Rivojlantirish orqali kasbiy


Pedagogik mahoratni tarkib toptirish va shakllantirish yo’llari



Download 192,5 Kb.
bet6/9
Sana08.02.2022
Hajmi192,5 Kb.
#434880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-mavzu

3. Pedagogik mahoratni tarkib toptirish va shakllantirish yo’llari


Pedagogik mahoratni qanday shakllantirish mumkin? Pedagogik oliy o’quv yurtlarida birinchi kunlardan kasb tarbiyasiga alohida e’tibor berilishi zarur. Bo’lajak o’qituvchining shakllanishi ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy o’rinni psixologik-pedagogik fanlar tizimi egallaydi (pedagogika nazariyasi va tarixi, yangi pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, psixologiya). Mutaxassislik fanlar fundamental bilim berish bilan birgalikda bo’lajak o’qituvchini dunyoqarashini, metodologik bilimlarini shakllantiradi.
Pedagogik mahorat amaliyot davrida yanada rivojlanadi va talabalarda amaliy ko’nikma, malakalar tekshiriladi. Pedagogik mahorat rivojlanishida muhim o’rinni bo’lajak o’qituvchini ijtimoiy - pedagogik faoliyati bajaradi. Bu faoliyat qancha mazmunli va keng bo’lsa, shuncha uning samaradorligi oshadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, hech qanday oliy ta’lim muassasasi tayyor holdaga mahoratli pedagogni etkazib bera olmaydi. Mahoratga erishishning eng samarali va to’g’ri yo’li o’z-o’zini tarbiyalashdir. O’z-o’zini tarbiyalash usul va vositalari nihoyatda ko’p, qolaversa o’qituvchilikning o’zi ijodiy soha hisoblanadi, izlanishni talab etadi.
Shunga ko‘ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni o‘qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, ko‘nikma va malakalami egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib boradi.
Bu maqsad bo‘lajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:

  1. Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va metodologik asoslari bilan qurollantiriladilar.

  2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texnologiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi bilimlar tizimini egallaydilar.

  3. Bo’lajak o'qituvchilar milliy urf-odat va an’analarimizda va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o‘zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.

  4. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida har bir bo’lajak o'qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.

  5. 0‘quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so‘nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o‘zlashtiradilar.

  6. O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy- ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.

  7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida o'qituvchilar uzluksiz ma’lumotlarni o‘rganib boradilar.

  8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalaridan erkin foydalanish asosida o‘z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.

Bu maqsad va vazifalaming hal etilishi o'qituvchilar va tarbiyachilarni zamon bilan hamnafas bo'lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi.
Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo’lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo’llarini topish imkoniyati mavjud.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o'qituvchining doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: O‘qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug'ullanmog‘i lozim. Aks holda и qurigan daraxt va toshga о‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday о‘qituvchidan hech qanday natija kutib bo‘Imaydi”.
Bizga ma’lumki, ilg‘or jamiyat fuqarosining, xususan o‘qituvchining ma’naviy boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati, savodxonligi, yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi. “Barcha illatlarning kelib chiqishi ilmsizlikdandir” degan edi yunon faylasufi Sokrat. Shunday ekan, yosh avlodning yuksak bilim va tafakkur sohibi bo’lishi uchun barchamiz javobgarmiz. Bu javobgarlik ko‘proq o'qituvchilar zimmasida. Darhaqiqat, o‘qituvchilarning obro‘- e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir.

Download 192,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish