Rivojlantirish bo'yicha ko'rilgan choralar doirasida 445 ta tugatilgan shirkat xo'jaligi negizida 56 mingdan ortiq fermer xo'jaligi tashkil etildi



Download 61,5 Kb.
bet1/3
Sana18.07.2022
Hajmi61,5 Kb.
#822142
  1   2   3
Bog'liq
Aholi Daromadlari


Aholi Daromadlari.
Reja:

  1. Aholi Daromadlari

  2. Ijtimoiy sohani rivojlantirish aholi bandligi.

  3. Davlat moliyasi.

O'tgan davrda 219 ta ixtisoslashgan meva-savzavotchilik va uzumchilik qishloq xo'jaligi shirkati to'liq fermer xo'jaliklariga aylantirildi. Tugatilgan shirkatlar bazasida 39 mingdan ortiq fermer xo'jaligi tashkil etilib, ularga 319,2 ming gektar yer berildi. Meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish va to'liq qayta ishlashga ixtisoslashgan agrofirmalar faoliyatini tashkil etish uchun sharoit yaratish bo'yicha ko'rilayotgan choralar natijasida tugatilgan shirkatlar hududida 197 ta agrofirma tuzildi. Ularning muassislari fermer xo'jaliklari, qayta ishlash korxonalari va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlardir.


Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollari sonini ko'paytirishni rag'batlantirish bo'yicha 2006-2010 yillarga mo'ljallangan dasturni amalga oshirish natijasida qoramol soni 2006 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 4 foiz o'sdi va 6775,3 ming boshni tashkil etdi.
Auksion savdolarini joriy etish yo'li bilan aholining yirik qoramolni sotib olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Jumladan, hisobot davrida 166 ta auksion savdosi shahobchasi tashkil etildi, ularda 12157 bosh nasldor chorva moli sotildi. 2006 yil 1 iyul holatiga ko'ra yirik qoramolni sotib olish uchun dehqon xo'jaliklariga umumiy qiymati 11,2 milliard so'mga teng mikrokreditlar ajratildi.


Ijtimoiy sohani rivojlantirish Aholi bandligi.
Aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlik va raqobatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha hududiy dasturlarni amalga oshirish davomida 312,8 ming yangi ish joyi tashkil etildi. Mehnat bozorida faol siyosat olib borilishi aholi bandligining 2,8 foiz o'sishiga ko'maklashdi.
Kasanachilikning turli shakllarini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, shu jumladan uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasi kasanachilik sohasida 78,3 ming (118,6 foiz) ish o'rni tashkil etish imkonini berdi. Aholi daromadlari. Joriy yilning birinchi yarim yilligida aholi jon boshiga real pul daromadlari qariyb 17 foiz oshdi.
Pedagogik va tibbiy xodimlar mehnatiga haq to'lash va moddiy rag'batlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish natijasida o'tgan yildagiga nisbatan o'qituvchilarning tarif stavkasi o'rtacha 1,3 marta, tibbiyot xodimlariniki 1,4 marta ko'paydi. Bu maqsadlar uchun davlat budjetidan 33,7 milliard so'm ajratildi. Bundan tashqari, o'tgan davrda 275,4 ming ehtiyojmand bolali oila davlatning ijtimoiy yordamidan bahramand bo'ldi. 48,7 ming kam ta'minlangan oila va 71,8 ming xotin-qizga 2 yoshgacha bo'lgan bola parvarishi uchun nafaqalar tayinlandi.
"Homiylar va shifokorlar yili" davlat dasturini amalga oshirish yo'lida barqaror moliyaviy ahvolga ega yirik korxonalar, muassasa va tashkilotlar hamma mehribonlik uylari, qariyalar va nogironlar uchun internatlar, maktab-internatlarni o'z homiyligiga oldi. Umuman respublika bo'yicha 21,9 ming kam ta'minlangan oilaga bepul sigir berildi.
Ijtimoiy soha obyektlari qurilishi. Birinchi yarim yillikda Maktab ta'limi jamg'armasi bo'yicha 120,3 milliard so'm mablag' o'zlashtirildi. 37,2 ming o'quvchi o'rniga mo'ljallangan maktablar yangi qurildi va to'liq ta'mirdan chiqarildi, umumiy soni 155,5 ming o'quvchi o'rniga ega maktablar joriy ta'mirlandi. Birinchi yarim yillikda Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi hisobidan 16,7 milliard so'm o'zlashtirildi, bunda 33 ta obyekt ishga tushirildi, shu jumladan 17 ta rekonstruksiya qilinayotgan obyekt va 16 ta maktab sport zallariga qo'shimcha binolar qurildi.
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari qo'shimcha ravishda 11 turdagi sport anjomlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. 2006 yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda erishilgan ijobiy natijalar O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va tarkibiy islohotlarni jadallashtirish siyosatining to'g'riligi va samaradorligini tasdiqlamoqda. Bu islohotlar makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish sur'atlari yuqoriligini ta'minlamoqda. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi Ma'lumot manbai: Uzreport.com
2005 yil yakunlariga bag’ishlangan “O’zbеkiston iqtisodiyoti” axborot-tahliliy sharhi O’zbеkiston iqtisodiyotining rivojlanish tеndеntsiyalari, dinamikasi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning muhim xususiyatlarini, makroiqtisodiy, institutsional, tarkibiy, tashqi iqtisodiy, ijtimoiy, ishlab chiqarish va xududiy o’zgarishlarni yoritib bеradi.
Makroiqtisodiyot va iqtisodiy o’sish. 2005 yilda mamlakat YaIM o’sishi 7% ni tashkil qildi. Yuqori iqtisodiy o’sish darajasi sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa xizmatlarining jadal sur'atlarda rivojlanishi hisobiga ta'minlandi. YAIM ning ishlab chiqarish tarkibida sanoat ulushining o’sishi kuzatildi.
Iqtisodiyotga invеstitsiya kiritish jarayonining jadallashishi ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilishni ta'minlamoqda. Barcha invеstitsion manbalar hisobidan asosiy kapitalga qo’yilgan invеstitsiyalar hajmi 7% ga o’sdi. Istе'mol narxlari indеksining umumiy o’sish darajasi 7,8%ni tashkil qildi.



Download 61,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish