S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

 
ya’ni
 
aqliy mulk maxsuloti 
 
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) Ixtiro sifatida ko’rsatilgan ob’ekt yangi ixtirochilik darajasiga ega bo’lsa 
va uni sanoatda qo’llash mumkin bo’lsa, xuquqiy jixatdan muxofaza qilinadi va 
ixtiro deb tan olinadi.
2) Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo’lmasa, yangi deb 
hisoblanadi.
3) Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi xaqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon 
bo’lmasa, ixtirochilik darajasiga ega bo’ladi.
4) Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda 
ommaga oshkor bo’lgan xar qanday ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
5) Ixtironi sanoat, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda 
qo’llash mumkin bo’lsa, sanoatda qo’llash mumkin deb hisoblanadi.
Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, 
o’simliklar va hayvon hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo’lgan qurilmalar, 
usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda 
qo’llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi.
Qurilma. Qurilmalarga, konstrukstiyalar, konstruktiv elementlar yoki 
ularning funkstional konstruktiv birlikda bo’lgan majmuidan iborat buyumlar 
kiradi.
61


Qurilmalarga mashinalar, asbob-uskunalar, apparat, idishlar, transport 
vositalari, maxkamlovchi buyumlar, mashina detallari, idish-tovoqlar, mebel, 
poyafzal, aloqa vositalari, qurilish konstrukstiyalari, binolar, inshootlar, bino 
qismlari va boshqalar kiradi. 
Usul. Usullarga moddiy ob’ekt (qurilma, muhit, elektr zaryadi, magnit 
maydoni va boshqalar) ustida moddiy ob’ektlar yordamida o’zaro bogliq 
harakatlarni bajarish jarayonlari kiradi.
Modda. Ixtiro turi sifatida moddalarga:

individual kimyoviy birikmalar, bularga shartli ravishda yuqori 
molekulyar birikmalar va gen muxandisligi ob’ektlari kiritilgan;

kompozistiyalar (aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);

yadroviy parchalanish maxsulotlari kiradi.
Mikroorganizm shtammi, o’simliklar va hayvonlar xujayralarining turlari. 
Mikroorganizm shtammi - bu o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha tanlab olish bilan 
saqlanib turiladigan, qo’llaganda foydali moddalar hosil qiladigan yoki boshqa 
foydali xususiyatlarga ega bo’lgan virus, bakteriya va zamburuglarning irsiy 
jihatdan bir jinsli turlaridir.
Ixtiro turi sifatidagi mikroorganizm shtammlariga, o’simlik va xayvonlar 
xujayralarining turlariga quyidagilar kiradi:

mikroorganizmlarning individual shtammlari, o’simlik va xayvonlar 
xujayralari turlari;

mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon xujayralari turlarining 
konsorstiumlari.
Avvaldan ma’lum bo’lgan qurilmalar, usullar, moddalar, shtammlarning 
yangi maqsadda qo’llanilishiga
 
ularning yangi vazifada ishlatilishi kiradi. 
Avvaldan ma’lum bo’lgan (tabiiy va sun’iy yo’l bilan olingan) moddalarni ijtimoiy 
iste’molni qanoatlantirish uchun birinchi marta ishlatilishi yangi maqsadda 
ishlatishga tenglashtiriladi.
3. Talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini tashkil qilib, bir-
biri bilan uzviy bog’langan ixtirolar guruhiga tegishli bo’lishi kerak (ixtiro birligi 
talabi) quyidagi shartlar bajarilsa ixtiro birligi talabi bajarilgan deb tan olinadi:

bitta mustaqil punktdan iborat ixtiro formulasida bitta ixtiro 
keltirilgan;

bir necha mustaqil punktlardan iborat ixtiro formulasida ixtirolar 
guruxi keltirilgan bo’lib, ulardan biri boshqasini olish (tayyorlash) uchun 
ishlatiladi (masalan qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani to’laligicha, 
yoki ularning bir qismini olish (tayyorlash) usuli);

ulardan biri boshqasini amalga oshirish uchun ishlatiladi (masalan 
usulni to’laligicha yoki uning harakatlaridan birini amalga oshirish uchun 
ishlatiladigan usul va qurilma);

ulardan biri boshqasidan foydalanish uchun ishlatiladi (masalan, 
usulda ishlatishga mo’ljallangan usul va modda; usul yoki qurilma va uning bir 
qismi; qurilma yoki moddaning yangi maqsadda qo’llanilishi va ularni shu 
62


vazifada ishlatish usuli; qurilma yoki moddaning yangi maqsadda qo’llanilishi va 
ularning tarkibiy qismi bo’lgan qurilma yoki kompozistiyalar);

bir xil ko’rinishdagi ob’ektlarga tegishli bo’lgan, bir xil vazifadagi, bir 
xil texnik natijani bir xil yo’l bilan olishni ta’minlovchi echimlar (variantlar).
1.4.2. Patentga layoqatli ixtirolar emas deb tan olinadigan ob’ektlar.
Quyidagilar patentga layoqatli ixtirolar deb tan olinmaydi 

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

xo’jalikni tashkil etish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operastiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

binolar, inshootlar, xududlarni rejalashtirish loyixalari va sxemalari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yo’naltirilgan, maxsulotlarning 
faqat tashki ko’rinishiga oid echimlar;

integral sxemalarning topologiyalari;

o’simlik navlari va xayvon zotlari;

jamoa manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.
1.4.3. Ixtiroga patent berish talabnomasi tarkibi va tasdiqlanishi.
Ixtiroga O’zbekiston Respublikasi patenti berish uchun talabnoma tuzish 
qoidalari O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil 6 maydagi 1063-
XII sonli qaroriga muvofiq kuchga kiritilgan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to’g’risida"gi qonunining 2-moddasi 2- qismiga muvofiq ishlab 
chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Patent idorasi ixtiroga patent berish uchun 
talabnoma tuzish tartibini belgilovchi me’yoriy xujjatlari asosida tuzib chiqiladi.
Har qanday talabnoma faqat yagona maqsad – yaratilgan ixtiroga muhofaza 
hujjati (patent) olish uchun tuziladi va Patent idorasiga topshiriladi. Ya’ni patent 
ekspertizasi o’tkazish vaqtida talabnomada ko’rsatilgan ob’ekt (qurilma, usul yoki 
modda) ning patentga layoqatlilikning belgilangan mezonlariga mos kelishi tan 
olinishi uchun beriladi. Shunga muvofiq ixtiro tavsifi shunday tuzilishi kerakki, 
undan quyidagilarni aniqlab olish mumkin bo’lsin 

Ixtironing patentga layoqatliligi, ya’ni uning yangiligi, ixtiro darajasi 
va sanoatda qo’llanilishi to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilish;

Omma uchun ixtironing texnik mohiyatini to’liq ochib berish va bu 
bilan texnika darajasini rivojlantirishga muayyan hissa qo’shish, patent tizimi ham 
aynan ana shu maqsadlarda faoliyat yuritadi. Buning uchun ixtironing tavsifi o’z 
ichiga ixtironi amalga oshirish uchun zarur va etarli axborotni (unda bevosita 
foydalanish, usul bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish va h.k.) olishi zarur.
Shundan kelib chiqqan holda, ixtiro tavsifi quyidagi mantiqiy sxema 
bo’yicha tuziladi:

Ixtironing maqsadi, uning qo’llanish sohasi ochib beriladi;

Ixtirogacha bo’lgan texnik darajasi bayon etiladi, ilgari ma’lum 
63


ixtirolarning kamchiliklari keltiriladi va h.k.;

Texnikaning ushbu sohasi oldida turgan va hal qilinishi zarur texnik, 
iqtisodiy va boshqa natijalar beradigan vazifalar, dolzarb muammolar ko’rsatiladi;

Ixtironing o’zi ochib beriladi, ixtiro qanday qilib qo’yilgan vazifani 
hal qilishi, zarur texnik natijalarga erishilishiga dalillar keltiriladi, ixtironi amalga 
oshirishning aniq misollari keltiriladi va h.k. 
Talabnoma quyidagi xujjatlarni o’z ichiga oladi:

ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so’ralayotgan 
shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko’rsatilib, patent 
berish so’ralgan ariza;

ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan darajada to’liq 
bayon etilgan tavsifi;

ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to’la muvofiq 
bo’lgan ixtiro formulasi;

ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lsa, chizmalar va boshqa 
materiallar;

referat.
Talabnomaga ilova qilinadigan xujjatlar:
- Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to’langanligini tasdiqlovchi hujjat 
yoki boj to’lashdan ozod qilishni asoslovchi hujjat ilova qilinadi.
Boj belgilangan miqdordan kam to’langan holda, boj miqdori 
kamaytirilishini asoslovchi hujjat qo’shib beriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar talabnoma bilan birga berilishi kerak.
- Patent vakili orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan 
berilgan va patent vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki uning 
nusxasi ilova qilinadi. Patent idorasiga topshirish uchun O’zbekiston 
Respublikasida rasmiylashtirilayotgan ishonchnoma, oddiy xat shaklida tuziladi va 
notarius tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Talabnoma tili.
 
Patent berish to’g’risidagi ariza o’zbek yoki rus tilida 
beriladi. Talabnoma milliy talabnoma beruvchilar yoki MDH talabnoma 
beruvchilari tomonidan berilsa, arizada ko’rsatilgan ixtiro nomi o’zbek va rus 
tillarida berilishi lozim. 
Nusxalar soni.
 
Talabnomaning yuqorida ko’rsatilgan o’zbek yoki rus tilida 
tuzilgan xujjatlari uch nusxada beriladi.
Shu xujjatlar agar boshqa tilda bo’lsa bir nusxada, ularning tarjimasi uch 
nusxada beriladi.
Qolgan xujjatlar va ularning o’zbek yoki rus tiliga tarjimasi bir nusxada 
beriladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish