Risk konsepsiyasi: riskning aniqmasligi, riskning manbasi va turlari


Risk va uning o’ziga xos tomonlari



Download 71,52 Kb.
bet4/11
Sana01.07.2022
Hajmi71,52 Kb.
#724733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Balkibaev A. Innovatsion

1.2. Risk va uning o’ziga xos tomonlari
Riskning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish
ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy hislatda bo’lishi
mumkin.
Ko‘rsatib o’tilgan elementlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro
ta’sirchangligi riskning mazmun mohiyatida namoyon bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda riskga uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi
bir qancha hislatlar xosdir. Unga quyidagi hislatlar kiradi.
- qarama-qarshilik (zidlik)
- alternativlik (muqobillik)
- noaniqlik (mavhumlilik)
Qarama-qarshilik - riskning muhim hislatlaridan biri bo‘lib u turli
qarashlarda namoyon bo‘ladi. Risk-faoliyatining xilma-xilligini ifodalar ekan, bir
tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab
uslublar bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda u konservatizm, dogmatizm, qoloqlik kabi jamiyat
taraqqiyotga ruhiy to’siqlarni bartaraf etadi. Tugamoq bo’luvchi ruhiy to’siqlarni
bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga qarshilik jamiyat
taraqqiyotiga tormoz qiluvchilarga qarshi muvaffaqqiyatni ta’minlashga
yo‘naltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga tashabbuskor ijtimoiy
tajribalarni, yangi g‘oyalarni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Riskning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy ruhiy
oqibatga sabab bo‘ladi chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta’minlaydi,
jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta’sir etadi. Ikkinchi tomondan, risk
avaityurizm, valyuntarizm, subyektivizmga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga
olib keladi.
Riskning qarama-qarshi tabiati mavjud risk harakatlarining to’qnashuvida
namoyon bo‘ladi. Masalan, u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul
yo‘lni tanlagan kishi o‘zini risk ish qilgan deb hisoblasa, boshqa odamlar
tomonidan u extiyotkorlik, har qanday riskdan holis yoki aksincha deb baholash
mumkin.
Riskning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi
imkoniyatlar yo‘nalishlar harakatlar orasidan o‘ziga mos keluvchi variantni
tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo‘lmasligi, risk
holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo‘lmasa u yerda risk harakatdagi vaziyat
yuzaga kelmaydi, demak risk mavjud bo‘lmaydi.
Risk vaziyatning aniq mazmuniga bog‘liq holda alternativlik turli darajada
murakkablikka ega bo‘ladi va u turli usullarda xal etiladi. Agar oddiy
vaziyatlarda tanlov amalga to’plangan tajriba va ichki xis tuyg’uga asoslansa,
murakkab vaziyatlarda qo’shimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish zarur.
Riskni mavjudligi bevosita o‘z mazmun shaklining xilma-xiligi bilan
farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog‘liq.
Riskning bu hislatiga risk manbalarini o‘rganayotganimizda batafsil
to’xtalamiz. Bu yerda biz faqat “risk”ni ishonchsiz va birxillikni inkor etuvchi
noaniqlikni “bartaraf etish” usullari sifatida qarab chiqamiz.
Riskni bu hislatiga e’tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iborat-ki
u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbalarini inkor etadi va boshqaruv
jarayonlarini amalda optimallashtiradi qolaversa gap qandaydir noaniqliklarni
to‘liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo‘lmagan), balki ratsional
alternativani tanlash maqsadida riskni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.
Risk turlarini sinflarga ajratish. Tavakkalchilik - bu mumkin bo‘lgan
noaniqliklarda ma’lum hajmdagi faoliyatni bajarish, ya’ni bajariladigan ishlar
natijasiga zarar yetkazuvchi har xil ziyonlar yoki katta hajmda daromad olish
imkoniyatidir.
Ko‘p hollarda tadbirkor ma’lum bir risk asosida ishlab chiqarishga majbur.
Majburiy riskda riskni boshqarish uchun mumkin bo‘lgan noaniqliklarni bartaraf
etishga intilinadi.
Qarorlar qabul qilishda biz 2 turdagi riskga yo‘l qo’yamiz:
1) riskni hisobga olgan holda umumdavlat qarorlarini qabul qilish;
2) mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish.

Download 71,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish