 kgs) qabul qiladi. Umurtqali hayvonlardan qushlarning E. sezgirligi sudralib yuruvchilarnikidan, sut emizuvchilarniki qushlar va sudralib yuruvchilarnikidan yuqori boʻladi.
Tovushni farqlash imkoniyati differensial chegara, yaʼni E. mumkin boʻlgan tovush oʻzgarishining minimal chegarasi (intensivligi yoki chastotasi) bilan belgilanadi. Odamda tovushni farqlash differensial chegarasi (oʻrtacha diapazonda) intensivlik boʻyicha 0,3—0,7 db, chastota boʻyicha 2— 8 gs ga teng . Tovush signallari kuchayishi bilan tovushni farqlash ham kuchayadi, uning differensial chegarasi esa kamayib boradi. Bunday holat nutq signallari va musiqa ohanglarini qabul qilishda ham namoyon boʻladi. Odamni musiqa ohanglari absolyut balandligini aniqlay olish qobiliyati absolyut E. deyiladi. Boshqa begona tovushlar taʼsirida tovushni qabul qilish xususiyati yomonlashuvi, hatto butunlay yoʻqolishi mumkin (niqoblanish hodisasi). Kuchli tovushlar uzoq vaqt davomida taʼsir etganida E. sezgirligi pasayadi (fiziologik adaptatsiya). E. sistemasi ikkala simmetrik joylashgan qismlarining oʻzaro taʼsiri tovush manbaini aniqlashga imkon beradi (binaural effekt). Bir qancha hayvonlar (koʻrshapalaklar, delfinlar, ayrim qushlar) obʼyektlarning fazoda joylashgan oʻrni, shakli, oʻlchamini aniqlashga imkon beradigan maxsus E. sistemasi — exolokatsiya xususiyatiga ega. Ular oʻzlari chiqargan va obʼyektdan qaytadigan signallarni qabul qilishadi.
Sezgi organlarining ahamiyati
Sezgi organlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Markaziy nerv sistemasiga tashqi va ichki muhitda sodir bo’lib turadigan barcha jarayonlar to‘g‘risida axborot kelib turadi. Bu axborot sezgi organlari orqali qabul qilinadi. Har bir sezgi organi faqat muayyan turdagi ta’sirot idrok etilishini ta’minlaydi. Masalan, ko‘z yorug‘likdan, quloq tovushdan ta’sirlanadi.
Sezgi organlarida joylashgan retseptorlar tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirni nerv impulslariga aylantiradi. Retseptorlarning har biri muayyan ta’sirni qabul qilib, nerv signallariga aylantiradi, Retseptorlar o‘z ta’sirlovchisiga juda sezgir bo'ladi.
Masalan, ko‘z retseptorlari bir kvant yorug’likda ham ko'rish sezgisini hosil qiladi. Quloqning nog'ora pardasi tovush vodorod atomidan o‘n marta kichik masofaga siljiganida ham retseptorlarda tovush signallari hosil bn'ladi. Hidli moddaning bir necha molekulasi hid bilish retseptorlarida qo‘zg‘alish paydo qiladi.
Download 74,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish