Rezavor o‘simliklar kasalliklari reja: 1



Download 256,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana23.06.2022
Hajmi256,93 Kb.
#697777
1   2   3   4   5
Bog'liq
REZAVOR

Antraknoz.
Іamma joyda uchraydi, ammo namlik yetrlicha yuqori bo‘lgan 
hududlarda kuchli zarar keltiradi. Kasallik barg, barg bandi, novda va mevalarda 
paydo bo‘ladi. Barglarda dastlab mayda, dumaloq (diametri 1-3 mm), keng qirmizi 
hoshiyali kulrang dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘lar ko‘pincha qo‘shilib ketadi va 
zararlangan to‘qima to‘kilib ketishi mumkin. Barg bandida dog‘lar mayda yaracha 
ko‘rinishida bo‘ladi, ular ham keyinchalik qo‘shilib ketishi mumkin. Poyalarda 
keng qirmizi hoshiya bilan o‘ralgan chuqur yaralar hosil bo‘ladi. Zararlangan 
to‘qima qo‘ng‘ir tusga kiruvchi va yorilib ketuvchi po‘kak to‘qima bilan 
qoplanadi. Bir yillik novdalar va hosilli shoxlarning uchida qayd etiladigan 
bunday zararlanish ko‘pincha ularning nobud bo‘lishiga olib keladi. Qishda 
zararlangan to‘qima kulrang tusga kiradi va bunday zararlanish ko‘pincha 
«kulrang po‘stloq» deb ataladi. Sernam ob-havoda o‘simlikning zararlangan 
qismlarida patogen sarg‘ish, shilimshiqsimon spora massasini ajratadi. 


12 
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – 
Myriangiales 
tartibiga mansub 
Elsinoe veneta 
Jenkins.
xaltali zamburug‘i. Uning konidial davri 
Sphaceloma necator Jenk. 
(Gloesporium venetum Speg.) 
deb ataladi va 
Melanconiales 
tartibiga kiritiladi. 
Mazkur zamburug‘ning spora hosil qilishi epidermis ostida kalta, kamdan-kam 
stromada (gifalarning to‘qilishi) o‘tiruvchi konidiyabandli bo‘sh loja ko‘rinishida 
shakllanadi. Konidiyalari mayda (5-8x2-3 mkm), bir hujayrali, rangsiz, 
ellipssimon. 
To‘kilgan barglarda xaltali davrning hosil bo‘lishi kamdan-kam kuzatiladi. U 
chetlari qalinlashgan, qalqon ko‘rinishidagi qalin devorli bo‘yalgan hujayrali 
stromatik meva tana ko‘rinishida ifodalanadi. 
Patogen zararlangan o‘simlik qismlarida mitseliy shaklida qishlaydi, bahorda 
esa odatda konidial spora hosil qiladi. 
Zamburug‘ yetarlicha namlik va 3 dan 31
0
S gacha haroratda (qulay chegarasi 
20
0
S) rivojlanishi mumkin. Konidiyalarning tarqalishi yomg‘ir yog‘ganda va mo‘l 
shudring tushganda kuzatiladi, bu ularni yopishtirib turuvchi shilimshiq 
moddaning yumshashi zarurligi bilan bog‘liqdir. Konidiyalar faqatgina tomchi 
namlikda 3-12 soat mobaynida o‘sadi. Kasallikning inkubatsiya davri 6-9 kun. 
Yangi ko‘chatzorlarga kasallik qo‘zg‘atuvchisi ekish mate-riali bilan tushadi. 
Antraknoz novdalar uchi va meva shokildalarining odatda reza mevalar 
yetilmasidan oldin nobud bo‘lishini keltirib chiqaradi. Mevalarning mumlanishi 
ham kuzatiladi, zararlangan barglar vaqtidan ilgari to‘kiladi. Antraknoz bilan 
zararlangan o‘simliklar qishda va erta bahorda sovuqdan kuchliroq zararlanadi.
Xo‘jag‘atda mozaikani viruslar majmui qo‘zg‘atadi, ularning tarkibiga 
xo‘jag‘at nekrozi virusi va 
Rubus
turkumiga mansub o‘simliklarning sariq 
to‘rsimonlik virusi kiritiladi. Mozaika virusi payvandlashda beriladi va bitlar 
vositasida tashiladi (asosan 
Amphorophora rubi
). Navga bog‘liq ravishda 
xo‘jag‘at hosildorligi mozaika tasirida 10 dan 75% gacha pasayishi mumkin. 
Infeksion xloroz
bir va ikki yillik novdalardagi barglarning sarg‘ayishi bilan 
ajralib turadi. O‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi, meva shokildalari esa sarg‘ayadi. 
Mevalar yaxshi rivojlan-maydi, bir tomonli, quruq va kam urug‘li bo‘ladi. 


13 
Zararlangan o‘simliklarning o‘rinbosar novdalari (ildiz bachkilari) sog‘lomlarga 
nisbatan 30-35% uzun bo‘ladi, biroq ular ingichka va kuchsiz bo‘lib o‘sadi. 
Bunday novdalarda kurtaklar kam shakllanadi va siyrak joylashadi. 
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – virus, 
Amphorophora rubi
biti bilan beriladi. Kuchli 
zararlangan o‘simliklarning hosildorligi 30% va undan ko‘proq pasayib ketadi.

Download 256,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish