Ruslan allayorov, muhiddin xidirov, qalmaxan abduxalikov



Download 8,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/49
Sana10.03.2023
Hajmi8,57 Mb.
#917890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
DUNYO XARITASIDAGI ANTROPOTOPONIMLAR




 
 
RUSLAN ALLAYOROV, MUHIDDIN XIDIROV, 
QALMAXAN ABDUXALIKOV
 
 
 
 
 
 
DUNYO XARITASIDAGI 
ANTROPOTOPONIMLAR 
(Ilmiy-ommabop risola) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2019 



Allayorov R.X., Xidirov M.SH., Abduxalikov Q.A. Dunyo xaritasidagi 
antropotoponimlar. Ilmiy-ommabop risola. – T.: __________________, 2019. – 100 bet. 
Ushbu risolada dunyodagi geografik obyektlarga qo‘yilgan atoqli otlar – 
antropotoponimlar hamda ularning nomlanishi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar o‘rin 
olgan.
Mo‘jazgina ushbu kitobni o‘qish chog‘ida o‘quvchi bir pasga bo‘lsa ham 
moziyga sayr qilib o‘zi uchun kerakli bilimlarni oladi deb o‘ylaymiz. Risola 
geografiya va toponimika bilan qiziquvchilar hamda keng kitobxonlar ommasiga 
mo‘ljallangan. 
Mas’ul muharrir:
N.R.Alimqulov
– Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri
geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Taqrizchilar: 
SH.A.Xolmurodov – 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
universiteti Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi 
katta o‘qituvchisi; 
A.Q.Ergashev
– Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 68- sonli davlat 
ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 
oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi, xalq ta’limi a’lochisi. 
 
 
 
 
 



SO‘ZBOSHI 
Bugungi kunda O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning tub 
zamirida xalqimiz manfaati ko‘zlanganligi, uning yuksak ma’naviy 
salohiyatini yanada rivojlantirishdek, oliyjanob maqsad turganligi ayni 
haqiqat. Shu boisdan xalqimizning dunyoviy bilimlarni yanada chuqur 
o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018- 
yil 14- avgustdagi PQ – 3907 sonli „Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va 
jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini 
sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida― gi 
Qarorida 
„yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng 
dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoiy va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;“
 
kerak ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Shu boisdan xalqimizga, xususan, 
yosh avlod vakillariga mamlakatimizda olib borilayotgan turli sohalardagi 
islohotlarning mohiyatini, xalqimizning uzoq o‘tmishdagi tarixi va 
madaniyati, urf-odatlarini, tabiatiga xos xilma-xillikni o‘rganish qatorida 
keng dunyoqarashga undovchi bilimlarni yetkazish muhim ahamiyatga 
ega. Materiklar, okeanlar, dunyo mintaqalari va mamlakatlari tabiati, 
iqtisodiyoti va tarixini o‘rganish qiziqarliligi bilan birgalikda, kishilarning 
keng dunyoviy fikrlashi uchun ham ahamiyatlidir. Ana shunday bilimlarni 
o‘rganilishida muhim axborot beruvchi manbalardan biri shabhasiz 
geografik joy nomlaridir. 
Joy nomlari o‘zida xalqlarning tarixi va madaniyati, hududlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy geografik va yana bir qator xususiyalarini 
mujassamlashtiradi. Geografik joy nomlarini o‘rganadigan fan – 



Toponimika
hisob-lanib, uning atoqli otlar bilan, ya’ni insonlarning ismlari 
bilan ataladigan joy nomlarini o‘rganadigan bo‘limi 
antropotoponimika
deb ataladi.
Geografik joylarning nomlari ijtimoiy zarurat tufayli aniq bir tarixiy 
sharoitda paydo bo‘lib, ularning kelib chiqishi jamiyat hayoti, ma’lum 
hududda yashagan yoki yashayotgan xalqlar tili, urf-odati, madaniyati, 
kasb-kori bilan bog‘liq. Tarixiy sharoit, til va xalqlarni o‘zgarishi bilan bir-
ga ularni tarqalish areali, ya’ni geografik muhit ham o‘zgargan. Shu sabab-
dan har bir mintaqa, mamlakat yoki biror hududning geografik nomlarida 
bir xillik ko‘p ham kuzatilmaydi. Ular uzoq tarixiy davr davomida ko‘p 
qatlamli va turli tillarga mansub sifatlar asosida shakllanadi.
Risola, u bilan tanishgan o‘quvchi qalbida nomlari joylarda 
muhrlangan tarixiy shaxslarga o‘xshash hissi uyg‘onib, ularni ezgu 
maqsadlar sari yetaklasa ajab emas. Shu boisdan ushbu risolada turli xil 
tabiiy, siyosiy, iqtisodiy geografik obyektlar (qit’alar, orollar, yarimorollar, 
davlatlar, shaharlar va h.k.)ga qo‘yilgan kishilarning nomlari, ularning 
qilib o‘tgan ishlari qisqacha bayon qilindi. 
Mualliflar risola haqidagi fikr-mulohaza hamda takliflarni bajonidil 
qabul qilib, uning mazmuni yanada boyishiga xizmat qiluvchi fikrlar 
uchun minnatdorchilik bildiradilar. 



Antropotoponimlar – tarixiy shaxslar 
ishlarining „IN’IkOSI“
Insoniyat tarixiy rivojlanishida bevosita tabiat bilan bog‘liq holatda 
shakllanib, tabiatda bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib, ularni o‘rganishgan. 
Tabiatda yuz berayotgan jarayonlarni mohiyatini o‘rganish bilan birga, 
ular ro‘y berayotgan joylarning ham geografik xususiyatlarini bilib borish-
gan. Jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida insonlar o‘zlari yashab kel-
gan hududlarni turli xil nomlar bilan atab kelishgan. Nomlar shu joyning 
tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy holatini, madaniyatini o‘zida jo qilgan. Hozirda 
esa joy nomlari xaritadagi eng muhim axborot manbayi bo‘lib, biron mam-
lakat, davlat yoki mintaqa tabiatining xususiyatlarini, tabiat va jamiyatning 
o‘zaro aloqadorligini aks ettirmoqda. Ular inson va geografik obyekt ora-
sidagi o‘ziga xos bog‘lovchi vazifasini o‘tashi bilan birga, obyektning yer 
yuzasidagi aniq manzilini ko‘rsatadi, juda ko‘plab qiziqarli va muhim 
ilmiy ma’lumotlar beradi.
Geografik joy nomlarini, ularning kelib chiqishi, ma’nosi, o‘zgarishi, 
talaffuz qilinishi va to‘g‘ri yozilishini 

Download 8,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish