Rivojlanish psixologiyasi pedagogik psixologiya


Mavzu: Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari REJA



Download 0,75 Mb.
bet3/16
Sana26.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#707520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi pedagogik psixologiya

Mavzu: Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari


REJA:

    1. Yosh psixologiya fani predmeti.

    2. Yosh psixologiya fanining asosiy vazifalari.

    3. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining yosh v psixologiya to’g’risidagi qarashlari.

4. Yosh psixologiya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.


Tayanch so’z va iboralar:
Yosh davrlari, yosh bosqichlari, ontogenez, filogenez, psixik taraqqiyot, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya, psixika, evolyutsiya guruh, jamoa, erkak, ayol, yosh o’sishi.
Metod, metodika, B.G.Anan’ev, tashkiliy, emperik, natijalarni qayta ishlash, qiyoslash, longityud, egizaklar, test, anketa, biografiya.
Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to’g’risida fikr yuritilayotganda inson Yoshining turli yosh bosqichlarida kechishi, yosh o’sishiga va psixik taraqqiyotga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, turli ta’sirlar tufayli turlicha tarzda ro’y beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o’quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug’ilgandan Yoshining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o’zaro munosabati qonuniyatlarini tahlil qilishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini, erkak va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Jamiyat a’zosi sifatida kamol topayotgan bolada ijtimoiy muhit sharoitlari va o’z tabiatining muayyan hususiyatlari evaziga bilish jarayonlari, o’ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanib boradi. Bu jarayon alohida individ hayotida ma’lum ketma-ketlikda, muayyan qonuniyatlar asosida ro’y beradi. Shu tufayli Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti xususida gap borganda turli yoshdagi insonlar psixik rivojlanishining xususiyatlari, o’ziga xos omillari, mezonlari va mexanizmlari nazarda tutiladi. Demak, ijtimoiy hayotda, ta’lim-tarbiya jarayonida, guruh va jamoalarda, ishlab chiqarishda hamda oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida o’rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini psixikaning rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib bo’lmaydi. Shuning uchun xozirgi ijtimoiy, siyosiy hamda kommunikativ omillarning roli kun sayin ortib borayotgan kunda «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylangan. Shaxsning barcha imkoniyatlarini to’la to’kis ro’yobga chiqarish, ularning o’zlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish, o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual, ma’naviy va moddiy jihatdan o’sishini kafolatlash zamonaviy ta’lim-tarbiyaning bosh mezoni bo’lishi lozim.
Pedagogik psixologiya boshqa psixologiya fanlari qatori talabalari ilmiy-nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, mutaxassis sifatida shakllanishiga o’zining munosib hissasini qo’shadi. Pedagogik psixologiyaning oldida turgan asosiy maqsad, talablarni o’rta va oliy maktab ta’limiga hozirgi zamon psixologlarining yondoshishlari bilan, shuningdek turli yoshdagi insonlarda o’qish jarayonida shaxsni shakllanish xususiyatlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Pedagogik psixologiya bilimlarni o’zlashtirishning eng oqilona yo’llarini izlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, o’qitish va bilim olishning yangi metodlarini ishlab chiqish, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta’lim muammosini tadqiq qilish masalalarini o’z predmetiga qamrab oladi, ya’ni o’qish, o’qitish, tarbiya va kasb tanlash pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi.
Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma’lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish