Risolat 1-ma’ruza: moliyaviy savodxonlik fanining maqsadi va ijtimoiy zaruriyat ekanligi. Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘G‘risida nizom. Reja


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim muassasini faoliyatini tashkil etish



Download 83,84 Kb.
bet12/23
Sana30.04.2022
Hajmi83,84 Kb.
#595627
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy savodxonlik

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim muassasini faoliyatini tashkil etish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat majtabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda letsenziya olgan vaqtdan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Muassasa o‘z(mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli;
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili joriy yilning 2-sentyabridan boshlanadi va keying yilning 1-iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig‘ida sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilarfi hisoblanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvhcisi, va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tegishli pedagogic ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatalrida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish mutaxassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari hamda davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga meʼyoriy huquqiy hujjatlar asosida mablagʻ ajratilishini, ajratilgan byudjet mablagʻlarini koʻzlangan maqsadlarga oʻz vaqtida yoʻnaltirilishini hamda samarali sarflanishini taʼminlash shahar hamda tumanlar moliya va maktabgacha taʼlimi boʻlimlari mudirlari zimmasiga yuklatilib, viloyat moliya bosh boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Download 83,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish