S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010


ramz yoki belgining loyihasiga bo’lgan mualliflik



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

 
ramz yoki belgining loyihasiga bo’lgan mualliflik
 
huquqi 
loyihani yaratgan (ishlab chiqqan)
 
shaxsga tegishlidir.
Rasmiy
 
hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan 
shaxslar,
 
basharti, bunday loyihani
 
ishlab
 
chiqish to’g’risida topshiriq bergan 
organ tomonidan taqiqlanmagai bo’lsa, o’zlari yaratgan loyihalarnn e’lon 
qilishga haqlidirlar. Loyihani e’lon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar o’z ism-
shariflarnnp ko’rsatishga haqlidirlar.
Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti, loyiha 
uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan
 
e’lon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan 
bo’lsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.
Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chog’ida 
rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga ko’ra 
loyihaga qo’shimchalar va o’zgartishlar kiritilishi mumkin. 
Vakolatli organ loyihani ma’qullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan 
shaxsning ismi-sharifini ko’rsatmagan holda foydalanish mumkin.
10-modda. Asar muallifi.
 
Mualliflik prezumpstiyasi.
Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo’lsa, ana shu fuqaro asar 
muallifi deb e’tirof etiladi.
Asar birinchi marta e’lon qilinganda muallif sifatida ko’rsatilgan shaxs, 
basharti, o’zga hol isbotlanmagan bo’lsa, asar muallifi hisoblanadi.
Asar imzosiz yoki taxallus ostida e’lon qilingan taqdirda (muallifning 
taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), 
asarda ismi-sharifi yoki nomi ko’rsatilgan noshir basharti, boshqa dalillar bo’lmasa, 
muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va 
ularning amalga oshirilishi ta’minlash huquqiga ega bo’ladi. Bu qoida bunday 
asar muallifi o’z shaxsini oshkor etgunicha va o’zining muallif ekanligini ma’lum 
qilgunicha amalda bo’ladi.
11- modda. Hammualliflik.
Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida 
yaratilgan asarga bo’lgan 100 foizlik mualliflik huquqi, mazkur asar bo’linmas 
bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat 
ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo’ladi.
Basharti, asarning muayyan qismidai uning boshqa qismlariga bog’liq 
bo’lmagan holda foydalanish mumkin bo’lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo’lgan 
qism deb e’tirof etiladi.
17


Hammualliflarning har biri, basharti, ularning o’rtasidagi bitimda o’zgacha 
hol nazarda tutilgan bo’lmasa, asarning o’zi yaratgan mustaqil mazmunga ega 
bo’lgan qismidan o’z xohishiga ko’ra foydalanishga haqlidir.
Hammualliflar o’rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, bitim asosida 
belgilanadi.
 
Bunday bitim bo’lmagan taqdirda, asarga bo’lgan mualliflik huquqi 
barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa 
ular o’rtasida teng taqsimlanadi.
Basharti, hammualliflarning asari bo’linmas bir butunni tashkil etsa, asardan 
foydalannshni etarli asoslar bo’lmay turib taqiqlab qo’yishga hammualliflardan 
hech biri haqli emas.
12-modda. Film mualliflari.
Quyidagilar kinofilm, telefilm va video-filmning to’liq mualliflari 
(hammualliflari)dir:
sahnalashtiruvchi rejisssr;
sstenariy muallifi;
muayyan audiovizual
 
asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz 
musiqa asarining muallifi;
sahnalashtiruvchi operator.
Bunday asarning hammualliflari jumlasiga aytib o’tilgan mualliflar bilan 
kelishuvga binoan filmda foydalanilgan boshqa asarlarning mualliflarn kiritilishi 
mumkin.
Muqaddam mavjud bo’lib, shuningdek
 
film ustida ish olib borishi jarayonida 
yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga 
bo’lgan mualliflikdan qat’i nazar, mustaqil mazmunga ega bo’lgan o’z asariga 
mualliflikni saqlab qoladi.
1 3 - m o d d a . Hosila asarlarning mualliflari.
Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, to’plamlar va boshqa 
jamlama asarlarning tuzuvchilari hosila asarlarnnng mualliflari deb e’tirof etiladi.
Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan yoki jamlama 
asarga kiritilgai asar muallifining huquqlariga rioya etgan taqdirdagina hosila 
asarga bo’lgan mualliflik xuquqidan foydalanadi.
Hosila asarlar yaratuvchilarining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning 
muqaddam foydalanilgan asarlar asosida o’z xosila asarlarini yaratishlariga 
to’sqinlik qilmaydi.
14- modda. Intervyu mualliflari.
Intervyu yozuviga bo’lgan mualliflik huquqi hammualliflar tariqasida 
intervyu bergan shaxs bilan intervyu o’tkazgan va uni yozib olgan shaxsga, 
basharti, ular o’rtasidagi kelishuvda o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, 
tegishlidir.
Intervyu yozuvini e’lon qilish, ko’rsatish va eshittirishga intervyu bergan 
shaxsning roziligi bilangina yo’l qo’yiladi.
15-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari.
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (enstiklopediyalarning 
noshirlari; filmlarning tayyorlovchilari, prodyuserlar
 
va shu kabilar) tegishli 
asarlarning mualliflari deb e’tirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonun yoki boshqa 
18


qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shunday asarlardan 
foydalanishda alohida huquqlarga ega bo’ladilar.
Enstiklopediyalardan, enstiklopedik lug’atlardan, ilmiy ishlarning davriy va 
davomli to’plamlaridan, gazetalar, jurnallar va. boshqa davriy nashrlardan 
foydalanishning alohida huquqlari ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday 
nashrdan har qanday tarzda foydalanilganda ham noshir o’z nomini ko’rsatishga 
yoki nomi ko’rsatilishini talab qilishga haqlidir.
Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, basharti, asar 
yaratishga doir shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, to’liq 
nashrdan qat’i nazar, o’z asarlaridan foydalanishga bo’lgan alohida 
huquqlarnni saqlab qoladilar.
Audiovizual asar, shu jumladan, film yaratish xususida shartnoma 
tuzish, basharti, bunday shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, 
mazkur asar mualliflarining asarini takrorlashga, uni tarqatishga, omma oldida 
ijro etishga, barchaning e’tiboriga etkazish uchun kabel orqali berishga, efirga 
uzatish yoki asardan boshqa har qanday tarzda ommaviy foydalanishga, film 
matnini subtitrlash va dublyaj qilishga bo’lgan alohida huquqlarining asarni 
tayyorlovchiga o’tishiga olib kelmaydi. Mazkur huquqlar audiovizual asarga bo’lgan 
mualliflik huquqining amal qilish muddati davomida amal qiladi.
Film tayyorlovchisi bu asardai har qanday tarzda foydalanilganida ham o’z 
ismi-sharifi yoki nomini ko’rsatishga yoxud ismi-sharifi yoki nomi ko’rsatilishini talab 
qilishga haqlidir.
Film omma oldida namoyish etilganida musiqa asarining muallifi o’zining 
musiqa asari (matnli yoki matnsiz) omma oldida ijro etilganligi uchun olish 
huquqini saqlab qoladi.
Film muallifi va filmga bo’lgan mulkni huquqini boshqa egalari 
roziligisiz filmning oxirgi variantini (yozuvning asl nusxasini) yo’k qilib 
yubornsh taqiqlanadi.
16-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari.
Alohida mualliflik huquqiniig egasi o’z huquqlaridan xabardor etish uchun 
asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat 
mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:
aylana ichiga olingan lotincha «S» harfi;
alohida mualliflik huquqlari egasining ism-sharifi (nomi);
asar birinchi marta e’lon qilingan yil.
Mualliflik huquqining himoya belgisida ko’rsatilgan shaxs, Basharti, o’zga 
hol isbotlanmagan bo’lsa, huquq egasi hisoblanadi.
17-modda. Muallifning shaxsiy nomulkny huquqlari.
Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:
mualliflik huquqi;
mualliflik nomiga bo’lgan huquq;
asarning daxlsizligiga bo’lgan hukuq.
Muallif shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish 
to’g’risida biron-bir shaxs bilan tuzgan bitim va muallifning bu hakdagi arizasi 
ahamiyatsizdir.
19


15- m o d d a. Mualliflik xuquqi.
Muallif (hammualliflar)ning o’zi yaratgan asarga bo’lgan mualliflik 
hukuqi boshqa shaxslarning aynan shu asarga mualliflik xuquqi e’tirof qilishini 
istisno etadi.
19-modda. Mualliflik nomiga bo’lgan.
Muallif asardai o’z ism-sharifi, taxallusi ko’rsatgan holda yoki imzosiz 
foydalanish yoki shu tarzda farqlanishga ruxsat berish borasidagi alohida 
huquqga (mualliflik nomiga bo’lgan huquqga) egadir.
20-m o d d a. Asarning daxlsizligiga bo’lgan huquq.
Muallif o’z asariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish hamda asarga 
o’zining roziligisiz biror-bir shaxs tomonidan o’zgartishlar yoki qo’shimchalar 
kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning 
daxlsizligiga bo’lgan hukuqqa) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda 
foydalanish chog’ida asarning o’ziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi 
ko’rsatilishiga ham biror-bir o’zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina 
yo’l ko’yiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, so’zboshi, xotima, sharh 
yoki biror-bir tushuntirishlar bilap nashr etish taqiqlanadi.
Muallifning vafotidan keyin asarning dahlsizligini himoya qilish 
vasiyatnomada ko’rsatilgan shaxs tomonidan, bunday ko’rsatma bo’lmagan 
taqdirda esa muallifning merosxo’rlari, shuningdek Qonunga muvofiq zimmasiga 
mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan 
amalga oshiriladi.
21-modda. Asarni e’lon qilish huquqi.
Muallif nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishiga imkon 
yaratib berish huquqi (asarni e’lon qilish huquqiga) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga
 
namoyish etish yo’li 
bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki 
uning roziligi bilan nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishi 
uchun birinchi bor imkon yaratib berilsa, asar e’lon qilingan hisoblanadi.
Muallif asarni e’lon qilish to’g’risida ilgari qabul qilgan qaroridan 
asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli 
ko’rgan zararining o’rnini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash sharti 
bilap voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. 
Basharti, asar e’lon qilingan bo’lsa, muallif o’z asarini chaqirib olganligini 
ommaga ma’lum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab 
qo’yilgan nusxalarini o’z hisobidan muomaladan olib qo’yishga haqlidir.
Bu qoidalar, basharti, muallif bilan tuzilgan shartnomada o’zgacha hol 
nazarda tutilgan bo’lmasa, xizmat asarlariga nisbatan ham tadbiq etiladi.
22-modda. Muallifning asardan foydalanish huquqi.
Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish 
borasida alohida huquqlarga egadir.
Asarni takrorlash va ularni

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish