Rossiya Federatsiyasi. Iqtisodiy geografik o’rnining xususiyatlari, siyosiy geografik vaziyati. Tabiiy resurslari ichida mineral resurslar bilan ta’mintanganligi, xilma-xilligi va ularning joylanishi. Demografik vaziyat



Download 66 Kb.
bet3/6
Sana20.04.2022
Hajmi66 Kb.
#565656
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rossiya Federatsiyasi

Rangli metallurgiya. Qo‘rg‘oshin-rux sanoati ishlab chiqarishning joylashishi murakkabligi bilan xarakterlanadi. Polimetall rudalari Shimoliy Kavkaz, Zabaykalye, Uzoq Sharq va Primoryeda qazib olinadi. Xomashyoni metallurgik qayta ishlash, odatda, boshqa rayonlarda amalga oshiriladi (qo‘rg‘oshin-rux konsentratlari tashish uchun qulay).
Achinsk, Bratsk, Boksitogorsk, Yolxov, Volgograd, Kamensk-Uralsk, Kanda­laksha, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Shelexov aluminiy sanoatining asosiy markazlaridir.
Mashinasozlik Rossiyaning barcha hududlarida bir tekis tarqalgan. Lekin ba’zi rayonlarda u asosiy tarmoq hisoblansa, boshqa rayonlarda ichki ehtiyojlami qondirishga qaratilgan, xolos.
Energetika mashinasozligi korxonalarida bug‘ qozonlari, bug‘ turbinalari va generatorlar, gidroturbinalar, dizel va elektrodvigatellar tayyorlanadi. Bunday korxonalar Biysk, Barnaul, Taganrog, Belgorod, Sankt-Peterburg, Novosibirskda ishlab turibdi.
Stanoksozlik korxonalari birmuncha tekis tarqalgan. Biroq mahsulotning katta qismi Markaziy, Shimoli-g‘arbiy iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi.
Rossiyaning avtomobil sanoati yengil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqaradi. Bu tarmoqning ilk yirik korxonalari Moskva, Yaroslavl va Nijniy Novgorodda qurilgan edi. Hozirgi vaqtda Nijniy Novgorod, Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlaridagi korxonalarda yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Pavlovo (Nijniy Novgorod oblasti) va Likino (Moskva oblasti) shaharlarida avtobuslar ishlab chiqariladi. Yuk avtomobillari Moskva, Nijniy Novgorod, Ulyanovsk, Naberejniye Chelni shaharlarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda motorlar va dizellar ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalar ham faoliyat ko‘rsatib turibdi. Engels shahrida (Saratov oblasti) trolleybuslar ishlab chiqariladi.
Temiryo‘l mashinasozligining yirik korxonalari Nijniy Novgorod, Sankt- Peterburg, Ulan-Ude, Nijniy Tagil, Kolomna, Kaluga, Lyudinov, Murom, Novocherkassk shaharlarida joylashgan. Vagonlar (metro vagonlari, tram- vaylar va temiryo‘l vagonlari) Bryansk, Mitishi, Nijniy Tagil, Tver hamda Abakan, Altaysk, Sankt-Peterburg, Ust-Katav va boshqa shaharlarda ishlab chiqariladi.
Dengiz va daryo kemasozligi, kema ta’mirlash Sankt-Peterburg, Astraxan, Nijniy Novgorod, Tyumen, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Blagoveshensk, Kom- somolsk-Amur, Arxangelsk, Murmansk, Yaroslavl, Ribinsk, Zelenodolsk sha- harlarida amalga oshiriladi.
Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Yoronej, Saratov, Smolensk, Rostov-Don, Taganrog, Komsomolsk-Amur kabi yirik sanoat markazlarida rivojlangan.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish