10
Zang
. Vegetatsiya davrida kasallik turli shakllarda paydo bo‘ladi,
bu esa
patogenning har xil spora hosil qilish davrlarini rivojlantirishi bilan tushuntiriladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi –
Uredinales
tartibiga mansub
Phrag-midium ribi-
idaei Karst.
bir uyli zamburug‘i. Dastlab bargning ustki tomonida alohida
sarg‘ish-to‘q sariq, yaxshi chegaralangan esiya-lar paydo bo‘ladi. Ba’zan ular barg
bandida, bargning ostki tomonida yirik tomirlarda va yosh yashil novdalarda ham
hosil bo‘ladi. Keyinchalik bargning ostki tomonida mayda, qizg‘ish-qo‘ng‘ir
urediniosporali urediniyalar paydo bo‘ladi. O‘simlikning boshqa a’zolarida ular
uchramaydi. Yozning o‘rtalarida barglarning ostki tomonida to‘q rangli,
yengil
artiluvchi g‘ubor ko‘rinishida teliosporalar ham shakllanadi.
O.B.Natalina birinchi bo‘lib bir yillik novdalarni ildiz bo‘g‘zi qismida
zararlashi bilan ajralib turuvchi zangning poya shaklini tavsifladi. Poyaning xira
tus olgan zararlangan qismida bahorda ko‘p miqdorda mayda, to‘q sariq-jigarrang
spermagoniylar paydo bo‘ladi, ulardan spermatsiyli yopishqoq massa ajralib
chiqadi. Keynchalik mazkur joylarda zamburug‘ning esiyalari hosil bo‘ladi.
Tajribalarda aniqlanganki, poyalarning zararlanishi bahorda sodir bo‘ladi.
To‘kilgan zararlangan barglarda teliosporalar o‘sib, bazidiosporali
bazidiya hosil
qiladi. Bazidiosporalar poyaga kiruvchi infeksion gifa shakllantiradi. Poyada
mitseliy rivojlanadi, unda faqat birinchi yili sper-magoniy va esiya hosil bo‘ladi,
ikkinchi yili esa garchi mitseliy yashab, poyaning nobud bo‘lishini
keltirib
chiqarsada, ular hosil bo‘lmaydi.
Ph. ribi-idaei
ning esiyalari yuzada joylashadi, ular peridiysiz, qavariq, quyuq
parafiza qatlami bilan o‘ralgan bo‘ladi. Esiosporalari bir hujayrali, tuxumsimon,
to‘q sariq, o‘lchami 20-24x16-18 mkm, zanjir bo‘lib joylashadi. Sekin va faqat
tomchi-namlikda o‘sadi. Ularning o‘sishi uchun 22-25
0
S
harorat qulay
hisoblanadi.
Urediniyalari dumaloq, diametri 0,1-0,2 mm, ranggi qizg‘ish, parafizalar bilan
o‘ralgan, barglarning ostki yuzasida hosil bo‘ladi. Urediniosporalari bir hujayrali,
ellipssimon, sarg‘ish-to‘q sariq, mayda tikanli, o‘lchami 15-28x13-18 mkm,
oyoqchada bittadan o‘tiradi. Ular ham tomchi-namlikda, ammo esiosporalarga
11
nisbatan ancha tez o‘sadi. Urediniosporalarning o‘sishi uchun 15-25
0
S
harorat
qulay hisoblanadi. Mazkur sharoitlarda har bir urediniospora generatsiyasi 3-5
kunda hosil bo‘ladi.
Teliosporalari 6-10 hujayrali, to‘q qo‘ng‘ir, qobig‘i qalin va silliq, o‘lchami
53-140x22-35 mkm, oyoqchalarda dasta shaklida biroz miqdordagi parafizalar
bilan hosil bo‘ladi.
Teliospora davrida
Ph. ribi-idaei
zamburug‘i to‘kilgan
barglarda qishlaydi. Bahorda teliosporalar o‘sib, bazidiosporali bazidiya beradi.
Bazidiosporalarning o‘sishi uchun tomchi-namlik, 80-100% nis-biy havo namligi
va 5-30
0
S harorat (qulay chegarasi 16-18
0
S) talab etiladi.
Barglar shudgorlab tashlanganda teliosporalar tuproq mikroflorasi ta’sirida bir
oyda nobud bo‘ladi. Xo‘jag‘atda zangning rivojlanishi ko‘p
jihatdan ob-havo
sharoitlariga bog‘liq: nam ob-havoda va mos holdagi haroratda kasallik tez
rivojlanadi, qurg‘oqchilik vaqtida esa rivojlanishdan to‘xtaydi.
Zang juda xavfli kasallik. Zararlanish kuchli kechganda hosildorlik 30% gacha
pasayadi. Kasallik ta’sirida barglarning vaqtidan oldin qurishi, novdalarning
rivojlanmasligi va deformatsiyaga uchrashi kuzatiladi. Ko‘pincha
zararlangan
novdalar qo‘ng‘ir tusga kiradi va qurib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: