Ruza. Gorizontal syomka. Teodolit syomkasi. Taxeometrik syomka


Teodolit yo‘llari va ularning ahamiyati



Download 0,84 Mb.
bet6/11
Sana13.08.2021
Hajmi0,84 Mb.
#146521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-MA’RUZA. GORIZONTAL SYOMKA. 944be38ec7bd280078c9de283ca72aba

Teodolit yo‘llari va ularning ahamiyati. Teodolit s’yomkasi katta maydon (kolxoz va sovxoz erlari, zavod va fabrika uchastkalari, aeroport, temir yo‘l stansiyalari) yoki ma’lum yunalish (temir, tosh yo‘llar, kanal), bo‘yicha olib borilishiga qarab, shu joyda teodolit bilan ayrim tayanch chiziq va nuqtalar barpo qilinadiki, bular teodolit yo‘llari deyiladi. Teodolit yo‘li trigonometrik tarmoq punktlariga bog‘langan holda olib boriladi. Teodolit yo‘liga asoslanib, joyda s’yomka tarmoqlari yasaladi va joy s’yomka qilinadi, ya’ni joydagi tafsilot xarakterli nuqtalarining planiy o‘rinlari aniqlanadi. Joyiga qarab, teodolit yo‘li yopiq (13.9-shakl) yoki ochiq (13.10-shakl) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Joy sharoitiga qarab, teodolit yo‘llari bir-birini kesib o‘tishda hosil qilgan umumiy nuqta tugun nuqta deyiladi.

YOpiq teodolit yo‘lida olingan diagonal yo‘llar kesishgan M nuqta tugun nuqta bo‘ladi. Teodolit yo‘li tomonlarining uzunligi 400 m dan katta, 50 m dan kichik bo‘lmasligi, o‘rtacha 200—250 m bo‘lishi kerak.

Teodolit yo‘li burchak va tomon o‘lchashga qulay bo‘lgan ochiq va tekis joydan, yo‘l yonidan, daryo bo‘yidan olinishi kerak, bunda s’yomka ishi osonlashadi.

Hamma vaqt har qanday mustaqil geodezik o‘lchash ishlarida yopiq yo ochiq yo‘llar davlat geodezik tayanch punktlariga bog‘lanib olib boriladi.




13.9-shakl. 13.10-shakl.

Teodolit yo‘li tomonlarining yunalishi tayanch tarmoq tomonlari yo‘nalishi bo‘yicha, yo‘l burchak uchlarining koordinatalari tayanch tarmoq punktlarining koordinatalariga nisbatan aniqlansa, bu teodolit yo‘lini tayanch punktlarga bog‘lash deyiladi. Endi ana shu bog‘lashning bir necha oddiy usullari bilan tanishamiz.



Bevosita yondoshish usuli. Agar teodolit yo‘li (poligon) tayanch punktlar A va K yonidan o‘tib, punkt A yopiq yoki ochiq poligonning bir nuqtasi bo‘lsa (13.9-shakl), AK bilan AV orasidagi 1 burchak o‘lchanadi; 1 burchak yondosh burchak deyiladi. Keyin KA ning direksion burchagi va 1 orqali poligon tomoni AV ning direksion burchagi hisoblab topiladi. A punkt koordinatasi bo‘yicha qolgan nuqtalarning koordinatalari hisoblab chiqariladi.

Ochiq poligonda ham tayanch punktlar tomoni RA yoki QA ning boshlang‘ich direksion burchagi orqali yondosh burchaklar 1 yoki 1 bilan AV tomon direksion burchagi aniqlanadi (13.10-shakl). Oxirda DE tomon direksion burchagi orqali yondosh burchak p bilan tarmoq tomoni EN ning direksion burchagi topiladi. EN ning bosh va hisoblangan direksion burchaklari oralaridagi farq topilib, keyin tuzatiladi, bu kelasi rejada ko‘rib chiqiladi.

Agar teodolit yo‘li hech qanday punktga bog‘lanmasa, bunday yo‘l erkin yo‘l deyiladi. Agar ochiq poligon boshda punktga bog‘lanib, oxirda punktga bog‘lanmasa, bu yo‘l osma yo‘l deb ataladi. Bu yo‘llarning to‘g‘riligini tekshirib bo‘lmaydi. Umuman asosiy teodolit yo‘llarida erkin va osma yo‘llar ishlatilmaydi, balki ikkinchi darajali s’yomka ishlarida yordamchi yo‘l qilib olinadi.

Teodolit yo‘llarining uzunligi s’yomka masshtabiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, 1:10000 masshtabda 6,0 km, 1:5000 da 3,0 km, 1:2000 da 1,2 km.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish