Ro‘yxatga olindi: “tasdiqlayman” № O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 2021-y


Qoraqalpog’istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot



Download 0,65 Mb.
bet61/113
Sana25.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#462684
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Bog'liq
Politexnika instituti

3. Qoraqalpog’istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.
O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko’p millatli Qoraqalpog’iston xalqining, ana shu mo’tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.
Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat: elektroenergetika: yoqilg’i sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashinasozlik va metallsozlik; o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog’oz; unyorma va aralash yem; poligrafiya sanoatlari.
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qo’shni viloyatlarning elektr energiyasiga bo’lgan talabini qondiradi (stansiyaning o’rtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Ko’ng’irot tumanida «Ustyurtgaz» korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilg’i sanoati vujudga keldi. 2004
3 gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda respublika bo’yicha 1697,1 mln. m yilda «Nukuskabel» ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qo’ng’irot un zavodi (1993), «To’rtko’ldon» (1997), kichik novvoyxonalar va makaron i.ch. korxonalari bunyod etildi.
Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip yigiruv va to’qimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yog’moy zavodlari, to’qimachilik korxonasi), Qo’ng’irot tumanida (paxta, unyorma zavodlari, «Ustyurtgaz»), To’rtko’l tumanida (paxta un tortish zavodlari), Xo’jayli tumanida (paxta, yog’moy, ta‘mirlashmexanika va g’isht zavodlari), Chimboy tumanida (paxta, yog’moy, unyorma zavodlari), Ellikqal‘a tumanida (paxta zavodi, «Elteks» aksionerlik jamiyati va «Yuniver» qo’shma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, «Kateks», «Nukus non», «Daunt» korxonalari, unyorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va Taxiatosh shahrida (ta‘mirlashmexanika va unyorma zavodlari) faoliyat ko’rsatadi.
Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig’ma temirbeton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikkuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik galantereyasi, o’simlik moyi, go’sht va go’sht mahsulotlari, non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va b. ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Qishloq xo’jaligi asosan, paxtachilik, g’allachilik (sholi va bug’doy yetishtirish) va chorvachilik (go’sht, sut, qorako’lchilik)dan iborat. Qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22.4%, g’alla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yil umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta, 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi.
Chorvachilik, asosan, go’sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 yilda barcha toifadagi xo’jaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qo’y va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.
O’zbekiston hukumati Qoraqalpog’iston Respublikasini har tomonlama qo’llabquvvatlamoqda. 1996 yili O’zbekiston Davlat byudjetidan Qoraqalpog’istonni rivojlantirish uchun 10 milliard so’m mablag’ ajratildi. Bu Qoraqalpog’iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qiladi.
Qoraqalpog’istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori ham o’sib bormoqda. Bugungi kunda O’zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog’istonga berilayotgan subvensiya, ya‘ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so’mni yoki butun Qoraqalpog’iston byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O’zbekiston hukumatining amaliy yordami hamda qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo’lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorining hissasi oshib bordi. Ayni paytda sanoat, qishloq xo’jaligi va savdoda bu ko’rsatkich 80-90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo’nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoatqurilish banklari ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqliligini ta‘minlash choralari ko’rildi.
Qoraqalpog’istonda 1996 yili 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan, 2 ta savdo uyi, 13 ta mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 17 ta ko’tara savdo bozor hamda O’zbekiston tovar xom ashyo birjasining Qoraqalpog’iston bo’limiga qarashli 19 ta supermarket do’konlari faoliyat ko’rsatdi. 1997 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma‘lumotlarga qaraganda, xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy hajmi 330 million so’mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi, 50 foizi esa tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo’mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so’m kredit ajratdi.
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996 yilda respublika fond birjalari filiallarida 191,6 million so’mlik aksiyalar sotildi. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog’ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o’z samaralarini bera boshladi.
1997 yil 1 yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari ro’yxatga olindi. 1996 yil yakuniga ko’ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 10.355,7 million so’mlikni tashkil etdi, bu 1995 yilga nisbatan 2,2 marta ko’pdir.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o’sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi, jumladan, xususiy korxonalar 20, jamoa korxonalari 50, davlat aksionerlik jamiyatlari 41, qo’shma korxonalar 2 ta bo’ldi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Ular bozor iqgisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’sa boshladi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10754,4 million so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bu solishtirma narxlarda olganda 1995 yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi.
1991-1996 yillarda natura ko’rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko’paydi, xususan, past voltli apparaturalar, yo’l qurilishi mashinalari ehgiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste‘mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko’paydi.
1996 yilda yig’ma temirbeton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o’sdi.
Sanoatda bir qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo’jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi.
1996 yidda Qo’ng’irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini tabiiy gaz bilan ta‘minlash darajasi 83 foizga yetdi. «Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.
Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida
«Kateks» to’qimachilik majmuasi, 1995 yilda Ellikqal‘a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to’qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Qo’ng’irot un kombinatlari, To’rtko’lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal‘a tumanida esa shunday quvvatga ega bo’lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi.
1995 yilda Qo’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo’l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko’zda tutilgan.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga o’tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo’ldi. Shuningdek, bu korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar ayniqsa peshqadamlik qila boshladi.
Lekin shuni ham alohida ta‘kidlash joizki, ko’plab sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) ma‘naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-to’quv fabrikalari, go’shtsut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etiladi.
2016 yildan jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri bo’lgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishga tushdi. 2012 yilda Project Finance International xalqaro nashri mazkur loyihani neft-kimyo sektoridagi yilning eng muvaffaqiyatli loyihasi deb e‘tirof etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga raxbarlik qilayotgan yillarda ham
Qoraqalpog’istonning iqtisodiy salohiyatini ko’ratish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan: 2017 yil Moliya vazirligi huzurida Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi, 2017 yil 2 fevralda O’zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurtmintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida (PQ-2755), 2017 yil 13 iyunda esaNukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkiletish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari (PQ-3055) qabul qilindi.

  1. yil 16 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo’yi xalqaroinnovatsiya markazi tashkil etildi (PQ-3975).

  2. yil 29 iyunda O’zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Jel konini Mahsulot taqsimotiga oidbitim shartlari asosida o’zlashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4376) e‘lon qilindi.

2019 yil 4 sentabrda Prezidentimiz Farmoni bilan «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi tashkiletildi (PF-5809).
2019 yilgi statistik ma‘lumotlarga ko’ra Respublikaning yillik YAMM o’sishi 6,8 % ni tashkil qilgan. Jumladan, qishloq xo’jaligi, o’rmon va baliq xo’jaliklarida 106,7%, sanoatda 105,0%, qurilish sohasida 123,8%, xizmatlar sohasida 104,9% o’sish kuzatilgan. Agrar islohotlar
Qoraqalpog’istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoqlari g’allachilik (sholichilik va guruch yetishtirish), paxtachilik, ipakchilik va chorvachilik tashkil qiladi.
Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o’tish ro’y berdi. Qishloq xo’jaligi respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. 1997 yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xo’jalik korxonasi faoliyat ko’rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda - 98,1 foizni, kartoshkachilikda - 99,7 foizni, sabzavotchilikda - 98,8 foizni, polizchilikda - 95,1 foizni, bog’dorchilikda - 98,5 foizni, pillachilikda - 100 foizni, go’sht yetishtirishda - 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda - 99,4 foizni, qorako’l teri va jun yetishtirishda - 100 foizni tashkil etdi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o’zgardi. Agar 1991 yilda g’alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug’doy 1,9 foizni) tashkil etgan bo’lsa, 1996 yilning oxirida bu 35,8 foiz (bug’doy maydonlari 8,3 foiz)ga yetdi. Shu davr mobaynida bug’doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya‘ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga ko’paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo’jaliklarning hissasi tobora ko’paydi.
Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iqlim sharoiti tufayli respublikada keyingi yillarda hayvonlar soni kamaydi. 1991-1996 yillarda davlat xo’jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xo’jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 cho’chqa, 176 ming 603 bosh qo’y va echkilar yo’qotildi.
Qoraqalpog’istonda dehqon-fermer xo’jaliklari tashkil etish bo’yicha birmuncha tajriba to’plandi. Masalan, Ellikqal‘a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xo’jaliklari dehqon-fermer xo’jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. O’zbekiston hukumati ana shu tajribani ma‘qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Xo’jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Lekin Qoraqalpog’istonning o’zida ana shu tajribani ommalashtirishga yetarli e‘tibor berilmadi. Oqibatda respublika qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmida dehqon-fermer xo’jaliklarining hissasi kam bo’ldi. Buning asosiy sabablari fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bo’rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor hayvonlarni ko’paytirishga e‘tibor berilmadi, xo’jaliklar moddiy-texnika va pul mablag’lari bilan yetarli darajada ta‘minlanmadi, agrotexnik va zooveterinariya xizmati ko’rsatish to’g’ri tashkil. etilmadi.
Keyingi 6 yil ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag’lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko’payib, byudjet mablag’ining hissasi kamaydi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag’lar noishlab chiqarish obyektlariga ajratilgan mablag’ga nisbatan ancha ko’p bo’ldi. Masalan, 1995 yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag’ 61,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1996 yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning o’zida noishlab chiqarish obyektlari uchun ajratilgan mablag’lar miqdori 38,8 foizdan 22 foizgacha kamaydi.
2019 yil 7 noyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadalrivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (PQ-4512), 2020 yil 3 iyulda esa Qoraqolpog’istonRespublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari (PQ-4776) qabul qilindi. Tashqi iqtisodiy aloqalar Respublikada istiqlol yillarida tashqi iqtisodiy aloqalarga ham katta e‘tibor berildi. Masalan, 1996 yildagi tashqi savdo oboroti 228,4 million AQSH dollarini tashkil etdi, bu 1995 yildagiga nisbatan 3,7 marta ko’p bo’ddi.
1996 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklarining hissasi quyidagicha bo’ldi: Rossiya - 11,4 foiz, AQSH - 14,1 foiz, Janubiy Koreya - 11,1 foiz, Shveysariya - 9,4 foiz, Niderlandiya - 7,2 foiz.
Eskport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million AQSH dollariga teng bo’ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G’arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 million AQSH dollarini, MDH mamlakatlariga jo’natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Xorijiy mamlakatlarga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
Tashqi savdo oborotida importning salmog’i 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995 yildagiga nisbatan 3,4 marta ko’paydi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste‘mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi.
Uzoq xorijiy mamlakatlardan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo’lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan respublikaning
130 korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Asosan shakar, bug’doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi.
Demak, mustaqillikning o’tgan davrida mamlakat lqgisodiyotini rivojlantirish sohasida jiddiy yutuqlar ko’lga kiritildi. 2000 yilga kelib, chet el investitsiyasi hajmi kimyo, neft, oziqovqat sanoati, traisport, aloqa va qishloq xo’jaligi sohasida ancha oshdi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish