Rivojlanish”,“strategiya”,“konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni



Download 43,8 Kb.
bet1/4
Sana01.08.2021
Hajmi43,8 Kb.
#134589
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5208781455773141967



Nazorat savollari-2

  1. Rivojlanish”,“strategiya”,“konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni.

  2. Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.

  3. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari.

  4. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.

  5. O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ko’zda tutuilgan islohatlarni hayotga tadbiq etishning asosi.


1.“Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish”

tushunchalarining mazmuni.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shu ma’noda, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o'zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, taraqqiyotning yangi davri uchun mo’ljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo’ladi.

Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo’lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo’lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning davlat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to’la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo’lishiga rioya etish fazilatlari

asosiy mezon sifatida namoyon bo’ladi. Harakatlar stra­tegiyasi O‘zbekistonda huquqiy

demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo’lini har tomonlama asoslab beradigan

hujjat hisoblanadi.

Mazkur vazifa doirasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanish holati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan holda, «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtlrish bo’yicha 2018-2021 yillarga mo’ljallangan Konsepsiya» loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasini yaratish va bu bo’yicha O’zbekistan Respublikasi Prezidentining qarori loyihasida quyidagilarning aks etishi rejalashtirilgan:

mustahkam moliyaviy institutlar (banklar, sug’urta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aksiyadorlik jamiyatlari) ga qimmatli qog’ozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruhsat berish;

qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo’yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatidagi faoliyati samaradorligini oshirish;

2. Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.

Strategiya-ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh yo’nalishi, barcha sa’yharakatlarning poydevori, davlat va jamiyat hayotidagi tub burilish davri uchun xos bo’lgan boshqaruv san’ati mazmunini ifoda etadi. Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda O’zbekistonning erkin va farovon davlat bo’lishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo’lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Jadal taraqqiyot - jadal taraqqiyotga to’rt omil uyg’unligi asosida erishiladi. Buning uchun eng avvalo tez rivojlanish sur’atlariga erishishni ta’minlaydigan yetarli investitsiyalarga ega bo’lish; ikkinchidan, puxta rejalashtirilgan taraqqiyot modeli va bu

modelni uzluksi amalga oshirishga qaratilgan mexanizm va "yod xaritalari" zarurligi,

uchinchidan esa, ana shu yuksak sur’atlarni ta’minlaitga qodir bo’lgan inson kapitali,

saloxiyatli kadrlar, mutaxassislarning bo’lishi, to’rtinchidan esa, jadal rivojlanish modelini

ro’yobga chiqarishga qodir iroda, liderning jamiyatni yetaklovchi kuchi va qat’iy azmu

qarori taqazo etiladi. Mamlakatimizda ana shu omillarning barchasi bor.

I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va uning asosiy tamoyillari mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda kuchli ijtimoiy himoya tamoyillariga asoslangan erkin bozor munosabatlarini barpo etishda dasturulamal bo’lib xizmat qildi. Ushbu model islohotlarning barqarorligi va xavfsizligini kafolatli ta’minlashning yetakchi ustuni bo’lib kelmoqda.

Taraqqiyotning “o'zbek modeli” g'oyasiga ko‘ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo

etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo’yildi. Ya’ni

“islohot islohot uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erk va farovonligi uchun”,

degan g‘oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. Shu munosabat bilan

qurilayotgan yangi mustaqil davlat va jamiyatning asosiy bunyodkori ham, iste’molchisi

ham mana shu yurtning erkin xalqi degan prinsip mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining

markazida turuvchi omildir.


Download 43,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish